Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2026-03-24

SOG‘LOM TURMUSH TARZI VA TIBBIY PROFILAKTIKA TIZIMINING EKOLOGIK XAVFSIZLIK BILAN O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Mazkur tezisda sog‘lom turmush tarzi va tibbiy profilaktika tizimining ekologik xavfsizlik bilan o‘zaro uzviy bog‘liqligi tahlil qilinadi. Atrof-muhit omillarining inson salomatligiga ta’siri, ekologik muammolar sharoitida profilaktik choralar samaradorligi hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning dolzarb jihatlari yoritilgan.

Nurmatov Samandar G’ayratovich

4-6

2026-03-23

EMPIRIK MA’LUMOTLAR TURLARI

Mazkur tezisda empirik ma’lumotlarning mohiyati, ularning ilmiy tadqiqot jarayonidagi o‘rni hamda asosiy turlari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Empirik ma’lumotlar kuzatish, tajriba, so‘rovnoma va hujjatlarni o‘rganish orqali olinadigan real faktlar majmuasi sifatida izohlanadi. Tadqiqotda sifat va miqdoriy empirik ma’lumotlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va qo‘llanilish sohalari yoritilgan. Shuningdek, birlamchi va ikkilamchi ma’lumotlar o‘rtasidagi farqlar ham ilmiy asosda tahlil etiladi. Empirik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash usullarining aniqligi tadqiqot natijalarining ishonchliligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlanadi. Mazkur ish empirik ma’lumotlardan samarali foydalanish orqali ilmiy xulosalarning asoslanganligini oshirishga xizmat qiladi hamda zamonaviy tadqiqot metodologiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Saydullayeva Zilola Rizamat qizi

7-10

2026-03-23

IQTISODIY O‘SISH VA IQTISODIY RIVOJLANISH

Ushbu maqolada zamonaviy iqtisodiyot ilmining fundamental tushunchalari - iqtisodiy oʻsish va iqtisodiy rivojlanishning oʻzaro nisbati tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida ushbu ikki jarayonning indikatorlari, ularga taʼsir etuvchi omillar va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlari qiyosiy tahlil qilingan. Maqolada iqtisodiy oʻsish har doim ham ijtimoiy rivojlanishni kafolatlamasligi ilmiy asoslab berilgan hamda barqaror iqtisodiy taraqqiyot modeliga oʻtishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab berilgan.

Abdusamatov Sh. A., Imomaliyeva M.Z.

11-13

2026-03-24

DINAMIK MAKROIQTISODIY MODELLAR VA ULARNING IQTISODIY O‘SISHNI TAHLIL QILISHDAGI O‘RNI

Hozirgi globallashuv va iqtisodiy integratsiya sharoitida mamlakatlar iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va uni barqaror rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Iqtisodiy jarayonlar doimiy o‘zgarib turadiganligi sababli, ularni vaqt omili asosida tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan dinamik makroiqtisodiy modellar iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, investitsiya va jamg‘arma jarayonlarini chuqur o‘rganishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada dinamik makroiqtisodiy modellar, ularning mohiyati va iqtisodiy o‘sishni tahlil qilishdagi ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek, asosiy modellarning xususiyatlari va ularning amaliy qo‘llanilishi tahlil qilingan.

Abdisamatov Shuxratjon Abdinazarovich, Maxmudjonova Muxlisabonu Xasanboy qizi

14-15

2026-03-24

UYG‘ONISH VA MA’RIFAT DAVRI ADABIYOTIDA AMIR TEMUR OBRAZI: AMBITSIYA VA AXLOQIY HUKMDOR TALQINI

Ingliz adabiyotida Amir Temur obrazining yozuvchilar yashagan tarixiy davr va adabiy muhitga bog‘liq holda qanday badiiy talqin etilganini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda Uyg‘onish davri vakili Kristofer Marloning “Tamburlaine the Great” dramasi hamda Ma’rifat davri dramaturgi Nikolas Rouning “Tamerlane” tragediyasi asosiy manba sifatida ko‘rib chiqiladi. Tarixiy shaxsning badiiy obrazga aylanish jarayoni davr g‘oyalari, estetik qarashlar va adabiy yo‘nalishlar bilan chambarchas bog‘liq ekani asoslab beriladi.

Sherzod Yakubov Kamildjanovich

16-18

2026-03-24

NOGIRONLAR BILAN ISHLASHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Nogironligi bor shaxslarning jamiyatdagi ijtimoiy holati, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashda ijtimoiy ishning o‘rni hamda ahamiyati tahlil etilgan. Tadqiqotda nogironligi bor shaxslarning ijtimoiy moslashuvi, ta’lim va bandlikka integratsiyasi, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda mavjud muammolar yoritilgan. Shuningdek, ijtimoiy ish amaliyotida inklyuziv yondashuvni rivojlantirish, stigmatizatsiyani kamaytirish va nogironligi bor shaxslarning mustaqil hayot kechirishini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqola natijalari ijtimoiy ish sohasidagi mutaxassislar, tadqiqotchilar hamda ushbu yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar uchun amaliy ahamiyatga ega.

