We are pleased to inform you that the Research Support Center "Innovative Academy" has organized the Republican Conference "Science and Innovation". This is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research.

Published: 2025-10-06

ОСОБЕННОСТИ ДЕЙКСИСА В ИСПАНСКОМ ЯЗЫКЕ

Дейксис как языковое явление представляет собой один из фундаментальных механизмов человеческого языка, обеспечивающий связь языкового выражения с контекстом его употребления. Термин "дейксис" (от греч. δεῖξις - "указание") обозначает класс языковых единиц, значение которых может быть интерпретировано только с учетом ситуации речевого акта - его участников, времени и места произнесения.

М.И. Камолова , А.Ф. Шамахмудова

4-5

2025-10-06

JINOYAT-PROTSESSUAL QONUNCHILIKDA AYBLOVNI O‘ZGARTIRISH VA TUGATISH INSTITUTINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Ushbu tezisda jinoyat-protsessual huquqda ayblovni o‘zgartirish va tugatish institutining nazariy-huquqiy mazmuni hamda uning rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Xalqaro tajriba misolida sud nazorati, himoya huquqlarini kafolatlash va adolatli sudlov tamoyillarining qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va sud-tergov amaliyotida mavjud muammolar yoritilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Tezis jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish va adolatli sudlov tamoyillarini amalda ta’minlash uchun ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Keulimjay Uteniyazov

6-9

2025-10-06

MATEMATIKA FANIDA INGLIZ TILIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Bugungi globallashuv davrida ta’lim sifatini oshirish va uni xalqaro standartlarga moslashtirish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Matematika fani esa barcha texnik va ilmiy yo‘nalishlar uchun asosiy poydevor hisoblanadi. Shu sababli matematika fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar, jumladan, ingliz tilidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ingliz tili xalqaro fan va texnologiya tili sifatida matematika sohasidagi yangiliklar, ilmiy maqolalar, darsliklar va qo‘llanmalarni keng o‘rganish imkonini beradi. Shuning uchun matematika darslarini ingliz tilida tashkil etish yoki ingliz tilidagi manbalardan faol foydalanish nafaqat bilim doirasini kengaytiradi, balki yoshlarning dunyoqarashini ham shakllantiradi.

Goʻzal Seytmuradova

10-11

2025-10-06

STRESSNI YENGISH USULLARI VA UNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolda stress tushunchasi, uning turlari, stressning psixologik xususiyatlari haqida ilmiy yoritib berilgan. Stressning kelib chiqish sabablari va uning yengish usullari va olimlarning bu boradagi fikr- mulohazlari kelitirib o’tilgan. Depressiya va stressing bir bridan farqi va uning psixologik xususiyatlari va bu insonning fiziologiyasi ta’sr etish oqibatlari ochiqlab berilgan.

Shahnoza Bahodirova , Feruza Talipova

12-14

2025-09-30

CROSS-CULTURAL COMPARISON OF PHRASEOLOGICAL UNITS IN ENGLISH AND UZBEK: LINGUISTIC AND CULTURAL PERSPECTIVES

Phraseological units, including idioms, proverbs, and fixed expressions, are significant cultural and linguistic markers within any language. This paper explores the similarities and differences between English and Uzbek phraseological units through a comparative lens, focusing on their semantic structure, cultural imagery, and syntactic behavior. Using selected examples, we highlight how phraseological meaning is shaped by the worldview of each linguistic community. The study reveals both universal cognitive patterns and language-specific cultural references that affect phraseological equivalence and translatability.

