Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2026-01-08

GIPOKSANTIN ASOSIDA BIOLOGIK FAOL BIRIKMALARNI SINTEZ QILISH VA ULARNING C-6424 PAXTA NAVI O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRINI O‘RGANISH

Mazkur tadqiqot gipoksantin asosida biologik faol birikmalarni sintez qilish va ularning C-6424 paxta navining o‘sishi hamda rivojlanishiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida gipoksantinning hosilalari va ularning ayrim metall ionlari bilan hosil qilgan koordinatsion birikmalari sintez qilindi. Olingan birikmalarning biologik faolligi laboratoriya va vegetatsion tajribalar sharoitida baholanib, ularning urug‘larning unib chiqishi, ildiz va poya uzunligi, o‘simliklarning umumiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlandi. Tadqiqot natijalari gipoksantin asosidagi birikmalar past konsentratsiyalarda paxta o‘simligining dastlabki rivojlanish bosqichlarini sezilarli darajada rag‘batlantirishini ko‘rsatdi. Ushbu birikmalar ekologik xavfsiz, samarali va qishloq xo‘jaligida o‘simlik o‘sishini stimulyatsiya qiluvchi istiqbolli vositalar sifatida qo‘llash uchun tavsiya etilishi mumkin.

Haydarov G’ayrat Shoyimovich

4-8

2026-01-07

QANDLI DIABET FONIDA YIRINGLI INFEKSION ASORATLARDA O‘RTA MOLEKULYAR MASSALI MODDALARNI ANIQLASHNING KLINIK-DIAGNOSTIK AHAMIYATI

Qandli diabet (QD) surunkali metabolik kasallik bo‘lib, immun tizim funksiyasining buzilishi, mikrosirkulyator yetishmovchilik va surunkali past darajali yallig‘lanish bilan kechadi. Ushbu patofiziologik o‘zgarishlar fonida yiringli infeksion asoratlar tez-tez uchrab, og‘ir kechish va yuqori asoratlanish darajasi bilan xarakterlanadi [1,3,5]. Diabet sharoitida giperglikemiya va oksidlovchi stress hujayra parchalanish jarayonlarini kuchaytirib, endogen intoksikatsiya sindromining rivojlanishiga olib keladi.

Salimova M.M., Uzakov D.K., Mirubaydov N.Sh., Ibragimov N.N.

9-10

2026-01-07

PHONETIC AND PHONOLOGICAL DIFFERENCES BETWEEN BRITISH AND AMERICAN ENGLISH

This paper examines the major phonetic and phonological differences between British and American English. Although both varieties share the same linguistic foundation, they differ noticeably in pronunciation, vowel quality, consonant realization, and stress patterns. The study focuses primarily on Received Pronunciation (RP) as a representative model of British English and General American (GA) as the standard form of American English. Key aspects such as rhoticity, vowel variation, consonant processes including flapping and glottalization, and differences in stress and intonation are analyzed. The paper also discusses historical and social factors that contributed to the divergence of these two varieties. The findings suggest that phonetic and phonological variation plays an important role in language learning, accent perception, and intercultural communication. Understanding these differences can help learners, teachers, and linguists develop greater awareness of spoken English in global contexts.

Nafisa Teshaboyeva , Yorqinjon G‘ofurov

11-13

2026-01-07

THE IMPORTANCE OF COOPERATION BETWEEN PARENTS AND SCHOOLS

Cooperation between parents and schools is widely acknowledged as a fundamental factor in improving students’ academic achievement, social behavior, and emotional development. Numerous studies in the field of education demonstrate that students achieve better learning outcomes when parents are actively involved in school activities and maintain regular communication with teachers. This article examines the importance of parent–school cooperation, analyzes its impact on students’ academic and social success, and discusses effective strategies for strengthening family–school partnerships. The analysis shows that consistent collaboration creates a supportive learning environment and contributes to long-term educational success.

Zamira Moldiyeva

14-15

2026-01-08

IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA TABIAT TASVIRI

Mazkur tezisda zamonaviy o‘zbek she’riyatining yetuk vakili Iqbol Mirzo lirikasida tabiat tasvirining badiiy-falsafiy mohiyati tahlil qilinadi. Shoir she’rlarida tabiat obrazlari daraxt, irmoq, buloq, fasllar, gul va manzaralar insonning ruhiy kechinmalari, ichki iztiroblari hamda hayotiy ziddiyatlarini ifodalovchi muhim poetik vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda shoirning “Go‘yo”, “Seni o‘ylasam”, “Buloq”, “Yodingdami?”, “Kirib borayotgan mahalim kuzga” kabi she’rlari  tahlil qilindi  hamda tabiat tasvirining ramziy, psixologik va estetik funksiyalari ochib beriladi.

