Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-06-26
Статьи
HALIMA XUDOYBERDIYEVA IJODINING O‘RGANILISHI
Mazkur maqola Halima Xudoyberdiyevaning lirik merosi, ayollik timsollari va milliy g‘oyalarining poetik talqini tahlil etiladi. Asosiy e’tibor “Ilk muhabbat”dan boshlab keyingi to‘plamlaridagi poetik tafakkurga qaratilgan.
2025-06-25
BOSHLANG‘ICH SINFDA MASHQ MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHDA O‘YINLI METODLARNING O‘RNI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mashq malakalarini shakllantirish jarayonida o‘yinli metodlardan foydalanishning samaradorligi yoritilgan. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar faol, mustaqil va qiziqarli tarzda bilim olishlari uchun turli didaktik o‘yinlar, mantiqiy mashqlar, rolli o‘yinlar va harakatli topshiriqlarning ahamiyati muhim o‘rin tutadi. Maqolada aynan mashq malakalarini – ya’ni yozma va og‘zaki nutqni rivojlantirish, qo‘llanilayotgan bilimlarni mustahkamlash, fikrlashni faollashtirishga qaratilgan o‘yinli metodlar misollar bilan ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, o‘yinli metodlarning bolaning shaxsiy rivojiga, ijtimoiylashuviga va dars jarayoniga bo‘lgan ijobiy munosabatini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘yinli metodlardan to‘g‘ri foydalanish orqali o‘quvchilarning faolligi, o‘zlashtirish darajasi va mustaqil ishlash malakalari sezilarli darajada oshadi.
2025-06-25
ИНЖЕНЕРНО – ГЕОДЕЗИЧЕСКИЕ РАБОТЫ ПРИ СТРОИТЕЛЬСТВЕ ЖИЛОГО КОМПЛЕКСА
В статье рассматриваются инженерно-геодезические работы, выполняемые при строительстве жилого комплекса "Yangi Choshtepa" в городе Ташкент. Описаны основные этапы геодезического сопровождения строительства: создание планово-высотной основы, разбивочные работы, исполнительная съёмка и контроль точности. Приведены особенности используемых приборов и программного обеспечения. Подчёркнута значимость точности и соблюдения нормативных требований при выполнении геодезических измерений в условиях городской застройки.
2025-06-25
RAQAMLI PLATFORMALAR ORQALI MAHALLIY SANOAT BRENDLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan mahalliy sanoat korxonalarining brendlarini raqamli platformalar orqali rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Raqamli marketing vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn savdo maydonchalari va veb-saytlar orqali mahsulot va xizmatlarni ommalashtirish, iste’molchilar bilan bevosita aloqani kuchaytirish hamda brendning bozordagi tan olinuvchanligini oshirish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidagi mavjud holat, raqamli infratuzilmaning rivojlanish darajasi, mahalliy korxonalar tajribasi asosida real misollar va amaliy takliflar berilgan. Tadqiqot natijalari asosida hududiy sanoat korxonalarining raqamli muhitdagi marketing salohiyatini kuchaytirishga doir tavsiyalar ilgari suriladi.
2025-06-25
TADBIRKORLIK FAOLIYATINI SOLIQQA TORTISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH AFZALLIKLARI
Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish mexanizmi va uni takomillashtirishning afzalliklari haqida so‘z yuritildi.
2025-06-25
ТЕРГОВ СУДЬЯСИ ИНСТИТУТИНИНГ ХОРИЖИЙ ДАВЛАТЛАР ҲУҚУҚ ТИЗИМИДА ТУТГАН ЎРНИ
Мазкур тезисда замонавий ҳуқуқий давлатларда тергов судяси институтининг шаклланиши, ривожланиши ва амалиётда тутган ўрни таҳлил етилган. Жумладан, Франция, Италия, Испания, Нидерландия ва Германия каби Европа мамлакатларида тергов судясининг ваколатлари, функциялари ҳамда тергов жараёнидаги иштироки ёритилган. Бундан ташқари, Буюк Британия, Болтиқбўйи мамлакатлари, Қозоғистон ва Қирғизистон тажрибалари орқали турли ҳуқуқий тизимларда тергов судяси институтининг мавжудлиги ёки ўзига хос жиҳатлари таҳлил қилинади. Тадқиқотда тергов судяси институтининг фуқароларнинг ҳуқуқлари ва еркинликларини ишончли ҳимоя қилишдаги ўрни, шунингдек, тергов устидан суд назоратини таъминлашдаги аҳамияти алоҳида таъкидланади. Муаллиф ушбу институтни Ўзбекистон қонунчилигига татбиқ етиш зарурати ва ижобий натижалари ҳақида хулоса қилади.
