Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Published: 2025-11-03

THE IMPACT OF TECHNOLOGY ON ENGLISH LANGUAGE TEACHING

The use of technology in English Language Teaching (ELT) has revolutionized traditional pedagogical practices, offering innovative and interactive ways of learning. This paper examines the impact of modern technologies on English language education, focusing on how digital tools enhance teaching efficiency and student engagement. Data were collected from English teachers and students at the institute of agriculture and agro technologies of Karakalpakstan to analyze the attitudes, benefits, and challenges of technology integration. Findings reveal that technology significantly contributes to learner motivation, autonomy, and communicative competence while also highlighting barriers such as limited digital skills and unstable internet access. The study concludes with recommendations for improving digital literacy and optimizing the role of technology in ELT.

Shamuratov J.U.

4-6

2025-10-31

O‘RTA MAKTAB O‘QUVCHILARINING JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA ESTETIK TARBIYA JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Tadqiqot muammosiga oid ilmiy-nazariy va amaliy-pedagogik manbalarni o‘rganish, kuzatuv natijalari hamda tajriba-sinov ishlarining ilmiy xulosalari asosida shakllangan mazkur tadqiqotda ilgari surilgan ilmiy g‘oyalarning samaradorlik darajasi tajriba sharoitida sinovdan o‘tkazildi.

R.F. Djoldasov

7-10

2025-10-31

MONTESSORI TEXNOLOGIYASI ASOSIDA 3–5 YOSHLI TARBIYALANUVCHILARNING YOZMA NUTQINI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI USULLARI

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarda yozma nutq kompetensiyasini shakllantirish bugungi kunda eng dolzarb pedagogik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda bolalarda yozma nutq ko‘nikmalarini erta yoshdan rivojlantirish masalasiga bo‘lgan e’tibor va qiziqish sezilarli darajada ortmoqda. Mazkur maqolada Montessori metodining nazariy jihatlari, xususan, uning bolalarning yozma nutqini rivojlantirishdagi o‘rni va ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu metodni maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘llash samaradorligi, bolalarda yozma nutq kompetensiyasini shakllantirish jarayonida erkin tanlov, individual yondashuv hamda tilni tabiiy o‘zlashtirish tamoyillariga asoslangan yondashuv orqali erishiladigan natijalar yoritiladi

Muxtasarxon Rahimjonova

11-15

2025-10-31

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЖАНУБИЙ ВИЛОЯТЛАРИ ШАРОИТИДА ТАЛАБАЛАР ОВҚАТЛАНИШИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ

Мақолада Ўзбекистон Республикаси жанубий вилоятлари шароитида истиқомат қиладиган талабаларнинг овқатланиш стериотипини ўрганиш натижалари келтирилган. Кузатув натижаларига кўра респондентларнинг 25-30% эрталаб нонушта қабул қилмайди, 30-35% талабанинг тушлиги тўлақонли бўлмайди. Бундай ҳолат талабаларнинг амалдаги овқатланишини ўрганиш ва тегишли илмий-амалий вазифаларни бажарилишини таъминлайди.

Ilyos Ergashev

16-18

2025-10-31

TILANCHILIKKA QARSHI KURASHNING JINOYAT-HUQUQIY VA KRIMINOLOGIK JIHATLARI

Tilanchilik dolzarb ijtimoiy muammo bo’lib, nafaqat aholi turmush darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, balki huquqbuzarlik va jinoyatchilikning o’sishiga ham turtki bo’lishi mumkin. Ushbu maqolada tilanchilik tushunchasi, uning huquqiy tavsifi va ijtimoiy xavfi tahlil qilinadi. Shuningdek turli davlatlarning tajribalariga asoslanib, tilanchilikni jinoyat sifatida baholash masalasi muhokama qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks va Jinoyat kodeks normalari asosida tilanchilik bilan bog’liq huquqbuzarlikning huquqiy jihatlarini o’rganadi. Maqolada tilanchilikka qarshi kurashning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari tahlil etiladi.

