Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2026-02-05
Статьи
KICHIK YOSHDAGI BOLALARDA MUSTAQIL FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH
Ushbu akademik maqola kichik yoshdagi bolalarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishning muhim jihatlari va samarali strategiyalarini tahlil qiladi. Mustaqil fikrlash zamonaviy ta'limning asosiy maqsadlaridan biri bo'lib, bolaning har tomonlama kamol topishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Maqolada mustaqil fikrlashning nazariy asoslari, uning bolalar rivojlanishi uchun ahamiyati hamda oila va ta'lim muassasalarida uni shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari atroflicha ko'rib chiqiladi. Adabiyotlar tahlili mustaqil fikrlashni rivojlantirishda maktabgacha ta'lim muassasasi pedagoglarining bilimi va malakasi, shuningdek, ota-onalar ishtirokining roli fundamental ekanligini ko'rsatadi. Shuningdek, mavjud to'siqlar, xususan, ta'lim muassasalari va ota-onalar o'rtasidagi hamkorlikning sustligi tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo'yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Tadqiqot bolalarda mustaqil fikrlashni rivojlantirish bo'yicha keng qamrovli yondashuv zarurligini ta'kidlaydi.
2026-02-04
RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA MILLIY KONTENTLARDAN FOYDALANISH: BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASH TAJRIBASI
Maqolada raqamli ta’lim muhitida milliy kontentlardan foydalanish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash masalalari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida raqamli ta’lim muhitining didaktik imkoniyatlari, milliy kontentning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati hamda ularni integratsiyalash mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida milliy qadriyatlar va madaniy merosga asoslangan raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish tajribasi keltirilgan. Maqolada milliy kontent asosida tashkil etilgan raqamli ta’lim jarayoni bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda samarali vosita ekanligi asoslab berilgan.
2026-02-04
O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Mazkur maqola biznes-rejalashtirishning bozor iqtisodiyotida tutgan oʻrni va ahamiyatini o‘rganadi. Biznes-rejaning asosiy tarkibiy qismlari, raqobat sharoitlari, biznes-rejalashtirishning maqsadlari va vazifalari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada biznes-rejalashtirishning investitsiyalarni jalb qilish, tashkilotni rivojlantirish va bozor ustunliklariga erishishdagi roli kórib chiqiladi. Maqola kichik va oʻrta biznes subyektlari, tadbirkorlar, investorlar va iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislar uchun foydali boʻlishi mumkin.
2026-02-04
TEACHERS’ ROLE IN DEVELOPING POSITIVE ATTITUDES TOWARD ENGLISH
Teachers have a profound influence on students’ attitudes toward learning English, which is particularly important in higher education where English serves as a key tool for academic achievement, professional growth, and global communication. Students’ attitudes toward English significantly affect their motivation, engagement, and overall learning outcomes. Therefore, understanding the role of teachers in promoting positive language attitudes is crucial for effective language education.
2026-02-04
BOLALARDA MULOQOT KO‘NIKMALARI RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Mazkur tezisda bolalarda muloqot ko‘nikmalarining rivojlanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilinadi. Muloqot shaxs kamolotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, bolaning ijtimoiy moslashuvi, emotsional rivoji va shaxslararo munosabatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tezisda muloqot ko‘nikmalarining rivojlanish bosqichlari hamda oilaviy va ta’lim muhitining psixologik ta’siri yoritilgan.
2026-02-05
TA’LIM MUASSASALARIDA INSON KAPITALINI BOSHQARISH: ESKICHA QOLIPLARDAN SAMARALI NATIJADORLIK SARI
Ushbu maqolada zamonaviy maktab boshqaruvida inson omili, o'qituvchilarning professional rivojlanishi va ota-onalar bilan kreativ hamkorlik masalalari tahlil qilinadi. Muallif o'z ish faoliyati va maktabi misolida inson kapitalini boshqarishning yangicha modellarini, jumladan, "Ko'zlar — qalb ko'zgusi" loyihasini taklif etadi.