Murodillayeva Madina

16-19

2026-01-08

SYNONYMIC ANALYSIS OF THE WORD ‘HONESTY’

Honesty is one of the central moral concepts in English and occupies an essential place in ethical, philosophical and linguistic studies. The present paper focuses on the synonymic field of the word ‘honesty’ and aims to analyze the semantic shades, connotations, and pragmatic functions of its major synonyms such as truthfulness, sincerity, integrity, frankness, openness, and probity. The study highlights similarities and differences between these lexical items in terms of meaning, stylistic use, and contextual constraints. Attention is also paid to how these synonyms are represented in fictional and public discourse. The analysis is based on the principles of lexical semantics and synonymy theory, showing that although all the units refer to the general domain of moral correctness and truth, each of them encodes a specific aspect of the concept of honesty. The results confirm that the synonymic series of ‘honesty’ is not homogeneous, but structured according to different semantic components such as moral purity, transparency, accuracy of facts, and openness of communication.

Umida Xo‘jayeva

20-22

2026-01-08

DOSTONLARDAGI MILLIY QADRIYATLAR

Maqolada o‘zbek xalq dostonlari tahlil qilinadi.

Mehribon Qo’shnazarova

23-26

2026-01-08

MINIMAL MANTIQIY ASOS

Minimal mantiqiy asos, raqamli mantiq va mantiqiy operatsiyalarni soddalashtirishga asoslangan nazariyani o‘rganadi. Asosiy maqsad – mantiqiy funksiyalarni minimal va samarali tarzda ifodalash uchun zarur bo‘lgan mantiqiy elementlarni aniqlash. Ushbu mavzu quyidagi jihatlarni qamrab oladi: Mantiqiy elementlar: va (and), yo‘q (not), yoki (or) kabi asosiy mantiqiy amallar. nand va nor kabi to‘liq mantiqiy asoslar.To‘liq asoslar: Mantiqiy operatsiyalarni ifodalashda eng kam resurs bilan ishlashni ta'minlovchi elementlar.and yoki nor to‘plamlari yordamida har qanday mantiqiy funksiya amalga oshirilishi mumkin. Soddalashtirish usullari: Karno xaritalari, mantiqiy algebra va boshqa metodlar yordamida mantiqiy ifodalarni soddalashtirish. Soddalashtirilgan sxemalar yordamida tizimni optimallashtirish va arxitekturani samarali qilish. Amaliy qo‘llanilishi: Raqamli elektronika va mikroprotsessorlarning dizayni. Kompyuter arxitekturasi va boshqaruv tizimlarining samarali ishlashini ta’minlash.

Tojimamatov Israil Nurmamatovich, Aminjonova Ruxshona Akmaljon qizi

27-30

2026-01-09

GULJAMOL ASQAROVA SHE’RIYATIDA ANTISEMIYA

Ushbu maqolada zamonaviy she’riyatning yorqin namoyondalaridan biri Guljamol Asqarova ijodida antisemiya hodisasining badiiy nazariy talqini tahlil qilinadi. Shoiraning poetik matnlarida uchraydigan bir leksemaning bir nechta, o‘zaro zid yoki qarama-qarshi semantik qatlarini ifodalashi kontekstual emotsional va pragmatik omillar bilan bog‘liq holda yoritiladi. Antisemiya hodisasining obrazlilikni kuchaytirishdagi roli hamda poetik nutqning estitik ta’sirini oshirishdagi ahamiyati misollar orqali ochib beriladi. G. Asqarova she’riyatida antisemiya ruhiy kechinmalar, ichki ziddiyatlar ijtimoiy-falsafiy qarashlarning badiiy ifodasi sifatida namoyon bo‘lishi ilmiy asosda tahlil etiladi.

Isoqulova Shahzoda

31-32

2026-01-09

LOTIN YOZUVIGA OʻTISHNING OʻZBEK TILIGA TAʼSIRI AFZALLIKLARI VA QIYINCHILIKLARI

Mazkur ilmiy maqolada o‘zbek tilining lotin yozuviga o‘tish jarayoni va uning til taraqqiyotiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda lotin yozuvining joriy etilishi natijasida yuzaga kelgan ijobiy jihatlar, xususan, axborot texnologiyalari bilan integratsiya, xalqaro muloqot imkoniyatlarining kengayishi hamda tilning zamonaviylashuvi masalalari yoritiladi. Shu bilan birga, yozuv islohoti jarayonida uchrayotgan muammolar — avlodlar o‘rtasidagi yozuv tafovuti, imlo bir xilligining yetarli darajada shakllanmaganligi va ta’lim tizimidagi moslashuv jarayonlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari lotin yozuviga o‘tish jarayonining murakkab, ammo til rivoji uchun muhim bosqich ekanini ko‘rsatadi hamda ushbu jarayonni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha xulosalar chiqariladi.

