Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Nashr qilingan: 2025-07-28

NAFAS OLISHNING FIZIOLOGIYASI VA UNING MUVOFIQLASHUVI

Nafas olish tizimi organizmning kislorod bilan ta’minlanishi va karbonat angidridni chiqarib yuborish jarayonlarini boshqaruvchi muhim fiziologik tizim hisoblanadi. Ushbu maqolada nafas olishning asosiy bosqichlari – tashqi va ichki nafas olish, alveolyar gaz almashinuvi, nafas olish harakatlari va ularni boshqaruvchi markazlar haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, nafas olish jarayonining markaziy asab tizimi tomonidan qanday muvofiqlashtirilishi, kimyoviy va mexanik retseptorlarning roli, reflektor javoblar va ularning funksional ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Turli holatlardagi (jismoniy yuklama, uyqu, stress) nafas olish o‘zgarishlari, patologik sharoitlarda (astma, gipoksiya) buzilish mexanizmlari ham tahlil qilinadi. Nafas olish fiziologiyasini chuqur tushunish nafaqat klinik amaliyotda, balki sport, reabilitatsiya va anesteziologiyada ham katta ahamiyatga ega.

Burhoniddin Shukurov

4-5

2025-07-28

RAQAMLI TA’LIM TIZIMIDA "INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI" BO‘LIMINI INTERFAOL TA’LIM METODLARI YORDAMIDA O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada, raqamli ta'lim tizimida "Internetda ishlash asoslari" bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida o‘qitishning metodikasi o‘rganilgan. Maqola internetda ishlashni o‘rgatishda interfaol metodlarning ahamiyatini, ularning o‘quvchilarning faol ishtirokini rag'batlantirishdagi rolini, shuningdek, tanqidiy fikrlash va axborotlarni samarali qidirish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritadi. Interfaol ta’lim metodlari, o‘quvchilarga ma'lumotni faqat qabul qilibgina qolmasdan, balki amaliy mashqlar, guruhli muhokamalar va simulyatsiyalar orqali uni tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu yondashuv, o‘quvchilarga internet manbalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishni, internetda xavfsiz ishlashni, shuningdek, onlayn axborotni baholashni o‘rgatadi. Maqola o‘qituvchilarga interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta'lim jarayonini yanada samarali va zamonaviy qilish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

Marjona Pardayeva , Muxiba Yaxiyaxonova , Sevinch Negmatova

6-11

2025-07-28

RAQAMLI SAVODXONLIKNI OSHIRISHDA "ELEKTRON JADVALLAR" BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi zamonaviy ta’lim jarayonida yangi yondashuvlarni talab etmoqda. Xususan, "Elektron jadvallar" bo‘limi nafaqat dasturiy vositalardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, balki o‘quvchilarning tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada elektron jadvallarni o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi hamda ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Zarina Tog‘ayeva , Muxiba Yaxiyaxonova , Sevinch Negmatova

12-19

2025-07-28

ZAMONAVIY DARS VA DARS TAHLILINI O‘TKAZISHGA NISBATAN YONDASHUVLAR

Zamonaviy dars va dars tahlilini o‘tkazishga nisbatan yondashuvlar ta'lim tizimining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada, zamonaviy pedagogik uslublar va texnologiyalar yordamida dars jarayonini qanday qilib yanada interaktiv va samarali qilish mumkinligi ko‘rib chiqiladi. Dars tahlili o‘qituvchilarga o‘z pedagogik faoliyatini baholash, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash va ta'lim jarayonini takomillashtirish imkonini beradi. Ushbu maqolada, darsning maqsadi, strukturasini va metodologiyasini yoritish bilan birga, dars tahlilining muhim jihatlari, masalan, o‘quvchilarning fikr-mulohazalari, dars davomida yuzaga kelgan muammolar va ularni hal etish usullari ham ko‘rsatiladi. Shuningdek, zamonaviy ta'limda qo‘llaniladigan innovatsion yondashuvlar, masalan, flipped classroom, Rol o‘ynash va Interaktiv taqdimotlar kabi metodlar haqida ham ma'lumot beriladi. Ushbu maqola o‘qituvchilar, ta'lim mutaxassislari va talabalar uchun zamonaviy dars va dars tahlilini o‘tkazishga nisbatan yangi yondashuvlarni o‘rganish va amaliyotda qo‘llash imkonini yaratadi.

