O‘ZBEKISTON INTERNET NASHRLARIDA INSON HUQUQLARI TALQINI
Main Article Content
Abstract:
Mazkur tadqiqot XXI asr sharoitida O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan normativ-huquqiy va institutsional islohotlarning mazmun-mohiyatini hamda ularning internet jurnalistikasi orqali yoritilish xususiyatlarini tahlil qiladi. So‘nggi yillarda mamlakatda milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish, sud-huquq tizimini isloh qilish, gender tenglikni ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar huquqlarini mustahkamlash yo‘nalishida muhim qadamlar tashlandi. BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi doirasidagi chiqishlar va “Inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiya”ning qabul qilinishi O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarga sodiqligini namoyon etadi. Tadqiqotda internet OAVlarning inson huquqlarini yoritishdagi kommunikativ va nazorat funksiyasi alohida e’tiborga olinadi. Raqamli platformalarda surishtiruv reportajlari, faktcheking, tahliliy maqolalar va multimediya vositalari orqali davlat organlari faoliyatining jamoatchilik monitoringi kuchaygani ko‘rsatiladi. Xususan, so‘z erkinligi va media nazorati masalalarini yoritgan materiallar “hushyor erkinlik” modelining shakllanayotganini anglatadi. Shu bilan birga, ayrim mavzularning yetarlicha qamrab olinmasligi tematik nomutanosiblik mavjudligini ko‘rsatadi. Umuman olganda, internet jurnalistikasi O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish jarayonining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib, huquqiy modernizatsiya va demokratik rivojlanish indikatoriga aylanishi ilmiy asosda xulosa qilinadi.
Article Details
How to Cite:
References:
Gazeta.uz. (2024, May 3). OAV erkinligi va javobgarlik muvozanati. https://www.gazeta.uz/oz/2024/05/03/media-balance
Gazeta.uz. (2024, November 10). Ma’naviyat ekspertizasi: yangi senzura shaklimi? https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/10/manaviyat-expertise
Human Rights Council. (2021). Report of the Working Group on the Universal Periodic Review: Uzbekistan (A/HRC/46/7). United Nations. https://undocs.org/A/HRC/46/7
Mirziyoyev, Sh. (2021, February 22). Inson huquqlari bo‘yicha kengashning 46-sessiyasida nutq. Prezident.uz. https://president.uz/oz/lists/view/4179
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2020, June 22). Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida (PF–6012-son). Lex.uz. https://lex.uz/docs/-4872355
