NUROTA SUG’ORISH TIZIMI VA KORIZLAR
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu maqolada Nurota vohasida shakllangan qadimiy sug’orish tizimi va korizlarning paydo bo’lishi, rivojlanish jarayoni hamda hozirgi holati keng yoritilgan. Tadqiqotda avvalo Nurota hududining tabiiy-geografik sharoiti, jumladan, tog’ etaklaridan oqib tushadigan yer osti suvlarining shakllanish mexanizmi va ularning sug’orishda tutgan o’rni tahlil qilingan. Koriz tizimining tarixiy ildizlari, ularning qurilish tamoyillari, shaxtalar tarmog’i va ularning o’ziga xos muhandislik yechimlari batafsil ko’rib chiqiladi. Maqolada Nurota aholisi tomonidan qadimdan qo’llanib kelingan suvdan foydalanish an’analari, suv taqsimoti, korizlarni parvarish qilish usullari hamda ushbu tizimning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati ilmiy manbalar asosida asoslab beriladi. Shuningdek, korizlarning ekologik jihatdan barqaror, energiya talab qilmaydigan va iqlim sharoitiga moslashgan sug’orish texnologiyasi sifatidagi afzalliklari tahlil etilgan.Maqola natijalariga ko’ra, Nurota korizlari nafaqat tarixiy-madaniy obida, balki mintaqaning barqaror suv ta’minotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan noyob gidrotexnik tizim ekanligi ta’kidlanadi. Tadqiqot hududning qadimiy sug’orish madaniyatini o’rganish, uni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish zarurligini asoslab beradi.
Ключевые слова:
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
G’ulomov Ya. Xorazmning sug’orilish tarixi
Pardayev M, G’ofurov J, Qoraboyev S. G’arbiy Ustrushonaning yer osti suv chiqarish inshootlari haqida//O’zbekistonning moddiy madaniyati tarixidan. Samarqand, 2011,-B. 215.
Suyunov S Nurota korizlari o’rganish//O’zbekiston-qadimda va o’rta asrlarda,1992.-121-122.
Muhammadjonov A.R O’zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)Toshkent G’afur G’ulom nashriyoti
Hofiz Tanish Buxoriy. Abdullanoma 2-kitob -Toshkent Sharq, 2000, 109 b.
