“SHAJARAYI TURK” ASARIDAGI ETNONIMLARNING LINGVISTIK-SEMANTIK TAHLILI

Main Article Content

Abstract:

Mazkur maqolada Abulgʻozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” asaridagi etnonimlar lingvistik va semantik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda asarda uchraydigan etnonimlar ikki asosiy guruhga – oʻz qatlamga mansub va oʻzlashma etnonimlarga ajratilib, ularning shakllanishi, semantik asoslari hamda tarixiy-lingvistik xususiyatlari yoritilgan. Maqolada etnonimlarning morfemik tuzilishi, fonetik oʻzgarishlari va semantik motivatsiyasi misollar asosida izohlanadi. “buzuq”, “uch oʻq”, “turqaq”, “xalaj” kabi oʻz qatlamga mansub etnonimlar tarixiy voqealar, ijtimoiy hodisalar va joy nomlari bilan bogʻlanib tahlil etilgan. Shuningdek, “doʻrman”, “burchigin”, “niyrun”, “barlas”, “arlat” kabi oʻzlashma etnonimlarning moʻgʻul tili bilan bogʻliqligi va ularning maʼno qatlamlari ilmiy jihatdan izohlangan. Shuningdek, etnonimlarning etnotoponimlar bilan uzviy bogʻliqligi va ularning xalq tarixiy xotirasini aks ettiruvchi vosita sifatidagi roli alohida taʼkidlangan.

Article Details

How to Cite:

Abduvaliyeva , K. . (2025). “SHAJARAYI TURK” ASARIDAGI ETNONIMLARNING LINGVISTIK-SEMANTIK TAHLILI . Science and Innovation, 3(37), 19–24. Retrieved from https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/61591

References:

Никонов В.А. Читателям. Этноними. – М.: Наука, 1970. – С.3–8.

Қораев С. Этнонимика. – Т.: Ўзбекистон, 1979. – Б.10-11.

Номинхонов С.Д. Монголские дементи в этнонимике и Узбекистана. – Элиста, 1962. Вып.2. – С.260.

Қораев С. Этнонимика. – Т.: Ўзбекистон,1979. – Б.10-11.

Дониёров Х. Ўзбек халқининг шажара ва шевалари. – Тошкент, 1968.

Histoire des Mogols et des Tatares par Aboul-Ghazi Behadour Khan, publiee, traduite et annotee par le Baron Desmaisons. I. Texte. St. Peterrsburg, 1871. – Б. 49.

Turibekov M. Shajarayi turk onomastikasi. – T.: Nodirabegim, 2020. – B. 61.