2025-06-25
MA’LUMOTLAR TAHLILINING IJTIMOIY HAYOTIMIZDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqola Ma’lumotlar tahlilining O‘zbekiston ijtimoiy hayotidagi muhim o‘rni va uning turli sohalardagi ta'sirini keng ko‘lamda o‘rganadi. Ma’lumotlar tahlili, xususan, The k-nearest neighbors (KNN) algoritmi yordamida sog‘liqni saqlash, ta'lim, iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda muammolarni erta aniqlash va samarali yechimlar ishlab chiqish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Farg‘ona viloyati misolida olib borilgan tadqiqot Ma’lumotlar tahlilining ijtimoiy muammolarni hal qilishdagi samaradorligini va barqaror rivojlanishga qo‘shgan hissasini ko‘rsatadi. Tadqiqot aralash usullar, ya'ni adabiyotlar tahlili, statistik Ma’lumotlar, amaliy misollar va gender tengsizligi tahlilidan foydalangan holda amalga oshirildi. Asosiy muammolar sifatida raqamli qurilmalarga kirishning cheklanganligi, Ma’lumotlar maxfiyligi bilan bog‘liq xavotirlar va aholining raqamli savodxonligining pastligi aniqlandi. Tavsiyalar qatorida xavfsiz Ma’lumotlar platformalarini ishlab chiqish, raqamli ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan o‘quv dasturlari va gender tengsizligini bartaraf etish bo‘yicha strategik yondashuvlar keltirildi.
2025-06-26
HARAKATLANISHIDA MUAMMOSI BOR BOLALAR UCHUN MOSLASHTIRILGAN DARS METODIKASI
harakatlanishda muammosi bo’lgan bolalar (harakat aparati buzilgan bolalar) bilan ta’lim jarayonini olib borishda qo’llaniladigan moslashtirilgan metodikalar yoritilgan. Bolalarning jismoniy holatidan kelib chiqib tuzilgan individual o’quv rejalari, dars shakllari, metodlar va pedogogik yondashuvlar tahlil qilinadi.
2025-06-26
ENTOMOPOTOGEN MIKROORGANIZMLAR VA ULARNING HASHOROTLARGA TA’SIRI
Entomopatogen mikroorganizmlar — zararkunanda hasharotlar organizmida kasallik chaqirib, ularni tabiiy nazorat qilishda ishtirok etuvchi bakteriyalar, zamburug‘lar, viruslar va nematodalardir. Biologik kurash tizimida ularning o‘rni beqiyos bo‘lib, atrof-muhitga zarar yetkazmasdan qishloq xo‘jaligida samarali himoya vositasi sifatida qo‘llaniladi. Ushbu maqolada entomopatogen mikroorganizmlarning turlari, ularning zararkunandalarga ta’sir mexanizmlari, qo‘llanilish usullari va O‘zbekistondagi istiqbollari yoritilgan.
2025-06-26
“SHAHIDLAR SHOHI YOXUD NAJMIDDIN KUBRONING TUSHLARI” ASARIDA YASSAVIY SIYMOSI
Mustaqillikkacha bo`lgan davrda avliyo, so`fiy shaxslarning hayotini o`rganish, ijodini badiiy tahlil qilish, ularga bag`ishlab asarlar yozish nihoyatda murakkab bo`lgan. Tarixiy haqiqatni real yoritishga imkoniyat mavjud bo`lmagan. Shu sababdan, ortga surilib, ijodkorning laborotoriyasida pishib yetilgan bu g`oya oxir-oqibat 1997-yilda portladi.
