Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2026-04-03

MUTAXASSISLAR VA PEDAGOGLARNING KASBIY RIVOJLANISHI

Ushbu maqolada mutaxassislar va pedagoglarning kasbiy rivojlanishi masalasi zamonaviy psixologiya va ta’lim tizimi nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv va tezkor axborot almashinuvi sharoitida kasbiy rivojlanish mutaxassis va pedagoglarning mehnat samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Kasbiy rivojlanish jarayoni bilim va ko‘nikmalarni muntazam yangilash, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish hamda shaxsiy va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Maqolada kasbiy rivojlanishga ta’sir etuvchi omillar, jumladan, motivatsiya, uzluksiz ta’lim, refleksiya va o‘z ustida ishlash jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, pedagoglarning kasbiy rivojlanishida psixologik tayyorgarlik, innovatsion texnologiyalar va pedagogik mahoratni oshirishning ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kasbiy rivojlanishga yo‘naltirilgan tizimli yondashuv mutaxassislarning kasbiy yetukligini oshiradi va ta’lim sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Nurmuhammedova Inomhon Nodirbek qizi, Abdurashidova Xurshida Bahtiyorjon qizi

4-6

2026-03-31

GLOBAL IQTISODIY INTEGRATSIYANING MILLIY IQTISODIYOTGA TA’SIRI

Mazkur maqolada global iqtisodiy integratsiya jarayonlarining mohiyati, shakllari hamda uning milliy iqtisodiyot rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Unda integratsiyaning savdo aloqalarini kengaytirish, xorijiy investitsiyalar oqimini oshirish, texnologiya va innovatsiyalar transferini jadallashtirish hamda raqobatbardoshlikni kuchaytirishdagi ijobiy jihatlari yoritib berilgan. Shu bilan birga, integratsiya jarayonlarining salbiy oqibatlari, jumladan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatga bardosh berolmasligi, importga qaramlik kuchayishi, iqtisodiy siyosat mustaqilligining cheklanishi va tashqi iqtisodiy inqirozlarning ichki bozorga ta’siri kabi muammolar ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida xalqaro tajriba asosida integratsiyaning milliy manfaatlarga ta’siri baholanib, O‘zbekiston sharoitida integratsiya jarayonlarida milliy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash hamda barqaror rivojlanishga erishish bo‘yicha taklif va xulosalar ishlab chiqilgan.

Axunova Shoxistaxon Nomanjanovna , Qaxxorova Nilufar Mahammadjon qizi

7-10

2026-03-31

XAYRIDDIN SULTON QISSALARI TILINING USLUBIYATI

Ushbu maqolada til stilistikasi, badiiy asarlarda yozuvchining til imkoniyatlaridan foydalanish mahorati haqida fikr yuritilib, ushbu muammo atrofida yuzaga keladigan savollarga javob beriladi. Filolog olimlarning bu muammo atrofidagi qarashlari keng muhokamaga tortiladi. Aynan tildagi uslublar, ularning xilma-xilligi haqida tushunchalarga urg‘u beriladi. Badiiy asarlarni yaratish bilan bir qatorda, ularni tahlil qilishda ham tilning stilistikasi qanday imkoniyatlarga ega ekanligi borasida fikr yuritiladi.

Shohsanam Tursunova

11-16

2026-03-31

AРТЕРИАЛЬНОЕ ДАВЛЕНИЕ

Артериальное давление. Артериальное давление является одним из основных показателей гемодинамики. Его определение имеет большое клиническое значение. Факторами, определяющими показатель артериального давления, являются объемная скорость кровотока и общее периферическое сопротивление сосудов. Величина артериального давления рассчитывается в мм·см и определяется следующими факторами: насосной силой сердца, периферическим сопротивлением кровеносных сосудов и объемом крови.