Barshinay Aytimova

19-24

2025-10-31

ПОЗВОНОЧНЫЕ ЖИВОТНЫЕ, ОБИТАЮЩИЕ В ТУГАЙНЫХ ЭКОСИСТЕМАХ МУЙНАКА

В статье рассматривается видовое разнообразие позвоночных животных, обитающих в тугайных экосистемах Муйнакского района. Особое внимание уделено адаптационным особенностям рыб, земноводных, пресмыкающихся, птиц и млекопитающих к экстремальным условиям засушливого климата Приаралья. Кроме того, проведён анализ экологической роли данных видов в формировании устойчивости экосистем, а также обозначены основные угрозы их существованию. Подчёркивается необходимость охраны и рационального использования биоресурсов тугайных территорий как ключевого фактора сохранения биоразнообразия региона.

Арыухан Сапарова

25-27

2025-10-31

“PEDRO PARAMO” QISSASIDA MAGIK REALIZM.

Ushbu maqolada Lotin Amerikasi adabiyoti vakili Xuan Rulfo tomonidan yaratilgan “Pedro Paramo” qissasidagi magik realizm unsurlari tahlil qilinadi. Asardagi tirik va o’lik obrazlarning bir vaqtning o’zida  mavjud bo’lishi, ruhiy iztiroblarning afsonaviy tarzda ifodalanishi magik realizmning o’ziga xos badiiy ko’rinishidir.

Madina Mavlonova

28-29

2025-10-31

ÁJINIYAZ POEZIYASÍNDA AZATLÍQ HÁM MILLIY ÓZLIK MÁSELESI.

Bul maqalada qaraqalpaq ádebiyatınıń kórnekli wákili, aǵartıwshı shayır Ájiniyaz Qosıbay ulınıń poeziyasında azatlıq, milliy ózlik hám adamgershilik máseleleri talqılanadı. Shayırdıń shıǵarmalarında xalıqtıń azatlıqqa umtılıwı, milliy maqtanısh hám ádillik sezimleri tiykarǵı ideya sıpatında alǵa qoyılǵan. Ásirese, "Kerek," "Boladı," "Bolmasa," "Jaqsı," "Jigitler" sıyaqlı qosıqlarında insanıylıq qádiriyatlar, ǵárezsizlik ármanı hám sociallıq teńlik máseleleri joqarı filosofiyalıq ruwxta sáwlelendirilgen. Maqalada Ájiniyazdıń ómiri hám dóretiwshiligi analiz etilip, onıń milliy oyanıw procesindegi ornı jarıtıladı.

Dilbar Rametova

30-32

2025-10-31

LINGUISTIC AND CULTURAL ADAPTATION IN MULTILINGUAL CLASSROOMS

This article examines the instructional and cultural challenges faced by novice teachers in multilingual classrooms, with a focus on language scaffolding and culturally responsive teaching. Drawing from theoretical frameworks such as Vygotsky’s Zone of Proximal Development and Culturally Relevant Pedagogy, it highlights the necessity of equipping novice educators with practical tools and training in scaffolding techniques, including teacher talk, problem-based learning (PBL), and digital scaffolding. The paper also explores how cultural responsiveness, student-centered pedagogy, and multicultural curriculum development are critical for fostering inclusive learning environments. The review underscores that without sufficient preparation in cultural sensitivity and instructional adaptability, novice teachers may struggle to meet the linguistic and socio-cultural needs of their students. It concludes by recommending targeted professional development and pre-service training to enhance teacher readiness for diverse classrooms.

Mirkabil Alimbaev Anvarovich

33-37

2025-10-31

АКТИВНЫЕ И ИНТЕРАКТИВНЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ В СОВРЕМЕННОЙ ШКОЛЕ

Современное образование переживает этап коренных изменений, связанных с глобализацией, цифровизацией и повышением требований к качеству подготовки учащихся. Традиционные формы обучения, основанные на монологическом изложении материала, постепенно уступают место активным и интерактивным методам, ориентированным на развитие личности учащегося, его самостоятельности, критического мышления и коммуникативных компетенций. В условиях современной школы учитель выступает не просто источником знаний, а организатором познавательной деятельности, модератором, наставником и партнёром в процессе обучения.