2026-02-05
TO’R PARDA KO’CHISHI PATOFIZIOLOGIK MEXANIZMLARI
To’r parda ko’chishi (TPK) neyrosensor to’r parda, fototransduksiya uchun mas'ul bo'lgan neyrovaskulyar to'qimalar ostida joylashgan to’r pardaning pigment epiteliyasidan (TPPE) ajralishida yuz beradi. TPPE ning to’r parda optimal funktsiyasi uchun muhimligini hisobga olsak, TPK har doim ko'rishning pasayishiga olib keladi. TPK ning uchta asosiy turi mavjud: regmatogen, traksion va ekssudativ (shuningdek, seroz) TPK.
2026-02-05
SUN’IY INTELLEKT VА UNING JАMIYАTGА TRАNSFORMАTSION TА’SIRI: IMKONIYАTLАR VА XАTАRLАR TАHLILI
Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining zamonaviy jamiyat rivojiga ko’rsatayotgan ta’siri, xususan, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi transformatsiya jarayonlari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi -SI joriy etilishining mehnat bozori, ta’lim tizimi va insonlararo munosabatlarga ijobiy va salbiy ta’sirini baholash hamda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ijtimoiy xatarlarni kamaytirish bo’yicha takliflar ishlab chiqishdir. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, statistik ma’lumotlarni o’rganish va ekspertlar so’rovi metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko’rsatadiki, sun’iy intellekt mehnat unumdorligini keskin oshirish imkonini bersa-da, jamiyatda raqamli tengsizlik va ishsizlik xavfini kuchaytirmoqda. Xulosada SIning etik normalarini tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish va aholining raqamli savodxonligini oshirish zarurligi ta’kidlangan.
2026-02-05
DESIGNING AI-SUPPORTED LANGUAGE TASKS TO FOSTER COGNITIVE ENGAGEMENT
Artificial intelligence is making language production easier, but it does not automatically make language learning deeper. When learners can generate sentences, essays, or ideas instantly, the risk is that thinking may be shortened while output becomes longer. This article approaches AI-supported language tasks from a linguo-cognitive perspective and asks a different question: not how AI helps students produce language, but how it can make them think through language. The paper argues that cognitive engagement emerges when learners question, reshape, and negotiate AI-generated content rather than consume it. AI is viewed not as a source of answers but as a stimulus for decision-making, reflection, and reasoning. Drawing on recent research in AI-assisted language learning and task-based pedagogy, the article highlights prompt design, adaptation of AI output, and iterative interaction as key pedagogical moves. AI-supported tasks become cognitively valuable when they slow learners down, require choices, and make reasoning visible. The article concludes that the real innovation of AI in language education lies not in automation, but in designing tasks where thinking cannot be outsourced.
2026-02-05
XITOY LIGUSTRUMI (LIGUSTRUM SINENSE LOUR) TURINI URUG’IDAN KO‘PAYTIRISHDA STIMULYATORLARNING TA’SIRI
Ligustrum turkumiga kiruvchi Xitoy ligustrumi (Ligustrum sinense Lour.) turini urug‘idan ko‘paytirish bu o’simlikdan katta miqdorda ko’chatlar olish imkonini beradi. Xitoy ligustrumi urug’larini unuvchanligini yanada oshirish uchun urug’larga qo‘llanilgan o‘sish stimulyatorlari orqaliy o’simlik urug‘larning unuvchanligi hamda nihollarning ilk rivojlanishiga ta’siri turliy tajribalar orqaliy o’rganildi. Bu tur urug’lariga 4 ta variantda ishlov berildi (ivitildi). Ular nazorat varianti oddiy suvda, Gibberellin 90% da, Geteroauksin, stratifikatsiya qilish orqaliy Tadqiqot o’tkazildi quyidagi turli stimulyatorlar bilan ishlov berilgan urug‘larning unib chiqish muddati, unuvchanlik foizi, nihollarning bo‘y o‘sishi, barglar soni va umumiy rivojlanish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi va tajribalardan olingan ma’lumotlarstatestik tahlil qilindi. O’tkazilgan tajribalarshuni ko’rsatadikiy bazi stimulyatorlar urug‘larning fiziologik faolligini oshirib, unish jarayonini tezlashtirishi va nihollarning barqaror rivojlanishini ta’minlashini ko‘rsatdi.
