DOZORLI EPIDEMIOLOGIK NAZORAT TIZIMI ORQALI GRIPP VA O‘TKIR RESPIRATOR VIRUSLI INFEKSIYALAR PROFILAKTIKASINI TAKOMILASHTIRISH
Main Article Content
Аннотация:
Gripp va o’tkir respirator virusli infeksiyalar dunyo bo’ylab kasallanish va o’limning asosiy sabablaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu kasalliklar aholi salomatligiga, shuningdek, iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko’rsatib, katta ijtimoiy va iqtisodiy yo’qotishlarga sabab bo’lmoqda. Globallashuv va aholi sonining koʻpayishi sharoitida havo tomchilari orqali yuqadigan infeksiyalar hududlar va mamlakatlar oʻrtasida tez tarqalmoqda. Bu, ayniqsa, epidemiya yoki pandemiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan viruslarning yangi shtammlariga taalluqlidir. Bundan tashqari, kasallanish statistikasi va klinik maʼlumotlar kabi epidemiologik nazoratning anʼanaviy usullari har doim ham kasalliklar tarqalishini tezkor aniqlash va ularga samarali javob berish imkonini bermaydi. Dozorli epidemiologik nazorat yuqumli kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularning tarqalishini nazorat qilish uchun zamonaviy metodologiya sifatida epidemiyalarni aniqroq prognozlash, ularning dinamikasini baholash va profilaktika chora-tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun muhim vositadir. Bu kasallikning yangi holatlarini tezkorlik bilan aniqlash, virus mutatsiyalarini kuzatish va emlash profilaktikasini tezkor joriy etish imkonini beradi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) — Global Influenza Programme bo‘limi.
CDC (Centers for Disease Control and Prevention, AQSh) — gripp monitoringi: https://www.cdc.gov/flu
Respirator virusli kasalliklar bo‘yicha epidemiologik nazoratning operatsion jihatlari, Yevropa, 18 iyul 2022 y. www.ecdc.europa.eu, publications@ecdc.europa.eu
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining gripp bo‘yicha axborot byulleteni: https://tokpb.ru/main/informatsionnyy-byulleten-vsemirnoy-organizatsii-zdravookhraneniya-po-grippu/
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 16-fevraldagi 31-sonli buyrug‘i: “O‘zbekiston Respublikasida o‘tkir respirator infeksiyalar bo‘yicha dozorlu epidemiologik nazoratni takomillashtirish choralari to‘g‘risida”.
WHO. Epidemiological Influenza Surveillance Standards. 2014.
