Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Nashr qilingan: 2024-02-20

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA VOSITALARIDAN FOYDALANISH KOMPETENTSIYASI

Ushbu tezisda bo’lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining axborot kommunikatsion vositalardan foydalanish kompetentligini oshirish uchun dastlabki amaliy faoliyalar tavsiflanadi. Shuningdek, ta’lim jarayoniga axborot kommunikatsion vositalarini joriy etish uslubiyati tahlil qilinadi,

Davronbek Avezov

4-5

2024-02-20

JADIDLAR FAOLIYATIDA MA’RIFATPARVARLIK VA BARKAMOL AVLOD TARBIYASI MASALALARI

Ma’lumki, o’z faoliyatini nafaqat siyosiy, balki ta’lim va tarbiyani yuksaltirish, turkiston o’lkasini ma’naviy hamda ma’rifiy isloh qilish, barkamol avlodni tarbiyalash masalasini o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan jadidlar harakati o’lka xalqlari tarixida muhim ro’l o’ynagan.

Sanjarbek Mamatqulov

6-9

2024-02-20

ФИЗИЧЕСКOЕ ВOСПИТAНИЕ ДOШКOЛЬНИКOВ

В стaтье предстaвлены oснoвные нaпрaвления приoбщения детей дoшкoльнoгo вoзрaстa к зaнятиям физическoй культурoй нa oснoве интегрaции прoцессa oбучения, нaпрaвленнoгo нa изучение рaзличных предметoв в кoнтексте двигaтельнoй деятельнoсти, кaк oснoвы фoрмирoвaния aктивнoй жизненнoй пoзиции oтнoсительнo зaнятий физическoй культурoй, нaпрaвленных нa фoрмирoвaние ценнoстнoгo пoтенциaлa здoрoвья сoвременнoгo oбществa.

Севинч Эшмуродова

10-13

2024-02-20

OCHIQ HAVODAGI O‘YINLAR MAKTAB O‘QUVCHILARINING SOG‘LIG‘INI ASRASHNING SAMARALI VOSITASI SIFATIDA

Ochiq havoda o‘tkaziladigan o‘yinlarning shifobaxsh ta’siri ochiq havoda o‘ynalganda kuchayadi. O‘yinga bo‘lgan ishtiyoq nafaqat fiziologik resurslarni safarbar qiladi, balki harakatlar samaradorligini oshiradi. O‘yin harakatlarni takomillashtirish, ularni rivojlantirish, tezkorlik, kuch, chidamlilik va harakatlarni muvofiqlashtirishni shakllantirishga yordam beradigan ajralmas vositadir.

Shovkat Muxamedjanov

14-17

2024-02-20

COMPARATIVE ANALYSIS OF WIDELY USED TERMS IN THE BANKING FIELD IN UZBEK-ENGLISH LANGUAGES

This article provides information about the appearance of the terms used in the banking sector and their characteristics, their importance are compared using the example of the Uzbek and English languages. The history of terminology, the role of the terms used in the development of the banking industry, the methods and tools of the terms that entered the Uzbek language were also given. Moreover, a number of terms used in the banking industry today are comparatively analyzed.

Shakhzoda Beknazarova

18-20

2024-02-20

ЎТКИР НУРЛАНИШ ТАЪСИРИДА ЮРАКДА КЕЧАДИГАН МОРФО-ФУНКЦИОНАЛ ЎЗГАРИШЛАР

Ушбу мақолада ўткир нурланиш таъсирида юракдаги морфо-функционал ўзгаришларни даво-профилактикасига янгича ёндашувни такомиллаштириш  усуллари, беморларда саратон касаллигининг учраш даражаси, ҳамда уларни даволаш мақсадида ўткир нурланишнинг ўзига хос клиникаси келтирилган.

Лола Султонова , Завқиддин Кенжаев

21-25

2024-02-21

IJTIMOIY IDENTIKLIK IJTIMOIYLASHUV JARAYONINING NATIJASI SIFATIDA

Insonning hayoti davomida madaniy qadriyatlarni, xulq-atvor stereotiplarini va insonning ijtimoiy jamiyatda muvaffaqiyatli qolishiga yordam beradigan ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni o‘zlashtirish jarayoni ijtimoiylashuv deb ataladi. Shaxsni identifikatsiyalashni o‘rganishda shaxsni ijtimoiylashtirish muhim muammo hisoblanadi. Ba’zi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiylashuv o‘zini ma’lum bir ijtimoiy guruhning a’zosi sifatida tasavvur qiladigan shaxsni identifikatsiyalash jarayoni yotadi.

