Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2026-03-24
Статьи
SIYOSIY MАFKURА TUSHUNCHАSI VА UNING MOHIYАTI
Ushbu mаqolаdа siyosiy mаfkurа tushunchаsi, uning mohiyаti vа jаmiyаt hаyotidаgi o‘rni yoritilgаn. Siyosiy mаfkurаning shаkllаnishi, аsosiy vаzifаlаri hаmdа ijtimoiy guruhlаr mаnfааtlаrini ifodаlаshdаgi roli tаhlil qilingаn. Shuningdek, mаqolаdа mаfkurаning nаzаriy vа аmаliy jihаtlаri, uning dаvlаt boshqаruvi vа siyosiy onggа tа’siri ko‘rib chiqilаdi. Mаrks vа Engelsning mаfkurаgа doir qаrаshlаri аsosidа uning iqtisodiy vа sinfiy аsoslаri ochib berilgаn. Xulosа sifаtidа siyosiy mаfkurаning jаmiyаt bаrqаrorligi vа tаrаqqiyotidаgi аhаmiyаti аsoslаb berilgаn.
2026-03-23
ISHSIZLIK DARAJASINING IQTISODIY SIKLLAR DAVOMIDA O‘ZGARISHI
Ushbu maqola ishsizlik darajasining iqtisodiy sikllar davomidagi dinamikasini tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda iqtisodiy o'sish va pasayish davrlarida mehnat bozoridagi o'zgarishlar, shuningdek, ishsizlikning turli shakllari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, iqtisodiy sikllar ishsizlik darajasiga sezilarli ta'sir ko'rsatib, retsessiya davrlarida uning oshishiga va tiklanish davrlarida pasayishiga olib keladi. Shuningdek, maqolada ishsizlik darajasini tartibga solish bo'yicha davlat siyosatining ahamiyati va uning iqtisodiy barqarorlikka ta'siri muhokama qilinadi.
2026-03-23
AHOLI SONING O'SISHI UZOQ MUDDATLI IQTISODIY RIVOJLANISHGA TASIRI
Ushbu maqola aholi sonining o'sishi va uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish o'rtasidagi murakkab hamda ko'p qirrali munosabatlarni o'rganadi. Unda aholi soni, tarkibi va yosh taqsimotidagi o'zgarishlar iqtisodiy traektoriyalarga qanday ta'sir ko'rsatishini tushunish uchun Maltus nazariyasi, neoklassik modellar va demografik dividend konsepsiyasini o'z ichiga olgan turli nazariy ramkalar tahlil qilinadi. Tadqiqot mehnat taklifi, inson kapitalini shakllantirish, jamg'arma va investitsiya darajalari, resurslar mavjudligi va innovatsiyalar kabi asosiy ta'sir kanallarini aniqlaydi. Sharqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Sahroi Kabir janubidagi Afrika kabi turli mintaqalardagi empirik dalillar va amaliy holatlarni ko'rib chiqish orqali maqola iqtisodiy foydalarni, xususan, demografik dividend orqali olishda siyosiy chorlarning hal qiluvchi rolini ta'kidlaydi. Xulosa qilib aytganda, maqola iqtisodiy farovonlik uchun demografik o'tishni optimallashtirish maqsadida sog'liqni saqlash, ta'lim, samarali boshqaruv va mustahkam mehnat bozorlariga investitsiyalar kiritish zarurligini ta'kidlab, barqaror rivojlanish uchun siyosiy tavsiyalar bilan yakunlanadi.
2026-03-23
ХУДОЖЕСТВЕННАЯ КОНЦЕПЦИЯ ЛИЧНОСТИ В ПРОЗЕ ШУКУРА ХОЛМИРЗАЕВА
в тезисе анализируется художественная концепция личности в прозе Шукура Холмирзаева как значимый элемент авторского мировидения. Основное внимание сосредоточено на особенностях изображения внутреннего мира человека, факторах, влияющих на формирование личности героя, и специфике его нравственного самоопределения. Показано, что личность в произведениях писателя раскрывается через взаимодействие с традиционной культурой, природной средой и социальным окружением. Сделан вывод о том, что интерпретация личности у Холмирзаева отражает национально-культурные представления о духовной зрелости и ответственности человека за собственные поступки.
