Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2026-04-12

O‘QUV JARAYONLARINI AVTOMATIK TASHKILLASHTIRISH MASALASIDA NEYRON TARMOQLARNING O‘RNI VA TADQIQOT VAZIFALARINING QO‘YILISHI

Mazkur tadqiqotda o‘quv jarayonlarini avtomatik tashkillashtirishda neyron tarmoqlardan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari, afzalliklari, mavjud cheklovlari hamda tadqiqot vazifalarining qo‘yilishi yoritilgan. Oliy ta’lim muassasalarida dars jadvalini shakllantirish va auditoriya resurslarini taqsimlash jarayoni ko‘p omilli, ko‘p cheklovli hamda murakkab optimallashtirish masalasi sifatida tahlil qilingan. Tadqiqotda an’anaviy matematik, evristik va metaevristik yondashuvlarning imkoniyatlari bilan bir qatorda, neyron tarmoqlarning murakkab bog‘liqliklarni aniqlash, tarixiy va operativ ma’lumotlar asosida moslashuvchan qarorlar ishlab chiqish, qayta rejalashtirishni tezkor amalga oshirish kabi ustun jihatlari asoslab berilgan. Shu bilan birga, ma’lumotlar sifati, model interpretatsiyasi, algoritmik adolatlilik va axborot xavfsizligi bilan bog‘liq cheklovlar ham ko‘rib chiqilgan. HEMIS axborot tizimi ma’lumotlari asosida dars jadvalini avtomatik shakllantirish va maxsus jihozlangan auditoriyalarni samarali taqsimlashga yo‘naltirilgan neyron tarmoqqa asoslangan model va algoritmni ishlab chiqish tadqiqotning asosiy maqsadi sifatida belgilangan.

Shamshod Turayev Faxriddin o’g’li

4-7

2026-04-13

AGENCY AND EVIDENTIALITY IN ENGLISH, RUSSIAN, AND UZBEK NEWS TRANSLATION

This paper examines how English-source media framing changes when it is translated into Russian and Uzbek. The analysis focuses on two tightly connected zones of journalistic language: agency and evidentiality. A small corpus was built from three Reuters items in finance, energy, and climate reporting (Reuters, 2024a, 2024b, 2024c). For analytical control, I compared the English headline and lead of each item with one Russian and one Uzbek rendering produced for this study. The comparison shows an uneven pattern. Russian more readily preserves compressed institutional phrasing and impersonal assessment. Uzbek more often requires explicit naming of actors, clearer source attribution, and partial unpacking of technical shorthand. This does not mean that Uzbek is less suited to media discourse. It means that pragmatic equivalence is reached through different routes. In the selected material, language dominance appears not as a simple hierarchy of prestige, but as pressure to retain the tempo and compression of Anglophone news while still meeting the interpretive needs of distinct readerships.

Erkinjon Satibaldiyev

8-11

2026-04-13

AYOLLARDA SUT BEZI DIAGNOSTIKASIDA MAMMOGRAFIYANING AHAMIYATI

Sut bezi kasalliklari, xususan mastopatiya, 19-45 yoshdagi ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan patologiyalardan biridir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 19–45 yosh oralig‘idagi ayollarning 65% dan ortig‘i hayoti davomida mastopatiyaning turli shakllariga duch keladi. Kasallik bezli va biriktiruvchi to‘qimalarning proliferatsiyasi bilan xarakterlanib, ayrim hollarda onkologik jarayonlar rivojlanish xavfini oshiradi. Shu sababli sut bezidagi patologik o‘zgarishlarni erta aniqlash, differensial diagnostika qilish hamda to‘g‘ri davolash taktikasini tanlash muhim klinik ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy tasvirlash usullari ichida ultratovush tekshiruvi (UTT) va mamografiya asosiy o‘rin tutadi.