2026-02-05
O'QUVCHILARNING CHET TILINI O'RGANISH MOBAYNIDA SO'ZLARNI TEZ VA OSON YOD OLISHI HAMDA ULARNI UZOQ VAQT XOTIRADA SAQLASHI UCHUN FOYDALI TEXNIKALAR
Ushbu maqolada chet tili lug‘at boyligini oshirishda xotira turlari, axborotni kodlash va qayta tiklash jarayonlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Maqolada kognitiv psixologiyada keng qo‘llaniladigan "Intervalli takrorlash" (Spaced Repetition), "Mnemonika" va "Kontekstual o‘rganish" kabi texnikalarning samaradorligi dalillar bilan yoritilgan. Maqsad — o‘quvchilarga so‘zlarni qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga o‘tkazishning amaliy yo‘llarini ko‘rsatishdir.
2026-02-05
OʻZBEKISTONNING ASOSIY SAVDO HAMKORLARIDAGI IQTISODIY HOLAT VA SAMARADORLIK TAHLILI
Mazkur tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasining asosiy savdo hamkorlari hisoblangan davlatlardagi iqtisodiy holat hamda oʻzaro savdo-iqtisodiy aloqalarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida tashqi savdo aylanmasi, eksport va import hajmlari, savdo balansi, hamkor davlatlarning iqtisodiy oʻsish surʼatlari hamda ularning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga taʼsiri oʻrganiladi. Shuningdek, savdo hamkorlari bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda mavjud muammolar va cheklovlar aniqlanib, ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari Oʻzbekistonning tashqi savdo siyosatini takomillashtirish, savdo hamkorlari bilan iqtisodiy samaradorlikni oshirish hamda xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
2026-02-05
ЭРКАКЛАР БЕПУШТЛИГИ РИВОЖЛАНИШИДА ГЕНЕТИК ВА КЛИНИК ХАВФ ОМИЛЛАРИНИ АНИҚЛАШ
Эркаклар бепуштлиги замонавий тиббиётда долзарб ижтимоий-тиббий муаммолардан бири ҳисобланади. Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти маълумотларига кўра, бепушт никоҳ ҳолатларининг 30–50 фоизи эркак омиллари билан боғлиқ бўлиб, бу ҳолат эркак репродуктив саломатлигини чуқур ўрганиш заруратини кўрсатади. Эркаклар бепуштлиги кўп омилли патология бўлиб, унинг ривожланишида генетик ва клиник хавф омиллари асосий ўрин тутади. Генетик омиллар қаторига хромосомаларнинг сон ва тузилишидаги аномалиялар, Y-хромосома микроделециялари, ирсий синдромлар ва айрим ген мутациялари киради. Ушбу ўзгаришлар сперматогенез жараёнини турли босқичларда бузиб, сперматозоидлар сони, ҳаракатчанлиги ва морфологиясининг ёмонлашишига олиб келади. Клиник хавф омиллари эса варикоцеле, эндокрин бузилишлар, уrogenитал инфекциялар, яллиғланиш касалликлари, травмалар ҳамда узоқ муддатли дори воситаларининг таъсири билан боғлиқ. Генетик ва клиник хавф омилларини комплекс равишда баҳолаш эркаклар бепуштлигини эрта аниқлаш, самарали даволаш усулларини танлаш ва профилактик чора-тадбирларни ишлаб чиқиш имкониятини оширади. Шу боис мазкур тадқиқот эркаклар бепуштлиги ривожланишида генетик ва клиник хавф омилларининг аҳамиятини кенг ёритишга қаратилган.
2026-02-05
IMPROVING THE ACCOUNTING AND MANAGEMENT OF BANK FINANCIAL ASSETS UNDER CONTEMPORARY FINANCIAL STABILITY CHALLENGES
Financial assets constitute the core of commercial banks’ operations, directly influencing profitability, resilience, and long-term sustainability. In the context of heightened global financial volatility, stricter regulatory frameworks, and rapid digital transformation, traditional approaches to accounting and managing bank financial assets require substantial revision. This study aims to develop and substantiate contemporary approaches to improving the accounting and management of bank financial assets in order to strengthen financial stability and risk resilience. The research focuses on capital adequacy, liquidity management, asset quality, and regulatory compliance, with particular attention to Basel II and Basel III standards. The findings are expected to contribute both to academic discourse on banking stability and to practical decision-making within commercial banks and supervisory institutions.