F.A. Xo‘jaev

26-28

2024-02-21

O’ZBEKISTON TARIXINI O’RGANISH MANBALARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida: “Jamiyatimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, madaniyat sohasini rivojlantirish, ilmiy-ijodiy tashkilotlar, muhtaram ziyolilarimiz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ham biz uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ladi. Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur o‘rganishimiz lozim. Ularning ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va fidoyiligi Yangi O‘zbekistonni qurishda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi zarur” – deb, ta’kidlab o‘tgan edi.

Obidjon Shukurov

29-31

2024-02-21

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA'NAVIY VA MA'DANIY RIVOJLANISHI

Xalqning madaniy qadriyatlari ma’naviy merosi ming yillar mobaynida sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbayi bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq davom etgan qattiq mafkuraviy taziqqa qaramay o‘zbek xalqi avloddan-avlodga o‘tib kelgan o‘z tarixi va madaniy qadiryatlarini hamda o‘ziga xos an’analarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Asrlar osha omon qolib, bizgacha yetib kelgan milliy qadiryatlarimiz, ma’naviy va ma’rifiy madaniyatimiz ilk ma’rifat, shuningdek, pedagogika fani mustaqillik sharofati ila yangidan rivojlana boshladi. Hech kimga sir emas-ki, xar bir mustaqil davlatning istiqboli fantexnika, ilm-maorif taraqqiyoti hamda barkamol milliy qadrlarini tarbiyalab voyaga yetishtirish bilan bog‘liqdir. Shu bois ham mustaqil davlatimiz ilm-fan hamda ma’orif rivojiga, malakaviy milliy kadrlar yetishtirishga jiddiy e’tibor bermoqda.

Venera Xoldarova

32-34

2024-02-21

KORXONALARDA MEHNATNI TASHKIL ETISH

Bu maqola korxonalarda mehnat tashkil etishni o‘rganishga bag‘ishlangan. Ushbu maqolada mehnat tashkil etishning asosiy tushunchalari, amaliyot usullari, shuningdek, korxonalarning o‘z faoliyati bo‘yicha muhim tadbirlar keltirib o‘tiladi. Mehnat tashkil etish jarayonining muhim ahamiyati va uning korxonalarda qanday amalga oshirilishi haqida tushunchalar ta'kidlanadi. Maqola, korxonalarning qanday qilib xodimlarni ilg‘or qilish, ularning motivatsiyasini oshirish va yuqori ish faolligini ta'minlashda mehnat tashkil etishning rolini ko‘rsatadi. Maqolada empirik tadqiqotlar, ilmiy tahlillar va korxona boshqaruvchilaridan  olingan ma'lumotlar asosida yozilgan.

Shohjahon Rahmatov, S. Azamov

35-38

2024-02-21

TIBBIYOT SOHASIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL QILISH ZARURATI

bugungi kunda psixologik xizmatni joriy qilish ayniqsa tibbiyot sohasida psixologik ximatni yaxshi tashkil etish zarurati oshib bormoqda, shu bosidan ushbu tezisda ushbu muammo haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.

Dilbar Urazbaeva

39-42

2024-02-21

MINTAQA KICHIK SANOAT KORXONALARIDA MAXSULOT ISHLAB CHIQARISHNING SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING XORIJ TAJRIBASI

Mintaqa kichik sanoat korxonalarida maxsulot ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishning xorij tajribasi mavzusidagi maqolamizda, xorij tajribalarini o'rganish va ularni kichik sanoat korxonalarida maxsulot ishlab chiqarish samaradorligi haqida ma'lumotlar taqdim etadi. Maqolada xorij mamlakatlarda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan texnologik innovatsiyalar, ishchi kadrlarning tayyorlashi, ma'lumotlar tizimlarining yaxshilanishi, investitsiyalar va tashqi hamkorliklar kiritilishi kabi muhim jarayonlarga e'tibor qaratilgan. Xorij tajribasi korxonalar uchun qanday foydali bo'lishi, ularning faoliyatini rivojlantirish va yangi imkoniyatlarni ochishda o'z ahamiyatini ko'rsatadi.

Dilshod Sultanov

43-45

2024-02-23

O‘QUVCHILARGA KREATIV YONDASHUV ASOSIDA INGLIZ TILI O‘QITISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada umumta’lim maktabi o‘quvchilarini kreativ yondashuv asosida ingliz tilini o‘qitishning pedagogik-psixologik asoslari  ahamiyati va afzalliklari ko‘rsatib berilgan.

Mukaddas Matkarimova

46-47

2024-02-26

HARBIY PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI

Ushbu maqolada harbiy pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va pegagogik mahorning shakillanish bosqichlari ko‘rib chiqiladi.