Yuldosheva Ferangiz Rashid qizi, Mahmudova Nigora Baratovna

19-22

2026-03-24

MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI SOLIQ TIZIMINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA QILISHNING AHAMIYATI

Mazkur maqolada Markaziy Osiyo mamlakatlarida soliq tizimini raqamli transformatsiya qilish jarayonlari tahlil qilinib, uning iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi ahamiyati yoritiladi. Mintaqada soliq ma’murchiligidagi mavjud muammolar, jumladan yashirin iqtisodiyot ulushining yuqoriligi, ma’lumotlar almashinuvining sustligi hamda soliq nazoratining yetarli darajada avtomatlashtirilmaganligi iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois maqolada ilg‘or davlatlar tajribasi asosida soliq tizimini raqamlashtirishning samarali mexanizmlari ishlab chiqiladi. Tadqiqot doirasida O‘zbekiston sharoitida elektron soliq xizmatlarini kengaytirish, sun’iy intellekt asosida soliq nazoratini kuchaytirish, “raqamli soliq platformasi”ni shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Natijalar mintaqaviy fiskal siyosatni takomillashtirish va iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishga xizmat qiladi.

Maxsudov Sherzod Solijonovich, Abdullayev Abubakir Ilhomjon o‘g‘li, Abdumalikov Samandar Akmaljon o‘g‘li, Abdurahimov Ibrohimjon Abdurahmon o‘g‘li, Ne‘matov Davronbek Nodirbek o‘g‘li

23-25

2026-03-24

KREATIV FIKRLASH. KASBIY KOMPETENSIYA VA UNI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

Mazkur ishda kreativ fikrlashning mohiyati, uning zamonaviy jamiyat va kasbiy faoliyatdagi o‘rni, shuningdek kasbiy kompetensiyaning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari keng yoritilgan. Kreativ fikrlash insonning yangicha yondashuv asosida muammolarni hal etish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish hamda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishida muhim omil hisoblanadi. Ishda kreativ fikrlashni rivojlantirishning samarali usullari, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan metodlar hamda ularning natijadorligi haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shu bilan birga, kasbiy kompetensiya tushunchasi, uning tarkibiy qismlari bilim, ko‘nikma, malaka, shaxsiy sifatlar va zamonaviy mehnat bozori talablariga mos holda rivojlantirish yo‘llari tahlil qilingan. Kompetensiyaviy yondashuvning ta’lim tizimidagi ahamiyati, shuningdek, talabalar va mutaxassislarning o‘z ustida ishlashi orqali kasbiy salohiyatini oshirish masalalari ham yoritilgan. Mazkur ish natijalari kreativ fikrlashni rivojlantirish va kasbiy kompetensiyani shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ta’lim muassasalari, o‘qituvchilar va talabalar uchun foydali tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Mazkur ilmiy ishda kreativ fikrlashning nazariy asoslari, uning shakllanish mexanizmlari hamda inson faoliyatidagi ahamiyati chuqur tahlil qilingan.

Tursunov A.N., Asrorov Javoxir Izzat o`g`li, Suyunqulov Ravshanbek Bahronqul o`g`li

26-30

2026-03-24

IMPLEMENTING THE MONTESSORI METHOD WITHIN THE UZBEKISTAN EDUCATION SYSTEM: OPPORTUNITIES AND CHALLENGES

This article explores the theoretical and practical frameworks for integrating the Montessori pedagogical system into the educational landscape of Uzbekistan. As the nation prioritizes the development of autonomous, creative, and critically thinking youth, the Montessori approach provides a robust alternative to traditional instructional models. The paper examines the synergy between Montessori principles and the National Curriculum, identifies potential cultural and economic barriers, and proposes a localized model for vocational and language education.

Shoira Mukarramova

31-33

2026-03-24

MADANIY MEROS AGENTLIGINING MODDIY MADANIY MEROS OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISHDAGI O‘RNI

Ushbu tezisda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi ning moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishdagi oʻrni va faoliyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda mamlakat hududida joylashgan tarixiy obidalar, arxeologik yodgorliklar, meʼmoriy inshootlar hamda boshqa moddiy madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash, ularni roʻyxatga olish, restavratsiya qilish va davlat muhofazasiga olish jarayonlari yoritiladi. Shuningdek, agentlik tomonidan madaniy meros obyektlarini ilmiy oʻrganish, ularni saqlash hamda kelajak avlodga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada moddiy madaniy merosni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohada davlat siyosatining ahamiyati haqida ham fikr yuritiladi.

Sattorova Sh.O‘.

34-37

2026-03-24

РАННЯЯ НЕОНАТАЛЬНАЯ АУДИОМЕТРИЯ КАК МЕТОД СВОЕВРЕМЕННОЙ ДИАГНОСТИКИ НАРУШЕНИЙ СЛУХА

В статье рассматривается значение ранней неонатальной аудиометрии в системе обязательного аудиологического скрининга новорождённых в Республике Узбекистан как ключевого компонента профилактики сенсоневральной тугоухости и связанных с ней нарушений развития. Подробно описаны современные объективные методы диагностики — регистрация отоакустической эмиссии (ОАЭ) и автоматизированных слуховых вызванных потенциалов ствола мозга (AABR), позволяющие оценивать функциональное состояние как периферического, так и центрального отделов слухового анализатора.

Нарзуллаев Нуриддин Умарович, Файзуллаева Вазира Хамидовна

38-40

2026-03-24

ЭФФЕКТИВНОСТЬ КОМБИНИРОВАННОЙ ТЕРАПИИ ПУВА И КРЕМА SKINKEA У ПАЦИЕНТОВ С ПСОРИАЗОМ

Псориаз является хроническим воспалительным заболеванием кожи с рецидивирующим течением, требующим комплексного подхода к терапии. Современные методы лечения направлены на достижение стойкой ремиссии и улучшение качества жизни пациентов. Одним из эффективных методов является ПУВА-терапия, а также наружное применение противовоспалительных средств.

Аббосхонова Ф.Х., Рахимбаева С.Б.

41-42

2026-03-24