Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2024-04-04
Статьи
MARKETING: MARKETING FAOLIYATI SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARI
Ushbu maqolada marketing faoliyati samaradorligini baholash usullari yoritilgan bo’lib, ularga ilmiy jihatdan qisqacha ma’lumot berilgan. Maqolada, shuningdek, marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan o‘zaro aloqadorligi ham o’z aksini topgan.
2024-04-03
QR-KOD TEXNOLOGIYASI ASOSIDA ELEKTRON KUTUBXONA TIZIMINI DASTURIY VA APPARAT TAMINOTINI YARATISH
Ushbu maqolada QR kod texnologiyasi nima. U qanday ishlaydi, hozirgi kunda ushbu texnologiya qaysi sohalarda qo’llanilishi va samaradorligi haqida fikr va mulohazalar keltirilgan. QR kod texnalogiyasi asosida QR-bookland mobil ilovasi ishlab chiqilgan va ushbu ilovaning vazifalari qulayliklari batafsil yoritilgan.
2024-04-03
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA KREATIV YONDASHUV ASOSIDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida kreativ yondashuv asosida mustaqil ta’limni tashkil etishning didaktik imkoniyatlari xususida ma’lumotlar aks ettirilgan. Mustaqil ta’lim o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat ekanligi ta’kidlangan. Mustaqil ishlar didaktik maqsadi, vazifasi, murakkablik darajasi, kimga (individual yoki jamoa uchun) mo‘ljallanganiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bundan tashqari, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda kreativlik usullaridan foydalanish juda muhim sanaladi.
2024-04-03
ASSESSMENT AND IMPLEMENTATION METHODS OF THE EFFECTIVENESS OF MARKETING ACTIVITIES
This article describes the methods of evaluating the effectiveness of marketing activities, the theoretical issues of determining and evaluating the effectiveness of marketing are unique, and the approaches to it are different. Definitions of the economic efficiency of marketing activities using both qualitative and quantitative indicators in the determination and evaluation of marketing efficiency, several methods of determining the economic efficiency of promotional activities are proposed, and the types of marketing control in increasing efficiency are practically based. they were given brief scientific information. The article also reflects the relationship between the main goals of marketing and the main goals of the company.
2024-04-03
“ISLOM IQTISODIYOTI” VA “ISLOM MOLIYASI” TUSHUNCHALARI VA ISHLASH TARTIBI
ushbu tezisda hozirda Islom moliyasi sektori yildan yilga o‘sib bormoqda bu yo‘nalishdagi tashkilotlar esa jahonda katta miqdordagi aktivlarni boshqarmoqda. Islom moliyasining O‘zbekistondagi o‘rni qanday? Foizlarsiz foyda qayerdan kelmoqda? Nega bu sohaga talab ortib bormoqda? Ushbu savollar orqali yoritib berilgan.
2024-04-03
TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISHINING ISH O‘RNIGA TA’SIRI
Zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish korxonalar uchun ijobiy qadamdir. Innovatsion texnologiyalarni samarali axborotlashtirish makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini sezilarli darajada oshiradi, bu esa boshqaruv qarorlari sifati va darajasini, axborot jarayonlari va xizmatlari samaradorligini oshirishga olib keladi, bu esa o‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy, texnik, madaniy va hayotning boshqa ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. Barcha jarayonlarda axborotlashtirishni joriy etish va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish YAIM o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
2024-04-03
O‘ZBEKISTONDA HUDUDLAR KESIMIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING RIVOJLANISH HOLATI
Respulikmizda bugungi kunda raqamli iqtisodiyotning rivojlanib borishida davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davlat boshqaruvida ham o‘z aksini namoyon qilib bormoqda hamda samarali tarzda o‘z ifodasini topmoqda. Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, uning Respublikamizda tutgan o‘rni, raqamli iqtisodiyot jarayonlarini bilan uzviy bog‘liqligi tahlil qilingan va tegishli xulosalar keltirilgan.
2024-04-03
TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI VA AXBOROT RESURSLARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Mazkur tezisda hozirgi globallashgan zamonda, ya’ni shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda inson hayotining bir qismi bo‘lmish ta’lim sohasi tizimida raqamli axborot tizimining o‘rni, raqamli axborot resurslardan foydalanish istiqbollari o‘rganilgan va tushunarli tarzda yoritilgan bo‘lib o‘rganuvchiga murakkablik qilmaydi. Va ushbu sho‘ba haqida qisqacha xulosa va fikrlar ham berilgan.