2026-02-05
MINTAQANING INNOVATSION IQTISODIY RIVOJLANISH TENDENSIYASI
Hozirgi globallashuv davrida mintaqaviy iqtisodiyot mamlakatlarning barqaror rivojlanishida strategik ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, "har bir viloyat - yirik sanoat, qishloq xo‘jaligi yoki xizmat ko‘rsatish markazi bo‘lishi kerak"[1]. Ushbu g‘oya mintaqaviy rivojlanishning yangi konsepsiyasini belgilab berdi. Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari XXI asrning uchinchi o‘n yilligi mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishda strategik paradigmaning tubdan o‘zgarishiga guvoh bo‘lmogda. Global pandemiya, geosiyosiy keskinliklar, iqlim o‘zgarishi va to‘rtinchi sanoat inqilobi an’anaviy mintaqaviy rivojlanish modellarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etdi. Mintaqalar endi nafaqat milliy iqtisodiyotning passiv tarkibiy qismlari, balki mustaqil innovatsion tizimlar, raqobatbardosh afzalliklar manbalari va barqaror rivojlanishning faol subyektlariga aylanmogda.
2026-02-05
ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLAR VA TA’LIM SIFATI
Ushbu tezisda zamonaviy pedagogik yondashuvlarning ta’lim sifati oshishidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Ta’lim jarayonida innovatsion metodlar, interfaol usullar, kompetensiyaga asoslangan yondashuv, raqamli texnologiyalar hamda o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish va ijodiy faolligini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlarning muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
2026-02-05
O‘ZBEKISTONDA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI SOHASINI STRATEGIK RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA YOSHLARNING O‘RNI VA INNOVATSION TASHABBUSLARI
Mazkur tezisda O‘zbekiston iqtisodiyotining strategik tarmog‘i hisoblangan uy-joy kommunal xo‘jaligi (UJKX) tizimini modernizatsiya qilishda yoshlarning intellektual salohiyatidan foydalanish masalalari tadqiq etiladi. Global urbanizatsiya, energiya resurslarining cheklanganligi va raqamli transformatsiya sharoitida sohani boshqarishning yangi mexanizmlari taklif etilgan. Maqolada yosh kadrlar tayyorlash, "aqlli texnologiyalar"ni tatbiq etish va sohadagi islohotlarni yoshlar nigohi orqali takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.
2026-02-05
СУД ҲУЖЖАТЛАРИНИ ИЖРО ЭТМАСЛИК УЧУН ЖИНОИЙ ЖАВОБГАРЛИК БЕЛГИЛАНИШИНИНГ ИЖТИМОИЙ-ҲУҚУҚИЙ ЗАРУРАТИ ВА УНИНГ ЭВОЛЮЦИЯСИ
Мазкур тезисда суд ҳужжатларини ижро этмаслик учун жиноий жавобгарлик белгилашнинг ижтимоий-ҳуқуқий зарурати ҳамда мазкур институтнинг жиноят қонунидаги ривожланиш тарихи илмий-назарий жиҳатдан таҳлил қилинган. Тадқиқотда суд ҳокимияти томонидан қабул қилинган ҳужжатларнинг ўз вақтида ва тўлиқ ижро этилиши одил судловни амалга оширишнинг ҳал қилувчи шарти эканлиги асослаб берилган. Суд қарорларининг бажарилмаслиги суд ҳокимияти нуфузининг пасайишига, фуқароларнинг суд тизимига бўлган ишончининг сусайишига, шунингдек, конституциявий ҳуқуқ ва қонуний манфаатларнинг самарали ҳимоя қилинмаслигига олиб келиши кўрсатиб ўтилган.