2025-06-26
ХУСУСИЙ АЙБЛОВДАН ВОЗ КЕЧИШ МАСАЛАЛАРИ
Ушбу мақолада хусусий айбловдан воз кечиш масалалари таҳлил қилинган. Суд-ҳуқуқ тизимини либераллаштириш бўйича ислоҳотларни оғишмай давом эттираётган Ўзбекистон Республикаси амалга оширилаётган ислоҳотлар самарадорлигига урғу берилган. Шунингдек, хусусий айбловчининг фаол ёки пассив ҳаракатлари муносабати билан ишларни тугатишнинг учта шакли кўриб чиқилган. Ярашганлик туфайли жиноят ишини тугатиш масалалар муҳокама қилинган.
2025-06-26
“FAR-PANC MCP” POLIMER REAGENTI XOSSALARI TAXLILI
Ushbu maqolada “FAR-PANC MCP” polimer reagent haqida umumiy malumotlar brilib, uning bazi hossalari o`rganilgan. Uning ba`zi erituvchilari haqida ma`lumotlar berilgan, ular orasidan optimallari ajratib olingan.
2025-06-26
BADIIY DISKURSDA KINOYANING LINGVOMADANIY TAHLILI
Ushbu maqolada kinoya badiiy diskursda lingvomadaniy vosita sifatida tahlil qilinadi. Kinoya orqali ifodalangan fikrlarning milliy tafakkur, madaniy stereotiplar, ijtimoiy qadriyatlar bilan bogʻliqligi yoritiladi. Badiiy matnlardan olingan misollar asosida kinoya vositasining o‘ziga xos semantik va pragmatik xususiyatlari aniqlanadi.
2025-06-26
TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
Ushbu maqolada ta’limda axborot texnologiyalarini o’rni, dars mashg’lotlarida axborot texnologiyalarini qo’llash orqali dars sifati va yoshlarni IT sohasiga qiziqishlarini oshirish, bundan tashqari ta’limda multimedia vositalarini afzalliklari tadqiq etiladi.
2025-06-26
SО'ZNI О’ZLАSHTIRISH. TILNI QАNDАY О'RGАNISHIMIZ SIRINI ОCHISH
Ushbu mаqоlаdа til о‘rgаnish vа о‘zlаshtirish jаrаyоnidа mаvzulаrni о‘qitishning mеtоdik jihаtlаri, о‘qitish usullаri vа bоsqichlаri hаqidа ilmiy fikrmulоhаzаlаr bаyоn еtilgаn. Fаnlаrdа umumiy tilshunоslik vа xususiy tilshunоslik, umumiy psixоlоgiyа vа xususiy psixоlоgiyа singаri umumiy vа xususiy chеgаrаlаnish kuzаtilаdi. Til mаtеriаlini tаnlаsh, tаqsimlаsh, tаsnif vа bаyоn еtish muаmmоlаri umumiy mеtоdikаnmg vаzifаsigа kirаdi. Chеt tilni о‘qitishdа о‘zbеk vа xоrijlik mutаxаssislаrning tаjribаlаri, mеtоdlаri bаtаfsil о‘rgаnib, tаhlil qilingаn.
2025-06-26
OTA-ONALAR VA PSIXOLOG HAMKORLIGI HAMDA O‘QUVCHILARNING RUHIY BARQARORLIGIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada ota-onalar va maktab psixologi o‘rtasidagi hamkorlikning o‘quvchilarning ruhiy barqarorligiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil etiladi. Muallif o‘quvchilarning ruhiy holatini barqarorlashtirishda oila va maktab psixologi o‘rtasidagi uzviy aloqaning ahamiyatini yoritadi. Shuningdek, o‘zaro muloqot shakllari, maslahat uslublari va natijalar tahlil qilingan.
2025-06-27
ASSESSMENT OF TECHNOGENIC IMPACTS ON SLOPE DEFORMATION IN LARGE-SCALE COPPER MINING: A CASE STUDY OF THE KALMAKIR OPEN-PIT MINE
Anthropogenic (technogenic) factors such as blasting, excavation sequencing, equipment-induced vibrations, and poorly designed drainage systems significantly influence pit slope deformation in large-scale open-pit mining operations. This study presents a detailed investigation of these influences at the Kalmakir copper mine in Uzbekistan. Using field data, geotechnical instrumentation, and Finite Element Modeling (FEM) via PLAXIS 2D, the stress redistribution and displacement patterns under various mining activities were analyzed. The results indicate that uncontrolled blasting and excavation without proper phasing contribute most to instability. Recommendations include optimized blast timing, vibration monitoring, phased excavation, and reinforcement strategies.