Shomurodova Nilufar Alisher qizi

15-17

2025-10-06

MATEMATIK TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDA TO’SIQLAR VA ULARNI YENGISHNING PSIXOLOGIK USULLARI

Ushbu maqolada matematik tafakkurni shakllantirish jarayonida uchraydigan asosiy psixologik, didaktik va ijtimoiy to‘siqlar ilmiy tahlil qilingan. O‘quvchilarda matematikaga nisbatan qiziqishning sustligi, qo‘rquv va ishonchsizlik hissi, abstrakt tushunchalarni idrok etishdagi qiyinchiliklar hamda o‘qituvchilarning metodik yondashuvlaridagi kamchiliklar asosiy muammo sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotda kuzatish, so‘rovnoma va suhbat usullari qo‘llanilib, Toshkent shahri va viloyat maktablari misolida 300 nafar o‘quvchi va 25 nafar o‘qituvchining faoliyati o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, o‘quvchilarning katta qismi matematik tafakkurni rivojlantirishda psixologik va motivatsion muammolarga duch kelishi aniqlandi. Maqolada ushbu to‘siqlarni yengishda motivatsiyani kuchaytirish, muammoli o‘qitish, ijodiy yondashuv va stressni kamaytirishga qaratilgan psixologik usullar samarali yo‘llar sifatida taklif etiladi.

Moxira Shoimqulova

18-21

2025-10-06

VERTIKAL SHPINDELLI PAXTA TERISH APPARATLARIDA FRIKSION YURITMA PARAMETRLARINING PAXTA TERISH DARAJASIGA TA’SIRINI TAHLIL QILISH

Vertikal shpindelli paxta terish apparatining terish darajasiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri sifatida, shpindelning nominal burchak tezligini ta’minlash uchun uni aylantiruvchi tasmani taranglashga xizmat qiluvchi prujinalarning montaj uzunligini me’yorida saqlash zarurligi tahlil qilingan.

Sh.A. Yusupov

22-25

2025-10-07

MATEMATIK TA'LIM JARAYONIDA MASALANING ROLI VA O'RNI

Matematik ta'lim jarayonida masalaning roli va o'rni o'quvchilarning tafakkur, mantiqiy fikrlash, va muammoni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Masalalar o'quvchilarga matematik bilimlarni amaliyotda qo'llash, turli yondashuvlar orqali yechimlar topish va kreativ fikrlashni o'rgatadi. Ushbu maqola matematik masalalarning ta'limdagi o'rnini, ularning kognitiv, analitik va kreativ rivojlanishga ta'sirini, shuningdek, o'quvchilarning mustaqil fikrlash va muammo yechish qobiliyatlarini qanday oshirishi haqida batafsil tahlil qiladi.

Rushan Murodova , Nargiza Yusupova

26-30

2025-10-07

TEOREMMALARNI O‘QITISH METODI

Ushbu tezisda matematika darslarida teoremmalarni o‘qitish metodikasi, uning samaradorligini oshirish yo‘llari va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari yoritilgan. Teorema — bu nafaqat bilim, balki fikrlash madaniyati mahsuli ekanligi ta’kidlanadi. Teoremani tushuntirish, isbotlash va uni o‘quvchilarga yetkazish bosqichlari izchil tahlil qilinadi.

Madina Mexmonova , Mavluda Ashurova

31-36

2025-10-07

MATEMATIKA DARSIGA TAYYOGARLIK VA DARSNING TAHLILI

Ushbu maqolada matematika darsiga tayyorgarlik va dars jarayonini tahlil qilishning ilmiy-metodik asoslari yoritilgan. Matematika fani o‘quvchilarda mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, tahlil qilish, umumlashtirish va mustaqil xulosa chiqarish qobiliyatini shakllantiruvchi muhim fan sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuning uchun darsni samarali tashkil etish, puxta rejalashtirish va yakunda tizimli tahlil qilish o‘qituvchi faoliyatining asosiy omili hisoblanadi. Maqolada darsga tayyorgarlik jarayonida maqsadni aniqlash, metod va texnologiyalarni tanlash, o‘quv materialini rejalashtirish hamda o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil etishning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, darsni tahlil qilish orqali o‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyatini baholashi, kuchli va zaif jihatlarni aniqlashi hamda kelgusi darslarni yanada takomillashtirish uchun xulosalar chiqarishi ta’kidlangan.