Абдурахимов Сардор, Каттабойева Мухайо Нурмухаммад кизи

17-21

2026-03-31

MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXIY YODGORLIKLARI

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo xalqlarining boy tarixiy merosi va muhim yodgorligii yoritilgan. Xususan, Samarqanddagi Registon maydoni, Buxorodagi Ark qal'asi, Xivadagi Ichan qal'a kabi yodgorliklar misolida mintaqaning tarixiy, madaniy va me’moriy ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, boshqa hududlardagi muhim obidalar ham ko‘rib chiqilib, ularning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni ochib berilgan. Maqolada tarixiy yodgorliklarni asrab-avaylash va ularni kelajak avlodlarga yetkazish zarurligi alohida ta’kidlangan.

Ibragimova Dilorom Salohiddin qizi

22-23

2026-03-31

POSHXURT SHEVASINING AREAL-LINGVISTIK TAVSIFI

Mazkur maqolada Sherobod tumani hududida joylashgan Poshxurt qishlog’i shevalarining areal-lingvistik xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqot davomida ushbu hududdan yig‘ilgan materiallar asosida fonetik, leksik va morfologik izoglossalar aniqlandi.

Ko`chiyeva Shabnam Isomiddin qizi

24-26

2026-03-31

JIGARSIMON YÕSINLAR SINFI, ASOSIY BELGILARI, MARSHANTSIYANING TARAQQIYOT SIKLI

Ushbu dissertatsiya jigarsimon yõsinlar sinfi, ularning asosiy belgilari va marshantsiyaning taraqqiyot sikli haqida ma'lumot beradi. Jigarsimon yõsinlar turli xil ekologik sharoitlarda yashovchi organizmlardir va ularning biologik xususiyatlari, rivojlanish sikli va iqtisodiy ahamiyati o'rganiladi. Ushbu tadqiqotning maqsadi jigarsimon yõsinlarning turli xil turlarini tahlil qilish va ularning o'zaro aloqalarini aniqlashdir. Dissertatsiya davomida jigarsimon yõsinlar sinfining biologik xususiyatlari, ularning tabiiy muhitdagi roli va iqtisodiy ahamiyati ko'rib chiqiladi.

Abduakimova Gulnozaxon

27-28

2026-03-31

VOYAGA YETMAGAN YOSHLARDA XULQ-ATVOR MUAMMOLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYAYTLARI

Ushbu maqolada voyaga yetmagan yoshlar orasida uchraydigan xulq-atvor muammolari va ularning psixologik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. O‘smirlik davrida bolalarda emotsional o‘zgarishlar, mustaqillikka intilish va atrof-muhit ta’siri kuchayishi natijasida turli xil muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Maqolada agressivlik, deviant xulq va internetga qaramlik kabi holatlar tushuntirib berilgan. Shuningdek, bu muammolarning kelib chiqishida oila, tengdoshlar va shaxsiy xususiyatlarning ta’siri borligi izohlangan. Yakunda ushbu muammolarni kamaytirish va oldini olish uchun tavsiyalar berilgan.

Abduvohidova Begoyim Nozimjon qizi, Abdurashidova Xurshida Bahtiyorjon qizi

29-31

2026-03-31

INSON NUTQ ORGANLARI MARKAZIY TIZIM PATALOGIYASI

Ushbu maqolada inson nutq organlari faoliyatini boshqaruvchi markaziy nerv tizimi va uning patologiyalari haqida ma’lumot beriladi. Markaziy nerv tizimining turli shikastlanishlari nutq jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa bosh miya po‘stlog‘i, nutq markazlari hamda nerv yo‘llarining zararlanishi natijasida turli nutq buzilishlari – afaziya, dizartriya, alaliya kabi kasalliklar yuzaga keladi. Maqolada ushbu patologiyalarning kelib chiqish sabablari, belgilari va ularning inson hayotidagi ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan.