Dustmurodova Iroda Bekmurod qizi, Xoliqova Munojot Alisher qizi

12-13

2026-04-13

РАҚАМЛИ ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ ИНДИВИДУАЛ СПОРТЧИЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ ТИЗИМЛАРИ БОШҚАРУВИДА ҚЎЛЛАШ ХУСУСИЯТЛАРИ

Индивидуал спортчиларни тайёрлаш тизимини бошқариш самарадорлигини оширишда индивидуал ривожланиш, мотивацион ва инсон капитали ёндашувига асосланган илмий назариялар устувор аҳамият касб этиши орқали спортчининг шахсий маҳорати ва қобилиятларидан ўзаро мутаносибликда фойдаланилишини ривожлантириш билан биргаликда унинг имкониятларини янада оширишга эришилиши иқтисодий фандаги илмий тадқиқотларда ўз исботини топган ҳисобланади. Шу билан биргаликда, индивидуал спортчиларни тайёрлаш тизимини бошқаришнинг замонавий ривожланиш трендлари юқорида келтирилган ёндашувларга асосланган илмий назариялар амал қилишини қуйидаги тартибда тушунтириш имконини беради:

Жунайдуллаев Мелс Аслиддин ўғли

14-17

2026-04-13

БУРУН ТЎСИҒИНИ ЖАРРОҲЛИК ЙЎЛИ БИЛАН ТУЗАТИШДА ЦИТОКИНЛАРНИНГ ТАБИАТИ

Бурун орқали нафас олишни тиклашда септопластиканинг юқори самарадорлигига қарамай, баъзи беморларда бурун обструкцияси белгилари сақланиб қолади ёки такрорланади, бу аллергик табиатли ёндош яллиғланиш жараёни билан боғлиқ бўлиши мумкин. Ушбу тадқиқотнинг мақсади бурун шиллиқ қаватининг аллергик яллиғланишининг септопластиканинг функционал натижаси модификатори сифатидаги ролини баҳолашдан иборат. Шундай қилиб, IL-6 нинг нисбий пасайиши фонида IL-6 ва TNF-α нинг бир вақтнинг ўзида кўпайиши мувозанатни яллиғланиш олди фаоллик томонга силжишини шакллантирди.

Умаров Бахтиер Ятгарович, Отаев Хамид Султанович

18-19

2026-04-13

КОМПЛЕКСНАЯ ОЦЕНКА ХИРУРГИЧЕСКОГО ЛЕЧЕНИЯ И РЕАБИЛИТАЦИИ ПРИ КИШЕЧНОЙ НЕПРОХОДИМОСТИ У НОВОРОЖДЁННЫХ

Врождённая кишечная непроходимость у новорождённых остаётся одной из сложных проблем детской хирургии. В исследование включены 150 пациентов, разделённых на основную (n=85) и контрольную (n=65) группы. В основной группе применялся комплексный подход, включающий индивидуализированную хирургическую тактику и раннюю реабилитацию. Оценивались клинические исходы, частота осложнений и сроки восстановления кишечной функции. Установлено, что комплексное лечение позволило снизить частоту осложнений с 41,5% до 24,7%, сократить сроки госпитализации на 6,2 дня и ускорить восстановление моторики кишечника. Полученные результаты подтверждают эффективность интегрированного подхода в лечении новорождённых пациентов с кишечной непроходимостью и значимость ранней реабилитации.

Азизов Маматкул Курбанович, Очилов Улугбек Усманович, Хушбаков Хамза Маматович

20-22

2026-04-13

ТЕРИ ОРҚАЛИ КОРОНАР АРАЛАШУВЛАРДАН КЕЙИНГИ ТРОМБОТИК АСОРАТЛАРНИНГ АСОСИ СИФАТИДА ИММУН ТРОМБОЗ

Тери орқали коронар аралашувлар (ТОКА) кенг қўлланилишига қарамай, юрак ишемик касаллиги ўлимнинг асосий сабаби бўлиб қолмоқда.Протромботик муҳитни яратишда иштирок этадиган нейтрофил экстратцеллюляр қопқонларнинг шаклланишига алоҳида аҳамият берилади.Ушбу жараёнларни комплекс баҳолаш ЮИК билан оғриган беморларда хавфни башорат қилиш ва даволашни оптималлаштириш учун истиқболли йўналиш ҳисобланади. Замонавий маълумотлар ТОКАдан кейин тромботик асоратларнинг ривожланишида иммун тромбознинг асосий ролини кўрсатади. Цитокинлар ва нейтрофил бўғинининг фаоллашуви коагуляциянинг кучайишига, фибринолизнинг сусайишига ва тромботик муҳитнинг шаклланишига олиб келади.