2025-06-27
THE ROLE OF TOURISM IN ECONOMIC DEVELOPMENT AND CULTURAL EXCHANGE
Tourism is one of the most dynamic and influential sectors of the global economy. It plays a crucial role in fostering economic development, generating employment, and promoting cultural understanding between nations. In recent decades, tourism has transformed into a global phenomenon, influenced by globalization, digital technology, and increased global mobility. The importance of tourism is especially visible in developing countries where it can act as a catalyst for economic growth, infrastructure development, and environmental awareness. This article aims to explore the various dimensions of tourism, its economic and cultural significance, and the challenges it faces in the modern world, with a specific focus on Uzbekistan.
2025-06-27
OQSILLARNI AJRATIB OLISH USULLARI
Ushbu maqolada oqsillar (proteinlar)ning biologik tuzilishi, organizmdagi funksiyalari va ularni ajratib olishda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Oqsillar hujayralarning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ularning tuzilishini o‘rganish va toza holatda ajratib olish biokimyo, tibbiyot, farmatsevtika va molekulyar biologiya sohalari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada cho‘ktirish, dializ, xromatografiya, elektroforez, ultratsentrifugirlash kabi asosiy usullar har birining prinsipi, amaliy qo‘llanilishi va afzallik-kamchiliklari bilan keng yoritilgan. Shuningdek, mikrochip asosidagi avtomatlashtirilgan ajratish texnologiyalari va sun’iy intellekt yordami bilan oqsil tahlili kabi innovatsion yondoshuvlar ham tahlil qilinadi. Ilmiy va amaliy yondashuvlar uyg‘unlashtirilgan holda yozilgan mazkur maqola oqsil izolyatsiyasi jarayonlarini chuqurroq o‘rganishga xizmat qiladi.
2025-06-27
GREEN ECONOMY AND SUSTAINABLE AGRICULTURE: INTEGRATED DEVELOPMENT PATH
This article analyzes the importance of integrating green economy principles into the agricultural sector and ways to develop sustainable agriculture. The article examines the role of the green economy in the efficient use of resources, environmental protection, adaptation to climate change, and ensuring food security. Recommendations were also given on sustainable agricultural practices, including organic farming, water-saving technologies, agroforestry, and the use of renewable energy sources. The research results show that the synergy of the green economy and sustainable agriculture plays an important role in ensuring economic growth, social well-being, and environmental sustainability.
2025-06-30
HIKOYA YOZISHDA MUALLIF MAHORATI VA USLUBI
Mazkur maqolada hikoya janrida muallif mahorati va uslubining badiiy asar sifatidagi ahamiyati yoritiladi. Muallif mahorati voqelikni badiiy talqin qilish, obraz yaratish, ruhiy kechinmalarni ochib berish, g‘oyani qisqa hajmda ifodalash kabi jihatlar orqali ochib beriladi. Muallif uslubi esa uning tilga bo‘lgan yondashuvi, badiiy tasvir vositalari, jumla qurilishi va falsafiy qarashlarida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, har bir muallif o‘z zamonining ruhi, ijtimoiy muammolari va insoniy qadriyatlarni qanday badiiy tarzda ifodalagani yoritiladi.
2025-06-30
CHIGITNING KO‘KARIB CHIQISH DINAMIKASI NO-TILL TEXNOLOGIYASI SHAROITIDA (NUKUS TUMANI MISOLIDA)
Maqolada Nukus tumani sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda no-till texnologiyasi asosida olib borilgan paxta yetishtirish tajribasida chigitning ko‘karib chiqish dinamikasi o‘rganildi. Tajriba maydonida 6 ta variant va 3 martalik takroriylikda chigit 30-aprel kuni ekilib, 7-maydan 15-maygacha kuzatuvlar olib borildi. Tadqiqot davomida g‘o‘za chigitining ko‘karib chiqish sur’atiga haydamasdan ekish, tuproq namligi va oldindan ekilgan beda o‘simligi muhim ta’sir ko‘rsatdi. Olingan natijalar asosida optimal agrotexnologik yondashuvlar aniqlanib, resurs tejamkor va ekologik xavfsiz usullarning afzalliklari ko‘rsatildi.