Barchinoy Maxmarizayeva , Dilrabo Ergashova

37-40

2025-10-07

MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK PRINSIPLAR

Mazkur maqolada matematika darslarini samarali tashkil etishda didaktik prinsiplarning o‘rni va ahamiyati yoritib berilgan. Unda ta’limning asosiy tamoyillari — ilmiylik, izchillik va tizimlilik, ongli va faol o‘rganish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, ko‘rgazmalilik, individual yondashuv kabi prinsiplarning matematika darslarida qo‘llanilishi tahlil qilingan. Shuningdek, har bir prinsipning o‘quvchilarning matematik tafakkuri, mantiqiy fikrlashi va muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishdagi roli ochib beriladi. Maqolada zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirilgan holda didaktik prinsiplarni qo‘llash usullari ham ko‘rib chiqilgan. Ushbu maqola matematika o‘qituvchilari, metodistlar va pedagogika sohasida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Dilnura Ibragimova , Sarvinoz Rustamova , Ruxshona Mustafayeva

41-45

2025-10-07

O’ZBEKISTONDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI: TARIXIY TAXLIL

yurtimizda o‘tgan yillar davomida, ayniqsa, oxirgi 10 yilda ommaviy axborot vositalarini yanada demokratlashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi, mazkur maqolada O’zbekistonda ommaviy axborot vositalarining qonuniyligi va xolisligini ta’minlash borasida olib borilgan islohotlar haqida so’z yuritiladi.

Iroda Davronova

46-48

2025-10-07

ЎЗБЕКИСТОНДА ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯГА ОИД ДАВЛАТ СИЁСАТИ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ МАСАЛАЛАРИ

Ижтимоий давлат ҳар бир инсон учун мос турмуш даражаси кафолати сифатида минимал истеъмол саватини белгилайди. Ёшларни эса ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш, уларнинг ҳуқуқ ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилишга қаратилган ёшларга оид давлат сиёсати изчил равишда амалга оширилиши муҳим вазифалардан бири ҳисобланади. Ушбу вазифалар ҳар бир ижтимоий давлат тизимини қуришга интилган мамлакатнинг бош вазифалари саналади.

М. Ходжаева

49-52

2025-10-08

BASLAWÍSH KLASLARDA MATEMATIKA KURSÍN ÚYRENIW WAZÍYPALARÍ

Matematika hámme anıq pánlerge tiykar. Bul pándi jaqsı bilgen bala sanalı, keń oylawlı bolıp ósedi, qálegen tarawda tabıslı islep ketedi,- degen edi Prezidentimiz. 2020- jıl mámleketimizde Ílım, bilim hám cifrlı ekonomikanı rawajlandırıw jılı dep daǵaza etilip, buǵan baylanıslı ústin turatuǵın maqsetler belgilendi. Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń 2019 -jıl 9-iyuldagi “Matematika tálimi hám pánlerin jáne de rawajlandırıw”ǵa tiyisli PQ-4387 sanlı Qararı sheńberinde paytaxtımızdaǵı Studentler qalashasında Pánler akademiyasınıń Matematika institutı ushın zamanagóy talaplar tiykarında jańa imarat qurılıp atır. [1]

D. Berdimuratova

53-55

2025-10-08

TA’LIM MOTIVATSIYASI VA O‘QUV FAOLIYATINING SAMARADORLIGI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIKLAR

Mazkur maqolada ta’lim motivatsiyasi va o‘quv faoliyatining samaradorligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik psixologik va pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. O‘quvchilarning bilim olish jarayonida ichki va tashqi motivlarning roli, ularning barqaror shakllanishi hamda o‘quv faoliyati natijadorligiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ta’lim jarayonida motivatsiya qanchalik kuchli va barqaror bo‘lsa, o‘quvchilarning bilimlarni ongli egallashi, mustaqil fikrlashi va ijodiy faoliyati shunchalik samarali kechadi. Maqolada shuningdek, o‘quvchilarda samarali motivatsiyani shakllantirish usullari va pedagogik tavsiyalar bayon qilingan.

Gulsaraxon Elmuradova

56-59

2025-10-08

PIRLS MEZONLARI ASOSIDA O‘QUVCHILARNING MATNNI TUSHUNISH DARAJASINI BAHOLASH USULLARI

Ushbu maqolada PIRLS baholash tizimi mezonlari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni tushunish darajasini aniqlash usullari yoritiladi. Maqolada matnni tushunishga oid ko‘nikmalar: asosiy fikrni aniqlash, tafsilotlarni ajratish, sabab-oqibatni anglash, xulosa chiqarish va matnga baho berish kabilar baholashda qanday mezonlar asosida mavzu chuqur yoritilib boradi.