Jahongirmirzo Аbdurasulov

48-52

2024-02-26

YALPIZ O’SIMLIGINING POLIFENOL TARKIBINI TAHLIL QILISH. YALPIZ EKSTRAKTI

Ushbu maqolada alpiz bargining (Menthae piperitae folium) tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun farmakologik faolligi asosan, efir moyining mavjudligi bilan bog'liq. Farmakopeyada (Ph. Eur.), kamida 12 ml/kg xomashyoni tashkil qilishi kerak. Yalpiz barglari quruq ekstraktida yalpiz asosidagi preparatlardagi polifenollar mavjud emas. Yalpiz sifatini farmakopiyaviy baholashda polifenollar mavjudligi  muhim parametr sifatida qaraladi. Bu tadqiqot 23 da polifenolik birikmalar vakillarining mavjudligini baholashga tegishli Polshadagi dorixonalarda sotib olingan yalpiz damlamasi (etanol ekstraktlari) bo'lmagan uchuvchi polifenol fraktsiyasi tekshirildi va flavonoidlar va fenolik kislotalarning mavjudligi miqdori belgilandi. Bu tajribada diodli massiv detektori bilan birlashtirilgan yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC-DAD) va elektrospreyli ionlashtiruvchi massa spektrometri (U(H)PLC-ESI-MS) ishlatilgan. Tajribada eriotsitrin, luteolin-7, rutinosid va rozmarin kislotasi yalpiz ekstarktining asosiy polifenolik komponentlari hisoblanadi. Ushbu natijalarni hisobga olgan holda yalpiz barglari (Ph. Eur.) va yalpiz damlamasi (Polsha) uchun farmakopiyaviy baholash Farmakopeya (FP)) tuzatish va qo'shimchalarni talab qiladi.

Shukrona Hikmatova, Navro’zbek Jumanov , Zumrad Abzalova

53-60

2024-02-26

ТРЕБОВАНИЯ К ФИЗИКО-ХИМИЧЕСКИМ МЕТОДАМ АНАЛИЗА ПРИ ОПРЕДЕЛЕНИИ «СПАЙСОВ» В БИОЛОГИЧЕСКИХ ЖИДКОСТЯХ ДЛЯ ЭКСПЕРТНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ

Расширение круга веществ, изучаемых в области токсикологии,  необходимость точного,  быстрого определения этих веществ с качественной и количественной их характеристикой, требуют дальнейшего совершенствования методов судебно-химического исследования.

Л.Т. Пулатова

61-63

2024-02-26

SKANDIY (III) IONINI 1-(2-GIDROKSI-1-NAFTOYAZO)-2-NAFTOL-4-SULFOKISLOTA REAGENTI YORDAMIDA TEXNOLOGIK ERITMALARDAN ANIQLASH USLUBINI ISHLAB CHIQISH

Skandiy metali va uning birikmalari yadro reaktorlarida, tibbiyot anjomlarini, xususan jaroxlik, tish, suyak plantlarini ishlab chiqarishda keng qo`llanib kelinadi. Skandiy (III) ionini tabiiy manbalardan aniqlash va uni ajratib olishning iqtisodiy jihatdan tejamkor yangi usullarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Skandiy (III) ionini tabiiy ob’ektlar tarkibidan aniqlash va ajratib olishda ekstragent va optimal sharoit tanlash [1] muhim hisoblanadi. Tadqiqot ishida, Sc3+ ionini tabiiy ob’ektlardan 1-(2-gidroksi-1-naftoyazo)-2-naftol-4-sulfokislota (GNNS) [2] yordamida ekstraksion-spektrofotometrik usul yordamida aniqlash usuli ishlab chiqishga qaratilgan.

Jasur Tursunqulov

64-65

2024-02-26

ОПРЕДЕЛЕНИЕ СПИРИНОЛАКТОНА В КРОВИ МЕТОДОМ ВЭЖХ

Спиронолактон (верошпирон, альдактон) относится к калийсберегающим диуретикам, является конкурентным специфическим антагонистом альдостерона. Применяется  в кардиологии, при лечении различных видов отеков, а также при гипертонической болезни [1-3,6].