Muxlisa Mavlonova , Farrux Qodirov , Sevinch Negmatova

20-26

2025-07-28

INFORMATIKA OʻQITISH METODIKASI FAN SIFATIDA TARIXI

Maqolada informatika oʻqitish metodikasining fan sifatida tarixi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Informatika oʻqitish metodikasi kompyuter texnologiyalarining jadal rivojlanishi va ta’lim tizimining oʻzgarishi bilan bog’liq holda shakllanib, vaqt oʻtishi bilan amaliy va nazariy jihatdan boyidi. Dastlab, informatika oʻqitish faqat kompyuterlarning asosiy tushunchalari va dasturlash tilini oʻrgatish bilan cheklangan boʻlsa, bugungi kunda u sun'iy intellekt, ma’lumotlar bazalari va algoritmlar kabi ilg’or sohalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, maqolada informatika oʻqitish metodikasining turli yondoshuvlar va texnologiyalarni oʻzlashtirish zarurati, oʻqituvchilarning pedagogik malakalarini oshirishning ahamiyati, hamda innovatsion ta’lim usullarining qoʻllanilishi masalalari muhokama qilinadi. Maqolada informatika oʻqitish metodikasining kelajakdagi istiqbollari va uning samaradorligini oshirish uchun takliflar beriladi. Ushbu ish informatika fanini oʻqitish sohasidagi mutaxassislar, oʻqituvchilar va ta’lim tashkilotlari uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etadi.

Iroda Maxammadiyeva , Muxiba Yaxiyaxonova , Sevinch Negmatova

27-33

2025-07-28

O’QUV-TARBIYA ISHLARINI ISHLARINI TASHKIL ETISHDA INTERNETDAN FOYDALANISH

Zamonaviy ta’lim jarayonida internet texnologiyalarining ahamiyati ortib bormoqda. Ushbu maqolada o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishda internetdan samarali foydalanishning ahamiyati, imkoniyatlari va muammolari tahlil qilinadi. Internet orqali o‘qitish usullari, masofaviy ta’lim platformalari va raqamli resurslarning o‘quv jarayonidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi.

Durdona O‘roqova , Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova

34-40

2025-07-28

DEHQON XO‘JALIKLARIDA YER RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGIGA XORIJIY MODEL VA MEXANIZMLARNING TA’SIRI

Mazkur maqolada xorijiy davlatlarning yer resurslaridan foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalari tahlil qilinadi va ularning dehqon xo‘jaliklari samaradorligiga ta’sirini aniqlashga harakat qilinadi. Xususan, Germaniya, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya va Xitoy kabi mamlakatlar tajribasida yerga egalik, kooperatsiya, raqamli monitoring, ekologik boshqaruv va subsidiyalash tizimlarining dehqonlar faoliyatiga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatgani ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu mexanizmlarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari ilmiy asosda tahlil etiladi.

Abutolibxon Axmatov

41-45

2025-07-29

MOBIL ILOVALAR YORDAMIDA INGLIZ TILI SO'Z BOYLIGINI OSHIRISHNING SAMARADORLIGI

Ushbu maqolada mobil ilovalarning ingliz tili lug‘atini boyitishdagi o‘rni, ularning funksional imkoniyatlari va o‘quvchilar til o‘rganishidagi faolligiga ta’siri tahlil qilinadi. Shu bilan birga, zamonaviy raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi afzalliklari ham ko‘rib chiqiladi.

Elmira Saparova

46-47

2025-07-29

“RO‘YO YOXUD G‘ULISTONGA SAFAR” ROMANIDA ONG OQIMI POETIKASI

Adabiyot inson ruhiyatining eng nozik qatlamlarini ochib beruvchi kuchli badiiy vositadir. Ayniqsa, ong oqimi uslubida yozilgan asarlar orqali inson ichki kechinmalari, tafakkuridagi ziddiyatlar, ongi va xotiralari tasviriy qatlamga kochiriladi. Ahmad Azamning Royo yoxud Gulistonga safar” romanida aynan shunday psixologik murakkabliklar, tush va haqiqat oraligidagi noaniqliklar, ijtimoiy va siyosiy tanqidiy qatlamlar bir butun ong oqimi tarzida ifodalanadi. Asar bosh qahramonining ongida roy beradigan ikki qismli ziddiyatlar, ichki monologlar orqali inson ozligini izlaydi, mavjud tartibotga shubha bilan qaraydi, voqelikni oz ruhiy tajribasi orqali idrok etadi. Zanjir timsoli, ajina obrazi, qorquvning psixologik tahlili, assotsiativ tafakkur jarayonlari asarda inson va jamiyat munosabatining falsafiy, ramziy va tanqidiy talqiniga zamin yaratadi. Ushbu tahlil mazkur roman misolida ong oqimi uslubining imkoniyatlarini, uning vositasida ochilgan ijtimoiy, ruhiy va ramziy qatlamlarni yoritishni maqsad qiladi.