2026-02-05
КУЧЛИ ТАЪСИР ҚИЛУВЧИ ЁКИ ЗАҲАРЛИ МОДДАЛАР БИЛАН ҚОНУНГА ХИЛОФ РАВИШДА МУОМАЛА ҚИЛИШ ЖИНОЯТЛАРИНИНГ ОБЪЕКТИ
Мазкур мақолада кучли таъсир қилувчи ёки заҳарли моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилиш билан боғлиқ жиноятларнинг объекти ҳуқуқий жиҳатдан таҳлил қилинган. Жиноят ҳуқуқи назариясида жиноят таркибини ташкил этувчи муҳим белгилардан бири бу жиноятнинг объектидир. Айнан объект жиноят қаратилган ижтимоий муносабатларни ифодалайди ва уларга етказиладиган зарар ёки зарар етказиш хавфини англатади. Мақолада бу турдаги жиноятларнинг ижтимоий хавфлилик даражаси, аввало, қайси муносабатларга тажовуз қилиниши билан белгиланиши таъкидланган. Шу нуқтаи назардан, кучли таъсир қилувчи ёки заҳарли моддалар билан қонунга хилоф равишда муомала қилиш билан боғлиқ жиноятларда объектни тўғри аниқлаш жиноятнинг моҳиятини англашда муҳим аҳамиятга эга. Муаллиф мазкур жиноятларнинг объектларини умумий, махсус, турдош ва бевосита объектларга ажратиб таҳлил қилади. Шунингдек, бевосита объектлар ичида асосий, қўшимча ва факультатив объектлар фарқланади. Ушбу моддаларни қонунга хилоф равишда давлат чегарасидан ўтказиш билан боғлиқ жиноят мисолида, жамоат хавфсизлигини таъминловчи ижтимоий муносабатлар объект сифатида кўрсатилган бўлса-да, бу ёндашув барча ҳолатларга татбиқ этилиши мумкин эмаслиги қайд этилган. Мақолада жиноят ҳуқуқи назариясида қабул қилинган вертикал ва горизонтал классификация асосида объектни таҳлил қилиш орқали, ушбу жиноятларнинг ҳуқуқий мазмуни ва ижтимоий хавф даражаси чуқур очиб берилган. Муаллифнинг фикрича, мазкур турдаги жиноятларда объектни аниқлаш нафақат тўғри квалификация қилишда, балки жиноятларнинг олдини олиш ва адолатли жазо қўллаш учун ҳам зарур асосдир. Хулоса қилиб айтганда, кучли таъсир қилувчи ёки заҳарли моддалар билан боғлиқ жиноятларда объектни аниқлаш орқали уларнинг ҳуқуқий ва ижтимоий аҳамиятини белгилаш имкони пайдо бўлади.
2026-02-05
AGRAR TARMOQDA MEHNAT RESURSLARINI BOSHQARISHNING XORIJ TAJRIBASI VA ULARNI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Maqolada agrar tarmoqda mehnat resurslarini boshqarishning xorij tajribasi hamda ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Rivojlangan Yevropa va Osiyo davlatlarida agrar ta’lim va mehnat resurslarini boshqarish tizimining asosiy xususiyatlari, xususan Germaniya, Gollandiya va Xitoy tajribalari misolida o‘rganilgan. Ta’lim, ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish integratsiyasi, dual ta’lim tizimi, raqamli boshqaruv hamda bitiruvchilar bandligini ta’minlash mexanizmlarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, O‘zbekistonda agrar tarmoq uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va mehnat resurslarini samarali boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
2026-02-05
MAXSUS SUBYEKTLI JINOYATLARNING JINOYAT TARKIBI TIZIMIDAGI O‘RNI
Mazkur tezisda jinoyat tarkibi tizimida maxsus sub’ektli jinoyatlarning o‘rni va ahamiyati nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif jinoyat sub’ekti tushunchasini umumiy va maxsus belgilar nuqtai nazaridan yoritib, maxsus sub’ekt belgilari jinoyatni kvalifikatsiya qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini asoslab beradi. Ayniqsa, mansabdor shaxs alomati eng keng tarqalgan maxsus sub’ekt belgisi sifatida tahlil qilinib, uning jinoyat-huquqiy mazmuni, qonunchilikda ifodalanishi hamda turli ilmiy yondashuvlar doirasidagi baholari ochib beriladi. Tezisda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi normalari tahlili asosida maxsus sub’ekt belgilarining jinoyat-huquqiy normalar dispozitsiyalarida bevosita yoki bilvosita ifodalanish shakllari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, mansabdor shaxs, xizmatchi va hokimiyat vakili tushunchalarining o‘zaro nisbati tahlil qilinib, ularning jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishdagi ahamiyati yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari maxsus sub’ektli jinoyatlar bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyotida huquqiy aniqlik va bir xil yondashuvni ta’minlashga xizmat qiladi.