2026-03-23
ABDULLA ORIPOV VA DANTE: IKKI DAVR, IKKI MAKON, YAGONA RUHIYAT
Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yirik vakili Abdulla Oripov hamda italyan uyg‘onish davri dahosi Dante Aligeri ijodi qiyosiy tahlil qilingan bo’lib, Dante qalamiga mansub “Ilohiy komediya” dostoni hamda Abdulla Oripov she’riyati misolida ikki shoirning tarixiy sharoiti, diniy-falsafiy qarashlari va umuminsoniy g‘oyalari tahlil qilingan. Maqolada ularning ijodida inson kamoloti, adolat, vijdon va ilohiy haqiqat masalalari mushtarak ekani ilmiy asosda yoritilgan.
2026-03-23
REVOLUTION OF EDUCATION THROUGH ARTIFICIAL INTELLIGENCE
This article contains thoughts and consideration aimed at introducing artificial intelligence into the educational process and improving the quality of education. In today's rapidly growing era, every young person receiving education must keep pace with the times. Among the ideas aimed at the development of the education sector, attention is certainly paid to artificial intelligence. And our thoughts aimed at introducing artificial intelligence in education and increasing educational effectiveness are included in this article.
2026-03-23
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK VA AMALIY MEXANIZMLARI
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning metodik va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Unda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali kasbiy tayyorgarlikni oshirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, kompetensiyani rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali usullar va ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati asoslab beriladi.
2026-03-23
COMPONENTS OF LINGUISTIC COMPETENCE IN ENGLISH LANGUAGE TEACHING
This thesis highlights the concept of linguistic competence as a fundamental component of effective English language teaching, particularly in the preparation of prospective teachers. It argues that competence is not only synonymous with knowledge but also represents a combination of knowledge, skills, abilities, and attitudes required for successful task performance. In the context of teaching, linguistic competence involves both mastery of language systems and the ability to apply them appropriately in real communicative situations. Drawing on theoretical perspectives, including those of Noam Chomsky, the study highlights the evolution of linguistic competence from a focus on internalized grammatical knowledge to a broader communicative and functional understanding.
2026-03-23
IKKILAMCHI POLIETILEN VA POLIPROPILEN POLIMERLARI ASOSIDA MODIFIKATSIYALANGAN KOMPOZITSION GRANULALARNING MEXANIK XOSSALAR TADQIQ ETISH
So‘nggi yillarda polimer materiallarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi bilan bir qatorda, polimer chiqindilarini qayta ishlash va ularni ikkilamchi xomashyo sifatida samarali qo‘llash masalasi ham muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, ikkilamchi polietilen va polipropilen asosidagi materiallardan yuqori qo‘shimcha qiymatga ega kompozitsion mahsulotlar olish ekologik barqarorlik, resurs tejamkorlik hamda iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Biroq qayta ishlangan polimerlarning ekspluatatsion xossalari ko‘pincha termomexanik degradatsiya, makromolekulyar zanjirlarning qisqarishi va fazaviy nomuvofiqlik tufayli pasayadi. Shu sababli ikkilamchi polimerlar asosida modifikatsiyalangan kompozit granulalar yaratish, ularning tarkibi va tuzilishini boshqarish hamda mexanik xossalarini yaxshilash zarurati yuzaga keladi.
2026-03-23
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING TARAQQIYOT STRATEGIYASI ASOSIDA OLIY TA’LIM TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR, XALQARO HAMKORLIK VA PEDAGOGIK KADRLAR TAYYORLASH JARAYONLARINING INTEGRATSIYASI
Ushbu maqolada O‘zbekiston oliy ta’limidagi islohotlar, pedagogik kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlikni integratsiyalash jarayonlarini tahlil qiladi. STEAM ta’limi va zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim samaradorligini oshirishda, xalqaro hamkorlik esa kadrlar tayyorlash va bilim almashinuvini rivojlantirishda muhim omil ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi.
2026-03-23
EKOLOGIK GLOBALLASHUV TUSHUNCHASI, MOHIYATI VA ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
ushbu tezisda globallashuv jarayonining ekologik yo’nalishi, uning insoniyat kelajagiga ta’siri va xalqaro hamkorlikning ahamiyati tahlil qilinadi. Ekologik muammolarning milliy chegaralardan chiqib , umumjahon miqyosiga ko’tarilishi sabablari asoslab beriladi .