Dilfuza Rayimova , Dinora Bobodustova

60-64

2025-10-08

THE EFFECTIVENESS OF TASK-BASED LANGUAGE TEACHING (TBLT) IN ENHANCING CRITICAL THINKING AND COMMUNICATIVE COMPETENCE OF UZBEK EFL AND ESP LEARNERS

Modern language education requires approaches that not only develop linguistic proficiency but also foster critical thinking and communicative competence. In Uzbekistan, English as a Foreign Language (EFL) and English for Specific Purposes (ESP) students often face limitations with traditional grammar-focused and teacher-centered methods, which provide few opportunities for authentic communication.

Nafosat Mirvafoyeva

65-66

2025-10-08

INNOVATSION IQTISODIYOT SHAROITIDA KICHIK VA O‘RTA BIZNES INTEGRATSIYASINING SAMARADORLIK MODELI

Ushbu maqolada innovatsion iqtisodiyot sharoitida kichik va o‘rta biznes subyektlarining integratsiyasi jarayonlari, ularning iqtisodiy tizimdagi o‘rni va o‘zaro hamkorlik samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston misolida kichik va o‘rta biznes o‘rtasidagi kooperatsiya mexanizmlari, innovatsion infratuzilma elementlari hamda integratsiya samaradorligini baholash modeli ishlab chiqiladi.

Xurrambek Reimbergenov

67-70

2025-10-08

BMT 80 YILIGI: KECHA VA BUGUN

Birlashgan Millatlar Tashkiloti – xalqaro hamjamiyatning jamoaviy sa’y-harakatlari samarasi bo‘lib, bunda insoniyat dahshatli urushning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydi, degan ishonchdan kelib chiqilgan. Shu ma’noda, BMT yer yuzida tinchlik va xavfsizlik, xotirjamlik va osoyishtalik, inson huquqlarini himoya qilish va barqaror taraqqiyotni ta’minlash yo‘lida a’zo davlatlar sa’y-harakatlarini birlashtirish uchun xizmat qiladigan universal xalqaro tuzilma hisoblanadi.

Feruza Qodirova

71-73

2025-10-08

“THE SEMANTICS OF FINAL PHASE IN ENGLISH AND ITS EXPRESSION IN LITERARY TEXTS”

This paper investigates the semantic notion of the final phase (or terminal boundary) in event semantics and examines how this notion is manifested in literary texts in English. First, it reviews theories of phase structure in semantics (especially with respect to telic vs. atelic predicates and the notion of event culmination). Then it presents an analysis of how authors exploit final-phase meaning to achieve poetic or narrative effects (such as suspense, ellipsis, or delayed completion). Using illustrative examples from canonical English literature, the study shows that the linguistic marking (tense/aspect, adverbials, modals) often encodes a semantic awareness of the boundary of the event. The paper argues that sensitivity to the final-phase semantics enriches textual interpretation, by highlighting how narrative temporality and completion effects operate. The findings have implications for linguistic stylistics and semantic narratology.

Oynisa Jo‘rayeva Akbar qizi, Jo‘rayeva Oynisa Akbar qizi

74-78

2025-10-08

LITERARY DISCOURSE OF SPEECH ACTS

Speech acts represent fundamental units of communication that reveal not only linguistic forms but also deep cultural values. The act of requesting, suggesting, and apologizing manifests diverse pragmatic strategies across languages. This article provides a comparative linguocultural analysis of these acts as realized in Arthur Miller’s Death of a Salesman, O‘tkir Hoshimov’s Ikki karra ikki besh, and Shawdirbay Seytov’s Igbal soqpaqlari. The study interprets the speech acts using the frameworks of Austin (1962) and Searle (1969) on illocutionary force, Trosborg’s (1995) taxonomy of request strategies, Olshtain and Cohen’s (1983) apology models, and Jiang’s (2015) taxonomy of suggestions.

