POLIMER GELLAR VA TURLARNING SHAKLLANISHI

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Abstrak:

Polimerlarni eritmalarda cho‘kma, gel va kristall kabi assotsiatlar hosil qilib fazoviy tuzilishlarini shakllantirishi, avvalom bor, zanjirlarni molekulyar tuzilishi tabiatiga, konfiguratsion ma’lumoti, konformatsion almashishlari va zanjirlarning tartibli o‘zaro ta’sirlashish dinamikasiga bog‘liq bo‘ladi. Bu holat erituvchi sifati, konsentratsiya hamda tashqi maydon ta’sirini o‘zgartirish bilan boshqarilishi mumkin. Makromolekulalarning bunday shakllanish xususiyatlarini aniqlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim: cho‘kma hosil bo‘lishini, ya’ni makromolekulalarni ixtiyoriy tarzda tutashib tartibsiz joylashgan va tashkillanmagan holatda fazoviy tuzilish hosil qilishini; gel hosil bo‘lishini, ya’ni zanjirlarni tartibsiz joylashib, ammo ularning alohida elementlari orqali molekulalararo bog‘larni tartibli tashkillanishi bilan fazoviy tuzilish hosil qilishini; kristallanish, ya’ni ma’lum elementlari bo‘lgan zanjirlarning muntazam qismlari ishtirokida tartibli joylashib, molekulalararo bog‘larni vujudga keltirib, fazoviy tuzilish hosil qilishini. Umuman gellar ikki xil, ya’ni kimyoviy va fizik turlarga bo’linadi. Kimyoviy gellarda tartibsiz tarzda makromolekulalar tutashgan joylarida kimyoviy tugunlar, ya’ni kovalent bog‘lar hosil bo‘lgan bo‘ladi. Fizik gellarda tugunlar kuchsiz bog‘lar asosida hosil bo‘lgan bo‘ladi. Bu bog‘lar kimyoviy bog‘lardan farqli tashqi kuchlar ta’sirida osongina parchalanadi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

##submission.citations##:

“2017-2021-yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi”. O`zbekiston respublikasi prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi.-Toshkent: “O`zbekiston”.2018.80b.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va mo`ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag`batlantirish chora tadbirlar to`g`risida”gi 2018-yil 3- maydagi PQ-3693-sonli Qarori.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “To`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish to`g`risida”gi 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-sonli Qarori

Charles. E. Carraher Jr. Introduktion to Polymer Chemistry. CRC press USA 2003,2012.

Jhon W. Nicolson. The chemistry of polymers. 2006. British library.

M.A.Asqarov. M. Yoriey, N. Yodgorov “Polimerlar fizikasi va kimyosi”-T: 1993, 312b.

M.A.Asqarov, I.I.Ismoilov. “Polimerlar fizikasi va kimyosi”-T: 2004, 416b.

Sh.M.Mirkomilov, N.I.Bozorov, I.I.Ismoilov. “Polimerlar kimyosi”.T: 2013. 260 bet.

Kuleznev V.N. Shershnev V.A Ximiya va fizika polimerov. Moskva “Visshnaya shkola”,1998.

T.M.Babayev. Yuqori molekular birikmalar.- Toshkent: Fan va texnologiya, 2016, 612b.

Rashidova S.Sh, Kudishkin.V.O. Vvedeniye v ximiyu visomolekulyarnix coedineniy. Uchebnoe posobie-T.: “Navruz”, 2014, 194 s.

Kabanov V.A. Zubov V.P. Semchikov. Yu. D. Kompleksno-radikalnaya polimerizatsiya- Moskva: “Ximiya”,1987,254 s.

Ismoilov. I.I. Rafiqov. A.S. Donorno-akseptorniy mexanizm polimerizatsii. T.: ToshKTI, 2003, 232s

Tager A.A. Fizika-ximiya polimerov. 2007

Semchikov.Yu.L. Vsokomolekulyarnie soedeniya

http://www.chimport.ru

http://www.rushim.ru