Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-03-07
Статьи
QISHLOQ XO‘JALIGIDA MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH TARMOG‘INI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI
Ushbu tadqiqot ishi qishloq xo‘jaligida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish tarmog‘ini barqaror rivojlantirishning xorijiy tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ma’lumotlar bazasi sifatida rasmiy veb-saytlardan foydalanilgan. Tadqiqotning maqsadi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning meva-sabzavot yetishtirish sohasidagi ilg‘or tajribalarini tahlil qilish, ularning muvaffaqiyat omillarini aniqlash va O‘zbekiston sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan usullarni ishlab chiqishdan iborat. Ushbu tadqiqot natijalari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida qaror qabul qiluvchilar, fermerlar va tadqiqotchilar uchun foydali bo‘ladi.
2025-03-06
MAKTABLARDA CHAP QO’L BILAN ISHLASH TEXNIKASI
ushbu maqolada maktablarda chap qo'l bilan ishlash texnikasi muammosi ko'rib chiqiladi. Chap qo'lli bolalar uchun yozish, chizish va boshqa faoliyatlarni bajarishda duch keladigan qiyinchiliklar tahlil qilinadi va bu qiyinchiliklarni yengishga yordam beradigan amaliy tavsiyalar beriladi. Maxsus o'quv materiallari va moslashtirilgan uslublarning ahamiyati ta'kidlanadi. Chap qo'lli bolalarni qo'llab-quvvatlashning muhimligi va ularning individual ehtiyojlarini hisobga olish zarurligi urg'u beriladi.
2025-03-06
FUQAROLIK HUQUQIDA SUN’IY INTELLEKTNING TUTGAN O‘RNI
Ushbu maqolada sun’iy intellektning fuqarolik huquqida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Sun’iy intellektning huquqiy shaxs maqomi, huquqiy javobgarlik masalalari va shartnoma huquqiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida sun’iy intellekt bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga solish usullari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt huquqiy subyekt sifatida tan olinishi, uning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi ishtiroki va javobgarligi borasidagi muammolarni yoritishga xizmat qiladi.
2025-03-06
GRAFIKLAR NAZARIYASI VA UNING ALGORITMLARDA QOʻLLANILISHI
Grafiklar nazariyasi matematikada va kompyuter ilm-fanida muhim o‘rin tutadi, chunki u tizimlar orasidagi munosabatlarni ifodalash va tahlil qilishda keng qo‘llaniladi. Grafiklar bo‘g‘inlar (vertices) va ularni bog‘laydigan qirralardan (edges) tashkil topgan strukturalardir. Bu nazariya turli xil masalalarni hal qilishda, xususan, tarmoq tahlili, yo‘lni topish, sosial tarmoqlar va kompyuter grafikasi kabi sohalarda keng qo‘llaniladi.
2025-03-10
BULUTLI TEXNOLOGIYA ULARNI AFZALIKLARI
Bulutli texnologiyalar so'nggi yillarda IT sohasida inqilobiy o'zgarishlarni keltirib chiqardi. Ular foydalanuvchilarga ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash va tarmoqlar orqali ularga kirish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu maqolada bulutli texnologiyalarning asosiy turlari, ularning afzalliklari va biznes jarayonlarini optimallashtirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, xavfsizlik, ma'lumotlarni himoya qilish va bulutli xizmatlarni tanlashda e'tibor berilishi kerak bo'lgan omillar muhokama qilingan.
2025-03-10
SONLAR NAZARIYASI VA ULARNING QO‘LLANILISHI
Ushbu maqolada sonlar nazariyasining asosiy yo‘nalishlari va ularning amaliy qo‘llanilishlari tahlil qilinadi. Sonlar nazariyasi matematikaning muhim bo‘limi bo‘lib, u butun sonlarning xossalarini o‘rganadi. Tadqiqotda adabiyot tahlili va matematik modellashtirish usullari qo‘llanildi. Sonlar nazariyasining kriptografiya, kompyuter fanlari, iqtisodiyot va fizika kabi sohalardagi ahamiyati ko‘rib chiqildi.
2025-03-10
KVANT HISOBLASH VA UNING MATEMATIK ASOSLARI
Kvant hisoblash - an'anaviy kompyuterlarga qaraganda, kvant mexanikasining tamoyillaridan foydalanadi. Kvant bitlari (qubits) bir vaqtning o‘zida 0 va 1 holatida bilishi mumkin, bu esa kvant kompyuterlariga ko‘p ma'lumotni paralel tarzda qayta ishlash imkonini beradi. Kvant hisoblashning matematik asoslari ket vektorlar va matritsalar yordamida ifodalanadi.