Sherimbetova Nargiza Nietbay qizi

79-81

2025-10-08

GLOBALLASHUV DAVRIDA IQTISODIY TEBRANISHLAR

Ushbu maqola global iqtisodiy taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini, ularning falsafiy asoslarini va jamiyatga ta'sirini o'rganadi. Maqolada globalizatsiya, texnologik o'zgarishlar, tengsizlik va barqaror rivojlanish kabi muhim masalalar tahlil qilinadi. Shuningdek, iqtisodiy rivojlanishning axloqiy va falsafiy oqibatlari ham ko'rib chiqiladi. Maqola postmodernizm va boshqa falsafiy yondashuvlar orqali iqtisodiy o'zgarishlarni tushunishga intiladi.

Sherali Xolov

82-84

2025-10-08

ИСИШ АНОМАЛИЯ ҲОДИСАСИ

Мазкур илмий ишда Самарқанд шаҳри микрорайонларида сўнгги йилларда юзага келган глобал даражадаги исиш аномалиялари, уларнинг юзага келиш сабаблари, экологик ва иқтисодий оқибатлар ҳамда бундай ҳодисаларни юмшатиш бўйича илғор чора-тадбирлар ўрганилади. Урбанизация даражаси, яшил майдонлар камайиши, транспорт ҳаракати ларининг микроиқлимга таъсири статистик маълумотлар, ГИС хариталар ва сўровномалар асосида атмосфера ҳароратларининг нормадан оғиши, иқлимни кескин ўзгартирувчи омиллар таҳлил қилинди. Тадқиқот ИПCC, НАСА, Ўзбекистон Республикаси Гидрометеорология хизмати ва бошқа халқаро ташкилотлар маълумотлари асосида олиб борилган, хулоса ҳамда тавсиялар кетирилган.

И.С. Шукуров, М.Ш. Аббосова, Ilkhomhon Shukurov , Madinaxon Abbosova

85-90

2025-10-08

GLOBALLASHUV SHAROITIDA TARIXIY XOTIRANI TIKLASH VA MUSTAHKAMLASH MASALASI

ushbu maqolada hozirgi davrdagi globallashuv sharoitida tarixiy voqealarning rivoji mavzusida so’z yuritiladi. Shuningdek, madaniyatlararo aloqalar va iqtisodiy integratsiyaning rivoji masalalarini yoritishga harakat qilinga. Hozirgi davrda yangi axborot makonining paydo bo’lishi masalalari atroflicha yoritilgan.

Bahromjon Abdullayev

91-95

2025-10-08

JADIDLAR HARAKATI: MARKAZIY OSIYODA ISLOHOT VA MODERNIZATSIYA

Ushbu maqola XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekistonda rivojlangan jadidlar harakatini o‘rganadi. Jadidizmning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, ta‘lim va madaniyatdagi islohotlari, shuningdek, Sovet rejimi tomonidan ta‘qib qilinishi va bugungi kunda uning merosi tahlil qilinadi. Harakatning asosiy shaxslari, ularning ta‘lim sohasidagi yangilanishlari va milliy o‘zlikni shakllantirishdagi roli muhokama qilinadi. Maqola jadidizmning Markaziy Osiyo jamiyatini modernizatsiya qilishdagi ahamiyatini ta‘kidlaydi.

Shabona Abdullayeva

96-98

2025-10-08

FAYNBERG HAYOTI VAALEKSANDR IJODI

Ushbu ishda o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri, shoir, tarjimon va jamoat arbobi Aleksandr Feynbergning hayoti hamda ijodiy faoliyati yoritilgan. Unda Feynbergning bolalik va yoshlik yillari, adabiyotga bo‘lgan muhabbati, she’riy ijodidagi asosiy mavzular, uslubiy xususiyatlari hamda o‘zbek va rus madaniyatlari o‘rtasidagi adabiy aloqalarni mustahkamlashdagi xizmatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, uning asarlarida insonparvarlik, tinchlik, do‘stlik va millatlararo totuvlik g‘oyalari keng o‘rin olgani ko‘rsatib o‘tiladi.