Умаров Бахтиер Ятгарович, Ёркулов Кодиржон Одилович

23-24

2026-04-13

ПЕРСОНИФИЦИРОВАННЫЙ ПОДХОД К ТАКТИКЕ ВЕДЕНИЯ БОЛЬНЫХ С ВНЕБОЛЬНИЧНОЙ ПНЕВМОНИЕЙ

Внебольничная пневмония (ВП) сохраняет высокую распространённость и летальность, особенно среди пациентов с полиморбидностью. Наличие сердечно-сосудистых, метаболических и иммуновоспалительных нарушений существенно изменяет клиническое течение ВП, повышает риск осложнений и неблагоприятных исходов. Стандартизированные схемы лечения не учитывают индивидуальные патогенетические особенности, что ограничивает их эффективность и требует внедрения персонализированных подходов [1,2].

Раджабов Сардор Саноевич

25-26

2026-04-13

GERONTOPSIXOLOGIYA

Mazkur maqolada gerontopsixologiya fanining mazmun-mohiyati, uning psixologiya tizimidagi o‘rni hamda keksalik davridagi psixik o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Gerontopsixologiya insonning qarilik davridagi psixologik xususiyatlari, emotsional holati, kognitiv jarayonlari va ijtimoiy moslashuvini o‘rganadigan muhim ilmiy yo‘nalish hisoblanadi.

Maxsutaliyeva Mubina, Tojiboyev Marat

27-31

2026-04-13

MASOFAVIY TA’LIM SHAROITIDA INFORMATIKA FANINI O‘QITISH METODIKASI (INTERNET TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA)

Mazkur maqolada internet texnologiyalarining taʼlim jarayoniga integratsiyasi orqali samaradorlikni oshirish, oʻquvchilarning qiziqish va faoliyatini ragʻbatlantirishga qaratilgan yangi usullar ishlab chiqilgan. Metodik tadqiqotlar asosida virtual muhitda interaktiv darslar, onlayn testlar va masofaviy hamkorlik platformalarining roliga eʼtibor qaratilgan..

Ochilova Sevinch Farhod qizi , Nayimova Marjona O‘tkir qizi , Jurayeva Aziza Akramovna

32-35

2026-04-13

TABIIY FANLAR NAZARIYASI VA METODIKASINI O‘QITISHDA SINFDAN VA MAKTABDAN TASHQARI ISHLAR

Mazkur maqolada tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasini o‘qitishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning mazmun-mohiyati, didaktik imkoniyatlari hamda pedagogik ahamiyati kompleks tarzda tahlil etilgan. Unda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar (fan to‘garaklari, laboratoriya ishlari, viktorinalar, loyihaviy faoliyat) va maktabdan tashqari faoliyatlar (ekskursiyalar, ekologik tadbirlar, dala amaliyotlari)ning o‘quvchilarda nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikma va kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan.Shuningdek, ushbu faoliyatlarni tashkil etishda qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik yondashuvlar, jumladan, interaktiv metodlar, muammoli o‘qitish va loyihaviy ta’lim texnologiyalarining samaradorligi yoritilgan. Maqolada o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv, tadqiqotchilik qobiliyatlari hamda ekologik madaniyatini rivojlantirishda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning o‘rni alohida ta’kidlangan.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mazkur faoliyatlar tabiiy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan barqaror qiziqishini shakllantirish hamda ularni real hayotiy muammolarni hal etishga tayyorlashda muhim pedagogik omil hisoblanadi.       

Jumanazarova Zarnigor Jahongir qizi

36-39

2026-04-13

TABBIY FANLARNI O'QITISHDA O'QUVCHILARNING MODDIY DUNYOQARASH ASOSLARINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda tabbiy fanlarni o'qitish jarayonida o'quvchilarning moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Moddiy dunyoqarash tushunchasi, uning tarkibiy elementlari hamda o'quvchilarda tabiat hodisalari haqida ilmiy tasavvurlarni shakllantirish yo'llari tahlil qilingan.