Шахриноз Исмоилова

38-40

2025-10-31

O'ZBEKISTONDA AGROTURIZMNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI (NAVOIY VILOYATI MISOLIDA)

O‘zbekistonda  2022–2026  yillarga  mo‘ljallangan  Turizmni  rivojlantirish konsepsiyasida qishloq va ekologik turizmni kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy infratuzilmani modernizatsiya qilish, xorijiy investitsiyalarni  jalb  etish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan [1].

Xabib Xalilov

41-43

2025-10-31

ИНТЕГРАТИВНАЯ ПСИХОЛОГИЯ ЭМОЦИОНАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ: ЛИЧНОСТЬ КАК ДИНАМИЧЕСКАЯ СИСТЕМА САМООБНОВЛЕНИЯ

Интегрaтивный подход к психологии эмоционального развития акцентирует внимание на личности как постоянно меняющейся системе, где перестройка эмоционально-когнитивных модулей обеспечивает адаптацию и устойчивость. Эмоциональное развитие описывается через процессы рекомбинации смысловых схем, позволяющие системе гибко интегрировать новые способы реагирования. Установлено, что традиционные модели недостаточно формализуют параметры динамических переходов и механизмы внутренней перестройки. Новизна исследования заключается в определении самообновления как центрального механизма устойчивости и индивидуального развития. Акцентирована потребность в уточнении критериев и процедур эмпирического анализа процессов динамической интеграции.

Х.К. Рахимова

44-47

2025-10-31

MODERN PRINCIPLES OF BUSINESS MANAGEMENT: GLOBAL EXPERIENCE, STRATEGIC ANALYSIS, AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT

This thesis examines the evolution and application of modern business management principles in the globalized economy. Drawing upon classical management theories [5] and the practices of highly developed nations such as the United States, Germany, and Japan, it analyzes how strategic planning, human capital development, and digital innovation have transformed management functions. The study also explores international statistics from the OECD and the World Bank to highlight management efficiency as a critical factor of business competitiveness and sustainability.

Ulvi Natigzade Zaur

48-50

2025-10-31

COMPARATIVE EVOLUTION OF MANAGEMENT AND GOVERNANCE CONCEPTS IN MODERN BUSINESS SYSTEMS

This paper examines the conceptual evolution and interdependence of management and governance in modern business organizations. It analyzes how these two elements—though distinct in function—work together to ensure sustainable success in both developed and emerging economies. Using international statistics and global best practices, the study highlights how the integration of effective governance principles with data-driven management systems contributes to innovation, competitiveness, and organizational resilience.

Ulvi Natigzade Zaur

51-53

2025-10-31

IMPROVING THE METHODOLOGY OF GUIDEING STUDENTS TO MUSICAL CREATIVE ACTIVITY

This article talks about the subtle essence of art, art forms and art of our country. There is information about the artists of our country and the trends of their work.

Toxirov Botirbek G‘ofurjon o‘g‘li

54-56

2025-10-31

K. KARIMOVTÍŃ “ARALDÍŃ ÚMITI” ROMANÍNDA DETALDÍŃ KÓRKEMLIK XÍZMETI

Bul jumısta K. Karimovtıń “Araldıń Úmiti” shıǵarmasındaǵı detaldıń qollanılıw ózgesheligi izertlenip, onıń roman syujetindegi atqarıp turǵan kórkemlik xızmeti úyreniledi.

NILUFAR ABSATTAROVA

57-59

2025-10-31

TURK XALQ QO‘SHIQLARINING USLUB XUSUSIYATLARIGA DOIR

Ushbu maqolada turk xalq qo‘shiqlarining uslubiy xususiyatlari va ularning mazmuniy badiiy talqini tahlil qilingan. Türküler insonning ruhiy holati, ichki kechinmalari, sevgi, sog‘inch, ayriliq va g‘am-alam kabi tuyg‘ularni lirik ohangda ifodalovchi folklor namunalaridir. Tadqiqotda Kayseri turku to‘plamiga mansub “Gesi Bağları” qo‘shig‘i misolida tashbeh va metafora kabi tasvir vositalarining qo‘llanishi yoritilib, qo‘shiq obrazlaridagi poetik mazmunning ochilishi ilmiy asosda izohlangan. Natijalar turk xalq qo‘shiqlarida badiiy ifoda va musiqiy ohang uyg‘unligi ularning ruhiy ta’sirchanligini oshirishini ko‘rsatadi.