2026-03-23
“O’ZBEKISTON TURIZMI 2030: STATISTIK TAHLIL VA BUXORO ‘IPAK VA ZIRAVORLAR’ FESTIVALI TAJRIBASI”
Mazkur maqolada “O’zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida turizm sohasini isloh qilish hamda sayyohlar hajmini oshirish, shuningdek, mamlakatimiz turizmini rivojlantirishda festivallarning roli tadqiq etiladi. Xususan, Buxorodagi “Ipak va ziravorlar ” festivali misolida uning turistik oqim, iqtisodiy faollik va xalqaro imidjiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiqot jarayonida tadbirning sayyohlar oqimiga ta’siri, xorijiy mehmonlarning fikrlari ko’rsatib berilgan.
2026-03-23
TIBBIY MA’LUMOTLAR TAHLILIDA REGRESSIYA ALGORITMLARINING QO‘LLANILISHI
Mazkur tadqiqot tibbiy ma’lumotlar tahlilida regressiya algoritmlarining qo‘llanilishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida chiziqli regressiya, logistik regressiya, ridge regressiya va lasso regressiya modellari asosida klinik ma’lumotlar tahlil qilindi. Ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish, standartlashtirish va modelni baholash bosqichlari amalga oshirildi. Modellarning samaradorligi MSE, R², Accuracy va ROC-AUC ko‘rsatkichlari orqali baholandi. Natijalar regressiya algoritmlarining tibbiy ma’lumotlar asosida kasallik xavfini prognoz qilish va diagnostik jarayonni qo‘llab-quvvatlashda samarali ekanini ko‘rsatdi.
2026-03-23
СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ПРЕПОДАВАНИЮ РУССКОГО ЯЗЫКА В ШКОЛАХ
В статье рассматриваются современные подходы к преподаванию русского языка в школах в условиях обновления содержания образования, цифровизации учебного процесса и усиления требований к качеству языковой подготовки учащихся. Актуальность исследования определяется необходимостью совершенствования методики преподавания русского языка с учетом развития коммуникативной, функциональной, культуроведческой и цифровой компетенций школьников. Цель статьи заключается в выявлении и научном осмыслении наиболее эффективных современных подходов к преподаванию русского языка в школьном образовании, а также в определении их роли в формировании языковой личности обучающегося. В ходе исследования были использованы методы анализа научно-методической литературы, сопоставления педагогических концепций, обобщения школьной практики и интерпретации современных образовательных тенденций. Установлено, что результативность преподавания русского языка в школах обеспечивается сочетанием коммуникативного, компетентностного, личностно ориентированного, деятельностного и цифрового подходов. Особое внимание уделено вопросам формирования функциональной грамотности, развитию речевой культуры, организации интерактивной деятельности учащихся и использованию современных образовательных технологий. Сделан вывод о том, что преподавание русского языка в школе должно быть направлено не только на усвоение языковых норм, но и на развитие самостоятельного мышления, речевой активности, способности к анализу текста и применению языковых знаний в реальной коммуникации.
2026-03-23
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA MUSIQA FOLKLORINI O‘RGATISH
Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimi asosida shaxsni har tomonlama barkamol shaxs sifatida rivojlantirishda juda katta e’tibor berilib kelinmoqda. Bu o‘rinda shubhasiz musiqa darslariga e’tibor tubdan takomillashtirilib, uni yanada rivojlantirish masalasiga e’tibor o‘zgacha tus oldi. Kelajak avlodni barkamol inson etib tarbiyalashga alohida urg‘u berilishi juda ham ahamiyatli va quvonarli holdir.