Dildora Karimova

99-106

2025-10-08

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING FOHISHALIK BILAN SHUG‘ULLANISH HUQUQBUZARLIKLARI PROFILAKTIKASI BO‘YICHA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada profilaktika inspektorlarining fohishalik bilan shug‘ullanish holatlarini oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bunday huquqbuzarliklarning ijtimoiy ildizlarini bartaraf etishdagi o‘rni va roli yoritilgan. Shuningdek, ichki ishlar organlari tizimida ushbu turdagi huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bo‘yicha amaliy mexanizmlar, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilingan. Maqolada mahalla, jamoatchilik, NNT va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, raqamli nazorat vositalarini joriy etish va aholining huquqiy ongini oshirish zarurligi asoslab berilgan.

Asadbek Abduhoshimov

107-109

2025-10-08

ICHKI ISHLAR ORGANLARINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BO‘YICHA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish masalalari keng yoritilgan. Maqolada mamlakatimizda olib borilayotgan huquqiy islohotlar, profilaktika tizimining huquqiy asoslari, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishning samarali mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, profilaktika inspektorlarining professional tayyorgarligi, mahalla va jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikning o‘rni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.

Shohruxbek Abdurashidov

110-112

2025-10-08

PROFILAKTIKA INSEKTORINING FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARIGA TAJOVUZ QILADIGAN HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BO‘YICHA MAHALLA INSTITUTI BILAN O‘ZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada profilaktika inspektorining fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda mahalla instituti bilan hamkorligini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Maqolada mahalla faollari, profilaktika inspektorlari va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikning huquqiy, ijtimoiy va tashkiliy asoslari tahlil qilingan. Shuningdek, mahalla tizimida fuqarolarning huquqiy ongini oshirish, nizolarni barvaqt hal etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

Baxromjon Ashuraliyev

113-115

2025-10-08

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OILADAGI ZO‘RAVONLIK BILAN BOG‘LIQ HUQUQB UZARLIKLARNING UMUMIY PROFILAKTIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada profilaktika inspektorining oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olishdagi faoliyati, ularning vakolatlari va hamkorlik mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, oilaviy zo‘ravonlikning ijtimoiy sabablari, huquqiy oqibatlari hamda bu jarayonda profilaktika inspektorining tashkiliy, psixologik va huquqiy yondashuvlari tahlil qilinadi. Maqolada mavjud muammolarni bartaraf etish, huquqbuzarliklarning profilaktikasini samarali tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan.

Abbos Haydarov

116-117

2025-10-08

ПРОФИЛАКТИКА ИНСЕКТОРИ ТОМОНИДАН БОСКИНЧИЛИК ЖИНОЯТИНИНГ ВИКТИМОЛОГИК ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Мақолада профилактика инспекторларининг босқинчилик жиноятини олдини олишдаги ўрни ва ролини виктимологик нуқтаи назардан таҳлил қилишга қаратилган. Босқинчилик жиноятининг ижтимоий ва ҳуқуқий хусусиятлари, уни келтириб чиқарувчи омиллар ҳамда жабрланувчи шахснинг жиноят содир этилишидаги роли ёритилган. Шу билан бирга, профилактика инспекторлари фаолиятида виктимологик ёндашувни жорий этишнинг назарий ва амалий асослари кўрсатилган. Мақолада ички ишлар органларининг профилактика тизимини такомиллаштириш, жамоатчилик ҳамкорлигини кучайтириш ва фуқароларнинг ҳуқуқий маданиятини ошириш бўйича тавсиялар ишлаб чиқилган.

Адилбай Юсупбаев

118-120

2025-10-08

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING NIZOLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATIDA ICHKI ISHLAR ORGANLARINING XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA INSPEKTORI BILAN O‘ZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada profilaktika inspektorining nizoli oilalar bilan ishlashdagi amaliy faoliyati va ularning ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish masalalari chuqur yoritilgan. Oilaviy nizolarning ijtimoiy va psixologik sabablari, ularni bartaraf etishda hamkorlikning o‘rni, mavjud qonunchilik bazasi hamda amaliy ishlar tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, oilaviy mojarolarni barvaqt aniqlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda oilaviy tinchlikni ta’minlashga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.