2026-02-05
КОМПОЗИЦИОННЫЕ ПОЛИМЕРНЫЕ МАТЕРИАЛЫ, СОДЕРЖАЩИЕ ЧАСТИЦЫ МЕТАЛЛОВ И ЭЛЕМЕНТЫ НА ИХ ОСНОВЕ
Эффект резкого изменения проводимости с температурой, который связан с тепловым расширением композиционных полимерных материалов широко используется в электронной технике (терморезисторы, нагревательные элементы). Однако описание основной характеристики таких материалов - зависимости электропроводности от температуры с учетом теплового расширения материала до сих пор находится на уровне предположений.
2026-02-05
INFUZORIYA TURLARI, KELTIRIB CHIQARADIGAN KASALLIK VA DAVOLASH
Mazkur maqola aholi orasida jida keng tarqalgan bir hijayrali infuzoriya turlari, keltirib chiqaradigan kasalliklari va oldini olish yoritib o'tiladi. Infuzoriyalar yer yuzida ayniqsa suvli muhitdan keng tarqalgan ba’zi turlari esa umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda hamda odamlarda parazitlik qiladi.
2026-02-06
ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MODEL VA OMILLARI
Mazkur maqolada erkin iqtisodiy hududlarning (EIH) zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni, ularning milliy iqtisodiyotdagi strategik roli va hududiy rivojlanishga ta’siri tahliliy yondashuv asosida o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida EIHlarning samarali rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy tashkiliy va iqtisodiy omillar tizimli model sifatida yoritilgan. Ushbu model boshqaruv tizimining samaradorligi, institutsional barqarorlik, iqtisodiy rag‘batlar tizimi va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini o‘z ichiga oladi.
2026-02-06
NODAVLAT TA’LIM MUASSASALARI PEDAGOGIK BOSHQARUVINI TAKOMILLASHTIRISHDA MARKETING YONDASHUVLARI
Mazkur tezisda nodavlat ta’lim muassasalarida pedagogik boshqaruv samaradorligini oshirishda marketing yondashuvlarining o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Ta’lim xizmatlari bozorida raqobatning kuchayishi sharoitida marketing strategiyalarini qo‘llash pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda ta’lim oluvchilar ehtiyojlarini to‘liq qondirishga xizmat qilishi asoslab beriladi.
2026-02-06
RAQAMLI AKTIVLARNI ER-XOTINNING UMUMIY MULKI SIFATIDA E’TIROF ETISH: NAZARIYA VA AMALIYOT KOLLIZIYASI
Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi mulk tushunchasining an’anaviy huquqiy chegaralarini sezilarli darajada kengaytirmoqda. Kriptoaktivlar, tokenlar, NFTlar, raqamli akkauntlar va boshqa shunga o‘xshash nomoddiy obyektlar iqtisodiy muomalada real qiymatga ega bo‘lib, mulkiy munosabatlarning mustaqil obyektlariga aylanmoqda. Biroq ushbu obyektlarning huquqiy tabiati va ularning an’anaviy fuqarolik hamda oila huquqi institutlari bilan o‘zaro munosabati hali to‘liq shakllanmagan. Er-xotinning umumiy mulki instituti oila huquqining eng muhim va eng ko‘p nizolar keltirib chiqaradigan yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Sud amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, ayniqsa mulkni bo‘lish, kreditorlar talabini qaratish va bankrotlik holatlarida umumiy mulk rejimi bilan bog‘liq muammolar keskinlashadi.