2026-03-23
PSIXOFIZIKA FANI PAYDO BO‘LISHI HAMDA SHAKLLANISHIDA E. VEBER VA T. FEXNER TADQIQOTLARINING O‘RNI
Mazkur tezisda psixofizika fanining shakllanish jarayonida E. Veber va T. Fexner tadqiqotlarining nazariy va empirik ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, sezgi va qo‘zg‘atuvchi kuch o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga qaratilgan tajribalar psixofizikaning ilmiy asoslarini yaratishda muhim o‘rin egallagani yoritiladi. Veber tomonidan ishlab chiqilgan differensial sezgirlik qonuni hamdaFexnertomonidan taklif etilgan logarifmik bog‘lanish modeli empirik ma’lumotlar asosida asoslab berilganligi bilan ajralib turadi. Tadqiqotda empirik ma’lumotlarning asosiy turlari – eksperimental, kuzatuv va o‘lchovga asoslangan ma’lumotlar tizimli ravishda tavsiflanadi. Ushbu yondashuv psixologik jarayonlarni miqdoriy baholash imkonini berib, psixofizikaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga xizmat qilgan. Natijada, Veber va Fexner ishlari zamonaviy psixologiya va eksperimental metodologiya rivojida fundamental asos bo‘lib xizmat qilishi asoslab beriladi.
2026-03-23
TABIAT BILAN TANISHTIRISHDA MUTAFFAKKIRLAR MEROSIDAN FOYDALANISH
Mazkur maqolada o’quvchilarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida buyuk mutaffairlarning ilmiy va ma’naviy merosidan foydalanish masalalari yoritiladi. Ta’lim jarayonida mutaffariklarning tabiat haqidagi qarashlari, ilmiy ishlari va badiiy asarlaridan foydalanish orqali o’quvchilarda tabiatga merh-muhabbat, ekologik madaniyat va ongli munosabatni shakllantirish imoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, tabiatni o’rganishda tarixiy merosidan foydalanishning pedagogik ahamiyati va samarali usullari haqida fikrlar bayon etiladi.
2026-03-24
O‘QITISHNING AMALIY METODLARI VA TURLARI TASNIFI
Ushbu maqola zamonaviy ta’lim jarayonida amaliy metodlarning tutgan o‘rni, ularning mazmuni va tasniflanishiga bag‘ishlangan. Amaliy metodlar o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikma va malakalarga aylantirishning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ishda amaliy metodlarning asosiy turlari: mashqlar, laboratoriya ishlari, amaliy topshiriqlar va grafik ishlar batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu metodlarni o‘quv jarayonida qo‘llashning didaktik talablari va ularning o‘quvchilar mustaqilligini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim samaradorligini oshirishda nazariya va amaliyotning uzviy bog‘liqligini ta’minlashga xizmat qiladi.
2026-03-24
O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL ISHLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI
Mazkur maqolada o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘quv jarayonida mustaqil ta’limni tashkil etish, o‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarish, refleksiya, motivatsiya va kognitiv faollikni shakllantirish mexanizmlari o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar ham tahlil qilingan.
2026-03-24
AVTOMOBIL TUZILISHI O‘QUV AMALIYOTI FANINI O‘QITISHDA VIRTUAL SIMULYATSIYA TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
Mazkur tezisda avtomobil tuzilishi o‘quv amaliyoti fanini o‘qitishda virtual simulyatsiya texnologiyasidan foydalanishning didaktik imkoniyatlari yoritiladi. Zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, mexanik jarayonlarni chuqurroq anglash va kasbiy ko‘nikmalarni xavfsiz muhitda shakllantirishga xizmat qilishi asoslab beriladi. Tadqiqotda virtual simulyatsiya vositalarining ko‘rgazmalilikni kuchaytirishi, murakkab mexanizmlarning ishlash tamoyilini bosqichma-bosqich tushuntirishga imkon yaratishi hamda o‘quv motivatsiyasini oshirishi tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu texnologiyani o‘quv amaliyotiga joriy etishning metodik shartlari, darsni tashkil etish bosqichlari va kutilayotgan natijalari bayon etiladi. Natijada virtual simulyatsiya texnologiyasi avtomobil tuzilishi fanini o‘qitishda samaradorlikni oshiruvchi, amaliy tayyorgarlikni kuchaytiruvchi va ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiquvchi vosita ekanligi xulosa qilinadi.
2026-03-24
ПРАВОВАЯ ПРИРОДА ПАРЛАМЕНТСКОГО КОНТРОЛЯ НАД ИСПОЛНЕНИЕМ ГОСУДАРСТВЕННОГО БЮДЖЕТА: КОНСТИТУЦИОННО-ПРАВОВАЯ ДОКТРИНА И ПРАКТИКА
В статье проводится комплексный анализ правовой природы парламентского контроля над исполнением государственного бюджета через призму полномочий Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан. Обосновывается, что бюджетный контроль, осуществляемый Законодательной палатой, представляет собой не только форму реализации контрольной функции парламента, но и самостоятельный конституционно-правовой механизм воздействия на исполнительную власть. Особое внимание уделяется институциональным особенностям контрольных полномочий Законодательной палаты, проблемам их реализации и направлениям совершенствования.
