OʻZBEK TILIDA “BOSH” LEKSEMASINING MA’NO TARAQQIYOTI
Main Article Content
Abstract:
Tildagi soʻzlar birdan ortiq ma’no anglatish xususiyatiga ega . Birdan ortiq ma’no anglatish xususiyatiga ega boʻlgan soʻzlar koʻp ma’noli soʻzlar hisoblanadi. Koʻp ma’nolilik semantik hodisa boʻlib, tilimizdagi soʻz tejash qonuniyati, umumiylik, oʻxshashlik va aloqadorlik tamoyillari asosida yuzaga keladi. Demak, qiyoslash, solishtirish, taqqoslash orqali yuzaga keladigan aksariyat koʻchma ma’nolar asosida somatizmlar, ya’ni tana a’zolari nomlari yotadi. Tana a’zolari nomlarining keng doirada qoʻllanishi majoziy ma'nolarning murakkab tizimini shakllantirish imkonini beradi. Ma'lumki, dunyodagi barcha odamlar, har qanday millat, tanadagi bosh, ko'z, quloq va oyoq kabi qismlarni yaxshi biladi va tana a’zolari nomlarini ifodalovchi bunday soʻzlar har qanday narsada zaruriy qatorni tashkil qiladi. Somatik birliklarsiz insonni, insoniy munosabatlarni, jamiyatni tasavvur qilib boʻlmaydi. Somatik birliklar juda koʻp qoʻllanishiga, va polisemantik xususiyatiga koʻra boshqa birliklardan ajralib turadi. Oʻzbek tilidagi aksariyat tana a’zolari nomlari koʻp ma’noli hisoblanadi.
Article Details
How to Cite:
References:
Oʻzbek tilining izohli lug’ati. 5 jildli. I jild. –Toshkent: “Oʻzbekiston nashriyoti” . 2020. Tuzatilgan 2-nashri –332-339-b.
“Oʻzbek tili sinonimlarining katta izohli lug’ati” II tomlik 1-tom144-bet
(Nizomiddin Mahmudov tahriri ostida) G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent 2022-yil
Древнетюркский словарь / под ред. Д.М.Насилова, И.В. Кормушина и др.; сост. Т.А. Боровкова, Л.В. Дмитриева, А.А. Зырин, И.В. Кормушин и др. 2-е изд., пересмотр. – Астана: «Ғылым» баспасы, 2016. – 760 с)
“Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug’ati” Oʻzbekiston SSR fanlar akademiyasi muxbir a’zosi E.I.Fozilov tahriri ostida Toshkent- 1983
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати (туркий сўзлар). I жилд. – Тошкнет: Университет, 2000. –Б.598.
Севортян Э.В. Этимологический словарь тюркских языков. I-IV томлар. –М.: Наука, 1974-1989.
Ўзбек халқ шевалари луғати. – Тошкент: ФАН, 1971. –Б.471.
Эшқобил Шукур. Бобо сўз изидан. –Тошкент: “MASHHUR-PRESS”, 2018. –Б. 336.
Вакк Ф.О. Соматические фразеологии в современном эстонском литературном языке: Автореф.дисс…канд. филол. наук.– Таллин, 1964.– С. 23.
Шанский Н.М. Лексикология современного русского языка. 2017, – Б. 104. 4.
Мугу Р.Ю. Полисемантизм соматической лексики (на материале русского немецкого языков): Дисс.… канд. филол. наук. – Майкоп, 2003. –C. 81-82 с.
Современный русский язык: Учеб. для филол. С56 спец. ун-тов / В. А. Белошапкова, Е. А. Брызгуно- ва, Е. А. Земская и др.; Под ред. В. А. Белошапко- вой.-2-е изд., испр. и доп. - М.: Высш. шк., 1989.-800 с.
Hozirgi o`zbek adabiy tili./H.Jamolxonov. Toshkent—“Talqin”.—2005/ 156-b