Yo’ldasheva Shaxlo Po’latjon qizi, Axmedova Vaziraxon

32-35

2026-03-31

BOSH MIYA NERVLARI VA ULARNING INSON HAYOTIDAGI ZAMONAVIY ROLI

Maqolada bosh miya nervlari, ularning anatomik tuzilishi va inson hayotidagi zamonaviy roli tahlil qilingan. Bosh miya nervlarining markaziy va periferik nerv tizimi bilan o‘zaro bog‘liqligi, hissiy va harakat funksiyalardagi roli, shuningdek, ularning kasalliklar va travmalar paytida qanday ahamiyat kasb etishi yoritilgan. Maqola klinik tajriba va so‘nggi ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida yozilgan.

Madaminova Oydinoy Shodilbek qizi, Axmedova Vaziraxon

36-38

2026-03-31

“QADRIYATLAR FALSAFASI”

Ushbu maqolada qadriyatlar falsafasi — aksiologiyaning nazariy va amaliy asoslari tadqiq etiladi. Qadriyatlarning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning tizimli tasnifi hamda ma’naviy-axloqiy me’yorlarning shakllanish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, globallashuv jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik hamda zamonaviy jamiyatdagi qadriyatlar transformatsiyasi masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Abdunazarova Fazilatxon Abdusalom qizi

39-40

2026-03-31

NAMANGAN TUMAN SHEVASINING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada Namangan tuman shevasining morfologik xususiyatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Xususan, so‘z turkumlari, affikslar tizimi, egalik, shaxs-son, zamon va mayl kategoriyalarining shevada qo‘llanishi yoritiladi. Sheva va adabiy til o‘rtasidagi farqlar qiyosiy jihatdan ko‘rib chiqilib, hududiy til xususiyatlarining o‘ziga xosligi ochib beriladi.

Mahmudova Nilufar

41-43

2026-03-31

O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKLARINI KAMAYTIRISHNING AMALDAGI MEXANIZMLARI

Ushbu tezisda O‘zbekiston tijorat banklarida kredit risklarini kamaytirishning amaldagi mexanizmlari tahlil qilinadi. Kredit riskining mohiyati, uning bank faoliyatiga ta’siri hamda risklarni boshqarishning asosiy usullari ilmiy jihatdan yoritilgan. Xususan, kredit scoring tizimi, garov ta’minoti, diversifikatsiya, sug‘urta mexanizmlari va monitoring jarayonlarining ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, tijorat banklarida kredit risklarini kamaytirishda mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari kredit risklarini samarali boshqarish bank tizimining barqarorligini ta’minlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Ungboyeva Sevinch Kamoliddinovna

44-48

2026-03-31

O’ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobini takomillashtirish masalalari o‘rganilgan. Raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, blokcheyn va bulutli texnologiyalarning buxgalteriya sohasiga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, raqamli texnologiyalarni joriy etish hisobot shaffofligini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi va qaror qabul qilish samaradorligini yuksaltiradi. Muammolar va takliflar ham bayon etilgan.

Kimsanova Gulsanam

49-50

2026-03-31

ФОРМИРОВАНИЕ МАТЕМАТИЧЕСКОЙ ГРАМОТНОСТИ УЧАЩИХСЯ НА ОСНОВЕ ПРОБЛЕМНОГО ОБУЧЕНИЯ

В статье рассматривается проблема формирования математической грамотности учащихся средствами проблемного обучения. Актуальность исследования обусловлена необходимостью совершенствования методов обучения математике в контексте требований современного образования. В результате анализа научной литературы выявлены ключевые компоненты математической грамотности и установлена взаимосвязь между применением проблемных ситуаций и развитием способности учащихся применять математические знания в реальных жизненных контекстах.

Ауесбаева Айымгул Уснатдиновна

51-54

2026-03-31

SIFAT VA RAVISH (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI QIYOSIDA)

Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillari grammatikasida muhim o‘rin tutuvchi sifat va ravish so‘z turkumlarini qiyosiy o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada sifat va ravishlarning tuzilishi, yasalishi, darajalari hamda gapdagi vazifalari tahlil qilinadi. Shuningdek, ikki tilda sifat va ravishlarning o‘xshash va farqli jihatlari hamda ularning nutq jarayonidagi funksional roli yoritib beriladi.