2024-04-03
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IQTISODIYOTNING TUTGAN O'RNI
Mazkur ilmiy maqolada «Raqobatbardosh iqtisodiyot» deganda maqbul sur`atlar va mutanosiblik bilan o'sib boradigan milliy iqtisodiyot, unda xususiy mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan kerakli sharoitlar, aholi turmush darajasini doimiy yaxshilanib borishiga xizmat qiladigan bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida ishlab chiqilgan xo'jalik mexanizmi, ishlab chiqarish resurslari erkin harakatlanadigan va bozor mexanizmi yordamida tartibga solinadigan ochiq iqtisodiy tizim tushuniladi.
2024-04-03
PUL OQIMLARI TO’G’RISIDAGI HISOBOTNI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TUZISH
Mazkur maqolada pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida bevosita usuldan foydalangan holda tuzish tartibi ochib berilgan. Respublikamizda pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzishda faqatgina bevosita usuldan foydalanib kelinmoqda, shu sababli biz tomonimizdan bevosita usulni ham tadbiq etilishi investorlarning moliyaviy hisobotlarga ishonchlining oshishiga xizmat qilishiga erishiladi.
2024-04-03
O‘ZBEKISTONDA SHAXSIY OLIYAVIY JAMG‘ARMA YIG‘ISHDA OYLIK MAOSHNING OʻRNI
Bugungi zamonaviy dunyoda O‘zbekistonda shaxsiy yuksak darajadagi intellektual uchrashuvlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bunday maslahatlashuvlar nafaqat mutaxassislarning fikr almashishi, intellektual salohiyatini oshirishi uchun zamin yaratadi, balki mamlakatning har tomonlama rivojlanishiga ham hissa qo‘shadi. Ushbu maqolada biz O‘zbekistonda shaxsiy yuqori darajadagi intellektual yig‘inlarda oylik maoshlarning o‘rni va ahamiyatini o‘rganamiz.
2024-04-03
TALABA-YOSHLAR TA’LIM DASTURIDA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘RGATISH METODOLOGIYASI
Ushbu maqolada globallashuv jarayonida yoshlar ta'lim va tarbiyasiga ehtiyojning ortishi, kelajak avlodni voyaga yetkazishning asosiy tamoyillari va unda ijtimoiy-gumanitar fanlarning o’rni ko’rsatilgan.
2024-04-03
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IQTISODIYOTNING TUTGAN O'RNI
Mazkur ilmiy maqolada «Raqobatbardosh iqtisodiyot» deganda maqbul sur`atlar va mutanosiblik bilan o'sib boradigan milliy iqtisodiyot, unda xususiy mulkchilikka asoslangan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan kerakli sharoitlar, aholi turmush darajasini doimiy yaxshilanib borishiga xizmat qiladigan bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida ishlab chiqilgan xo'jalik mexanizmi, ishlab chiqarish resurslari erkin harakatlanadigan va bozor mexanizmi yordamida tartibga solinadigan ochiq iqtisodiy tizim tushuniladi.
2024-04-03
YASHIRIN IQTISODIYOTNI QISQARTIRISH MASALALARI
Ushbu tezisda yashirin iqisodiyot tushunchasi, yashirin iqtisodiyotning mamlakatimizda tutgan o'rni, u keltiradigan zararlar hagida ma'lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari xorijiy davlatlarda o'tkazilgan yashirin iqtisodiyot tadgigotlari borasida ham mulohaza gilingan.
2024-04-03
MAMLAKAT BANK TIZIMINING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH MASALALARI
Mazkur maqola bank xavfsizligini ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, bank biznesining iqtisodiy xavfsizligiga tashqi va ichki tahdidlar bank tizimining iqtisodiy xavfsizligi ko'rsatkichlari, Markaziy bank tomonidan banklarning moliyaviy manfaatlarning himoyalanganlik darajasi masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda mamlakatdagi bank bozoridagi raqobat darajasi, Markaziy bank tomonidan bank faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sifatining darajasi, davlat bank tizimining kapitallashuv darajasi, moliyaviy xavfsizlik indikatorlari, jumladan, byudjet defitsiti, mamlakat milliy valyutasining barqarorligi tahlil qilingan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasida Markaziy bank tomonidan bank tizimining iqtisodiy xavfsizligini yaxshilash uchun amalga oshirilayotgan islohotlarga e'tibor qaratilgan.