Nilufar Muminova

60

2025-10-31

MA’NAVIY MEROSNING JAMIYAT TARAQQIYOTDAGI AHAMIYATI

Mazkur tezisda ma’naviy merosning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati keng yoritilgan. Asarda avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar hamda milliy-ma’naviy boyliklarning inson tafakkuri va jamiyat hayotidagi o‘zgarmas o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda ma’naviy meros xalqning tarixiy xotirasi, milliy o‘zligining asosi sifatida baholangan va uning bugungi kunda yoshlarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi fazilatlarni shakllantirishdagi roli yoritilgan. Tezisda O‘zbekiston taraqqiyotida ma’naviy merosning barqaror rivojlanishga ta’siri, ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashdagi ahamiyati hamda ma’naviy qadriyatlarni saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida e’tibor qaratilgan. Umuman olganda, tadqiqot natijalari ma’naviy merosni jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq jarayon sifatida talqin etishga xizmat qiladi va yoshlarning ma’naviy kamolotini ta’minlashda muhim nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Marvarida Ortiqova

61-64

2025-10-31

O‘ZBEK XALQ ERTAKLARINING LINGVISTIK TADQIQI

Ushbu maqolada o‘zbek xalq ertaklarining shakllanishi, mazmuni, tili va badiiy xususiyatlari lingvistik hamda madaniy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Ertaklarda xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, diniy e’tiqodlari va estetik qarashlari mujassam bo‘lib, ularni o‘rganish milliy tafakkurni yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ertaklarning tarjimasi, milliy koloritni saqlash muammolari, shuningdek, zamonaviy lingvistik yondashuvlar asosida olib borilgan tadqiqotlar tahlil etilgan.

Shahnoza Saidova

65-69

2025-10-31

AKADEMIK LITSEYLARDA KIMYO FANINI TELEGRAM BOTLARI VA MOBIL ILOVALAR YORDAMIDA O‘QITISH: INTEGRATSIYALASHGAN, GEYMIFIKATSIYALASHGAN MODEL

Ushbu ilmiy ishda O‘zbekiston akademik litseylarida kimyo fanini o‘qitishda kuzatilayotgan an’anaviy yondashuvlarning asosiy muammolari, xususan, o‘quvchilarning passiv o‘rganishga moyilligi va fanga bo‘lgan motivatsiyasining pastligi tahlil qilinadi. Mavjud muammolarni hal etish maqsadida, “Kimyo-Bot” ekotizimi deb nomlangan, mobil texnologiyalarga asoslangan, integratsiyalashgan va geymifikatsiyalashgan ta’lim modeli taklif etiladi va nazariy jihatdan asoslanadi. Ushbu model markaziy boshqaruvchi vazifasini bajaruvchi Telegram-bot hamda kimyoning murakkab tushunchalarini o‘zlashtirishga mo‘ljallangan maxsus mobil ilovalar to‘plamidan iborat. Modelning pedagogik asosi konstruktivizm , kognitiv yuklama nazariyasi va Oktaliz freymvorki kabi fundamental ta’lim nazariyalariga tayanadi. “Kimyo-Bot” ekotizimi mikrota’lim, intervalli takrorlash va tezkor qayta aloqa kabi usullar orqali o‘quvchilarning bilimni mustahkam o‘zlashtirishini ta’minlaydi, geymifikatsiya elementlari esa ularning ichki motivatsiyasini oshiradi. Model o‘quv jarayonini passiv ma’lumot uzatishdan faol, qiziqarli va konseptual chuqur o‘rganish tajribasiga aylantirish imkoniyatlarini ochib beradi.