М.И. АЛИХОДЖАЕВА

66-68

2024-02-26

ПРОВЕДЕНИЕ АНАЛИТИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ ПРИ ИДЕНТИФИКАЦИИ ПСИХОАКТИВНЫХ ВЕЩЕСТВ НА ОСНОВЕ МЕТОДА ХРОМАТО-МАСС-СПЕКТРОМЕТРИИ

Аналитический подход, предназначенный для идентификации контролируемого вещества в подозрительном материале, должен предусматривать определение как минимум двух не связанных между собой параметров, один из которых должен давать информацию о химической структуре аналита. Выбор этих параметров в каждом конкретном случае будет зависеть от вида исследуемого объекта (антидепрессанты, наркотики) и лабораторных ресурсов, имеющихся в распоряжении эксперта. Среди важных аспектов анализа, которые надлежит принимать во внимание при проведении аналитических исследований образцов, можно выделить следующие:

Л.Т. Пулатова

69-72

2024-02-26

ALEKSANDER FEINBERG IS A NATIONAL POET OF UZBEKISTAN

In Uzbekistan, Alexander Arkadievich Feinberg is recognised as the national poet. Alexander Feinberg is one of the most illustrious figures in Uzbekistan's poetry canon. His body of work is remarkably diverse. Thirteen poetry collections that he has written have been released in Tashkent, Moscow, and St. Petersburg.  This article talks about his life and creative work.

Muaddat Temirboyeva

73-74

2024-02-26

HINDIY TILIDAGI QISHLOQ XO‘JALIGIGA OID TERMINLARNING ETIMOLOGIK TAHLILI

Mazkur maqolamiz  “Hindiy tilidagi qishloq xoʻjaligiga oid leksemalarning etemologik tahlili” ga bag’ishlanadi. Ishimizning ob‘ekti hindiy tilidagi qishloq xoʻjaligiga oid so‘zlar bo'lib, tuzilish jihatidan , etimologik jihatdan o'rganib turlarga ajratib chiqib tahlil qilishdan iboratdir. Ya‘ni hindiy tilidagi qishloq xoʻjaligiga oid leksemalarning qo‘llanilishdagi o‘ziga xosliklarini, ularning qarindoshlik jihatdan qaysi tillarga mansubligi jihatdan tahlil qilish maqsad qilingan.

O.A. Qurbonova

75-77

2024-02-26

MFY XODIMLARI FAOLIYATIDAGI IJTIMOIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNING AYRIM JIHATLARI

O‘zbekiston hududida o‘zini o‘zi boshqarish tizimi qadim zamonlardan mahalla shaklida rivojlanib kelgan. Osiyo qit’asi va musulmon Sharqda davlat tuzilishi tajribasi va boshqaruvi o‘z xususiyatlari va an’analariga ega. Arab istilosi va islom kirib kelishidan oldin paydo bo‘lgan mahalla, unchalik katta bo‘lmagan, muayyan hududda yashovchi, nafaqat qo‘shnichilik munosabatlari bilan, balki ichki xulq-atvor qoidalari, ma’naviy-axloqiy me’yorlar, yuz yilliklar davomida shakllanib kelgan urf-odatlar va an’analar bilan bog‘liq odamlarning jamoasi ko‘rinishida mavjud bo‘lgan[1].

Charos Umarova

78-79

2024-02-26

ПРИМЕНЕНИЕ ВСПУЧИВАЮЩЕГО АНТИПИРЕНА ДЛЯ ПРИДАНИЯ МАТЕРИАЛАМ ОГНЕСТОЙКОСТИ

Важнейшим элементом системы пожарной безопасности является огнезащита. Она должна обеспечивать повышение огнестойкости материалов (железа, древесины, текстиля и др.) до необходимого уровня, снижение их пожарной опасности, предотвращение развития и распространения пламени.

И.Н. Хайдаров

80-82

2024-02-26

HINDIY TILIDAGI DIPLOMATIK TERMINLARNING ETIMOLOGIK TAHLILI

So‘zlarning haqiqiy va birinchi asl ma’nolari va shakllari til tarixi, boshqa tillar va dialektlardagi shu so‘z to‘g’ri kelgan o‘zakka ega bo‘lgan so‘zlar bilan qiyoslash orqali aniqlanadi . Tilning leksikasi tildagi barcha so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Tilda mavjud barcha so‘zlar uning lug’at tarkibini tashkil etadi. Tilda bor bo‘lgan so‘zlarning hisobi aniq emas. Har bir til o‘zining lug’at sostaviga ega bo‘lib, yuz minglab so‘zlarni o‘z ichiga olgan. Eng mukammal tuzilgan lug’at ham barcha so‘zlarni qamrab ololmaydi. Chunki, tilning asta-sekin rivojlanish jarayonida uning lug’at sostavi ham takomillashib boradi. Barcha yangi so‘zlar yoki eski so‘zlar lug’atdan o‘rin olmagan bo‘lishi mumkin .