2024-04-03
O’ZBEKISTONDA HAYOT SUG’URTASINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI
Ushbu maqolada O’zbekistonda hayot sug’urtasini rivojlan-tirish, milliy sug’urta bozorini yanada isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash, hayot sug’urtasi xizmatlarining talab yuqori bo’lgan yangi turlarini joriy etish, iste’molchilarning sug’urta bozoriga bo’lgan ishonchini oshirish kunning eng dolzarb masalasi bo’lgan bir paytda hayot sug’urtasining rivojlanishiga bir qancha omillarning salbiy ta’siri mamlakatimizdagi real voqelikni va unga xos xususiyatlarni hamda ilg’or xorij tajribasini hisobga olgan holda hayotni sug’urtalash sohasida innavatsion mexanizmni ishlab chiqish va joriy etishga yo’naltirilgan tegishli ishlarni amalga oshirish yo’llari haqida so’z boradi.
2024-04-03
TIJORAT BANKLARIDA QIMMATLI QOG’OZLARGA QILINGAN INVESTITSIYALAR TAHLILI VA SHU BILAN BOG’LIQ MUAMMOLAR
Ushbu maqolada qommatli qog’ozlar investitsiyasining tijorat banklari resurslariga ta’siri va bu bilan bog’liq muammolar haqida fikr va mulohazalar yuritiladi. Shu jumladan mamalkatimizda qimmatli qog’ozlar bozori haqida va uning muammolari tahlil qilinadi.
2024-04-03
OILA, MAHALLA VA TA’LIM MASSASALARINING TA’LIM JARAYONIDAGI HAMKORLIKLARI
Barchaga ma'lumki, ta'lim-tarbiya jarayonida oilaning, ota-onaning o‘rni, mahalla hamda ta'lim muassasalari o‘rni va ahamiyati beqiyos. Ayniqsa tarbiya sohasida oila o‘rni juda muhim. Ya'niki yoritmoqchi bo‘lgan ushbu maqolada aynan shu ta'lim va tarbiya borasida oila, mahalla hamda ta'lim muassasalari o‘rni hamda hamkorligi o‘rganilgan va yoritilgan.
2024-04-03
INFLYATSIYA: O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA INFLYATSIYA DARAJASI
Maqolada inflyatsiya tushunchasi va O’zbekiston iqtisodiyotida so’ngi yillardagi inflyatsiya darajasi haqida yoritib berilgan.
2024-04-03
O‘ZBEKISTONDA ISHSIZLIK MUAMMOSI VA UNI HAL QILISH CHORA-TADBIRLARI
Mazkur maqola “O‘zbekistonda ishsizlik muammosi va uni hal qilish chora tadbirlari” mavzusida bo‘lib, ushbu mavzuga oid kalit so‘zlar, ishsizlikdagi muammolar hamda ularga yechimlardan foydalanilgan, shuningdek ba’zi bir xulosa va fikrlar ham kiritilgan.
2024-04-03
RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASI, AFZALLIKLARI VA AMALIY AHAMIYATI
ushbu tezisda raqamli iqtisodiyotining amaliy ahamiyati va jihatlari, va birinchi navbatda insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshira olishi va bu uning asosiy foydasi ekanligi yoritib berilgan.
2024-04-03
ИЖТИМОИЙ-МАДАНИЙ ФАОЛИЯТ ЖАРАЁНЛАРИ ДАВЛАТ РИВОЖЛАНИШИНИНГ ЭНГ АСОСИЙ ФУНКЦИЯСИ СИФАТИДА
Ушбу мақолада бугунги кунда ёш кадрлар ва раҳбарларни тайёрлашда мамлакатимизда кечаётган ижтимоий маданий фаолият жараёнларининг ўрни ва бошқарув асосларининг роли ҳақида фикр мулоҳаза юритилади. Шунингдек, ҳозирда долзарб мавзу сифатида олдимизда турган, керакли мутахассис кадрларни тайёрлашда ривожланган давлатлар тажрибаси ўрганиш ва улардан андоза олиш муҳим эканлиги ҳақида таклифлар илгари сурилади.
2024-04-03
O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH
Mazkur taqdim etilayotgan maqolada tanlangan mavzuga doir asosiy tushunchalar, qo‘shimcha ma'lumotlar hamda muallif fikr mulohazalari keltirib o‘tilgan bo‘lib barcha uchun tavsiya etiladi. Ushbu maqola kerakli adabiyotlar hamda ijtimoiy tarmoqlarda yetarlicha ma'lumotlar asosida o‘rganilib tahlil qilindi.
2024-04-03
YANGI O`ZBEKISTONDA DAVLAT DASTURI ASOSIDA AHOLINING TURMUSH DARAJASINI YANADA YAXSHILASH VA HUQUQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH
Ushbu maqolada Yangi O`zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, aholining turmush darajasini yaxshilanganligi, davlat dasturi asosida aholiga ijtimoiy qatlamlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida olib borilgan chora-tadbirlar, huquqiy davlatni qurishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan har bir demokratik davlatlar kabi, O‘zbekiston uchun ham muhim va dolzarb masala hisoblanadi.