NIZAMOVA DINORA

33-36

2026-01-12

QADRIYATLAR FALSAFASI: MAZMUNI, TURLARI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI O‘RNI

Mazkur maqolada qadriyatlar falsafasining mohiyati, uning shakllanishi, turlari hamda jamiyat va shaxs hayotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Qadriyatlar insonning dunyoqarashi, axloqiy me’yorlari va ijtimoiy xulq-atvorini belgilovchi asosiy omillardan biri sifatida falsafiy jihatdan yoritib beriladi. Shuningdek, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati ochib beriladi.

Xasanova Shaxlo Davron qizi, Saʼdinov Maʼrufjon Normoʻmin oʻgʻli

37-38

2026-01-12

TARIX FALSAFASI: SIVILIZATSIYA VA MADANIYAT

Ushbu maqolada tarix falsafasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan sivilizatsiya va madaniyat tushunchalari falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Insoniyat tarixining mazmuni, rivojlanish qonuniyatlari va tarixiy jarayonlarning ma’nosi tarix falsafasining asosiy masalalari hisoblanadi. Maqolada sivilizatsiya va madaniyat tushunchalarining kelib chiqishi, ularning o‘zaro aloqasi, farqli va mushtarak jihatlari yoritiladi. Shuningdek, Sharq va G‘arb mutafakkirlarining ushbu masalalarga oid qarashlari qiyosiy tahlil qilinadi. Zamonaviy globallashuv sharoitida madaniyat va sivilizatsiyaning o‘zaro ta’siri, milliy o‘zlikni saqlash muammolari ham muhokama etiladi. Maqola tarix falsafasi, ijtimoiy-falsafiy fanlar va madaniyatshunoslik bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.

Latipova Sabrina Otabek qizi

39-41

2026-01-12

ЗАМОНАВИЙ МЕНЕЖЕРЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ ЖАРАЁНИДА МАТЕМАТИКА ВА АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ФАНЛАРИНИНГ ЎРНИ

Янги Ўзбекистон қурилиши жараёнида миллий иқтисодиётни инновацион асосларда ривожлантириш устувор йўналиш сифатида намоён бўлмоқда. Бу жараёнда таълим сифатини жаҳон стандартлари даражасига кўтариш, халқаро меҳнат бозорида рақобатбардош кадрларни тайёрлаш ва уларнинг касбий компетентлигини ошириш масалалари долзарб аҳамият касб этади. Айниқса, олий таълим тизимида бўлажак бошқарув раҳбар ходимларини тайёрлаш жараёнида замонавий педагогик шарт-шароитларни яратиш, уларни сифат жиҳатдан янги босқичга олиб чиқиш, касбий малакани чуқурлаштириш, янгича ёндашувларни жорий этиш ҳамда инновацион методлардан самарали фойдаланишга йўналтирилган чора-тадбирлар тизимли тарзда амалга оширилмоқда.

Абдуллаев Фазлиддин Абдурахмонович

42-46

2026-01-12

SEYSMOAKTIV HUDUDLARDA KO'P QAVATLI BINOLAR UCHUN POYDEVOR TIZIMLARINI TANLASH VA LOYIHALASH (ANGREN SHAHRI MISOLIDA)

Ushbu maqolada seysmoaktiv hududlarda joylashgan ko'p qavatli binolar uchun poydevor tizimlarini tanlash va loyihalash masalalari Angren shahri misolida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, seysmoaktiv hududlarda monolitli temir-beton plyita poydevorlar va kombinatsiyalashgan poydevor tizimlari eng yuqori mustahkamlik va bardoshlilikni ta'minlaydi.

Rustamova Sevara

47-49

2026-01-12

YANGI TA’LIM TIZIMIDA O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI FANLARINI O‘QITISHDA INTERFAOL USULLARNING AHAMIYATI

Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar rivoji sharoitida ta’lim tizimi tubdan yangilanmoqda. Endilikda ta’lim jarayoni faqat bilim berishga emas, balki o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodkorligi, muloqot madaniyati va tanqidiy tafakkurini rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda. Shu jihatdan yangi ta’lim tizimida interfaol usullarning joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, o‘zbek tili va adabiyoti fanlarini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularni faol subyektga aylantiradi va dars samaradorligini ta’minlaydi.