Sharofiddin Maxamadiyev

70-73

2025-10-31

BO‘LAJAK QURILISH MUHANDISLARIDA KASBIY-LOYIHAVIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Ushbu tezisda qurilish oliy ta’limi tizimida tahsil olayotgan talabalarda kasbiy-loyihaviy fikrlashni shakllantirish zarurati, uning mazmuni va ta’lim jarayonida vujudga kelish omillari yoritiladi. Muallif kasbiy-loyihaviy fikrlashni faqat loyiha hujjatlarini tuzish ko‘nikmasi bilan cheklanmaydigan, balki muammoni texnologik nuqtai nazardan ko‘ra olish, obyektning konstruktiv, tashkiliy va iqtisodiy parametrlarini bir butun tizim sifatida modellashtirishga qodir bo‘lgan tafakkur turi sifatida talqin etadi. Ushbu fikrlashni rivojlantirish uchun pedagogik muhitning muhandislik faoliyatiga yaqinlashtirilganligi, o‘quv topshiriqlari real qurilish holatlari asosida tuzilishi, o‘qituvchi va ishlab chiqarish vakillari hamkorligi ta’minlanganligi, shuningdek, raqamli ta’lim vositalari bilan boyitilganligi muhim omil ekani asoslanadi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak qurilish muhandislarining kasbiy tayyorgarligini faqat nazariy bilimlar hajmi bilan emas, balki loyiha-vaziyatlarda mustaqil yechim ishlab chiqish, yechimni me’yoriy jihatdan asoslash va hamkorlikda himoya qilish kabi amaliy mezonlar orqali baholash zarurligini ko‘rsatadi.

Nazokat Raxmonova

74-76

2025-10-31

FONEMA VA ALLOFON TUSHUNCHALARINING O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TALQINI

Mazkur tezisda o‘zbek tilshunosligida fonema va allofon tushunchalarining shakllanishi, ularning bir-biridan farqlanish mezonlari hamda amaliy fonetikada qo‘llanish doirasi yoritiladi. Fonema ma’no farqlashga xizmat qiluvchi eng kichik birlik sifatida, allofon esa shu fonemaning ma’no farqlamaydigan talaffuz ko‘rinishi sifatida izohlanadi. O‘zbek tilida urg‘u, bo‘g‘in tarkibi, undoshlar ta’siri va nutq uslubiga ko‘ra yuzaga keladigan variantlar tizim darajasiga ko‘tarilmasligi, ya’ni fonema maqomini egallamasligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotda o‘zbek fonologiyasi uchun xos bo‘lgan pozitsion va kombinator allofonlar, shuningdek, ba’zan adabiy talaffuz va sheva talaffuzi o‘rtasida uchraydigan erkin variantlarning fonologik talqini tahlil qilinadi. Natijalar o‘zbek tili orfoepik me’yorlarini aniqlashtirishda, chet elliklarga o‘zbek tilini o‘rgatishda va avtomatik nutqni qayta ishlash tizimlarida tovushlar bazasini tuzishda muhim ahamiyatga ega.

Mirzabek Xadjiyev

77-79

2025-10-31

PEDAGOG KADRLARNING ISH UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA MOTIVATSION YONDASHUVNING NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada pedagog kadrlarning ish unumdorligini oshirishda motivatsion yondashuvning nazariy asoslari keng yoritiladi. Ta’lim tizimida inson kapitaliga sarmoya kiritish, o‘qituvchi shaxsini rivojlantirish va kasbiy faoliyatni rag‘batlantirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani bois, mehnat samaradorligini oshirishning psixologik-pedagogik mexanizmlarini chuqur o‘rganish zarurati paydo bo‘lmoqda. Maqolada motivatsiya tushunchasining mazmuni, uning pedagogik faoliyat bilan bog‘liq xususiyatlari, O‘zbekiston ta’lim tizimi sharoitida ichki va tashqi motivlarning o‘zaro ta’siri tahlil qilinadi. A. Maslou, F. Gersberg, V. Vrum, J. Adams kabi motivatsiya nazariyalari g‘oyalari pedagogik boshqaruv kontekstida qayta talqin qilinib, rahbarlar uchun ta’lim muassasasida samarali motivatsion muhit yaratish bo‘yicha nazariy asoslangan xulosalar beriladi. Muallif motivatsion yondashuv faqat moddiy rag‘batlantirish bilan cheklanmasdan, o‘qituvchining kasbiy o‘sishga, ijodkorlikka va ijtimoiy e’tirofga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilganda ish unumdorligi barqaror ravishda oshishini ta’kidlaydi.