Diyorbek Yoʻldoshov

121-123

2025-10-08

RHIZOCTONIA SOLANI ВА FUSARIUM SOLANI ЗАМБУРУҒЛАРИНИНГ ПОМИДОРГА НИСБАТАН ПАТОГЕНЛИГИ

Ушбу мақолада помидор уруғ ва ниҳолларига Rhizoctonia solani ва Fusarium solani замбуруғларининг турли штаммларининг патогенлигини ўрганиш бўйича маълумотлар келтирилган. Тадқиқотларда Кох постулати асосида помидорнинг ТМК-22 нави ва Alamina F1 дурагайига нисбатан R.solani ва F.solani штаммларининг патогенлик даражаси баҳоланган. Лаборатория шароитида вегетацион камераларда конидиал суспензия орқали сунъий зарарлантириш усуллари қўлланилган. Олинган натижаларга кўра, уруғ, унаётган уруғни чириши ва кўчат ётиб қолиши касаллигининг тарқалиши 3,2 % дан 17,6 % гача, илдиз чириш касаллигининг тарқалиши 9,2 % дан 27,8 % гача, касаллик ривожланиши эса 2,7-9,8 % чегарасида бўлди. R.solani нинг A87 ва F.solani A10 штаммлари юқори патогенлик даражасини намоён этди. Шу билан бирга, ТМК-22 нави Alamina F1 дурагайига нисбатан замбуруғларга сезгирроқ эканлиги аниқланди. Кох постулати орқали штаммларнинг патогенлиги тасдиқланди.

Алишер Омонлиқов

124-128

2025-10-08

PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR. VIRTUAL LABORATORIYALAR VA SIMULYATORLAR

Ushbu maqolada pedagogik dasturiy vositalarning ta'lim jarayonidagi ahamiyati, ularning turlari va zamonaviy ta'lim texnologiyalarida qo‘llanilishi yoritilgan. Maqolada, xususan, elektron darsliklar, test tizimlari, interaktiv simulyatorlar va multimedia vositalari orqali o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, pedagogik dasturiy vositalarni loyihalash va amaliyotda tatbiq etishdagi metodik yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari asosida pedagogik dasturiy vositalarning ta'lim sifati va o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi roli asoslab beriladi.

A.Sh. KODIROV, Iroda Qo‘ziyeva

129-131

2025-10-08

PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR. VIRTUAL LABORATORIYALAR VA SIMULYATORLAR

Ushbu maqolada pedagogik dasturiy vositalar orqali o‘qitish metodikasini tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim tizimida yangi pedagogik yondashuvlarni talab etmoqda. Maqolada kompyuter texnologiyalarini o‘qitish jarayonida zamonaviy metod va vositalardan foydalanish, interfaol usullar, amaliy mashg‘ulotlar hamda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish usullari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, zamonaviy dasturiy va texnik vositalar yordamida o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion texnologiyalar va interfaol o‘qitish metodlari qo‘llanilishi ta’lim sifati va talabalarning bilim darajasini oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

A. Raximova, A. Kodirov

132-134

2025-10-08

GASTRIT KASALLIGINING ASOSIY SABABLARI

Inson salomatligi-eng katta boylikdir. Hozirgi hayot tarzida notoʻgri ovqatlanish, stress va zararli odatlar turli kasalliklarning paydo boʻlishiga olib kelmoqda. Shulardan biri gastrit kasalligidir. Gastrit me'da shilliq qavatining yalligʻlanishi boʻlib, u oʻtkir va surunkali shakllarda uchraydi. Kasallikning asosiy etiologik omillari sifatida nosogʻlom ovqatlanish rejimi, sifatsiz va ogʻir hazm boʻladigan mahsulotlarni iste'mol qilish, psixo-emotsional zoʻriqishlar, alkogol va tamaki mahsulotlaridan foydalanish, shuningdek, Helicobacter pylori mikroorganizmi bilan zararlanish kabilar koʻrsatiladi, Gastritning klinik belgilariga epigastral sohada ogʻriq, koʻngil aynishi, ishtahaning pasayishi, meteorizm va diseptik holatlar kiradi. Mazkur maqolada gastrit kasalligiga olib keluvchi asosiy sabablar tahlil qilinib, uning oldini olish choralariga alohida e'tibor qaratilgan.