2026-03-24
"QUTАDĞU BILIG" – SIYОSIY-FАLSАFIY TRАKTАT SIFАTIDА
Ushbu mаqоlа XI аsr mаdаniyаtining eng yоrqin vаkillаridаn bо‘lmish Yusuf Xоs Hоjibning mаshhur аsаri “Qutаdg‘u Bilig”ning ijtimоiy-siyоsiy g‘оyаlаri tаhliligа bаg‘ishlаnаdi. Yusuf Xоs Hоjib buyuk mutаfаkkir, fаylаsuf, shоir, shu bilаn birgаlikdа, dаvlаt аrbоbi hаm bо‘lgаn. U о‘z аsаridа huquqiy, siyоsiy, fаlsаfiy, ijtimоiy mаsаlаlаrgа yechim berish qоnun-qоidаlаrini оlib chiqqаn. “Qutаdg‘u bilig” аsаri nаfаqаt о‘z zаmоnаsidа, bаlki bugungi kundа hаm о‘z аhаmiyаti yо‘qоtmаgаn. Quyidа аsаrning ijtimоiy аdоlаt, аxlоq, dаvlаt bоshqаruvigа оid fаlsаfiy qаrаshlаrini bаtаfsil bаyоn qilishgа hаrаkаt qildik.
2026-03-24
INFLUENCED OF THE ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN EDUCATION
This article examines the growing influence of Artificial Intelligence (AI) in modern education systems. The study analyzes the role of AI technologies in enhancing personalized learning, automating assessment processes, and expanding access to education. It also highlights how AI supports teachers and improves students’ learning outcomes. Additionally, ethical issues, data privacy, and technological dependency are discussed. The findings indicate that AI significantly enhances educational efficiency, but careful implementation is required, considering its limitations.
2026-03-24
EAST MEETS WEST: HOW EASTERN PHILOSOPHICAL TRADITIONS INFLUENCE WESTERN LITERATURE
This article explores the influence of Eastern philosophical traditions—primarily Buddhism, Taoism, and Confucianism - on Western literature. Through a comparative and analytical approach, the study examines how key Eastern concepts such as harmony, non-duality, mindfulness, and the nature of existence have been integrated into Western literary works. The paper highlights the philosophical depth these traditions have contributed to Western narratives, particularly in modern and postmodern literature. The findings demonstrate that Eastern philosophies have significantly enriched Western literary thought, offering alternative perspectives on identity, reality, and human experience.
2026-03-24
MAHALLIY XOM ASHYOLAR ASOSIDA MURAKKAB AZOT-FOSFORLI O‘G‘IT OLISHNING RATSIONAL TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
Mazkur ilmiy maqolada mahalliy xom ashyolar asosida murakkab azot-fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarishning ratsional texnologiyasini yaratish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida fosforit va azotli birikmalar asosida samarali o‘g‘it olish usullari tahlil qilinib, texnologik jarayonlarning optimal parametrlari aniqlangan. Shuningdek, ishlab chiqilgan texnologiyaning iqtisodiy samaradorligi va ekologik jihatlari baholangan. Olingan natijalar qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish hamda mahalliy resurslardan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
2026-03-24
DEVELOPING STUDENTS’ CREATIVE AND PEDAGOGICAL POTENTIAL THROUGH MUSICAL-RHYTHMIC MOVEMENTS
This text highlights the pedagogical significance of musical-rhythmic movements in the training of future music teachers and presents methods for their development. This process not only equips students with musical knowledge and skills but also contributes to the development of their creative, pedagogical, and physical potential. The text emphasizes the international importance of musical-rhythmic movements, illustrating their effective application through Émile Jaques-Dalcroze’s Eurhythmics and Carl Orff’s methodology, as well as their crucial role in developing the musical and moral capacities of young generations in our country. The study covers training future music teachers in rhythmic skills, organizing lessons in an interactive and creative manner, and fostering students’ teamwork and communication competencies.