Ne'matullayeva Gulruxsor Rahimjon qizi

50-51

2026-01-12

MINTAQAVIY IQTISODIYOTDA TURIZM SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING INSTITUTSIONAL VA IQTISODIY MEXANIZMLARI (QASHQADARYO VILOYATI MISOLIDA)

Mazkur maqolada mintaqaviy iqtisodiyotda turizm sohasining iqtisodiy samaradorligini oshirishda institutsional va iqtisodiy mexanizmlarning o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda hududiy turizm rivojiga ta’sir etuvchi normativ-huquqiy, tashkiliy-boshqaruv va iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmlari tizimli yondashuv asosida o‘rganilgan. Qashqadaryo viloyati misolida turizm samaradorligini cheklovchi institutsional muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan iqtisodiy mexanizmlar va amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari mintaqaviy turizm siyosatini takomillashtirish va hududiy barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Toshev Nurbek Janon o‘g‘li

52-55

2026-01-12

XALQARO AUDIT STANDARTLARI ASOSIDA O‘ZBEKISTONDA TASHQI AUDITNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI

Mazkur maqolada O‘zbekistonda tashqi auditni o‘tkazishning nazariy, institutsional va amaliy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tashqi auditning korporativ boshqaruv, moliyaviy shaffoflik va investorlar ishonchini ta’minlashdagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, xalqaro audit standartlari va milliy audit amaliyoti o‘rtasidagi uyg‘unlik masalalari ko‘rib chiqilib, tashqi audit sifati va auditor mustaqilligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi.

Komilov Kamoliddin Ravshan o‘g‘li

56-59

2026-01-12

THE IMPACT OF SOVIET RESETTLEMENT POLICIES ON THE PEOPLES OF THE NORTH CAUCASUS AND UZBEKISTAN

The article examines the forced relocation of North Caucasian peoples to Uzbekistan in the 1930s–1950s, focusing on the fates of Chechens, Ingush, Karachays, and Balkars. It highlights the main reasons for the deportations, including the Soviet authorities’ suspicions of political disloyalty, resistance to the communist regime, and links to wartime events.

Shakhboz Khodzhiev

60-64

2026-01-12

ОПЕРАЦИЯДАН КЕЙИНГИ ВЕНТРАЛ ЧУРРАЛАРДА ОПЕРАЦИЯДАН ОЛДИНГИ ТАЙЁРГАРЛИК ВА ЖАРРОҲЛИК УСУЛИНИ ИНДИВИДУАЛ ТАНЛАШ

Вентрал чурралар қорин девори жарроҳлик патологияси таркибида салмоқли улушни эгаллаб, айниқса семизлик ва ҳамроҳ юрак-қон томир ҳамда нафас олиш тизими касалликлари мавжуд беморларда операциядан кейинги асоратлар ривожланиши хавфи юқори бўлиши билан тавсифланади. Чуррани жарроҳлик йўли билан даволаш натижалари фақат герниопластика усулигагина эмас, балки операция олдидан беморни текшириш ва тайёрлаш сифатига ҳам боғлиқ. Ушбу тадқиқотда 2021–2024 йиллар давомида операциядан кейинги олд вентраль грижалар билан даволанган 149 нафар беморда жарроҳлик даволаш натижаларининг ретроспектив таҳлили келтирилган. Беморлар икки гуруҳга ажратилди: асосий гуруҳда такомиллаштирилган герниопластика усуллари ва комплекс операция олдидан тайёргарлик қўлланилган, таққослаш гуруҳида эса анъанавий усуллар ишлатилган. Операция олдидан юрак-қон томир ва нафас олиш тизимларини ошган қорин ичи босимига мослаштиришга алоҳида эътибор қаратилди, бунда махсус пневматик белбоғ-бандаж, нафас машқлари, тромбоэмболик асоратларнинг профилактикаси ҳамда ERAS тамойилларига асосланган периоперацион чора-тадбирлар қўлланилди.

Бахриев Бахром Лапасович, Саймуродова Шахноза Зиёдуллаевна, Ширинова Шахинабону Бобировна

65-67

2026-01-12

BUL FUNKSIYALARI. ULARNING BERILISH USULLARI. BUL FUNKSIYALARI SONI

Ushbu tezis bul funksiyalari mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, diskret matematika va informatikaning muhim nazariy asoslaridan birini yoritadi. Bul funksiyasining ta’rifi, uning mantiqiy o‘zgaruvchilar bilan bog‘liqligi hamda faqat ikkilik qiymatlar — 0 va 1 orqali ifodalanishi batafsil tushuntirilgan. Bul funksiyalarini berishning asosiy usullari, jumladan haqiqat jadvali, shuningdek Karnaugh xaritalari yordamida ifodalash usullari ko‘rib chiqilgan.Bundan tashqari, n ta o‘zgaruvchili Bul funksiyalarining umumiy sonini aniqlash masalasi yoritilib, ularning soni formula orqali aniqlanishi asoslab berilgan. Tezisda Bul funksiyalarining raqamli texnika, mantiqiy sxemalar, avtomatika va axborot texnologiyalaridagi amaliy qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratilgan.