Dilnoza Xamroyeva

48-50

2025-07-29

AXLOQIY QADRIYATLAR ASOSIDA O‘QUVCHILARDA YETAKCHILIK VA TASHABBUSKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada o‘quvchilarda yetakchilik va tashabbuskorlik fazilatlarini shakllantirishda axloqiy qadriyatlarning o‘rni yoritilgan. Jamiyat taraqqiyotida yetakchi shaxslarning axloqiy qarashlari, mas’uliyati va tashabbuskorligi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan. Maqolada o‘quvchilarda ijtimoiy faollik, mas’uliyat, adolat, halollik, vatanparvarlik kabi axloqiy fazilatlar asosida liderlik salohiyatini rivojlantirishning samarali pedagogik yondashuvlari va metodlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida axloqiy tarbiya orqali yetakchilik fazilatlarini uyg‘otish yo‘llari, o‘qituvchining roli va zamonaviy pedagogik texnologiyalar imkoniyatlari ham ochib berilgan.

Dinora Raxmatova

51-54

2025-07-29

KASBIY TA’LIM KONSEPSIYASINI IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL QILISHDA TA’LIM FALSAFASINING METODOLOGIK ASOS SIFATIDAGI O‘RNI

Ushbu maqolada ta’lim falsafasi professional ta’limni chuqur tahlil qilish va qayta tushunishning metodologik asosi sifatida talqin etiladi. Mualliflar ta’limni ijtimoiy-falsafiy kontekstda ko‘rib chiqib, uni shunchaki bilim uzatish vositasi emas, balki jamiyatda inson, mehnat va muvaffaqiyat haqida shakllanayotgan qarashlarning ifodasi sifatida tahlil qiladilar. Tadqiqotda G‘arb va post-sovet maktablari tajribasi qiyosiy tahlil qilinib, O‘zbekistondagi zamonaviy ta’lim islohotlariga falsafiy yondashuvning dolzarbligi yoritiladi. Mualliflar ta’limni rejalashtirish va modernizatsiya qilishda falsafaning o‘rni haqida chuqur mulohaza yuritadilar.

Oybek Qo‘chqarov

55-60

2025-07-31

TURIZM SANOATIDA SIFATNI TA’MINLASH STANDARTLARINING AHAMIYATI

Mehmonxona va mehmondo‘stlik sanoatida sifat nazorati, doimiy xizmat ko‘rsatish, ijobiy brend obro‘si, mehmonlarning xizmatdan qoniqishi daromadlilikni saqlash uchun zarurdir. Sifatni ta’minlash bo‘yicha qat’iy qoidalarga rioya qiladigan mehmonxonalar, mehmonlarning kutilmalarini o‘rniga keltirishi yoki kutilganidan ham a’lo takliflar orqali ijobiy sharhlarni olishi mumkin. Bu brend obro‘si va mehmonlarning  sifatli xizmatdan qoniqishi uchun standartni belgilaydi, natijada  turistik tashkilot uchun ko‘proq foyda keltiradi.

Soxiba Usmanova

61-63

2025-07-31

KATTALARDAGI AUTIZM: BELGILARI, SABABLARI VA DAVOLASH

Internetda ko‘pincha "autizm - bu qanday kasallik" va "autizm o‘zini qanday namoyon qiladi" kabi savollar mavjud. Ushbu patologiya nisbatan yaqinda alohida kasallik sifatida aniqlangan, shuning uchun ko‘p odamlar uning xususiyatlari, rivojlanish sabablari, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlar va profilaktika choralari haqida ma'lumotga ega emaslar.

Zamira Rashidova

64-66

2025-07-31

YANGI O‘ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATINI MUSTAHKAMLASHDA JADIDLARNING SEKULYAR QARASHLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING AHAMIYATI VA ISTIQBOLLARI (IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL)

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida jadidlarning sekulyar qarashlarini chuqur tahlil qilish orqali ularning bugungi davrdagi dolzarbligi va amaliy ahamiyati ochib beriladi. Jadidchilik harakatining ijtimoiy-falsafiy asoslari, uning diniy va dunyoviy tafakkurdagi muvozanatli yondashuvi, hamda ma’rifatparvarlik tamoyillari zamonaviy sekulyar jamiyat qurishdagi konseptual asos sifatida ko‘rib chiqiladi.

