SPORT MAKTABLARI VA KLUBLARIDA MOLIYAVIY BOSHQARUVNI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YO‘LLARI
Main Article Content
Аннотация:
Sport sohasi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadigan strategik yo‘nalishlardan biri bo‘lib, uning samarali faoliyat yuritishi zamonaviy infratuzilma, moliyaviy barqarorlik va boshqaruv tizimlarining rivojlanganligi bilan bevosita bog‘liqdir. Mamlakatlarda sportning ommaviylashuvi, professional sportchilar tayyorlash, xalqaro musobaqalarni tashkil etish hamda aholining jismoniy faolligini oshirish kabi vazifalarni bajarish katta hajmdagi investitsiyalarni talab etadi. Shu bilan birga, sport majmualari, suzish havzalari, futbol stadionlari, ko‘p funksiyali arenalar, sport maktablari va boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish va ularni muntazam ravishda modernizatsiya qilish davlatning moliyaviy salohiyati bilan cheklanishi mumkin. Ana shunday sharoitda davlat-xususiy sheriklik (Public–Private Partnership, PPP) modeli sport sohasiga xususiy kapitalni keng miqyosda jalb etish, infratuzilma loyihalarini tez va sifatli amalga oshirish, sport xizmatlari bozorida raqobatni kuchaytirish hamda mavjud moliyaviy resurslardan samarali foydalanishni ta’minlash imkonini beruvchi eng maqbul iqtisodiy mexanizmlardan biri sifatida maydonga chiqadi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
Asian Development Bank (ADB). (2019). PPP Operational Guidelines for Social Infrastructure. Manila: ADB Press.
Kasimov, R. (2020). Sport iqtisodiyoti va investitsion jarayonlar. Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti.
PPP Development Agency of Uzbekistan (2023). Sport sohasida PPP loyihalari bo‘yicha metodik qo‘llanma. Toshkent.
International Olympic Committee (IOC). (2022). Sports Infrastructure and Governance Standards. Lozanna: IOC Publications.
Flyvbjerg, B. (2014). What You Should Know About Megaprojects and Why: An Overview. Oxford University Press.
UNDP (2021). Sustainable Infrastructure and PPP Models in Developing Countries. New York.
Khan, M. (2019). Modern Approaches to Financing Sports Facilities Through PPP Models. Journal of Sports Economics, 12(4), 122–138.