2026-03-25
"ETHICAL AND EDUCATIONAL IDEAS IN OGAHIY’S POETRY"
This article provides a comprehensive scientific analysis of the moral and educational ideas embedded in the poetry of Muhammad Rizo Erniyozbek oglu Ogahi, a prominent representative of 19th-century Uzbek classical literature and a leading figure in the Khorezm literary environment. Focusing on his renowned diwan, "Ta'viz ul-oshiqiyn" (The Amulet of Lovers), the research explores Ogahi's philosophical interpretation of the "perfect person" (komil inson). It highlights his poetic praise of essential human virtues such as honesty, modesty, contentment, and the continuous struggle against worldly greed. Furthermore, the study examines the poet's socio-philosophical perspectives on the crucial role of science and enlightenment in societal development, along with his sharp condemnation of ignorance. By analyzing specific poetic verses, the article also sheds light on his views regarding social morality, justice, and the responsibilities of rulers toward their people. The findings demonstrate the enduring relevance of Ogahi's spiritual and ethical heritage, proving it to be a valuable pedagogical resource for the moral education of the younger generation in the modern era.
2026-03-25
OGAHIYNING TA'VIZ UL OSHIQIN DEVONIDA DAVLAT BOSHQARUVI VA AXLOQ MASALALARI
Mazkur maqolada Muhammad Rizo Ogahiyning “Ta‘viz ul-oshiqin” Devonida keltirilgan g‘azallarida ma‘naviy va axloqiy qarashlar tasvirlangan. Devonda Ogahiy mamlakatni idora qilish masalasiga xalq manfaati, yurt obodligini ko‘zlagan holda yondoshgan, insonning farovonligi va baxt-saodatini birinchi o‘ringa qo‘ygan. Darhaqiqat, axloq va odob har bir jamiyatning ma‘naviy qiyofasini belgilar ekan, jamiyat va shaxs manfaatlari chuqur o‘rganilayotgan, ma‘naviy komillik darajasi takomillashib borayotgan bugungi kunda Ogahiyning “pokiza gavhar so‘zlari” ruhimizni poklab , opzligimizni anglashga xizmat qiladi.
2026-03-25
BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI VA RAQAMLI AKTIVLARNING O‘ZBEKISTON MOLIYA TIZIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI ROLI VA IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada blokcheyn texnologiyasi va raqamli aktivlarning O‘zbekiston moliya tizimi samaradorligini oshirishdagi roli, mavjud imkoniyatlari va istiqbollari nazariy va empirik jihatdan tizimli tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekiston moliya tizimining joriy samaradorlik ko‘rsatkichlari baholangan, blokcheyn texnologiyasini tatbiq etishning potensial sohalari aniqlangan va xalqaro tajriba bilan qiyosiy tahlil o‘tkazilgan. O‘zbekistonning 42 ta moliya instituti (14 ta tijorat banki, 8 ta sug‘urta kompaniyasi, 6 ta to‘lov tizimi operatori, 8 ta mikromoliya tashkiloti va 6 ta fond bozori ishtirokchisi) rahbarlari va IT bo‘limlari bilan o‘tkazilgan so‘rov hamda 18 ta chuqur intervyu natijalari asosida blokcheyn texnologiyasining moliya tizimi samaradorligini oshirish salohiyati miqdoriy baholangan. Tadqiqot natijalari blokcheyn texnologiyasini O‘zbekiston moliya tizimiga integratsiya qilish tranzaksion xarajatlarni 34 foizga, hujjat aylanmasini 67 foizga qisqartirish va moliyaviy inklyuzivlikni 22 foizga oshirish imkonini berishini ko‘rsatgan.