2025-03-10
ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Ushbu maqolada zamonaviy kompyuterlar bo‘limini o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim tizimida yangi pedagogik yondashuvlarni talab etmoqda. Maqolada kompyuter texnologiyalarini o‘qitish jarayonida zamonaviy metod va vositalardan foydalanish, interfaol usullar, amaliy mashg‘ulotlar hamda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish usullari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, zamonaviy dasturiy va texnik vositalar yordamida o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion texnologiyalar va interfaol o‘qitish metodlari qo‘llanilishi ta’lim sifati va talabalarning bilim darajasini oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
2025-03-10
KIBERJINOYATCHILIK, KIBERQONUNLAR VA KIBERNETIKA
Kiberjinoyatchilik – bu kompyuter texnologiyalari va internet orqali sodir etiladigan huquqbuzarliklar majmui bo‘lib, u firibgarlik, ma’lumotlarni o‘g‘irlash va tizimlarga ruxsatsiz kirishni o‘z ichiga oladi. Kiberqonunlar esa bunday jinoyatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar majmuasidir. Kibernetika esa boshqaruv va axborot almashinuvi jarayonlarini o‘rganadigan fan bo‘lib, u kiberxavfsizlikning nazariy asoslarini ta’minlaydi.
2025-03-10
SUN’IY NEYRON TARMOQLAR VA ULARNI OʻRGANISH MEXANIZMI
Ushbu tezisda sun’iy neyron tarmoqlari (SNT) va ularning oʻrganish mexanizmlari tahlil qilinadi. Sunʻiy neyron tarmoqlari biologik neyronlarning faoliyatini imitatsiya qiluvchi matematik modellardir va koʻplab sohalarda keng qoʻllanilmoqda. Tezisda SNTlarning tuzilishi, oʻrganish jarayoni, asosiy algoritmlar va optimizatsiya metodlari, shu jumladan, backpropagation va gradient descent kabi texnikalar koʻrib chiqiladi.
2025-03-10
AXBOROT BO‘LIMINI O‘QITISH METIDIKASI
Mazkur maqolada axborot bo‘limini o‘qitish metodikasining nazariy asoslari, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish usullari va samaradorlikni oshirish yo‘llari tahlil qilinadi.
2025-03-10
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Ushbu maqolada internetda ishlash asoslari bo‘limini o‘qitish metodikasining nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Zamonaviy ta‘lim jarayonida internet texnologiyalarining o‘rni, talabalar uchun interaktiv ta‘lim metodlarini qo‘llash va samaradorlikni oshirish usullari tahlil qilinadi. O‘qitish metodlari qatoriga vizual materiallar, amaliy mashg‘ulotlar, virtual laboratoriyalar va loyiha asosida ta‘lim kiritilgan. Shuningdek, internet xavfsizligi va axborot madaniyatini shakllantirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
2025-03-10
WEB BO‘LIMNI O‘QITISH METODIKASI
Раздел «Веб» предоставляет учащимся возможность получить знания в таких важных направлениях, как создание веб сайтов, изучение языков программирования, разработка пользовательского интерфейса и управление онлайн системами.
2025-03-10
MATEMATIKANING TIBBIYOTDA VA BIOLOGIYADA AHAMIYATI
Mazkur ishda matematikaning tibbiyot va biologiya fanlaridagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda matematik modellashtirish, statistik tahlil va algoritmik yondashuvlarning tibbiyot va biologiya sohalarida qanday qo‘llanilishi yoritiladi. Jumladan, diagnostika, dori vositalarini ishlab chiqish, epidemiyalarni modellashtirish, populyatsiya dinamikasi, genetika va neyrobiologiya sohalarida matematik usullarning qo‘llanilishi muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, matematika tibbiyot va biologiyaning ajralmas qismi bo‘lib, bu fanlarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-03-10
AXBOROT BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Axborot bo‘limini o‘qitish metodikasi talabalarni turli kontekstlarda axborotni samarali qayta ishlash, tahlil qilish va qo‘llash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu yondashuvda tanqidiy fikrlashni, axborotni tanlash va taqdim etish usullarini o‘rgatish kiradi. Bundan tashqari, talabalarni ishonchli manbalarni qidirish, axborotning to‘g‘riligini baholash va uni etik jihatdan qo‘llashga o‘rgatishga alohida e'tibor qaratiladi. Metodika faol ishtirok etish, munozaralar va muammo yechish bilan ta'minlanadi, bu esa talabalarni raqamli davrda akademik va amaliy muammolarni hal qilishga tayyorlaydi.
