EKOLOGIK MUAMMOLARNING TABIATGA ASOSLANGAN YECHIMLARI
Main Article Content
Abstract:
Ushbu maqolada zamonaviy ekologik muammolarni hal etishda tabiatga asoslangan yechimlarning ahamiyati va ularning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanish imkoniyatlari ilmiy tahlil qilinadi. Tabiiy ekotizimlardan oqilona foydalanish, o‘rmonzorlarni tiklash, suv resurslarini barqaror boshqarish, yer degradatsiyasini kamaytirish kabi tabiatga asoslangan yondashuvlar global ekologik inqirozlarni yumshatishda eng samarali yo‘llardan biri ekanligi asoslab beriladi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi uchun eng dolzarb ekologik muammo – Orol dengizi fojiasi alohida misol sifatida ko‘rib chiqilib, uning oqibatlarini yumshatishda tabiatga asoslangan yechimlarning o‘rni yoritiladi. Xususan, qurigan Orol tubida o‘rmonzorlar barpo etish, shamol eroziyasiga qarshi yashil barerlar yaratish, ekologik chidamli o‘simlik turlarini ekish, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish orqali ekotizimni tiklash borasidagi amaliy natijalar tahlil qilinadi. Shuningdek, Orolbo‘yi hududini ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik jihatdan qayta tiklashda tabiiy jarayonlardan foydalanishga asoslangan yondashuvlarning samaradorligi ilmiy asosda ochib beriladi. Muallif tabiatga asoslangan yechimlarning nafaqat ekologik, balki ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi keng imkoniyatlarini ko‘rsatib, O‘zbekiston uchun istiqbolli yo‘nalishlarini yoritib beradi.
Article Details
How to Cite:
References:
Ekologiyaning nazariy asoslari: o‘quv qo‘llanma / A. Nigmatov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2013. – 268 b.
D.Yo.Yormatova, X.S.Xushvaqtova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish. – T.: «Fan va texnologiya», 2018, 200 bet.
I.Xotamov, M.Sultаnov, A.Yadgarov. Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti. «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021. 312 bet.
Atrof-muhitni muhofaza qilish va shahar iqlim shunosligi: Oliy o’quv yurtlari uchun o‘quv qo‘l- lanma. — Q. II / S.T.Qosimova, Sh.Shojalilov, O.A.Bader; 0 ‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi. — T.: Istiqlol, 2005. — 112 b.
Sanoat ekologiyasi: O’quv qo’l./D. Yormatova; O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta-maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent.: “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2007.-256 b.
Ekologiya. /O’quv qo’llanma /Toshkent: “NIF MSH”, 2020, 124 bet.
Ekologik turizm.[Matn]: /R.Xaitboyev. O'quv qo'llanma. - Toshkent: 2018. - 248 b.