Orolova Kamola

40-43

2026-04-13

THE SYNERGY OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND QUANTUM COMPUTING: THE FUTURE OF PROBLEM SOLVING

Ushbu maqola sun'iy intellekt (AI) va kvant hisoblash (QC) o'rtasidagi chuqur sinergiyani o'rganib chiqadi, ularning turli sohalarda muammolarni hal qilishni inqilob qilishdagi birlashgan salohiyatini ta'kidlaydi. Unda kvant algoritmlari AI imkoniyatlarini, xususan, mashinani o'rganish, optimallashtirish va ma'lumotlarni tahlil qilishda klassik hisoblash cheklovlaridan oshib, qanday tezlashtirishi chuqur ko'rib chiqiladi. Bundan tashqari, maqolada ushbu kuchli konvergentsiya bilan bog'liq paydo bo'layotgan muammolar va axloqiy masalalar muhokama qilinadi, kelajakdagi tadqiqot va ishlanmalar uchun yo'l xaritasi taklif etiladi. Yakuniy xulosaga ko'ra, AI va QC integratsiyasi paradigma o'zgarishini anglatadi, bu ilmiy kashfiyotlar va texnologik innovatsiyalarda misli ko'rilmagan yutuqlarga yo'l ochadi.

Murodjon Mamurjanov, Muhammad Muradov

44-51

2026-04-13

SUT BEZI SARATONI BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA OPERATIV DAVO USULLARINING QO’LLANILISHI

Sut bezi saratoni ayollar orasida eng keng tarqalgan onkologik kasalliklardan biri hisoblanadi. So’nggi yillarda kasallanish darajasining ortishi va yoshlar orasida ham uchrashi ushbu muammoning dolzarbligini oshirmoqda. Ushbu maqolada sut bezi saratonini operativ davolash usullari, ularning qo’llanilish ko’rsatmalari hamda samaradorligi statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilindi.

Musulmonov Shohruh Ravshanbekovich, Maxmudova Gulandon Sherzod qizi, Mubinova Zahro Zafar qizi

52-53

2026-04-13

SURUNKALI RINOSINUSITNI TASHXISLASHDA KOMPYUTER TOMOGRAFIYASINING DIAGNOSTIK SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Surunkali rinosinusit yuqori nafas yo‘llarining keng tarqalgan kasalliklaridan biri bo‘lib, burun bo‘shlig‘i va paranazal sinuslarda uzoq davom etuvchi yallig‘lanish jarayoni bilan xarakterlanadi. Mazkur patologiya 12 haftadan ortiq davom etishi bilan ajralib turadi va aholining sezilarli qismida uchrashi bilan tibbiyot amaliyotida dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Klinik belgilarning boshqa kasalliklar bilan o‘xshashligi tashxis qo‘yishda qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli aniq va ishonchli diagnostika usullaridan foydalanish, xususan kompyuter tomografiyasining imkoniyatlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Musulmonov Shohruh Ravshanbekovich, Oʻktamjonova Muazzam, Ismatova Aziza

54-55

2026-04-13

RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHI VA UNING O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TA’SIRI

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyotning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, fintech va davlat boshqaruvidagi raqamlashtirish jarayonlarining iqtisodiy samaradorlikka ta’siri o‘rganiladi.

Maxamadjonov Javoxir , Abdurashidova Xurshida

56-58

2026-04-13

CHET TILINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI: ZAMONAVIY DUNYODA MUVAFFAQIYAT KALITI

Ushbu maqolada chet tillarini o‘rganishning ahamiyati, uning shaxsiy rivojlanish, ta’lim, iqtisodiy va ijtimoiy hayotdagi o‘rni keng yoritilgan. Shuningdek, til o‘rganish jarayonining afzalliklari, muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi.

Anorboyev Lazizbek Anvarjon o’g’li, Abdurashidova Xurshida Baxtiyorjon Qizi

59-60

2026-04-13

INFLYATSIYA VA UNING AHOLI TURMUSH DARAJASIGA TA’SIRI

Mazkur ilmiy maqolada inflyatsiya jarayonining iqtisodiy mohiyati, uning kelib chiqish sabablari hamda aholi turmush darajasiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Inflyatsiyaning daromadlar taqsimoti, real daromadlar va iste’mol darajasiga ta’siri ilmiy asosda o‘rganilgan.

Hasanov Muhammadaziz, Abdurashidova Xurshida

61-63

2026-04-13

DINIY NORMALARNING HUQUQIY NORMALARGA AYLANISH JARAYONI

Mazkur maqolada diniy normalarning huquqiy normalarga aylanish jarayoni, uning nazariy asoslari hamda zamonaviy huquq tizimidagi o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Unda diniy qoidalar qanday shakllanib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida huquqiy normalarga aylanishi, ushbu jarayonning ijtimoiy, siyosiy va huquqiy omillari keng yoritiladi. Shuningdek, diniy va dunyoviy huquq tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, ularning uyg‘unlashuvi va farqli jihatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi.

