KARYERA MUVAFFAQIYATIGA TA’SIR ETUVCHI SHAXSIY OMILLAR: MOTIVATSIYA VA QAT'IYAT

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Abstrak:

Ushbu tezisda karyera muvaffaqiyatiga ta’sir etuvchi shaxsiy omillar va motivatsiyaning qat’iyatligi to’g’risida. Zamonaviy mehnat bozori shiddat bilan rivojlanayotgan sharoitda shaxsning karyera muvaffaqiyatiga erishishi ko‘plab omillarga bog‘liqdir. Tashqi omillar – ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, ta’lim sifati, mehnat bozori talablari bilan bir qatorda, ichki omillar – ya’ni shaxsiy xususiyatlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu ichki omillar ichida motivatsiya va qat’iyat karyera muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy determinantlar sifatida ajralib turadi. Motivatsiya va qat’iyat bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Yuqori motivatsiya shaxsni faoliyatga undasa, qat’iyat esa bu jarayonni barqaror va uzluksiz qiladi. Boshqacha aytganda, motivatsiya boshlang‘ich turtki bo‘lsa, qat’iyat uni uzoq muddat davomida qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu uyg‘unlik karyera muvaffaqiyatining muhim psixologik asosi hisoblanadi.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

##submission.citations##:

Baratov Sh.R., Olimov L. Y., Avezov O. R. Psixologiya nazariyasi va tarixi. Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2019. ISBN: 978-9943-6169-4

Mazkur darslikda shaxs, faoliyat, motivatsiya va hissiy-irodaviy xususiyatlar kabi mavzular nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi.

Abdijabborova, Nazokat Maxmud qizi. “Psixologiyada motivatsiya va motivlarni o‘rganish metodlari.” Ta’lim Innovatsiyasi va Integratsiyasi, 2024, 35(3), 87–90. 1. Maslow, A. H. (1943). A theory of human motivation. Psychological Review, 50(4), 370–396.

Herzberg, F., Mausner, B., & Snyderman, B. B. (1959). The motivation to work. New York: John Wiley & Sons.