2025-03-10
TAQDIMOT SLAYDLARINI YARATISH BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Ushbu maqolada asosan taqdimot yaratishda yordam beruvchi zamonaviy pedagogik innovatsion texnologiyalar va interfaol usullarning ahamiyati tahlil qilish, ishlab chiqarishga vizual materiallar bilan ishlash, dizayn ishlariga rioya qilish va ma’lumotlarni samarali taqdim etish bo‘yicha ko‘rish usullari bayon qilingan. Ushbu maqolada keltirilgan metodika talabalarning kreativ fikrlashini rivojlantirish, axborotni aniq va tushunarli ishlash hamda texnologiyadan samarali yo‘l bilan foydalanishga yordam berishni o‘z ichiga oladi.
2025-03-10
MATEMATIK MODELLASHTIRISHNING ASOSIY JARAYONLARI
Mazkur maqolada matematik modellashtirishning asosiy jarayonlari yoritiladi. Matematik modellashtirish – real dunyo jarayonlarini matematik ifodalar orqali aks ettirish va tahlil qilish usuli bo‘lib, u tabiiy va ijtimoiy fanlar, muhandislik, iqtisodiyot va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Maqolada modellashtirish bosqichlari, usullari va ularning amaliy ahamiyati haqida ma’lumot beriladi. Ushchada modellashtirish ilmiy ilmiy jarayonlari, matematik ilmiy jarayonlari va texnika-texnikaviy jarayonlardagi ahamiyati yoritildi.
2025-03-10
YIRIK AXBOROT TIZIMLARINI YARATISH MUAMMOLAR
Yirik axborot tizimlarini yaratishda skalabilite, ma'lumotlar integratsiyasi, xavfsizlik, tahlil va qaror qabul qilish, texnologik integratsiya, foydalanuvchi tajribasi va jamoa ishini boshqarish kabi asosiy muammolar mavjud. Ushbu muammolarni hal qilish uchun to‘g‘ri rejalashtirish, texnik ko‘nikmalar va samarali boshqaruv zarur.
2025-03-10
QOZOQ ADABIYOTINI O‘QITISHDA TANQIDIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Mazkur maqolada Qozoq adabiyotini o‘qitish jarayonida tanqidiy tafakkurni rivojlantirishning samarali usullari tahlil qilinadi. Tanqidiy fikrlash o‘quvchilarning mustaqil va chuqur fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Maqolada adabiy asarlarni tahlil qilish, muhokama yuritish va argumentatsiya qilish orqali o‘quvchilarning tafakkur jarayonlarini rivojlantirish metodlari yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlarning ahamiyati ham o‘rganiladi.
2025-03-10
O‘QITUVCHI PSIXOLOGIYASI: KASBIY STRESS VA MOTIVATSIYA OMILLARI
Ushbu maqolada o‘qituvchining psixologik holati, kasbiy strеss va motivatsiya omillari tahlil qilinadi. Shuningdеk, samarali pеdagogik faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan psixologik jihatlar haqida so‘z boradi. O‘qituvchining ruhiy barqarorligi va kasbiy faolligi ta’lim jarayonining sifatiga qanday ta’sir еtishi muhokama qilinadi. Kasbiy strеssni kamaytirish, motivatsiyani oshirish va еmotsional intеllеktni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar bеriladi. Mazkur maqola ta’lim sohasi mutaxassislari, psixologlar va pеdagoglar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
2025-03-10
BASLAWISH TA'LIMDE 4 K MODELÍNEN PAYDALANIWDIŃ PEDAGOGIKALIQ QÁSÍYETLERÍ
Bul maqalada 4 K modeli jáne onıń strukturalıq bólimleri, baslanǵısh tálim sistemasında 4 K modelinen paydalanıwdıń pedagogikalıq qásiyetleri hám de shárt-shárayatları hám pedagogikalıq processlerde onıń ámeliy áhmiyeti, sonıń menen birge, baslanǵısh klass matematika sabaqları natiyjeliligin asırıwda 4 K modelinen paydalanıwdıń áhmiyeti haqqında sóz júritiledi.