2026-02-06
TIJORAT BANKLARIDA MOLIYAVIY BARQARORLIKNI TA’MINLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada tijorat banklarida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi tijorat banklarining moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularning samaradorligini empirik tahlil asosida baholashdan iborat. Tadqiqot jarayonida banklarning kapital yetarliligi, likvidlik darajasi, rentabellik ko‘rsatkichlari va kredit portfeli sifati o‘rganildi hamda moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan ilmiy-amaliy xulosalar ishlab chiqildi. Olingan natijalar tijorat banklari faoliyatida risklarni boshqarish tizimini kuchaytirish, daromad manbalarini diversifikatsiyalash va prudensial me’yorlarni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
2026-02-06
BOLA SHAXSINI RIVOJLANISHIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR
Mazkur maqolada bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, irsiy omillar, biologik rivojlanish, oila muhiti, tarbiya jarayoni, ta’lim muassasalaridagi pedagogik faoliyat hamda ijtimoiy muhitning bolaning shaxs sifatida shakllanishidagi ahamiyati yoritib beriladi. Shuningdek, bolaning aqliy, jismoniy, ma’naviy-axloqiy va psixologik rivojlanishida ijtimoiy munosabatlar hamda tarbiya jarayonining uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Maqola ta’lim sohasi mutaxassislari, pedagoglar va ota-onalar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
2026-02-06
«СОЦИОЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ УМЕНЬШИТЕЛЬНО-ЛАСКАТЕЛЬНЫХ ФОРМ»
Ушбу тезисда кичиклаштирувчи-ширинлаштирувчи шаклларнинг социолингвистик табиати, уларнинг коммуникациядаги прагматик функциялари ва фойдаланишдаги фарқлар, ижтимоий статус, ёш ва гапираётган инсоннинг жинси билан боғлиқ равишда кўриб чиқилади. Тадқиқот кузатиш, контекстуал-прагматик таҳлил ва таққослаш усулларига асосланган бўлиб, нутқ вазиятларининг типологиясини таклиф этади ва норматив ва экспрессив ресурсларнинг ўзаро алоқасини очиб беради.
2026-02-06
ПРАВО ОБЖАЛОВАНИЯ ПРОЦЕССУАЛЬНЫХ ДЕЙСТВИЙ И РЕШЕНИЙ В УГОЛОВНО-ПРОЦЕССУАЛЬНОМ КОДЕКСЕ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН: ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И ПРАВОПРИМЕНИТЕЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ
В тезисах осуществляется критический анализ права на обжалование процессуальных действий и решений в уголовно-процессуальном праве Республики Узбекистан. Обосновывается тезис о том, что право на обжалование представляет собой самостоятельную процессуальную гарантию, эффективность которой в значительной степени зависит от степени развития судебного контроля и реального содержания процедур рассмотрения жалоб. Выявляются системные проблемы нормативного регулирования и правоприменительной практики, предлагаются научно обоснованные направления их преодоления с учётом современных доктринальных подходов и международных стандартов справедливого судебного разбирательства.
2026-02-09
XIX ASRDA JADIDCHILIK MAKTABLARI
Ushbu maqolada XIX asrdagi jadidlarning yurtimiz ilm faniga qo’shgan hissasi, jadidchilik maktablari va ularning vujudga kelishi, rivojlanishi haqida so’z yuritiladi.
2026-02-09
ALISHER NAVOIY VA XALQ OG`ZAKI IJODI AN`ANALARI
Maqolada Alisher Navoiy ijodida folklor an’analarining o‘rni yoritiladi. Shoir asarlarida xalq og‘zaki ijodiga xos motivlar va badiiy unsurlar keng qo‘llanib, ular axloqiy-tarbiyaviy g‘oyalarni ifodalashga xizmat qiladi.
2026-02-09
"OQ O'LIM" VA ZAMONAVIY QARAMLIKLAR
Ushbu maqola jamiyatda ommalashib yoshlar va insonlarni o'z domiga tortayotgan zamonaviy qaramliklar va zararli odatlar haqida bo'lib va bu kabi illatlar bilan qanday kurashish va insonlarga o'zi iste'mol qilayotgan mahsulot hamda kuzatayotgan har bir narsasiga e'tiborli bo'lishni ochib beradi. Albatta bu jamiyat uchun manfaatli bo'ladi degan umiddaman.
2026-02-09
THE ROLE OF ECOLOGICAL AND INNOVATIVE FACTORS IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF SMALL AND MEDIUM-SIZED BUSINESSES
This thesis examines the role of ecological and innovative factors in ensuring the sustainable development of small and medium-sized businesses (SMEs). In the context of global economic transformation and the transition to a green economy, the integration of environmental sustainability and innovation into business activities has become a key priority. The study analyzes the impact of resource-efficient technologies, green investments, and innovation-driven management on the economic and environmental performance of SMEs. The findings indicate that the implementation of environmentally friendly technologies, the expansion of green financing mechanisms, and the strengthening of innovation capacity significantly contribute to the long-term sustainability and competitiveness of SMEs.
2026-02-09
ИПАК АКАЦИЯСИНИНГ МАНЗАРАЛИ ХУСУСИЯТЛАРИ
Ипак акацияси дуккакдошлар (Fabaceae) оиласи мимозалар кенжа (Mimosoideae) оиласига мансуб бўлган дарахтдир.