Abduraxmonova Diyoraxon Baxtiyor qizi, Orifova Naziraxon

68-71

2026-01-12

INSON MIYASIDA NUTQ FAOLIYATINING NEYRON ASOSLARI

Mazkur maqolada inson miyasida nutq faoliyatining shakllanishi, uni ta’minlovchi asosiy neyron mexanizmlar hamda miya tuzilmalarining funksional roli tahlil qilinadi. Nutqni idrok etish, ishlab chiqish va tushunish jarayonlarida ishtirok etuvchi miya markazlari, ularning o‘zaro aloqasi hamda neyrolingvistik tadqiqotlarning zamonaviy yondashuvlari yoritiladi.

Hoshimjonova Barnoxon Botirjon qizi

72-75

2026-01-12

ИРОНИЯ КАК МЕХАНИЗМ РАСХОЖДЕНИЯ МЕЖДУ СКАЗАННЫМ И ПОДРАЗУМЕВАЕМЫМ: СОПОСТАВИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ РУССКОЙ И УЗБЕКСКОЙ РЕЧЕВОЙ ПРАКТИКИ

Тезис посвящён иронии как прагматическому механизму, при котором буквальное содержание высказывания вступает в противоречие с контекстом и запускает процедуру вывода скрытого смысла. На сопоставительном материале русской и узбекской речевой практики рассматриваются: (1) когнитивно-прагматическая схема интерпретации иронии (контекстная активация ожиданий → обнаружение несоответствия → прагматический вывод → оценочный эффект); (2) типовые контекстные «триггеры» (ожидание/результат, норма/нарушение, обещание/реальность, самооценка/факты); (3) языковые и дискурсивные маркеры (псевдопохвала, гипербола, риторический вопрос, модальные частицы, графика цифровой речи); (4) функции иронии (оценочная, регулятивная, фатическая, защитная, идентификационная). Показано, что универсальная когнитивная основа иронии реализуется в двух лингвокультурах неодинаково: русская коммуникация чаще допускает более эксплицитную, критически-оценочную иронию, тогда как узбекская речевая традиция в ряде контекстов предпочитает имплицитные и смягчённые стратегии, ориентированные на сохранение лица собеседника и учет статусной асимметрии. Отмечены типичные причины межкультурных сбоев: восприятие русской иронии как резкости и буквальное прочтение узбекской имплицитной иронии.

Холбутаева Феруза Бобировна

76-80

2026-01-12

ПАРЕМИОЛОГИЯ В ЭПОХУ ЦИФРОВЫХ ГУМАНИТАРНЫХ НАУК: КОРПУСНЫЕ ПЕРСПЕКТИВЫ

В статье рассматривается трансформация паремиологии в условиях цифрового поворота гуманитарных наук. Переход от традиционных описательных и картотечных методов к корпусным и вычислительным подходам существенно изменил способы сбора, анализа и интерпретации пословичного материала. Особое внимание уделяется методологическим возможностям корпусной паремиологии, включая количественный анализ, выявление частотных и коллокационных моделей, диахроническое отслеживание семантических и аксиологических сдвигов, а также интеграцию корпусных данных с когнитивными и лингвокультурологическими интерпретациями.

Набижонова Н.Н.

81-85

2026-01-12

РОЛЬ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ЯЗЫКОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЯХ

Ushbu maqolada tilshunoslikdagi innovatsion jarayonlar va raqamli texnologiyalarning til tadqiqotlaridagi roli yoritilgan. Maqolada sun’iy intellekt, korpus lingvistikasi, avtomatlashtirilgan tarjima tizimlari hamda katta ma’lumotlar bazalarining tahlil jarayonidagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Raqamli texnologiyalar yordamida tilni o‘rganishning samaradorligi hamda ilmiy izlanishlarning yangi yo‘nalishlari muhokama qilinadi.

Зойирова Дилфуза Хайриднновна , Каримова Зарифа Илхомовна

86-87

2026-01-12

ЭФФЕКТИВНОСТЬ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ “ЗЕЛЁНОЙ” ЭКОНОМИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Maqolada O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirishda elektron texnologiyalarning o‘rni tahlil qilinadi. Raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va ularning ekologik barqarorlikka ta’siri ko‘rib chiqiladi. Davlat dasturlari va boshqaruv mexanizmlari, shuningdek, qayta tiklanuvchi energetika va resurslarni tejash sohasidagi innovatsion yechimlar tavsiflanadi.