2025-03-12
OQIW PROCESSIN SHÓLKEMLESTIRIWDE KOLLABORATIV TÁLIM TEXNOLOGIYASI
Bul maqala zamanagóy tálimde kollobarativ texnologiyalardı qollawda sheriklikte oqıtıwdıń mazmunı, kollaborativ texnologiyalardı tálim processinde qollawdıń áhmiyeti hám kollaborativ metodlardı qollaw máselelerine arnalǵan.
2025-03-12
BASLAWISH KLASS OQIWSHILARINIŃ KREATIVLIK QÁBILETIN RAWAJLABDIRIW BAǴDARINDAǴI JUMISLAR
Bul maqalada baslawısh klass oqıwshılarınıń kreativlik qábiletin, oqıtıw hám tárbiyalawdıń nátiyjeliligin arttırıw, dóretiwshilik-izertlew jumıslarınıń teoriyaliq tiykarlari jaritip berilgen.
2025-03-12
НОТЎЛИҚ ОИЛА ФАРЗАНДЛАРИ КАДРИЯТЛАРНИНГ ИЖТИМОИЙ ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ
Ушбу маколада жахон психология сохалари мутахасисларининг такидлашича “Нотўлиқ оила” ҳозирги вақтда тез-тез тилга олинаётганлиги ва уларнинг сони кескин ошиб бораётганлиги ва бундай оилада тарбия топаётган фарзандлар тарбияси ва психологияси долзарб масала сифатида унинг илмий ечимлари хақида суз боради.
2025-03-12
АКТИВНЫЙ И СПОРТИВНЫЙ ТУРИЗМ: ПРИОРИТЕТНЫЕ ЗАДАЧИ И ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ
В статье рассматриваются ключевые задачи и перспективы развития активного и спортивного туризма в Узбекистане. Проанализированы основные проблемы, связанные с инфраструктурой, кадрами и нормативной базой, а также представлены рекомендации для устойчивого развития данного направления.
2025-03-12
TALABALARNING DASTURLASHGA OID KOMPETENSIYALARINI DASTURIY ILOVALARDAN FOYDALANIB RIVOJLANTIRISHDA ALGORITMLASHNING AHAMIYATI
Algoritm - bu muayyan masalani hal qilish uchun aniq ketma-ketlikda bajariladigan harakatlar to'plamidir. Algoritmlash esa, masalani yechish uchun zarur bo'lgan algoritmlarni tuzish jarayonidir. Dasturlash jarayonida algoritmlash quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:
2025-03-13
ПРОКУРАТУРА ОРГАНЛАРИНИНГ ЁШЛАР ҲУҚУҚЛАРИ ҲИМОЯСИГА ОИД ҚОНУНЧИЛИК ҲУЖЖАТЛАРИ ИЖРОСИ УСТИДАН НАЗОРАТ ФАОЛИЯТИ
Мамлакатимизда ёшлар ўртасида жиноятчиликка қарши курашиш, ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш, бу борада ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар фаолияти самарадорлигини ошириш жараёнида прокуратура органларининг бевосита иштироки ва ёшлар ҳуқуқлари ҳимоясига оид қонунчилик ҳужжатлари ижроси устидан назорат фаолияти муҳим аҳамият касб этмоқда. Ҳозирги вақтда бутун давлат тизими, айниқса, ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар, шу жумладан, прокуратура органлари фаолиятида ёшларнинг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш, улар ўртасида ҳуқуқбузарликларнинг барвақт профилактикасини амалга ошириш устувор вазифалардан бири сифатида қаралмоқда.
2025-03-13
O’ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMI BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR VA UNI MOLIYALASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI
Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va uni moliyalashtirish masalalari tahlil qilinadi. Ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy etish, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida davlat va xususiy sektor hamkorligining o‘rni yoritiladi. Shuningdek, ta’lim tizimini moliyalashtirishning dolzarb jihatlari, byudjet mablag‘lari taqsimoti, xorijiy investitsiyalar va grantlar asosida rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ta’lim tizimini yanada samarali moliyalashtirish bo‘yicha takliflar berishga qaratilgan.