2026-02-09
INTELLECTUALIZATION OF MEASUREMENTS OF POWER CONVERTER PARAMETERS IN METAL-CUTTING MACHINE TOOLS
The paper considers intelligent measurement of power converter parameters in metal-cutting machine tools. The approach combines advanced sensors and digital signal processing for real-time monitoring of electrical and thermal variables. Intelligent data analysis enables early fault detection and improves the reliability and energy efficiency of machine tool drives.
2026-02-09
MATEMATIKA TA’LIMIDA FANLARARO INTEGRATSIYA VA STEAM YONDASHUVINING METODOLOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada matematika fanini boshqa aniq va tabiiy fanlar (fizika, informatika, muhandislik) bilan integratsiyalashgan holda o‘qitishning metodologik jihatlari tadqiq qilingan. An’anaviy "izolyatsiya qilingan" o‘qitish metodikasi va zamonaviy STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvi qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, integrativ yondashuv o‘quvchilarda matematik bilimlarni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llash (funksional savodxonlik) ko‘nikmasini shakllantiradi va fanga bo‘lgan motivatsiyani oshiradi. Maqolada fanlararo aloqalarni o‘rnatishning didaktik modellari taklif etilgan.
2026-02-09
AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchilarning innovatsion faoliyati va kelgusi avlodlarga jamiyat talablari asosida bilim berishda interfaol usullardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilinadi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi shaxsdan raqamli savodxonlikni oshirishni talab qiladi. Elektron ta’lim muhiti talabalarni zamonaviy dasturlar, texnologiyalar va raqamli vositalarni o‘zlashtirishga tayyorlaydi. Bu, ayniqsa, raqamli transformatsiya sharoitida faoliyat yuritadigan kasblar uchun muhimdir.
2026-02-09
SHARQ MATEMATIK TAFAKKURINING ILIM-FAN TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI
Ushbu maqolada IX–XV asrlarda musulmon Sharqi hududida shakllangan matematika maktablarining fan va texnika taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Muhim e’tibor matematikaning Xorazm ilmiy muhitidan boshlangan va Samarqand ilmiy markazida yuksak cho‘qqisiga chiqqan tarixiy uzluksiz rivojlanish jarayoniga qaratilgan. Tadqiqotda al-Xorazmiy, Beruniy, Umar Xayyom, Nasiriddin Tusi, Mirzo Ulug‘bek va al-Koshiylarning ilmiy merosi fan metodologiyasi va hisoblash texnikasi nuqtayi nazaridan tahlil etiladi. Maqolada Sharq matematik tafakkurining evolyutsiyasi — algoritmik fikrlashdan amaliy integratsiyaga, abstrakt modellashtirishdan texnik aniqlikka tomon izchil o‘sish sifatida yoritilgan. Natijalar Sharq matematik maktablari Yevropa Uyg‘onish davrining ilmiy asoslarining shakllanishida hal qiluvchi o‘rin tutganini ko‘rsatadi.
2026-02-09
DIRECT COSTING VA ABSORPTION COSTING TIZIMLARINING AFZALLIKLARI VA FARQLI JIHATLARI AMALIY MISOLDA
Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida xarajatlar hisobini yuritish tizimining tanlanishi narx belgilash, rentabellikni tahlil qilish va strategik qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada direct costing (o‘zgaruvchan xarajatlar) va absorption costing (to‘liq yutuvchi xarajatlar) tizimlarining nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi va afzalliklari tahlil qilinadi. Adabiyotlar sharhi va empirik tadqiqotlar bu tizimlarning boshqaruv va moliyaviy hisobotdagi rolini yoritadi. PULP AND PAPER MCHJ misolida olib borilgan solishtirma tahlil har ikkala tizimning iqtisodiy asoslanganligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, direct costing qisqa muddatli boshqaruv qarorlarini qabul qilishda va narx siyosatida samarali bo‘lsa, absorption costing tizimi moliyaviy hisobot va soliq hisoboti yuritishda zarurdir. Maqola O‘zbekistonning ishlab chiqarish sektorida ushbu tizimlarni gibrid shaklda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar bilan yakunlanadi.
2026-02-09