2025-06-30
ABDULLA ORIPOV ASARLARIDA ALISHER NAVOIY TALQINI
O‘zbek xalqining buyuk shoiri Abdulla Oripov o‘z ijodida milliy qadryatlar, tarixiy siymolar va ma’naviyatimizni chuqur ifoda etgan adiblardan biridir.
2025-06-30
GAPDA URGʻU VA SOʻZ TARTIBINING GRAMMATIK AHAMIYATI
Mazkur maqolada gapda urgʻu va soʻz tartibining grammatik ahamiyati tahlil qilinadi. Til tizimida soʻzlarning tartiblanishi va ularning qanday urgʻu bilan aytilishi gap mazmunining tushunarli, loʻnda va aniq yetkazilishida muhim omil sanaladi. Oʻzbek tilida soʻz tartibi nisbatan erkin boʻlsa-da, lekin mantiqiy urgʻu va kontekstga ko‘ra bu tartibning oʻzgarishi gapning grammatik va semantik mazmunini oʻzgartirishi mumkin. Maqolada urgʻuning gapdagi vazifalari, soʻz tartibining sintaktik va kommunikativ funksiyalari, shuningdek, soʻz tartibining pragmatik jihatdan ta’siri yoritiladi. Shuningdek, boshqa tillardagi (rus va ingliz tili) urgʻu va soʻz tartibi bilan solishtirma tahlillar orqali o‘zbek tilining o‘ziga xosliklari ochib beriladi. Gapda urgʻu va soʻz tartibining oʻzaro aloqasi tilshunoslikning nazariy va amaliy masalalari nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola tilshunoslar, oʻqituvchilar, tarjimonlar va til oʻrganuvchilari uchun foydali nazariy hamda amaliy material bo‘lib xizmat qiladi.
2025-06-30
5-7-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN TASVIRIY SAN’AT MASHG‘ULOTLARIDA ZAMONAVIY VIZUAL VOSITALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada 5-7-sinf o‘quvchilari uchun tasviriy san’at mashg‘ulotlarida zamonaviy vizual vositalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida multimedia, interaktiv texnologiyalar, virtual reallik va animatsiya elementlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda badiiy tafakkur, estetik did va ijodiy salohiyatni rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. SHuningdek, zamonaviy vositalardan foydalanishning metodik yondashuvlari hamda amaliy samaralari bo‘yicha takliflar berilgan.
2025-06-30
POLIFONIK ROMAN SIFATIDA “MEHROBDAN CHAYON”: QAHRAMONLAR ORASIDAGI NUTQIY KONTRASTLAR
Mazkur tezisda Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romani polifonik asar sifatida talqin etilib, undagi qahramonlar nutqining o‘zaro kontrasti va ularning ijtimoiy-psixologik funksiyalari tahlil qilinadi. Bakhtinning polifoniya konsepsiyasiga tayanib, asarda turli ijtimoiy qatlam hamda dunyoqarashga mansub personajlarning idiolektlari, stilistik usullari va kod-almashish holatlari chuqur ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Qodiriy har bir qahramonning idiolektini ma’lum ijtimoiy stereotip va davr ruhi bilan uyg‘unlashtirishga erishadi; individual nutqiy rang-baranglik esa asardagi tarixiy kolorit, ideologik qatlamlar va muallif pozitsiyasini yoritishga xizmat qiladi. Shunday qilib, «Mehrobdan chayon» o‘z davri uchun xos bo‘lgan kollektiv til manzarasini individuallashtirilgan ovozlar orkestri orqali estetik yaxlitlik darajasiga ko‘taradi.