2025-03-14
HOMILADORLIK DAVRIDA DORILARNI TO‘G‘RI TANLASH VA XAVFSIZ QO‘LLASH QOIDALARI
Homilaning rivojlanish bosqichlariga qarab dorilarning turlicha ta’sir ko‘rsatishi, ba’zi dorilarning teratogen ta’siri mavjudligi va ularning oqibatlari haqida ilmiy tadqiqotlar asosida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, homiladorlikda dorilarni noto‘g‘ri qabul qilish oqibatlari, tabiiy va sintetik dorilarni qo‘llashga oid xatolar, xalqaro va mahalliy farmatsevtika tadqiqotlari natijalari tahlil qilingan. O‘zbekiston farmatsevtika sanoatidagi homiladorlar uchun tavsiya etilgan dorilar va ularning xavfsizlik darajasi ham ko‘rib chiqilgan. Maqolada homiladorlik davrida dorilarni qabul qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berilgan bo‘lib, bu onalar va shifokorlar uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
2025-03-14
FARINGOMIKOZNING KELIB CHIQISH SABABLARI
Этo статья представляет научно обоснованный анализ причин, диагностики, методов лечения и профилактики фарингомикоза. Основные причины развития фарингомикоза включают ослабление иммунной системы, длительное применение антибиотиков и других лекарств, а также экологические факторы. В статье также проводится анализ методов лечения фарингомикоза, рассматривается эффективность антимикотических препаратов.
2025-03-17
O‘ZBEKISTONDA KAMBAG‘ALLIK TUSHUNCHASI VA MEZONLARI
Ushbu maqolada kambag‘allik tushunchasining rivojlanish iqtisodiyoti, sotsiologiya, siyosatshunoslik, psixologiya kabi turli ilmiy sohalar kesishmasidagi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatidagi talqini hamda O‘zbekiston sharoitida ushbu kategoriyani aniq belgilashda paydo bo‘layotgan metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Xususan, absolyut va nisbiy kambag‘allik konsepsiyalari, “resurslar va imkoniyatlar” nazariyasi, BMT hamda Jahon bankining xalqaro mezonlari, shuningdek, O‘zbekistonda “kam ta’minlanganlik”, “ehtiyojmandlik”, “kambag‘allikni qisqartirish” singari rasmiy istilohlarning ahamiyati yoritib beriladi. Maqolada 2023-yildan boshlab O‘zbekistonda xalqaro tajribaga tayangan holda “ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksi” elementlarini joriy etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, turli davlat idoralarining kambag‘allikni o‘lchashdagi ma’lumotlari va ularning o‘zaro uyg‘unlashuvi holati ham ko‘rib chiqiladi. Keltirilgan dalillar O‘zbekistonda kambag‘allik mezonlarini xalqaro talablarga moslashtirish jarayonining muhim bosqichda ekanini ko‘rsatadi.
2025-03-17
OZIQ-OVQAT KORXONALARI MAHSULOTLARI RAQOBATBARDOSHLIGINI BOSHQARISHNING MAHSULOT SIFATIGA TA'SIRI
Ushbu maqolada oziq-ovqat korxonalari mahsulotlarining raqobatbardoshligini boshqarish jarayonida mahsulot sifatining o‘rni va ahamiyati o‘rganiladi. Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish uchun sifat menejmenti tizimlaridan foydalanish, xalqaro standartlarga moslik, ekologik xavfsizlik va innovatsion texnologiyalarning roli tahlil qilinadi. Shuningdek, korxonalarning mahsulot sifatini oshirish orqali bozordagi ustunlikka erishish strategiyalari ko‘rib chiqiladi.
2025-03-17
ЎЗБЕКИСТОННИНГ ЎРТА МИНТАҚАСИДА ЕТИШТИРИЛГАН ОЛМА МЕВАЛАРИНИ САҚЛАШДА 1-МЕТИЛЦИКЛОПРОПЕН ПРЕПАРАТИНИ ҚЎЛЛАШ
Ушбу мақолада сақлашга мос бўлган олма навларинининг агробиологик хусусиятларини ўрганиш бўйича тадқиқотлар натижалари баён этилган. Бунда, тажрибалар учун танлаб олинган олма навларининг асосий кўрсаткичлари таҳлил қилинган. Тадқиот натижасида илмий асосланган хулосалар ҳосил қилинган.