2026-03-25
O‘ZBEKISTONDA KICHIK VA O‘RTA BIZNESLARNING RAQAMLI PLATFORMALARDAN FOYDALANISH DARAJASI VA SAVDO RAQOBATBARDOSHLIGIGA TA'SIRI
Ushbu maqolada O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes (KOB) sub'yektlarining raqamli platformalardan foydalanish darajasi va bu jarayonning ularning savdo raqobatbardoshligiga ta'siri empirik tadqiqot asosida tizimli tahlil qilingan. Tadqiqotda O‘zbekistonning 10 ta viloyati va Toshkent shahridagi 350 ta KOB sub'yektida so‘rov o‘tkazilgan bo‘lib, ularning raqamli yetuklik darajasi, raqamli platformalardan foydalanish intensivligi va savdo raqobatbardoshligi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari raqamli platformalardan foydalanish darajasi va KOB sub'yektlarining savdo raqobatbardoshligi o‘rtasida kuchli ijobiy korrelyatsiya mavjudligini isbotlagan, raqamli yetuklikning to‘rt bosqichli modeli ishlab chiqilgan va amaliy tavsiyalar berilgan.
2026-03-25
MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA VALYUTA KURSI REJIMLARI VA TASHQI SAVDO RAQOBATBARDOSHLIGINING QIYOSIY TAHLILI
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mintaqasidagi beshta mamlakat — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning valyuta kursi rejimlari va ularning tashqi savdo raqobatbardoshligiga ta'siri qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda 2015–2025 yillar oralig‘idagi makroiqtisodiy ma'lumotlar asosida har bir mamlakatning valyuta siyosati evolyutsiyasi, real effektiv valyuta kursi (REER) dinamikasi, tashqi savdo ko‘rsatkichlari va raqobatbardoshlik indekslari o‘rganilgan. Panel ma'lumotlar regressiyasi, Global Competitiveness Index tahlili, Revealed Comparative Advantage (RCA) va klaster tahlili usullari qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalari moslashuvchan valyuta kursi rejimiga ega mamlakatlarning (Qozog‘iston va O‘zbekiston) tashqi savdo raqobatbardoshligi qat'iy rejimga ega mamlakatlarga (Turkmaniston) nisbatan statistik ahamiyatli darajada yuqori ekanini isbotlagan.
2026-03-25
VEBINAR DARSLARNI TASHKIL ETISHNING TEXNIK VA METODIK TALABLARI
Ushbu maqolada vebinar darslarni tashkil etishning texnik va metodik talablari keng koʻlamda tahlil qilinadi. Onlayn taʻlimning jadal rivojlanishi sharoitida vebinar platformalari, ularning texnik imkoniyatlari, pedagogik asoslari va oʻqituvchi hamda talabalar uchun qoʻyiladigan talablar tizimli ravishda koʻrib chiqiladi. Interaktiv metodlar, raqamli vositalar, baholash tizimlari va oʻqituvchining raqamli kompetensiyalari atroflicha yoritiladi.
2026-03-25
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI HAYOTDAGI QO'LLANILISHINI O'QITISH METODIKASI
Ushbu maqolada axborot texnologiyalarini (AT) ta'lim jarayoniga integratsiya qilishning zamonaviy metodikalari va ularning amaliy hayotdagi qo'llanilishi chuqur tahlil etilgan. Turli fanlar bo'yicha IT vositalaridan foydalanish samaradorligi, o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi va o'quvchilarning o'zlashtirish dinamikasi statistik ma'lumotlar asosida ko'rsatilgan. Tadqiqot natijalari O'zbekistonda raqamli ta'limni rivojlantirish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar bilan yakunlanadi.
2026-03-25
MIRZO ULUG`BEKNING HAYOTI VA FAOLIYATI
Ushbu maqola buyuk davlat arbobi, olim va astronom Mirzo Ulugʻbek ning hayoti va ilmiy faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada uning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, ayniqsa astronomiya va matematika sohasidagi ishlari yoritiladi. Shuningdek, Ulug‘bek tomonidan tashkil etilgan ilmiy maktab va uning jahon ilm-fanidagi o‘rni tahlil qilinadi.
2026-03-25
УСЛОВИЯ НАСТУПЛЕНИЯ МАТЕРИАЛЬНОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ
В статье рассматриваются условия наступления материальной ответственности работника в трудовом праве. Анализируются такие обязательные элементы, как наличие прямого действительного ущерба, противоправность поведения работника, вина и причинно-следственная связь между действиями работника и наступившим ущербом. Особое внимание уделяется разграничению материальной и дисциплинарной ответственности, а также недопустимости применения штрафов как меры ответственности в трудовых отношениях. Обосновывается, что привлечение к материальной ответственности возможно только при одновременном наличии всех установленных законом условий, доказанных работодателем.