2024-04-03
FIZIKA FANINI KASBLARGA YO'NALTIRILGAN HOLDA O'QITISHNING AHAMIYATI
Fizika fanini kasblarga yo'naltirilgan holda o'qitishning ahamiyati haqiqatan juda katta. Bu usul talabalarning qiziqishlarini oshiradi, tushunchalarini mustahkamlash va o'rganishni oshiradi, kasblarini rivojlantirishga yordam beradi va ularga motivatsiya beradi. Ushbu maqolada fizika fanini kasblarga yo'naltirilgan holda o'qitishning ahamiyati haqida ma’lumot berilgan.
2024-04-04
NTRANIL KISLOTA VA UNING EFIRLARI ASOSIDA XINAZOLIN-4-ONLARNING OLINISHI
Yuqori biologik faollikga ega bo‘lgan yangi geteroxalqali birikmalarni tabiiy homashyolardan ajratib olish har bir davrda dolzarb hisoblangan. Bunga sabab tarkibida N, O, S, kabi atomlarni saqlagan birikmalar tibbiyot va qishloq xo‘jaligi sohalarida turli hil kasalliklarga hamda kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriya va shtammlarga qarshi samarali vosita sifatida qo‘llanilib kelinmoqda [1-2].
2024-04-04
MAKABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA NUTQ O’STIRISH MASHG’ULOTLARI ORQALI BOLALARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O’GATISH BORASIDA OLIB BORILGAN ILMIY TADQIQOT ISHLARI TAHLILI
Mazkur maqolada biz maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlashga, mustaqil mulohaza yuritishga o’rgatish borasida ilmiy izlanishlar olib borgan tadqiqotchilar va ularning tadqiqot ishlarini o’rganamiz va tahlil qilamiz. Ilmiy izlanishlarim natijasida shunga guvoh bo’ldimki maktabgacha yoshdagi bolalarning mustaqil fikrlash malakalarini rivojlantirib borish va bu mavzudagi ilmiy qarashlarga ko’ra har bir tadqiqotchi o’z nuqtai nazaridan kelib chiqib yondoshgan.
2024-04-04
OʻZBEKISTONDA TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA GID HAMROHLIGI VA TARJIMONLIK FAOLIYATINING AHAMIYATI
Mazkur tadqiqot chet ellik sayyohlarni O’zbekistonda kuzatib borish va bu jarayonda yuzaga keladigan muammolarga bag'ishlangan. Mamlakatning turistik salohiyatini oshirish uchun gid hamrohligi va sifatli tarjimonlik faoliyatining ahamiyati borasida xulosalar keltirilgan.
2024-04-04
FIZIKANI O‘QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda pedagogik texnologiyalar butunlar yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki pedagogik texnologiyalar keyingi davrlarga assotsatsiya orqali fikran bog‘lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo‘lib, kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan sari tezlashib boradi. Bugungi kunda erkin shaxsni shakllantirish muammosi ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni zamonaviy pedagogik texnologiyaga o‘tkazishni taqozo etadi. Bu jarayon oson kechmaydi, chunki ixtiyoriy qurilayotgan va joriy etilayotgan o‘qitish tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish kerak. V.P. Bespalkoning ta’rifiga ko‘ra “pedagogik tizim ma’lum shaxs sifatlarini shakllantirishga tartibli, aniq maqsadni ko‘zlab va oldindan o‘ylab pedagogik ta’sir etishni vujudga keltirish zarur bo‘lgan o‘zaro bog‘liq vositalar, usullar va jarayonlar yig‘indisidir.
2024-04-05
THE IMPACT OF PROSE WORKS ON STUDENTS
This article discusses the wide-ranging impact of high school students on the development of critical thinking, vocabulary improvement, emotional intelligence, and general intellectual growth, and the beauty of prose writing as high school students.
2024-04-05
SCRATCH DASTURIDA YARATILGAN ELEKTRON QOʻLLANMA ORQALI 1-SINF OʻQUVCHILARIGA “ALIFBE”NI OʻRGATISHNING AFZALLIKLARI
Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining faoliyatlarida qaysi dasturlash tillari qanchalik muhim oʻrin tutishi hamda Scratch dasturlash tilining afzalliklari, ijodiy fikrlovchi yosh kadrlar bugungi kun xalq ta’limi tizimining asosiy boʻgʻini boʻlishi kerakligi yoritilgan.
