BO‘LAJAK QURILISH MUHANDISLARIDA KASBIY-LOYIHAVIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu tezisda qurilish oliy ta’limi tizimida tahsil olayotgan talabalarda kasbiy-loyihaviy fikrlashni shakllantirish zarurati, uning mazmuni va ta’lim jarayonida vujudga kelish omillari yoritiladi. Muallif kasbiy-loyihaviy fikrlashni faqat loyiha hujjatlarini tuzish ko‘nikmasi bilan cheklanmaydigan, balki muammoni texnologik nuqtai nazardan ko‘ra olish, obyektning konstruktiv, tashkiliy va iqtisodiy parametrlarini bir butun tizim sifatida modellashtirishga qodir bo‘lgan tafakkur turi sifatida talqin etadi. Ushbu fikrlashni rivojlantirish uchun pedagogik muhitning muhandislik faoliyatiga yaqinlashtirilganligi, o‘quv topshiriqlari real qurilish holatlari asosida tuzilishi, o‘qituvchi va ishlab chiqarish vakillari hamkorligi ta’minlanganligi, shuningdek, raqamli ta’lim vositalari bilan boyitilganligi muhim omil ekani asoslanadi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak qurilish muhandislarining kasbiy tayyorgarligini faqat nazariy bilimlar hajmi bilan emas, balki loyiha-vaziyatlarda mustaqil yechim ishlab chiqish, yechimni me’yoriy jihatdan asoslash va hamkorlikda himoya qilish kabi amaliy mezonlar orqali baholash zarurligini ko‘rsatadi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
Абдурашидов Н. Қурилиш ишлаб чиқаришини ташкил этиш. – Тошкент: Фан, 2018.
Алиев А., Юсупов Ш. Қурилиш жараёнлари технологияси. – Тошкент: ТҚҚИ нашриёти, 2019.
Мавлонов А. Олий таълимда компетенциявий ёндашув. – Тошкент: Фан ва технологиялар, 2020.
Назаров Ж. Муҳандислик фанларини ўқитишда лойиҳа усули. – Тошкент: Фан, 2016.
Пискунов В.А. Профессиональная подготовка инженеров-строителей в цифровой среде. – СПб.: СПбГАСУ, 2022.
Kuznetsov V.G. Digital construction education: project-based approach. – Moscow: Akademiya, 2021.
Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги. Қурилиш йўналишлари учун намунавий ўқув режалари. – Тошкент, 2024.