2026-03-25
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI MUQOBILSIZ LEKSIK BIRLIKLARNING QIYOSIY-LUG‘AVIY TAHLILI
Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi muqobilsiz leksik birliklar qiyosiy-lug‘aviy jihatdan tahlil qilinib, semantik, lingvokulturologik, funksional xususiyatlari ikki tilli lug‘atlarda ifodalanish usullari o‘rganildi. Tadqiqotda lingvokulturologik yondashuv asosida muqobilsiz leksikaning lug‘atlarda berilish usullari tahlil qilindi.
2026-03-25
PEDAGOGIK FAOLIYATDA MUAMMOLI SAVOLLAR QO‘YISH METODIKASI: NAZARIY ASOSLARI VA DARS JARAYONIDA QO‘LLASH TAMOYILLARI
Maqolada muammoli savollar qo‘yish metodikasining gnoseologik ildizlari, psixologik-pedagogik mexanizmlari va didaktik funksiyalari tizimli tahlil qilingan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, muammoli savollar birinchi marta B. Blumning qayta ishlangan taksonomiyasi (L. Anderson, D. Kratool, 2001) asosida to‘rt darajali (applikativ, analitik, evaluativ, kreativ) tizim sifatida tasniflanib, har bir daraja uchun diagnostik mezonlar ishlab chiqilgan. Muammoli vaziyat yaratishning besh bosqichli didaktik modeli (tayyorgarlik — motivatsion-stimullyativ — operatsion — verifikatsion — refleksiv) taklif etilib, har bir bosqichning pedagogik-psixologik asoslari ochib berilgan. Nazariy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, muammoli savollar metodikasi reproduktiv ta’limdan produktiv ta’limga o‘tishning samarali didaktik vositasi sifatida xizmat qiladi.
2026-03-25
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA O‘QITUVCHILARNING PSIXOLOGIK FAROVONLIGINI TA’MINLASHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI
Mazkur maqolada jamiyatning raqamli transformatsiyasi sharoitida o‘qituvchilarning psixologik va kasbiy farovonligini ta’minlash masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarining kirib kelishi pedagogik faoliyatni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Shu bilan birga, bu jarayon o‘qituvchilar oldiga yangi kasbiy talablarni qo‘yib, psixologik moslashuv jarayonini ham murakkablashtirmoqda. Tadqiqotda o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasi, kasbiy charchash muammolari hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali pedagogik faoliyatni optimallashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt texnologiyalaridan oqilona foydalanish o‘qituvchilarning ish yukini kamaytirish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish hamda pedagoglarning psixologik farovonligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
2026-03-26
TIJORAT BANKLARIDA RISK-MENEJMENT TIZIMIDA ESG-MA’LUMOTLAR AHAMIYATI
Global va milliy iqtisodiyotda inqiroz xavflari ortib borayotganiga qaramay, barqaror rivojlanish konsepsiyasi o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Ushbu yondashuv bank biznes-jarayonlariga yangi turdagi, katta hajmdagi ma’lumotlarni jalb etishni talab etadi, bu esa atrof-muhit, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruv (ESG) yo‘nalishlarining ahamiyatini oshiradi.
2026-03-26
THE USE OF REAL BUSINESS EXAMPLES IN TEACHING ENGLISH IN THE FIELD OF ECONOMICS
This article explores the effectiveness of using real business examples in teaching English for students specializing in economics. In modern education, there is a growing need to integrate subject-specific content with language learning in order to prepare students for real-world professional communication. The study emphasizes that authentic business cases, such as market analyses, company reports, and financial news, can significantly enhance students’ motivation and engagement in the learning process. By incorporating real-life economic situations, learners are able to develop not only their language skills but also their critical thinking and analytical abilities. The article discusses various teaching strategies, including case studies, role-plays, and problem-solving activities, which simulate real business environments. These methods help students acquire practical vocabulary and improve their ability to communicate effectively in professional contexts. Furthermore, the research highlights the importance of contextual learning, where language is taught through meaningful and relevant content. The findings suggest that the use of real business examples leads to better comprehension, retention, and application of English in economic settings. Overall, the article concludes that integrating authentic materials into English language instruction is a highly beneficial approach for economics students, preparing them for future careers in the global business environment.
2026-03-26