Ilhomjon Asqarov

80-85

2025-10-31

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЖАНУБИЙ ВИЛОЯТЛАРИ ШАРОИТИДА ТАЛАБАЛАР ОВҚАТЛАНИШИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ

Мақолада Ўзбекистон Республикаси жанубий вилоятлари шароитида истиқомат қиладиган талабаларнинг овқатланиш стериотипини ўрганиш натижалари келтирилган. Кузатув натижаларига кўра респондентларнинг 25-30% эрталаб нонушта қабул қилмайди, 30-35% талабанинг тушлиги тўлақонли бўлмайди. Бундай ҳолат талабаларнинг амалдаги овқатланишини ўрганиш ва тегишли илмий-амалий вазифаларни бажарилишини таъминлайди.

Ilyos Ergashev

86-88

2025-10-31

IBN HOJIBNING AL-KOFIYA ASARIDA MANSUBOTLARNING AMALIY QO‘LLANISHI: ZAMONAVIY ARAB TILSHUNOSLIGI NUQTAYI NAZARIDAN

Mazkur tezisda Ibn Hojibning al-Kofiya asarida mansubotlar (nasb holatidagi so‘zlar)ning amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Mansubotlar arab tilida fe’l, ism va harflar bilan bog‘liq sintaktik munosabatlarda muhim rol o‘ynaydi. Tezisda mansubotlarning amaliy qo‘llanishi misollar orqali yoritilib, ularning zamonaviy tilshunoslikdagi ahamiyati ko‘rsatiladi.

Muhammad Yusuf Abdurahmonov

89-91

2025-10-31

ALISHER NAVOIY ASARLARI TILINING TAHLILI

Buyuk shoir va mutafakkir bo`lmish Alisher Navoiyning adabiy til mavqeyi uchun olib borgan qattiq kurashi tarixda o`ziga xos o`ringa ega. Alisher Navoiy asarlari nafaqat o`zbek tilshunoslari tomonidan balki dunyo tilshunoslari tomonidan ham o`rganilgan. Xususan,o`zbek tilshunosligida shoir asarlarining lingvistik xususiyatlarini o`rganish yuzasidan bir necha nomzodlik,doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Shuningdek, rus tilshunoslaridan V.V.Batold, akademik I.Yu.Krachkovskiy, akademik A.N.Kononov, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zolari Ye.E.Bertels, A.K.Borovkov, O`zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolari Oybek, G`.G`ulomov, V.Zohidov, V.Abdullayev kabilar Navoiy asarlarini fonetik, morfologik, leksik jihatdan yoritib berishga harakat qilganlar. Shu nuqtai nazardan o`zbek tilini o`rganilishi uzoq tarixga ega. Bu tilni tadqiq qilish har doim davr talabi asosida bo`lgan.

Aziza Salimova

92-94

2025-10-31

DAVLAT QARZINI SAMARALI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Ushbu maqolada davlat qarzini boshqarish mexanizmining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinib, O‘zbekistonda davlat qarzini samarali boshqarishning institutsional va strategik yo‘nalishlari yoritilgan. Tadqiqotda qarz siyosatini optimallashtirish, risklarni kamaytirish hamda qarz mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Fayzulloh Sattoriy

95-97

2025-10-31

MAHSULOT TANNARXINI REJALASHTIRISH VA TAHLIL QILISH USULLARINI SAMARALI QO‘LLASH MASALALARI

Ushbu tezisda sanoat mahsulotlari tannarxini rejalashtirish va tahlil qilish jarayoniga yashil komponentlarni kiritish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Mamlakatimizda yashil sanoat, yashil ishlab chiqarish tizimlari  kabi ekotizimlarni joriy qilish haqida o‘rganiladi.

Kamola Raimkulova

98-101

2025-10-31

IQTISODIY O‘SISHNI JADALLASHTIRISHDA INVESTITSIYALARNI JALB ETISH OMILLARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishda investitsiyalarni jalb etish omillari, investitsion muhitni yaxshilash yo‘nalishlari hamda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, davlat tomonidan yaratilayotgan huquqiy va institutsional asoslar hamda ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri yoritilgan.

