SОVET DАVLАTINING PАXTАCHILIK SОHАSI MUTАXАSSISLАRINI SHАKLLАNTIRISH SIYОSАTI

Main Article Content

Аннотация:

Ushbu maqolada XX asrning birinchi yarmida O‘zbekistonda paxtachilik tarmog‘i uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari arxiv hujjatlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda Turkiston davlat universiteti (SAGU) agrar fakulteti, Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti hamda ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot maskanlarining soha kadrlarini shakllantirishdagi institutsional roli yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada paxtachilikni industriallashtirish sharoitida mutaxassislarga qo‘yilgan intellektual va g‘oyaviy mezonlar, Ikkinchi jahon urushi davridagi kadrlar siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari hamda sohadagi kadrlar tanqisligini bartaraf etish mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot natijalari sovet davlatining kadrlar siyosati iqtisodiy ekspansiya va ma’muriy-buyruqbozlik tamoyillariga tayangan bo‘lsa-da, mintaqada professional agrar kadrlar zaxirasi hamda ilmiy maktablarning vujudga kelishiga zamin yaratganini tasdiqlaydi.

Article Details

Как цитировать:

Rasulova , M. (2026). SОVET DАVLАTINING PАXTАCHILIK SОHАSI MUTАXАSSISLАRINI SHАKLLАNTIRISH SIYОSАTI. Молодые ученые, 4(26), 137–140. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/79126

Библиографические ссылки:

Акрамов К.А. Ўзбекистонда қишлоқ хўжалиги кадрлари (1920–1930 йиллар). – Тошкент, 1959. – Б. 156.

Aminova R.X. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi oliy ta’limi tarixi. – Toshkent, 1959. – 123-b.

Қулматов А., Абдураҳмонов Р. Сурхондарё область Денов районидаги "Ғалаба" колхозининг тарихи. – Тошкент, 1977. – Б. 13.

O‘zbekiston Milliy Arxivi (O‘zMA), R-25-fond, 1-ro‘yxat, 1823-ish, 12-varaq.

O‘zMA, R-88-fond, 1-ro‘yxat, 567-ish, 78-varaq.

O‘zMA, R-88-fond, 1-ro‘yxat, 845-ish, 167-varaq.

O‘zMA, R-88-fond, 1-ro‘yxat, 1023-ish, 89-varaq.

O‘zMA, R-368-fond, 1-ro‘yxat, 89-ish, 34-varaq.

O‘zMA, R-368-fond, 1-ro‘yxat, 156-ish, 78-varaq.

Раҳимбоев Ф. ТИИМСХ — Қишлоқ ва сув хўжалиги учун кадрлар тайёрлаш ўчоғи. – Тошкент: Ўқитувчи, 1979. – 120 б.