Зойирова Дилфуза Хайриднновна , Каримова Зарифа Илхомовна

88-91

2026-01-12

VIRTUAL JAMOALARNING MADANIY MUHIT VA IJTIMOIY ONGNI TRANSFORMATSIYA QILISHDAGI AHAMIYATI

Ushbu tadqiqot Lahordagi yoshlar madaniyatida virtual hamjamiyatlar ta’sirida yuz berayotgan o‘zgarishlarni aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda virtual muhitning madaniy qadriyatlar va turmush tarziga ta’siri hamda an’anaviy hamjamiyatlar duch kelayotgan ijtimoiy xatarlar tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida triangulyatsiya yondashuvi qo‘llanilib, ma’lumotlar kvota tanlash usuli orqali davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalaridan yig‘ildi. Olingan natijalarga ko‘ra, virtual hamjamiyatlar yoshlar orasida moddiy va ma’naviy madaniyat shakllarining o‘zgarishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Virtual makon asta-sekin real ijtimoiy muhitning o‘rnini bosib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlardan ortiqcha foydalanish, ayniqsa, oila institutiga va ta’lim jarayoniga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yoshlar onlayn muhitdagi g‘oya va qarashlarga tez moslashmoqda. Shunga qaramay, diniy e’tiqodlar masalasida real hamjamiyatlarning ta’siri virtual muhitga nisbatan ustunroq ekanligi aniqlangan. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik yoshlar ijtimoiy munosabatlarining tabiiy shakllarini izdan chiqarmoqda.

Ergashev Oybek Qaxramon o‘g‘li

92-98

2026-01-12

PSORIAZNING KLINIK XILMA-XILLIGI VA BIOLOGIK TERAPIYANING SAMARADORLIGI

Psoriaz surunkali yallig‘lanishli teri kasalliklari orasida eng ko‘p uchraydigan va klinik jihatdan juda xilma-xil ko‘rinishlarga ega bo‘lgan dermatozlardan biridir. Kasallikning tarqalishi, shikastlanish chuqurligi hamda simptomlar og‘irligi har bir bemorda turlicha namoyon bo‘ladi. Klassik blyashkali psoriazdan tortib pustulyoz, invers, eritrodermik va tirnoq shakllarigacha bo‘lgan klinik variantlar tashxis va davolash jarayonini murakkablashtiradi. So‘nggi yillarda psoriaz patogenezidagi immun mexanizmlar – xususan, TNF-α, IL-17, IL-23 kabi asosiy yallig‘lanish mediatorlarining roli ancha keng o‘rganildi. Shu sababli davolashda biologik preparatlarning paydo bo‘lishi kasallikni boshqarishda yangi bosqichni boshlab berdi.

Axmedov Faxriddin Maxmitovich

99-102

2026-01-12

RIM IMPERIYASINING QULASHI

Imperiyada hokimiyat tez-tez almashib, markaziy boshqaruv kuchsizlanib bordi. Iqtisodiy tanazzul: Soliqlar og‘irlashdi, savdo yo‘llari izdan chiqdi, qishloq xo‘jaligi inqirozga yuz tutdi.Harbiy muammolar: Rim armiyasi yollanma askarlarga tayanib qoldi, ular esa sodiqlikda zaif edilar. Barbar qabilalar bosqinlari: German qabilalari va boshqa ko‘chmanchilar imperiya hududlariga bostirib kirib, Rimni zaiflashtirdi.   Madaniy va ijtimoiy o‘zgarishlar: Rim fuqarolari orasida imperiyaga sodiqlik susaydi, qadimgi qadriyatlar yo‘qola boshladi. 

Xudoyberdiyev Oybek

103-105

2026-01-12

KAM QAVATLI TURAR – JOY BINOLARIDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING TAMOYILLARI

Ushbu maqola kam qavatli turar-joy binolarida energiya samaradorligini oshirishning asosiy tamoyillarini o‘rganadi. Unda loyihalash, qurilish va foydalanish bosqichlarida energiya sarfini kamaytirishga qaratilgan strategiyalar tahlil qilinadi. Maqolada iqlimga mos loyihalash, ixcham shakllar, to‘g‘ri yo‘nalish, tabiiy yoritish va shamollatish, issiqlik izolyatsiyasi, energiya tejamkor jihozlar, aqlli uy tizimlari va muqobil energiya manbalaridan foydalanish kabi jihatlar batafsil ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, suvni tejash, barqaror materiallardan foydalanish va uzoq muddatli xarajatlarni hisobga olish kabi qo‘shimcha tamoyillarga ham e‘tibor qaratiladi. Maqola kam qavatli turar-joy binolarini energiya samaradorligini oshirish orqali atrof-muhitga bo‘lgan ta’sirni kamaytirish va yashash sifatini yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi.