Iroda Karimova , Javohir Qobilov

102-105

2025-10-31

SAPAR LIRIKALIQ DÚRKINLERINDE LIRIKALIQ QAHARMAN MÁSELESI

Kórkem shıǵarmada kórkem obrazdan tısqarı lirikalıq qaharman obrazı degen túsinik bolıp, geyde lirikalıq qaharman kórkem obraz dárejesine kóteriliwi yamasa sol halında shıǵarmalarda sáwleleniwi múmkin.

Dilafruz Dauletova

106-108

2025-10-31

O‘ZBEKISTON TA’LIM SEKTORIDA BREND MENEJMENT VA RAQAMLI IMIDJ YARATISH MEXANIZMLARI

Ushbu tezisda O‘zbekiston ta’lim sektorida brend menejment tizimini rivojlantirish hamda raqamli imidj yaratishning zamonaviy mexanizmlari o‘rganilgan. Tadqiqotda ta’lim tashkilotlarining raqamli muhitdagi brendlashuv darajasi, onlayn ishonch indeksi va reputatsiya boshqaruvi tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, brend imidjining samarali boshqaruvi ta’lim muassasasining raqobatbardoshligini 30–35% gacha oshiradi. Raqamli kanallar (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar, CRM tizimlari) orqali tashkilot obro‘sini boshqarish brend sodiqligini mustahkamlashda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston ta’lim muassasalari uchun raqamli imidjni shakllantirishda kompleks marketing strategiyalarini joriy etish zarurligini asoslaydi.

Faxriddin Raximov

109-114

2025-10-31

«MAQSADLI SANKSIYALAR» KONSEPSIYASI VA UNING AMALIYOTDA QOʻLLANISH MASALALARI

Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida iqtisodiy sanksiyalar diplomatiya va harbiy kuch ishlatish o‘rtasidagi strategik bo‘shliqni to‘ldiruvchi vosita sifatida tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. Shu jarayonda “maqsadli sanksiyalar” yoki “smart sanctions” konsepsiyasi xalqaro huquq amaliyotida alohida o‘rin egalladi. Ushbu yondashuvning shakllanishi XX asrning oxirlarida, ayniqsa 1990-yillardagi Iroq sanksiyalari tajribasidan keyin boshlangan. O‘sha davrda joriy etilgan keng qamrovli sanksiyalar tinch aholiga katta zarar yetkazgani, oziq-ovqat va tibbiy resurslar tanqisligiga sabab bo‘lgani tufayli xalqaro hamjamiyat bunday choralarni insonparvarlik tamoyillariga zid deb baholadi. Natijada sanksiyalarni bevosita hukumat rahbarlari, siyosiy elita yoki qurolli mojarolarda ishtirok etayotgan shaxslarga qaratish g‘oyasi yuzaga keldi.

Berdibek Aytmuratov

115-117

2025-10-31

BOJXONA OPERATSIYALARINI AMALGA OSHIRISHDA SANOAT KORXONASINING EKSPORT - IMPORT FAOLIYATINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Ushbu maqolada sanoat korxonalarining eksport-import faoliyatini amalga oshirish jarayonida bojxona operatsiyalarining samarali tashkil etilishi va boshqarilishi o‘rganiladi. Eksport va import jarayonlari mamlakat iqtisodiy o‘sishi, tashqi savdo hajmi va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bojxona operatsiyalarining soddalashtirilishi, elektron tizimlardan keng foydalanish, logistika infratuzilmasini rivojlantirish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish sanoat korxonalari faoliyatida yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi.

Shohizamon Tursunboyev

118-121

2025-10-31

О‘ZBEKISTОNNING SUV VA SUV MANBALARI BОRASIDA QО‘SHNI DAVLATLARI BILAN О‘ZARО HAMKОRLIGI

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasidagi suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni boshqarish sohasidagi tashqi siyosati hamda qo‘shni davlatlar bilan olib borayotgan hamkorlik faoliyati yoritilgan. Suv tanqisligi, transchegaraviy daryolarning adolatli taqsimlanishi, ekologik xavfsizlik, suv infratuzilmasini modernizatsiya qilish masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan suv diplomatiyasi yo‘nalishidagi amaliy ishlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikdagi loyihalar haqida so‘z yuritiladi. Tezis mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda suv resurslari bo‘yicha o‘zaro ishonch va integratsiya zarurligini asoslaydi.