Ozoda Anvarjanova

135-136

2025-10-08

YOSHLAR ORASIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH: DOLZARB MUAMMOLAR VA SAMARALI YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni shakllantirishning dolzarb ahamiyati, globallashuv va axborot oqimida yuzaga kelayotgan yangi tahdidlar, ularning psixologik va ijtimoiy oqibatlari tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar, davlat dasturlari va amaliy loyihalar misolida muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari yoritiladi. Shuningdek, muallifning shaxsiy fikrlari asosida yoshlarni mustaqil fikrlashga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq qolishga o‘rgatish bo‘yicha samarali yondashuvlar taklif etiladi.

Nozima Abduraxmanova , Iroda Karimova , Diyorbek Pulatov

137-139

2025-10-08

KASBIY TA’LIMDAN OLIY TA’LIMGACHA BO‘LGAN UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISH YO‘LLARI

Mazkur maqolada kasbiy ta’limdan oliy ta’limgacha bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilish yo‘llari yoritilgan. Unda uzluksiz ta’limning mazmuni, bosqichlar o‘rtasidagi uzviylik, innovatsion ta’lim texnologiyalarining ahamiyati hamda raqamli transformatsiya jarayonlarining ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim tizimining bosqichlari o‘rtasida malaka mosligini ta’minlash, integratsion modelni joriy etish va mehnat bozoriga mos kadrlar tayyorlashda zamonaviy yondashuvlar keltirilgan.

Iroda Karimova , Nozima Abduraxmanova , Diyorbek Pulatov

140-143

2025-10-08

O‘RTA MAXSUS, PROFESSIONAL VA OLIY TA’LIM ZANJIRINI BOG‘LOVCHI INNOVATSION TA’LIM TIZIMI MODELI

Ushbu maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim bosqichlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlaydigan innovatsion modelni shakllantirish zaruriyati yoritilgan. Unda modul va kredit tizimiga asoslangan o‘quv dasturlari, raqamli platformalar, malaka doiralari va xalqaro tajribaga asoslangan uzluksiz ta’lim yondashuvlari tahlil qilingan. Qo‘shimcha ravishda, real statistik ma’lumotlar, davlat dasturlari, xalqaro grantlar va milliy malaka doiralari doirasida amalga oshirilayotgan amaliy harakatlar yoritilgan.

Diyorbek Pulatov, Iroda Karimova , Nozima Abduraxmanova

144-146

2025-10-08

ҚАЛАМПИРНИНГ НАВ ВА ДУРАГАЙЛАРИНИ ФУЗАРИОЗ СЎЛИШ КАСАЛЛИГИГА ЧИДАМЛИЛИГИНИ БАҲОЛАШ

Мақолада қалампир нав ва дурагайларининг Fusarium oxysporum  қўзғатадиган фузариоз сўлиш касаллигига нисбатан чидамлилиги ўрганилган. Тажриба сунъий инфекцион фон шароитида ўтказилиб, унда 5 та нав (Дарь Ташкента, Тонг, Қирқ оғайни, Дунган, Қизил болгар) ва 3 та дурагайдан (Stanley F1, Rionilo F1, Flamingo F1) фойдаланилган. Патоген сифатида F. oxysporum нинг морфокультурал, молекуляр-генетик ва Кох постулати билан тасдиқланган - Fusarium oxysporum f. sp. capsici нинг №115 штамми қўлланилган. Тажриба натижаларга кўра, Қизил болгар нави ва Rionilo F1 дурагайи касалликка чидамсиз, Қирқ оғайни нави ўртача чидамсиз, Дарь Ташкента ва Дунган навлари ўртача чидамли деб баҳоланган. Тонг нави ҳамда Stanley F1 ва Flamingo F1 дурагайлари фузариоз сўлиш касаллигига чидамли деб топилганлиги учун уларни ишлаб чиқаришда экиш учун тавсия этилган.

Самад Утаганов

147-152

2025-10-08