O‘RTA OSIYONING BRONZA DAVRI MANZILGOHLARI
Main Article Content
Abstract:
O‘rta Osiyo hududi insoniyat tarixining eng qadimgi svilizatsiya markazlaridan biridir. Miloddan avvalgi III-II ming yilliklarni o‘z ichiga olgan bronza davri bu hududda ishlab chiqarish xo‘jaligining shakllanishi, dastlabki shaharsozlik, yirik qishloqlar va qo‘rg‘onlarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ayniqsa, Janubiy Turkmaniston, Janubiy O‘zbekiston va Qizilqum vohasi bronza davri madaniyatlarining shakllanishida muhim o‘rin tutgan. Bronzaning kashf etilishi ibtidoiy jamoa xo‘jaligida buyuk o‘zgarishlarga olib keldi. Bu insoniyatning iqtisodiy hayotigagina emas, balki siyosiy, madaniy, ma’naviy hayotida ham tub o‘zgarishlar yasadi. Bronzaning tarkibi mis va qalay qorishmasidan iborat bo‘lgan. Eng yaxshi bronzaning tarkibida 90 % mis va 10 % qalay bo‘lgan.
Article Details
How to Cite:
References:
Raxmanov R. A. O‘zbekiston Arxeologiyasi. –Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensklopediyasi, 2009.
Egamberdiyeva N. A. Arxeologiya. – Toshkent, 2022.
Islomov O‘. N. Arxeologiya asoslari. – Toshkent: Fan nashriyoti, 2013.