Hakomov Nodirbek Elyor O’g’li

64-68

2026-04-13

DIN ERKINLIGI VA UNING HUQUQIY KAFOLATLARI, NAZARIYA, AMALIYOT, MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada din erkinligi tushunchasi, uning huquqiy asoslari, xalqaro va milliy huquq tizimidagi o‘rni hamda huquqiy kafolatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, din erkinligini ta’minlashdagi ijobiy jihatlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada din erkinligining jamiyat barqarorligi, bag‘rikenglik va inson huquqlarini ta’minlashdagi ahamiyati ham ko‘rib chiqilad

Tuychiyeva Gulhayo Rabiljon Qizi

69-73

2026-04-13

TEMIR ASOSIDAGI AMORF QOTISHMALARNING TEXNIKADAGI O‘RNI

Temir asosidagi amorf qotishmalar atomlarning tartibsiz joylashuvi tufayli klassik kristall metallardan farq qiladi va o'ziga xos issiqlik hamda magnit xossalarga ega hisoblanadi. Ularning past issiqlik o'tkazuvchanligi, yuqori magnit o'tkazuvchanligi va korroziyaga chidamliligi bilan o'tkazish texnikasida  muhim afzalliklarga ega. Hozirgi kunda amorf qotishmalar elektr energetikasida va elektr texnikasida transformator yadrolari , elektr energiyasi uchun sensorlar va malumot saqlashlari va nanostukturalari qo'llanilmoqda .​​​ Shu bilan birga , yuqori haroratda yuklanishning yetishmasligi va katta konstruksiyalarni qo'llashdagi hujjatlari to‘plannmoqda .​ Shunday bo'lsa- da , temirgi asosida amorf qotishmalar texnikada energiyani va yangi avlod qurilmalarini kerakli material sifatida o'z o'rniga ega bo‘lgan homashiyo sifatida qolmoqda  .

Husenov Rashid Komil o‘g’li

74-76

2026-04-13

AMORF QOTISHMALARIDA TERMO ELEKTR YURUTUVCHI KUCH

Temir asosidagi amorf qotishmalar atomlarning tartibsiz joylashuvi tufayli o'ziga xos termoelektr xossalarga ega. Issiqlik gradienti ta'sirida elektronlarning harakati termoelektr yurituvchi kuch hosil bo'ladi . Bu jarayon chiqindi issiqlikni elektr quvvatiga energiya beradi , energiyani tejashda muhim kasb qiladi .​ Amorf qotishmalar o'tgan issiqlik o'tkazuvchanlik, yuqori magnit xossalar va korroziyaga chiqarish tufayli termoelektr generatorlar, sensorlar va energiya tejovchi texnologiyada keng qo'llab-quvvatlash mumkin. Shu bilan birga, yuqori haroratda quvvatlanishning ishlab chiqarilishi va ishlab chiqarish konstruksiyalarida qo'llashdagi amaliy xarajatlarni cheklaydi.

Erdosheva Guljahon Orif qizi

77-80

2026-04-13

D’ UMUMLASHGAN FUNKSIYALAR FAZOSI

asosiy funksiyalar fazosida aniqlangan har qanday chiziqli uzluksiz funksionalga umumlashgan funksiya dеb aytiladi.

Koshmuratova Gulnaza Muxtarovna

81-83

2026-04-13

AZOTLI, FOSFORLI VA VADOROD SULFIDLI GAZLI KARROZIYAGA QARSHI INGIBITORLAR OLISH

Ushbu maqolada azot, fosfor va vodorod sulfidli muhitlarda metall va qotishmalarning korroziyasi hamda unga qarshi samarali ingibitorlar ishlab chiqish masalalari yozildi. Azotli, fosforli va vodorod sulfidli muhitlarning korroziyaga ta’siri tahlil qilinib, ularni sekinlashtirishda qo‘llaniladigan organik va noorganik ingibitorlarning mexanizmlari ko‘rib chiqildi. Ingibitorlarning adsorbsiya, passivatsiya va elektrokimyoviy ta’sir orqali metall yuzasini himoya qilishi ilmiy asosda izohlandi. Tadqiqot natijalari sanoat jarayonlarida korroziyani kamaytirish va ekologik toza, samarali ingibitorlarni ishlab chiqishga qaratildi.Maqolada metilmetakrilat va monoetanolamin asosida sintez qilingan MMF tipidagi korroziya ingibitorining tuzilishi va korroziyaga qarshi samaradorligi o‘rganildi. Moddaning tuzilishi IQ, YaMR va PMR usullarida tajribalar olib borildi.