Hamroyev Javlon Aminovich

106-108

2026-01-12

URGANCH SHAHRIDA KAM QAVATLI TURAR-JOY BINOLARI UCHUN ARXITEKTURAVIY VA KONSTRUKSIYAVIY YECHIMLARNI TAHLIL QILISH

Ushbu maqola zamonaviy talablarga javob beradigan kam qavatli turar-joy binolari uchun arxitekturaviy va konstruktsiyaviy yechimlarni chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tahlil jarayonida turli xil qurilish materiallari, energiya tejamkor texnologiyalar, binolarning shakli va joylashuvi, shuningdek, ichki makonni tashkil etishning ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolada energiya samaradorligi, ekologik barqarorlik, iqtisodiy jihatlar va qulaylik kabi omillar tahlil qilinadi va optimal yechimlarni tanlash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari arxitektorlar, muhandislar va qurilish sohasi vakillari uchun amaliy ahamiyatga ega.

Rajabov Umid Olimboyevich

109-111

2026-01-12

ETIKA VA ESTETIKA – INSON MA’NAVIY OLAMINING O’ZARO UYG’UNLIGI

Ushbu maqolada etika va estetika falsafaning muhim bo‘limlari sifatida tahlil qilinadi hamda ularning inson ma’naviy olamidagi o‘zaro uyg‘unligi yoritiladi. Etika axloqiy qadriyatlar, vijdon, burch, adolat va mas’uliyat tushunchalari orqali shaxsning ichki dunyosini shakllantirishi, estetika esa go‘zallik, nafosat va san’at orqali insonning didi va his tuyg‘ularini rivojlantirishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, axloqiy poklik va estetik go‘zallikning birligi komil inson tarbiyasining muhim sharti ekani asoslab beriladi. Maqolada Sharq mutafakkirlarining qarashlari misolida etika va estetikaning uyg‘unligi jamiyat taraqqiyoti va barkamol avlod tarbiyasidagi o‘rni ochib berilgan.

Normurodova Aziza Sirojiddin qizi , Sadinov Ma'rufjon Normo'min o'g'li

112-113

2026-01-12

ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY MEROSIGA BA’ZI CHIZGILAR

Ushbu maqolada Beruniyning turkiy tildan tashqari arab, soʻgʻdiy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindiston safari chog’ida Sanskrit tillarini bilimdoni ekanligi haqida fikrlar bildiriladi.

Narzullayeva Sevara Ikrom qizi

114-117

2026-01-12

SAYLOV JARAYONIDA SIYOSIY LIDERNING IMIJI IJTIMOIY TARMOQLARDA YORITILISHINING TA'SIRI: XALQARO TAJRIBA TAHLILI

Ushbu tezisda zamonaviy saylov jarayonlarida ijtimoiy tarmoqlar orqali siyosiy liderlarning imijini shakllantirish va yoritish mexanizmlari xalqaro amaliyot misolida tahlil qilingan.  Ishda Amerika Qo'shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Fransiya va Janubiy Koreya kabi rivojlangan demokratik davlatlarning 2016-2024 yillar oralig'idagi saylov tajribasi qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, ijtimoiy tarmoqlar nafaqat axborot tarqatish kanali, balki saylovchilar bilan bevosita muloqot o'rnatish, jamoatchilik fikrini shakllantirish va siyosiy qatnashuvni oshirishning samarali vositasiga aylangandir.

Ayzada Muratbaeva

118-120

2026-01-12

ЦЕРЕБРАЛЬНЫЕ МЕТАБОЛИЧЕСКИЕ МАРКЕРЫ ПРЕДИКЦИИ ПОЗНАВАТЕЛЬНЫХ И АВТОНОМНЫХ ДИСФУНКЦИЙ У ПОДРОСТКОВ

Подростковый период характеризуется интенсивным нейрональным развитием, включая активную миелинизацию, синаптическую реорганизацию и созревание префронтальной коры, что делает данный возрастной этап особенно уязвимым для развития нейропсихиатрических расстройств. По данным ВОЗ, до 20% подростков испытывают проблемы с психическим здоровьем, включая когнитивные дисфункции и нарушения вегетативной регуляции.

Джурабекова Азиза Тахировна, Исанова Шоира Тулкиновна , Саломова Нафиса Бобурмирзо Кизи

121-123

2026-01-12

КЛИНИКО-ДИАГНОСТИЧЕСКИЕ КРИТЕРИИ ПРОГНОЗИРОВАНИЯ ТЕЧЕНИЯ ЛИКВОРОДИНАМИЧЕСКИХ РАССТРОЙСТВ В ДЕТСКОМ ВОЗРАСТЕ

Нарушения ликвороциркуляции у детей представляют собой одну из наиболее актуальных проблем современной педиатрической неврологии и нейрохирургии. По данным эпидемиологических исследований, частота встречаемости гидроцефалии у новорожденных составляет 0,5-4 случая на 1000 живых новорожденных, при этом врожденные формы составляют до 70% всех случаев нарушений ликвородинамики в детском возрасте.