2025-06-30
INGLIZ GAZETA DISKURSIDA FE’L KOMPONENTLI KOLLOKATSIYALARNING LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Maqolada fe’l komponentli kollokatsiyalarning ingliz gazeta diskursidagi lingvopragmatik funksiyalari tahlil etiladi. Kollokatsiyalarning lingvopragmatik tadqiqi uchun “Sketch Engine” korpus bazasidagi “Broadsheet newspapers” boʻlimidagi ma’lumotlardan foydalanilgan. Lingvopragmatika kontekstda ma’no yaratish, nutqiy maqsadni ifodalash hamda ideologik pozitsiyani yashirin yetkazish vositasi sifatida qaraladi. “Fuel speculation”, “resign from office” va “grant amnesty” kabi kollokatsiyalar misolida ularning implikatura, presuppozitsiya hamda nutq aktlari nazariyalari asosida qanday ishlashi ko‘rsatilgan. Tahlil shuni anglatadiki, kollokatsiyalar faqat til birligi emas, balki ijtimoiy-siyosiy haqiqatni ifodalovchi va uni shakllantiruvchi pragmatik vositadir.
2025-06-30
QARDOSH XALQLAR ADABIY ALOQALARIDA TARJIMANING O‘RNI VA ESTETIK TALQINI
Ushbu maqolada o‘zbek xalqining ardoqli shoiri Muhammad Yusuf she’rlarining qoraqalpoqcha tarjimalari haqida fikrlar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, so‘z san’atkorining o‘zbek tilidagi va qoraqalpoq tilidagi she’rlari tahlilga tortilgan. O‘zbek va qoraqalpoq adabiy aloqalarida tarjimaning o‘rni va estetik talqini haqida fikrlar ifodalangan.
2025-06-30
CONCEPT AND STRUCTURE IN LINGUOCULTUROLOGY
The recognition of language's fundamental role in cognitive activity has led to the fact that the subject of cognition has become the subject of study not only for philosophy, psychology, and logic but also for linguistics. At the present stage of scientific development, this anthropocentric coordinate is considered as the leading role characteristic of human manifestation in language. This was based on numerous studies that significantly broadened the perspective on the problem of language anthropocentrism, proving that it is not confined within the framework of speech activity and is closely connected with mental activity.
2025-06-30
YUQORI SAMARALI O’SIMLIK TOLASI KOMPOZITLARINI LOYIHALASH
Ushbu maqolada yuqori samarali o‘simlik tolasi asosida tayyorlanadigan kompozit materiallarni loyihalashga doir ilmiy-nazariy va amaliy jihatlar yoritilgan. Tadqiqotda ekologik toza, qayta tiklanadigan va iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lgan tabiiy o‘simlik tolalarining (masalan, zig‘ir, kenaf, kokos va boshqalar) polimer matritsali kompozitlardagi roli tahlil qilinadi. Loyihalash jarayonida tolalarning mexanik xossalari, ularning matritsa bilan o‘zaro ta’siri, aralashma tarkibi va strukturasi kabi omillar hisobga olinadi. Shuningdek, maqolada tabiiy tolali kompozitlarning afzalliklari, ularni sanoat sohalarida qo‘llash imkoniyatlari va ularning atrof-muhitga ta’siri haqida ma’lumotlar berilgan. Olingan natijalar asosida ekologik barqaror va yuqori samarali kompozit materiallarni yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-06-30
“CHALLENGES IN CONTEMPORARY LANGUAGE EDUCATION”
This study attempted to examine the true problems in English education as well as the solutions implemented by English teachers. A number of concerns occurred, some of which were created by students, some by teachers, and some by the facilities at the school or college. Students struggle with a lack of linguistic understanding, poor concentration, a lack of discipline, a lack of interest, boredom, and difficulty speaking. Meanwhile, teachers confront challenges such as a lack of teacher training, a language competency issue, a limited understanding of teaching methods, unfamiliarity with technology, and a lack of professional development.
2025-06-30
TRANSSENDENTALIZM VA JADIDLAR HARAKATINING QIYOSIY TAHLILI
Transsendentalizm va Jadidchilik harakatlarida faoliyat yuritgan yozuvchi va mutafakkirlar ijodida ko‘plab umumiyliklar mavjud. Ularning asarlari orqali inson erkinligi, axloqiy yuksalish, ma’rifatparvarlik va jamiyat islohoti kabi g‘oyalar ilgari surilgan. Quyida har ikki harakat vakillarining o‘zaro qiyoslangan adiblari va ularning ijodiy o‘xshash jihatlari keltirilgan.Transsendentalizm va Jadidchilik harakatlari o‘z davrida jamiyatga yangicha qarash olib kelgan, erkin fikr, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lida xizmat qilgan harakatlardir. Ularning har biri o‘z hududi va tarixiy sharoitidan kelib chiqqan bo‘lsa-da, ichki erkinlik, o‘zgarish, va o‘zini anglash g‘oyalari orqali uyg‘unlashadi. Bugungi kunda bu harakatlar zamonaviy jamiyat rivojiga zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.