Jonimqulov Shohruh Anvarjon oʻgʻli

84-86

2026-04-13

RAQAMLI IQTISODIYOTDA KORPORATIV BOSHQARUV SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Ushbu ilmiy maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida korporativ boshqaruvni takomillashtirish va samaradorlikni oshirishning zamonaviy yondashuvlari chuqur o'rganilgan. Tadqiqotda O'zbekiston kompaniyalari misolida an'anaviy va raqamli boshqaruv modellarini solishtirib tahlil qilinib, ERP tizimlari, sun'iy intellekt va ma'lumotlar analitikasiga asoslangan boshqaruv yechimlarini joriy etishning iqtisodiy samarasi baholangan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, raqamli boshqaruv vositalari joriy etilgan korxonalarda xarajatlar 23-31% ga kamaygan, qaror qabul qilish tezligi esa 40% ga oshgan. Maqola raqamli boshqaruv islohotlarini amalga oshirishga intilayotgan O'zbekiston korxonalari uchun amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Sobirov Mahammadniyoz Tavakkal o'g'li, Abdukhamidov Jalolkhon Sirojiddinkhon o'g'li, Abdukhamidkhonov Komilkhon Sirojiddinkhon o'g'li

87-94

2026-04-13

SANOAT OB’EKTLARIDA SENSOR MA’LUMOTLARI ASOSIDA NOSOZLIKLARNI ERTA ANIQLASH VA MONITORING TIZIMINI ISHLAB CHIQISH

Ushbu maqolada sanoat ob’ektlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida sensor ma’lumotlari asosida real vaqt monitoringi va nosozliklarni erta aniqlash tizimi ishlab chiqildi. Tadqiqotda harorat, namlik, bosim, tebranish va yoritish kabi asosiy texnologik parametrlarni nazorat qilish uchun simulyatsiya qilingan sensorlar ma’lumotlari generatsiya qilindi hamda ular chegaraviy qiymatlar bilan solishtirilib tahlil qilindi. Python dasturlash tilidan foydalanib ishlab chiqilgan algoritm parametrlar normal chegaradan chetlashgan holatlarni avtomatik aniqlaydi va mos boshqaruv qarorlarini shakllantiradi. Taklif etilgan model sanoat ob’ektlarida avariya holatlarini erta ogohlantirish, tizimning ishonchliligini oshirish va energiya samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Akbarov Salmon, To’laboyev Sultonbek, O.M.Ismailov

95-100

2026-04-13

G‘ARB FALSAFASI: TARIXIY RIVOJLANISHI VA ASOSIY YO‘NALISHLARI

Ushbu ilmiy maqola G‘arb falsafasining qadimgi Yunonistondan boshlab XXI asr boshlarigacha bo‘lgan tarixiy rivojlanishini tizimli tahlil qiladi. Maqolada falsafaning asosiy davrlari (antik, o‘rta asrlar, Renessans va Yangi davr, XIX–XXI asrlar) ko‘rib chiqilib, yetakchi faylasuflarning asosiy g‘oyalari, asarlari va ta’siri yoritiladi. G‘arb falsafasining ratsional va tanqidiy yondashuvi, din, fan, jamiyat va inson muammolari bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil etiladi. Tadqiqotda klassik va zamonaviy o‘zbek tilidagi o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar hamda xalqaro manbalar asos qilib olindi. Maqola falsafiy tafakkurning insoniyat madaniyati va bugungi globallashuv jarayonlaridagi o‘rnini ta’kidlaydi. Hajmi taxminan 7–8 bet (A4 formatida, 1,5 interval, 12 shrift).

Ayubjonov Husanboy Shavkatjon o'g'li

101-103

2026-04-13

SHARQ ALLOMALARINING FALSAFAGA QARASHLARI VA O‘ZBEKISTON OLIMLARINING FIKRLARI

Mazkur maqolada Sharq allomalarining falsafiy qarashlari, ularning jahon falsafasi rivojidagi o‘rni hamda O‘zbekiston olimlari tomonidan berilgan baholar tahlil qilinadi. Xususan, Qadimgi Sharq, Islom oltin davri va keyingi davr mutafakkirlarining ilmiy merosi o‘rganilib, ularning zamonaviy jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, Sharq falsafasining insonparvarlik, axloqiylik va ma’naviyatga asoslangan jihatlari ochib beriladi. Maqola Sharq va G‘arb falsafasi o‘rtasidagi muloqotni ham ta’kidlaydi.