2025-03-17
THE ROLE OF RHYTHM AND SOUND IN SHAKESPEARE’S POETRY AND ITS REPRODUCTION IN UZBEK
William Shakespeare’s poetic style is distinguished by its intricate use of rhythm, meter, and sound devices, which contribute significantly to the expressive and aesthetic qualities of his works. This study explores the role of rhythm and sound in Shakespeare’s poetry and examines the challenges associated with their reproduction in Uzbek translations. By analyzing key elements such as iambic pentameter, rhyme schemes, alliteration, and assonance, the paper identifies the linguistic and phonetic constraints that arise in translation. Special attention is given to how translators adapt Shakespearean rhythm within the phonetic and syntactic framework of the Uzbek language. A comparative analysis of selected Uzbek translations highlights strategies employed to retain the poetic essence while accommodating structural differences between English and Uzbek. The findings reveal that while some rhythmic and sound patterns can be approximated, certain nuances remain difficult to fully capture, necessitating creative solutions. This study contributes to the broader discourse on literary translation by shedding light on the intersection of poetic form and linguistic adaptation.
2025-03-17
TA’LIMDA INNOVATSIYALAR: YANGI O‘ZBEKISTON TAJRIBASI
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonning ta’lim strategiyasi rivojlanish yo‘nalishlari, asosiy tamoyillari va amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Mamlakatni global miqyosda raqobatbardosh qilishga qaratilgan yangi ta’lim siyosati, ta’lim tizimining samaradorligini oshirishga oid chora-tadbirlar yoritiladi.
2025-03-17
TARBIYA PSIXOLOGIYASI ASOSLARI: OʻQUVCHILAR IJTIMOIY RIVOJLANISHIDAGI ROL
Maqolada tarbiya psixologiyasining asosiy tamoyillari, oʻquvchilar ijtimoiy va psixologik rivojlanishiga taʼsir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Tadqiqotda oʻquvchilar shaxsini shakllantirishda pedagogik yondashuvlar va psixologik usullarning samaradorligi koʻrib chiqilgan. Maqola ilmiy adabiyotlar, empirik tadqiqotlar va amaliy natijalar asosida tuzilgan.
2025-03-17
HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA “MAHALLA YETTILIGI” TIZIMINING SAMARADORLIGI
Oʻzbekistonda mahallaning jamiyat hayotidagi oʻrni tobora ortib bormoqda. Aholi xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va ijtimoiy muammolarni hal qilishda mahalla tizimi muhim oʻrin tutadi. 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan qarorga koʻra, “Mahalla yettiligi” tizimini yanada takomillashtirish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha samarali choralar koʻrilishi belgilangan
2025-03-19
O’ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMI BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR VA UNI MOLIYALASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI
Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va uni moliyalashtirish masalalari tahlil qilinadi. Ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy etish, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida davlat va xususiy sektor hamkorligining o‘rni yoritiladi. Shuningdek, ta’lim tizimini moliyalashtirishning dolzarb jihatlari, byudjet mablag‘lari taqsimoti, xorijiy investitsiyalar va grantlar asosida rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ta’lim tizimini yanada samarali moliyalashtirish bo‘yicha takliflar berishga qaratilgan.
2025-03-19
INNOVATSION IQTISODIYOT VA IJTIMOIY SIYOSATNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Mazkur maqolada innovatsion iqtisodiyot va ijtimoiy siyosat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Innovatsion iqtisodiyotning ijtimoiy rivojlanishga ta’siri, davlatning ijtimoiy siyosatini shakllantirish va modernizatsiya qilishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Mehnat bozori, ta’lim tizimi, ijtimoiy himoya va aholi farovonligini oshirish jarayonlarida innovatsion texnologiyalarning o‘rni aniqlanadi. Shuningdek, davlat tomonidan innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, raqamli transformatsiya va ijtimoiy muhofaza tizimini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Maqola innovatsion iqtisodiyot va ijtimoiy siyosatni uyg‘un rivojlantirishning ahamiyatini yoritib, ilmiy-amaliy tavsiyalar beradi.
2025-03-19
EXPERIENCE IN SURGICAL TREATMENT OF ASCENDING AORTIC ANEURYSMS
The diagnosis and surgical management of ascending aortic aneurysms remain among the most challenging aspects of modern cardiovascular surgery. In 66.6% of cases, a standard one-stage Bentall procedure was performed. Our experience also includes cases of ascending aortic aneurysm associated with coarctation, and we aim to present our surgical approach and outcomes.
2025-03-19