2024-04-05
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA BANKLARNING RO’LI
ushbu maqolada kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga xizmat kо’rsatish, kichik tadbirkorlik subyektlarida ishlab chiqarish kengayib borishi bilan ularning texnik ta’mirlash, moddiy-texnika ta’minoti, mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va sotish, kommunikatiya va aloqa, maslahat va axborot kabi bir qator xizmat turlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
2024-04-05
DES MOYENS AMUSANTS ET EFFICACES D’ENSEIGNER LE FRANÇAIS AUX ÉTUDIANTS
Обучение студентов интересным и эффективным способам преподавания французского языка. Заинтересовать и мотивировать их к изучению иностранного языка. Объяснить, насколько важен в жизни иностранный язык и как применять его в своей области знаний. Даю совет, что каждое молодое поколение должно без колебаний определить, какими знаниями оно обладает. И самое главное – суметь выбрать лучшего учителя, наставника для приобретения той или иной области знаний или профессии в жизни. Продолжать идти вперед, не теряя мотивации, и уметь признать поражение, когда придет время.
2024-04-05
RAQAMLI IQTISODIYOTNI JORIY ETISHDA MEHNAT BOZORINI SHAKLLANTIRISH TARTIBI
Raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’umotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat, hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig‘indisidir. Ba’zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. Ushbu maqolada ham aynan raqamli iqtisodiyotni joriy etishda mehnat bozorini shakllantirish tartibi haqida yoritilgan.
2024-04-05
O‘SMIR SHAXSI RIVOJLANISHIDA REFLEKSIYANING O‘RNI
Ilmiy adabiyotlarda aks ettirish muammosiga ko‘plab qarashlar mavjud.
2024-04-08
TA’LIM JARAYONIDA AQL XARITALARIDAN FOYDALANISH VA ULARNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida aqlli xaritalardan foydalanish va ularning ahamiyati haqida keng ma’lumot keltirilgan. Ta’lim tizimida axborot texnologiyalari yordamida turli ta’lim resurslari, pedagogik dasturiy vositalar, o’qitishning elektron vositalari yaratish va ulardan foydalanish o’z navbatida ta’lim sifati va samaradorligining oshishiga katta hissa qo’shadi.
2024-04-08
YO‘L HARAKATI QOIDALARI VA XAVFSIZLIGI TUSHUNCHASI
Quyida berilgan maqolada Yo'l harakati qoidalari va xavfsizligi tushunchasi har bir odamning hayoti uchun muhimligi hamda shunday qilish orqali, inson o‘zi va boshqalarning xavfsizligini ta'minlashga yordam berishi yo'l harakati qoidalari va xavfsizlik masalalari haqida ma'lumot berilgan.
2024-04-04
TURLI YOSH DAVRLARIDA IJTIMOIY TARMOKLARGA TOBELIKNING NAMOYON BULISHI DETERMINANTLARI
Bugungi kunda dunyo turli sohalarda o'zgarib, shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Ilm olish, kasb-kor bilan shug'ullanish insonlarning o'zaro muloqot va fikr almashinuvida ham yangidan yangi o'zgarishlar bo'layotgani hech kimga sir emas. Interent, uyali telefon, ijtimoiy tarmoq orqali muloqot va axborot almashinuvga xizmat qiluvchi faysbuk, tvitter, vayber, telegram kabi dasturlar shular jumlasidandir.
2024-04-08
YANGI O‘ZBEKISTONDA KADRLAR TAYYORLASHDA KONSTITUTSIYAGA KIRITILGAN O‘ZGARISH HAMDA QO‘SHIMCHALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Yangi O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar bilan bevosita bog‘liq. Konstitutsiyaning kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarini qamrab olgan bob va moddalarida sezilarli o‘zgarishlar qilinganligi, maqolada to‘liq ochib berildi. Maqola davomida Yangi O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimida qo‘llanilayotgan yangi yondashuvlar tahlil qilingan.
2024-04-08
LIMFA TUGUNLARI, QON VA LIMFA TOMIRLARI YIRINGLI YALLIG’LANISH KASALLIKLARI: LIMFADENIT, LIMFANGIT, TROMBOFLEBIT
Kasallik qo'zg'atuvchi mikroblar asosan to‘qimalar va to'qimalararo bo‘shliqlarning limfa tomirlari bo‘ylab tarqaladi.Shuning uchun har qanday yallig‘lanish jarayonida limfa tomirlari («lymphangitis») va tugunlarida («lymphadenitis») turli darajada kechuvchi yallig‘lanish bilan bog'liq o‘zgarishlar kuzatiladi
2024-04-08