Ayubjonov Hasanboy Shavkatjon o’g’li

104-106

2026-04-13

THE ROLE OF AUDIO MATERIALS IN IMPROVING LISTENING SKILLS

This article analyzes effective strategies and methodologies for improving listening skills among young learners in primary education. It also examines the role of interactive activities, multimedia resources and motivation in enhancing concentration and encouraging critical listening, as well as the importance of teacher-led instruction and the developmental benefits for children.

Og‘abek Yuldashev , Gulnorakhon Mamasodiqova

107-110

2026-04-13

MUSTAQILLIKKA ERISHISH ARAFASIDA O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY-SIYOSIY JARAYONLAR: TARIXIY TAHLIL VA OMILLAR

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, Sovet Ittifoqidagi inqiroz, milliy o‘zlikni anglash jarayoni, siyosiy islohotlar va davlat suverenitetiga olib kelgan omillar keng yoritilgan. Tadqiqot natijalari mustaqillik davri tarixini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Jalilov Dostonbek

111-112

2026-04-13

“QADIMGI G’ARB FALSAFASI”

Ushbu maqolada qadimgi G‘arb falsafasining shakllanish tarixi, uning asosiy maktablari va mutafakkirlari qarashlari tahlil etiladi. Antik davr falsafasining kosmotsentrizmdan antropotsentrizmga o‘tish jarayoni, mantiq, etika va metafizika sohalaridagi inqilobiy yangiliklari yoritilgan. Shuningdek, qadimgi yunon tafakkurining zamonaviy sivilizatsiya va ilm-fan rivojidagi o‘rni o‘rganilgan.

Jakbarova Ozodaxon

113-115

2026-04-13

RIVOJLANISH FALSAFASINING AXBOROT TIZIMLARIGA BOGLIQLIGI

Ushbu maqola rivojlanish falsafasi va axborot tizimlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni chuqur tahlil qiladi. Zamonaviy jamiyatda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi taraqqiyotning yangi paradigmalari shakllanishiga asos bo'lmoqda. Maqolada axborot tizimlarining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish jarayonlariga ta'siri, shuningdek, rivojlanish falsafasining ushbu tizimlarni shakllantirishdagi roli ko'rib chiqiladi. Tadqiqot raqamli davrda barqaror va inklyuziv rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish uchun nazariy asoslarni taqdim etadi.

Egamberdiyev Umidjon

116-120

2026-04-13

ZAMONAVIY MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA LOYIHALASHTIRISH FAOLIYATINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loyihalashtirish faoliyatining ahamiyati yoritilgan. Loyihaviy yondashuv orqali bolalarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik, muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda innovatsion metodlar va interfaol usullarning o‘rni ochib berilgan.

Jumayeva Malika Aliyevna

121-125

2026-04-13

MAKTABGACHA TA’LIMDA METODIKA FANLARINI O‘QITISH TEXNOLOGIYASI FANINING TAMOYILLARI

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tizimida metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasining asosiy tamoyillari yoritilgan. Jumladan, ta’lim jarayonining tizimliligi, izchilligi, integratsiyasi, innovatsion yondashuvlar va pedagogik samaradorlikni ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘qitish jarayonida zamonaviy metod va vositalardan foydalanishning ahamiyati ochib berilgan.

Muhammadiyeva Feruza Turakulovna

126-130

2026-04-13

НЕЙРОПЕДАГОГИЧЕСКИЕ УСЛОВИЯ ПРИМЕНЕНИЯ МУЗЫКАЛЬНО-РИТМИЧЕСКИХ ИНТЕРВЕНЦИЙ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ ЗАПОМИНАНИЯ

В тезисе рассматриваются нейропедагогические основания применения музыкально-ритмических интервенций как средства повышения эффективности запоминания учебного материала. Показано, что педагогическая ценность ритма определяется не только его эмоционально-мотивационным потенциалом, но и включением механизмов селективного внимания, тормозного контроля, временной организации деятельности и поддержания информации в рабочей памяти. На основе современных обзорных и экспериментальных исследований обосновывается положение о том, что музыкально-ритмические интервенции наиболее результативны не как фоновое сопровождение, а как специально структурированная активность, встроенная в учебную задачу. Предлагаются педагогические условия использования таких интервенций в обучении студентов, в том числе международных обучающихся медицинского вуза.