2025-06-30
MUSTAQILLIK DAVRI ADABIYOTIDA SHAXS VA JAMIYAT TASVIRI
Mazkur maqolada O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng shakllangan adabiyotda shaxs va jamiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, bu munosabatlarning badiiy asarlarda qanday ifoda topgani, yozuvchi va shoirlar tomonidan inson ruhi, milliy qadriyatlar va ijtimoiy ong masalalariga bo‘lgan yondashuv tahlil qilinadi. Mustaqillik davri adabiyoti orqali adiblar shaxs erkinligi, milliy o‘zlik va jamiyatdagi o‘zgarishlarga badiiy baho berish imkoniga ega bo‘ldilar.
2025-06-30
UZUMNI SOYAKI USULDA QURITISHNING TEXNOLOGIK JARAYONI VA MAHSULOT SIFATIGA TA'SIRI
Uzumni soyaki usulda quritish juda samarali va tabiiy usul hisoblanadi. Ushbu jarayon uzumning shirinligini, ta'mini va sifatini yaxshi saqlashga yordam beradi. Shu bilan birga, quritish jarayonining harorat va namlikni nazorat qilish muhim, chunki bu mahsulotning sifatini ta'sir qilishi mumkin. Soyaki usulda quritish nafaqat uzumning sifatiga, balki uning saqlanish muddati va iste'molchilarga yetkazilishiga ham bevosita ta'sir qiladi. Ushbu maqolada uzumni soyaki usulda quritishning texnologik jarayoni haqida so‘z yuritiladi.
2025-06-30
ИНТЕГРИРОВАННЫЙ ПОДХОД К ДИАГНОСТИКЕ, ТЕРАПИИ И ПРОГНОЗИРОВАНИЮ НЕВРАЛГИИ ТРОЙНИЧНОГО НЕРВА
Интегрированный подход к диагностике, лечению и прогнозированию невралгии тройничного нерва (НТН) основывается на сочетании клинической оценки, нейровизуализации (в первую очередь МРТ высокого разрешения), патофизиологических данных и индивидуальных характеристик пациента. Такой подход позволяет не только уточнить форму и причины НТН (классическая, симптоматическая, идиопатическая), но и обоснованно выбирать терапевтическую тактику от фармакотерапии с использованием противоэпилептических средств до малоинвазивных и микрохирургических вмешательств. Использование мультидисциплинарного анализа повышает эффективность лечения, снижает риск осложнений и рецидивов, а также способствует разработке персонализированных прогнозов течения заболевания и длительности ремиссий.
2025-06-30
POLYSEMOUS WORDS IN RUSSIAN AND ENGLISH LANGUAGES
Polysemy—the coexistence of multiple meanings for a single word—presents both a rich area of linguistic inquiry and a significant challenge in translation, lexicography, and language learning. This article provides a comparative semantic analysis of polysemous words in Russian and English, focusing on their structure, development, and function. Through detailed examples and facts, the paper highlights similarities and differences in how polysemy manifests in the two languages, and discusses implications for translation, cognition, and communication.
2025-06-30
ALISHER NAVOIY - BUYUK MUTAFFAKIR
Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyoti va madaniyatining yirik namoyandasi, davlat arbobi, mutafakkir va shoir Alisher Navoiy faoliyati keng yoritilgan. Navoiy o‘zining asarlari, ilm-fanga bo‘lgan e’tibori, ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan Markaziy Osiyo xalqlari madaniy-ma’naviy merosiga ulkan hissa qo‘shgan. Maqolada uning hayoti, ijodi, falsafiy qarashlari, tilga doir nazariyalari va jahon tamaddunidagi o‘rni tahlil etiladi. Shuningdek, Navoiy asarlarining dolzarbligi va bugungi kun uchun ahamiyati ham yoritiladi.
2025-06-30