Джурабекова Азиза Тахировна, Эргашев Сухроб Саидович, Ибрагимова Шахзода Умидовна

124-126

2026-01-12

BОSHLАNG‘ICH TА’LIMDА ZАMОNАVIУ РEDАGОGIK УОNDАSHUVLАR АSОSIDА О‘QUVCHILАR FАОLLIGINI ОSHIRISH

Ushbu mаqоlаdа bоshlаng‘ich tа’lim jаrауоnidа zаmоnаviу рedаgоgik уоndаshuvlаrdаn fоуdаlаnish оrqаli о‘quvchilаrning bilish fаоlligini оshirish mаsаlаlаri уоritilgаn. Shuningdek, innоvаtsiоn metоdlаr, interfаоl usullаr vа о‘qituvchi fаоliуаtining sаmаrаdоrligini tа’minlаsh уо‘llаri tаhlil qilingаn. Mаqоlаdа bоshlаng‘ich sinf о‘quvchilаrining уоsh vа рsixоlоgik xususiуаtlаrini inоbаtgа оlgаn hоldа tа’lim jаrауоnini tаshkil etish bо‘уichа ilmiу-аmаliу xulоsаlаr berilgаn.

Djаvlаnоvа Nаzоkаt Sаfаrоvnа

127-129

2026-01-13

SOLIQ QARZDORLIGI YUZAGA KELISHINI KAMAYTIRISHDA “SOLIQ AUDITI” VA SOLIQ MONITORINGI INSTITUTLARINING SAMARADORLIGI

Maqolada soliq qarzdorligining yuzaga kelish sabablari tahlil qilinib, uni kamaytirishda soliq auditi va soliq monitoringi institutlarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Soliq ma’murchiligida ushbu institutlarning samarali qo‘llanilishi soliq to‘lovchilarning intizomini oshirish, byudjet tushumlarining barqarorligini ta’minlash hamda soliq qarzdorligining oldini olishda muhim omil sifatida baholanadi. Shuningdek, soliq auditi va soliq monitoringining o‘zaro farqli va umumiy jihatlari ochib beriladi.

Kudratova Nafisa Rustamovna

130-132

2026-01-13

OMON MATJON IJODIDAN

Maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Omon Matjon ijodi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Omon Matjon asarlarida inson, hayot, vaqt va ma’naviyat masalalarining poetik talqini tahlil qilinib, shoirning zamonaviy o‘zbek she’riyati taraqqiyotidagi o‘rni asoslab beriladi. Maqola natijalari o‘zbek adabiyotshunosligi bo‘yicha ilmiy izlanishlarda hamda oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etiladi.

Ro‘zimova Nafisa Raximberganovna

133-135

2026-01-13

TERMIN VA TERMINOLOGIYANING NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada termin va terminologiya tushunchalarining mazmuni, ularning shakllanish jarayoni hamda zamonaviy ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada terminologiya fani bo‘yicha yetakchi olimlarning nazariy qarashlari, jumladan, terminning asosiy xususiyatlari, tasnifi, bir ma’nolilik, aniqlik va tizimlilik kabi mezonlari ilmiy yondashuvlar orqali yoritiladi. Shuningdek, fan va texnika rivoji, ilmiy axborot almashinuvi hamda tarjimonlik faoliyatida terminlarning ahamiyati batafsil ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda terminologiyaning milliy til rivojiga ta’siri, yangi terminlarni yaratish va ularni standartlashtirish masalalari ham asoslangan holda bayon etilgan. Maqola terminologiya sohasining nazariy asoslarini o‘rganayotgan talabalar, tadqiqotchilar hamda tilshunoslar uchun muhim ilmiy-amaliy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Ismoilova Farida Odiljon qizi, No‘monova Zebinso Usmonjon qizi

136-138

2026-01-13

OILAVIY, NIKOH VA OTA-ONA MUNOSABATLARI DIAGNOSTIKASI

Mazkur tezisda oilaviy tizim doirasida shakllanuvchi nikoh munosabatlari hamda ota-ona va farzand o‘rtasidagi psixologik aloqalarni tashxislash masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda oilaning ijtimoiy-psixologik vazifalari, nikoh barqarorligini belgilovchi omillar va ota-onalik munosabatlarini baholash mezonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, oilaviy muammolarni aniqlashda qo‘llaniladigan diagnostik yondashuvlarning amaliy ahamiyati yoritiladi.

Tuychiyeva Shaxlo Shavkatovna, Paxmuddinova Nazgiza Mirzaxakim qizi

139-141

2026-01-13