Шаланков Константин Константинович

131-134

2026-04-13

ВЛИЯНИЕ ПСИХОЭМОЦИОНАЛЬНОГО СТАТУСА НА ТЕЧЕНИЕ ПАТОЛОГИИ ШЕЙКИ МАТКИ У БЕРЕМЕННЫХ ЖЕНЩИН С ВПЧ-ИНФЕКЦИЕЙ

Цель исследования — изучить особенности психоэмоционального статуса у беременных женщин с патологией шейки матки в зависимости от ВПЧ-статуса и оценить его влияние на клиническое течение цервикальной патологии.

Жураева Н.А., Рузиева Н.Х.

135-136

2026-04-13

SОVET DАVLАTINING PАXTАCHILIK SОHАSI MUTАXАSSISLАRINI SHАKLLАNTIRISH SIYОSАTI

Ushbu maqolada XX asrning birinchi yarmida O‘zbekistonda paxtachilik tarmog‘i uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari arxiv hujjatlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda Turkiston davlat universiteti (SAGU) agrar fakulteti, Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti hamda ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot maskanlarining soha kadrlarini shakllantirishdagi institutsional roli yoritib berilgan. Shuningdek, maqolada paxtachilikni industriallashtirish sharoitida mutaxassislarga qo‘yilgan intellektual va g‘oyaviy mezonlar, Ikkinchi jahon urushi davridagi kadrlar siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari hamda sohadagi kadrlar tanqisligini bartaraf etish mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot natijalari sovet davlatining kadrlar siyosati iqtisodiy ekspansiya va ma’muriy-buyruqbozlik tamoyillariga tayangan bo‘lsa-da, mintaqada professional agrar kadrlar zaxirasi hamda ilmiy maktablarning vujudga kelishiga zamin yaratganini tasdiqlaydi.

Rasulova Muhayyo Mirzamurot qizi

137-140

2026-04-13

SURXONDARYO VILOYATI SUV OMBORLARINING TURISTIK SALOHIYATI VA UNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatidagi suv omborlarining turistik salohiyati, ularning tabiiy-geografik xususiyatlari hamda hududda turizmni rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, suv omborlari atrofidagi rekreatsion resurslar, ekologik turizm imkoniyatlari va infratuzilmani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Viloyatda suv omborlari qirg‘oqlarida turistik maskanlar tashkil etish, jumladan, Qumqo‘rg‘on tumanidagi Janubiy Surxon suv ombori hududida ekoturizm majmuasi barpo etish kabi loyihalar hududning turizm salohiyatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlanad.

Jumayeva Muxlisa Raxmatali qizi , Gʼapparova Dildora Tursunali qizi

141-143

2026-04-13

HARAKAT-TAYANCH A’ZOLARI JAROHATLANGAN BOLALARGA TA'LIMNI TASHKIL ETISH

Mazkur maqolada harakat-tayanch a’zolari jarohatlangan bolalarga ta’limni tashkil etishning nazariy va amaliy asoslari keng yoritilgan. Unda inklyuziv ta’lim muhitida ushbu toifadagi o‘quvchilarning individual psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv jarayonini samarali tashkil etish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, maxsus pedagogik yondashuvlar, differensial va individual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etishning ahamiyati asoslab beriladi.

Shodiyeva Mohichehra Bahrom qizi

144-147

2026-04-13

KLASSIK SEROLOGIK VA XROMATOGRAFIK USULLARNING QIYOSIY SAMARADORLIGI

Mazkur tezisda klinik laborator diagnostikada keng qo‘llaniladigan klassik serologik hamda xromatografik usullarning qiyosiy samaradorligi tahlil qilinadi. Har ikki usulning sezgirligi, spetsifikligi, aniqligi va qo‘llanish sohalari ilmiy asosda baholanadi. Shuningdek, zamonaviy diagnostik jarayonda ushbu metodlarning o‘rni va integratsiyasi yoritiladi.

Hokimova Ch.J., Kurbonova Z.Ch., Hakimov S.A.

148-150

2026-04-13