Maftuna Tog’oyeva

122-124

2025-10-31

AMUDARYO HAVZASIDAGI MUZLIKLARNI DINAMIKASINI OʻRGANISHNING MAQSADI VA DOLZARBLIGI

Iqlim oʻzgarishi oqibatida jahonda suv resurslari taqchilligi yildan yilga ortib bormoqda. Buning natijasida suv resurslari miqdor va sifat jihatdan keskin salbiy o‘zgarishlarga uchramoqda. Ayniqsa, ariq iqlimli O‘zbekiston hududida bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shunday yirik havzalardan biri Amudaryo havzasi bo‘lib Markaziy Osiyoning eng muhim daryolaridan hisoblanadi. U mintaqaning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy rivojlanishida hal qiluvchi rol oʻynaydi. Bu havza Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston kabi davlatlar uchun suv resurslarining asosiy manbai hisoblanadi. Amudaryo havzasidagi suv resurslarining asosiy qismi togʻli hududlardagi muzliklar va qor qoplamlaridan hosil boʻladi. Shu sababli, muzliklarning dinamik holati va ularning erishi nafaqat havzaning suv taʼminoti, balki butun mintaqaning ekologik barqarorligi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Suv resurslarini barqarorligini ta’minlash maqsadida muzliklarni monitoringini olib borishni taqazo qilinmoqda.

Murodjon Oʻktamov

125-126

2025-10-31

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA UZOQ MUDDATLI MOLIYALASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI

So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida kapital bozorining rivojlanishi, xususan, aksiyadorlik jamiyatlarining moliyalashtirish manbalari tarkibida kapital bozor vositalarining o‘rni tobora ortib bormoqda. Mamlakatda IPO va SPO jarayonlarini faollashtirish, korporativ obligatsiyalar emissiyasini kengaytirish, raqamli investitsiya platformalarini joriy etish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq, aksiyadorlik jamiyatlarining uzoq muddatli moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoji hali to‘liq qondirilmagan. Shu nuqtayi nazardan, kapital bozor vositalari orqali moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir.

Aziza Farxodova

127-128

2025-10-31

YARIMO‘TKAZGICHLAR FIZIKASINING ZAMONAVIY TA‘LIMDAGI O‘RNI

Ushbu tezisda yarimo‘tkazgichlar fizikasining ta’limdagi o‘rni yoritilgan bo‘lib u hozirgi kundagi dolzarb muammolarni o‘z ichiga olgan.

Go‘zaloy Mamatova

129-130

2025-10-31

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ РЕСУРСОВ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА

В данной статье рассматривается значение мультимедийных технологий в процессе преподавания русского языка. Подчеркивается, что использование мультимедийных средств обучения способствует повышению эффективности образовательного процесса, а также развитию познавательных и коммуникативных способностей учащихся. Кроме того, анализируются педагогические и психологические преимущества применения цифровых инструментов, а также отмечаются трудности и пути их преодоления.

Айман Унгарбаева

131-133

2025-10-31

BOLANING TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MAKTABGACHA TA’LIMNING ROLI

Mazkur maqolada bolaning tafakkurini rivojlantirishda maktabgacha ta’limning o‘rni keng va chuqur tahlil qilingan. Ayniqsa, bola tafakkurining shakllanish jarayonida o‘yin faoliyati, ta’limiy muhit, tarbiyachi faoliyati hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘zaro bog‘liqligi ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini rivojlantirishning psixologik va metodik jihatlari izchil tahlil etilgan.

Gulzar Baytileuova

134-135

2025-10-31

ZAMONAVIY STOMATOLOGIK TEXNOLOGIYALAR VA PROFILAKTIK YONDASHUVLARNING SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TA’MINLASHDAGI ROLI

Mazkur maqolada stomatologiya fanining tibbiyot sohasidagi o‘rni, uning zamonaviy davrdagi dolzarbligi va ahamiyati tahlil qilinadi. Og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining oldini olish, ularni erta aniqlash va samarali davolash usullarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy stomatologik texnologiyalar va profilaktik yondashuvlarning sog‘lom turmush tarzini ta’minlashdagi roli ilmiy asosda tahlil etiladi.

Dilafruz Jabborova

136-139

2025-10-31