Quvonchbek Pulatov

67-71

2025-07-31

NAQSHLARGA SINGGAN TAFAKKUR: SANʼAT ORQALI O‘ZLIKNI KASHF ETISH

Har bir naqsh ortida hikoya bor. Ba’zan u tarixning jimjit guvohi, ba’zan esa inson ruhiyatining eng chuqur qatlamlariga sayohat. Ushbu maqola naqsh va shakllarning inson tafakkuriga ta’sirini, ularning san’at va falsafa bilan uyg‘unligini o‘rganadi. Naqshlar bizni anglashga, his qilishga va tushunishga undaydi – ular faqat bezak emas, balki ong ostimizga ta’sir qiluvchi vizual til. Tadqiqot san’atning o‘zlikni idrok etishdagi rolini yoritib, naqshlarning ruhiyatimizga qanday ohang solishini tahlil qiladi.

 

Nilufar Qayumova

72-75

2025-07-31

YOSHLAR – KELAJAK POYDEVORI: VILOYAT HOKIMINING YOSHLARGA QARATGAN E’TIBORI

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati misolida yoshlar siyosatini amalga oshirish jarayonlari, xususan, viloyat hokimining yoshlar bilan ishlash borasidagi amaliy faoliyati tahlil qilinadi. Yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, ularni qo‘llab-quvvatlash dasturlari, “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy faollik sohalaridagi tashabbuslarning natijalari yoritiladi. Maqolada viloyat hokimiyatining yoshlarni jamiyat hayotiga faol jalb etishdagi tutgan o‘rni va bu boradagi ijobiy tajriba tahlil asosida ko‘rib chiqiladi.

Aziza Bozorova

76-77

2025-07-31

JISMONIY TARBIYA ORQALI JAMIYATDA SOG‘LOM MUHIT YARATISH

Ushbu tezisda jismoniy tarbiya faoliyatining jamiyatdagi sog‘lom muhitni shakllantirishdagi o‘rni, uning ijtimoiy, jismoniy va ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ta’siri tahlil etiladi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda jismoniy tarbiyaning tarbiyaviy va madaniy imkoniyatlari yoritiladi.

Rozimbay Yakupov

78-80

2025-07-31

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA YENGIL SANOAT VA TEKSTILGA OID TERMINLARNING TARJIMA MUAMMOLARI

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida yengil sanoat va tekstil sohasiga oid terminlar tarjimasida yuzaga keladigan muammolar chuqur tahlil qilinadi. Ayniqsa, semantik noaniqliklar, sinonimik chalkashliklar, pragmatik tafovutlar hamda madaniy kontekstga oid tafsiliy farqlar o‘rganiladi.

Gulbaxar Sratdinova

81-82

2025-07-31

LOTIN TILI TARIXI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada Lotin tilining qaysi tillar oilasiga mansubligi, uning kelib-chiqish tarixi, qo`llanilish davri haqida yoritib o`tilgan. Shuningdek, ushbu tilning bugungi kundagi ahamiyati, ayniqsa tibbiyot va huquq sohasida qo`llanilishi ham maqolada o`z aksini topgan.

Mirodil Nabijonov , O.A. Kuliyev

83-85

2025-07-31

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ЖИНОЯТ ПРОЦЕССИДА ХУСУСИЙ МУЛК ДАХЛСИЗЛИГИ

Ўзбекистон Республикасида хусусий мулк ҳуқуқи инсоннинг конституциявий ҳуқуқларидан бири сифатида белгиланган бўлиб, унинг дахлсизлигини таъминлаш давлатнинг устувор вазифаларидан ҳисобланади. Жиноят процессуал фаолиятда терговга қадар текширув, дастлабки тергов ва суд процесси жараёнлари давомида хусусий мулкка аралашув эҳтимоли юқори бўлиб, бу ҳолатда қонунийлик, мутаносиблик ва инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш принциплари катта аҳамият касб этади.

Кахрамон Авазов

86-87

2025-07-31

OPTIMIZATION OF THE COMPOSITION AND IMPROVEMENT OF THE MANUFACTURING METHODS OF “GEPAGAL” CAPSULES

In recent years, the demand for medicinal plant raw materials in the production of pharmaceuticals, therapeutic cosmetics, and biologically active supplements (BAS) has significantly increased. Compared with synthetic analogues, herbal-based products have notable advantages, including a wide spectrum of therapeutic effects and reduced risk of adverse reactions. In this context, the hepatoprotective dry extract “GEPAGAL” was developed at the Tashkent Pharmaceutical Institute. The aim of this study was to optimize the composition of “GEPAGAL” capsules and improve their manufacturing technology to ensure quality, safety, and therapeutic efficiency.

Feruz Kayumov , Guzal Kayumova , Zuhridin Mamatkulov

88-89

2025-07-31