Muhammadova Nigora Dilmurod qizi, Karimjonova Shahlo Ravshanjonovna

55-57

2026-03-31

ЩИТОВИДНАЯ ЖЕЛЕЗА И ЕЕ ГОРМОН

В данной статье представлен научный анализ структуры, функций и роли щитовидной железы в организме. Щитовидная железа играет важную роль в регуляции обмена веществ, терморегуляции, роста и развития организма. В статье рассматриваются дисфункции щитовидной железы, такие как гипотиреоз и гипертиреоз, их влияние на различные системы организма и связанные с ними клинические симптомы. Методология исследования основана на обзоре литературы, клинических и лабораторных данных.

Тиллоев Сарвар, Каттабойева Мухайо Нурмухаммад кизи

58-62

2026-03-31

BADIIY GIMNASTIKADA MUSOBAQA FAOLIYATINI RAQAMLI TAHLIL QILISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Mazkur maqolada badiiy gimnastikada musobaqa faoliyatini raqamli (kvantitativ) tahlil qilishning nazariy asoslari, metodlari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Zamonaviy sport jarayonida videoanalitika, statistik modellashtirish, biomekanik o‘lchovlar hamda hakamlik ballarini matematik qayta ishlash orqali sportchining texnik, jismoniy va artistik tayyorgarligi samaradorligini aniqlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Baholash mezonlari Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) tomonidan tasdiqlangan talablari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari musobaqa faoliyatini boshqarish, xatolarni minimallashtirish va natijalarni prognoz qilishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Latipova Nigoraxon Isakovna

63-66

2026-03-31

OG‘IR ATLETIKA BILAN SHUG‘ULLANISHNI DASTLABKI BOSHLAYOTGAN SPORTCHILAR UCHUN JISMONIY VA TEXNIK TAYYORGARLIGINING NAZARIY ASOSLARI

Maqolada og‘ir atletika sport turiga endigina jalb etilayotgan sportchilar uchun jismoniy va texnik tayyorgarlikning nazariy asoslari yoritilgan. Dastlabki tayyorgarlik bosqichida jismoniy sifatlarni rivojlantirish, texnik harakatlarni bosqichma-bosqich o‘rgatish hamda mashg‘ulot yuklamalarini ilmiy asosda rejalashtirish masalalari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari jadvallar asosida umumlashtirildi.

Raximov Farhod Maxmudovich

67-71

2026-03-31

YUZ-JAG‘ JARROHLIGIDA POTENSIAL MALIGN KASALLIKLARNI ERTA ANIQLASH USULLARINING DIAGNOSTIK SAMARADORLIGI

Yuz-jag‘ sohasida uchraydigan potensial malign kasalliklar (PMD) va og‘iz bo‘shlig‘i saratoni global sog‘liqni saqlash muammolaridan biri hisoblanadi [1,2]. Ushbu kasalliklarni erta bosqichda aniqlash davolash samaradorligini oshiradi, invaziv aralashuvlarni kamaytiradi va bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi [1,5].

Boʻronov Xushnudbek Faxriddinovich, Abdujalilova Durdona Abdurahimovna

72-73

2026-03-31

PROSPECTS OF CREATING A NEW HEPATOPROTECTIVE REMEDY BASED ON THE FLORA OF UZBEKISTAN

Liver diseases remain a global health challenge, necessitating the development of effective, low-toxicity hepatoprotective agents. Uzbekistan’s unique climatic conditions favor the growth of medicinal plants rich in specific secondary metabolites. This study explores the scientific potential of creating a multicomponent dry extract with hepatoprotective properties based on Rosa canina, Origanum tyttanthum, and Codonopsis clematidea.

N.A. Akbarov, Z.U. Mamatkulov

74-75

2026-03-31