Maxfuza Mirzamurodova, S.S. Nurmatov

83-86

2024-02-27

MAQSUD SHAYXZODANING ‘‘TOSHKENTNOMA’’-SHUKRONALIK DOSTONI

Ushbu maqolada Maqsud Shayxzodaning “Toshkentnoma” dostoni haqida so’z borgan. Ushbu dostonda qadimiy va ayni chog‘da zamonaviy Toshkent shahriga bag‘ishlangan. Maqsud SHayxzodaning ijodi zamonaviylik va tarixiylik tamoyillariga javob beruvchi umrboqiy ijod ekanligi haqida fikr aytilgan.

Feruza Mamurova , Islomjon Qodirov

87-89

2024-02-28

FOOD ALLERGY IN CHILDREN

Gastrointestinal food allergy is an important medical and social problem. Data on the prevalence of this pathology are very contradictory. Thus, according to a number of researchers, at least 20-30% of the population are convinced that they have some form of food allergy. According to epidemiological studies, the prevalence of proven food allergies in developed countries among children in the first year of life is 6%-8%, among adolescent children - 2%-4%, and among adults - 1.5%.

Sharofat Jumartova

90-91

2024-02-29

BOSH MIYA KATTA YARIM SHARLARINING FUNKSIONAL ASSIMETRIYASINI TASHXIS QO‘YISHDA AHAMIYATI

Bosh miya o'ng va chap katta yarimsharlardan iborat. Bu yarim sharlarning har birida tashqi kulrang modda, bosh miya po‘stlog‘i, uning ostida esa ichki oq modda qavati bor.Yarimsharlar oldingi komissiya, orqa komissura kabi kichikroq komissuralar  va forniks (gumbaz) yordamida ham bog'lanadi va bu komissuralar mahalliy funktsiyalarni koordinatsiya qilish uchun ikkala yarimshardagi axborotlar almashinuvini ta'minlaydi.

Faxriddin Umarov , Baxrom Toʻxtarov, Dilbek Xoliqov

92-97

2024-02-29

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA KOMPYUTER SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH

Davlat ta’lim muassasalarining boshlang’ich sinf o’quvchilariga kompyuter savodxonligini o’rgatilishi masalasi dolzarbligi ortib bormoqda. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida zamonaviy axborot komunikatsiya vositalaridan samarali foydalanishda kompyuter savodxonligini oshirilishi talab etilmoqda. Bu o’z navbatida maktablarda boshlang’ich sinf o’quvchilariga ham kompyuter savodxonligini o’rgatilishi bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga yo’naltiradi. Ushbu maqolada aynan boshlang’ich sinf o’quvchilarida kompyuter savodxonligini shakllantirishning maqsadi, vazifalari, usullari va uning natijalari to’g’risida so’z yuritiladi.

Gulbahor Xoliqova , Doniyorbek Mo’minov , Sadoqat Otajonova

98-103

2024-02-29

XORAZM ARSLONI - PAHLAVON MAHMUD

Men chinakam Xorazm o’g’loni ekanman ko’plab dunyoga dong taratgan ajdodlarimga munosib farzand bo’lishni yurtimga doimo sodiq hizmat qilib bayrog’ini yuksaklarga ko’tarib yurishni hohlayman. Ayniqsa meni havas qilgan Pahlavon Mahmud bobolarim singarki ko’plab sohalarda yetakchilik qilishni istayman Pahlavon  Mahmud harbir o’zbek yigitiga o’rnak bo’ladigan insondir chunki ular yigit kishiga qirq hunar oz degandek ko’plab sohalarni haqiqi egasi bo’lganlar. Shamsidin Somiyning «Qomus-ul-a’lom», Lutf Alibek Ozarning «Otashkada» asarlarida shuningdek «Manoqiba»da yozilishicha, Pahlavon Mahmud olim, shoir, kuragi erga tegmagan pahlavon, shu bilan birga po’stindo’z va telpakdo’z usta bo’lgan.   Ushbu  maqola  bizga o’rnak bo’ladigan Pahlavon Mahmud haqida.

Nurbek Yo’ldashev

104-109

2024-02-29

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA HUDUDLARDA XIZMAT KO‘RSATISH TURLARINI OSHIRISH

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida hududlarda xizmat ko'rsatish turlarini oshirish bo’yicha fikr mulohazalar keltirilgan. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, axborot texnologiyalari va raqamli platformalar bo’yicha hududlarda xizmat ko'rsatish turlarini oshirishning ahamiyatini, foydalarini va ustuvorliklarini tahlil qilingan. Maqola axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning hududlarda xizmat ko'rsatish sohasini kengaytirish uchun kritik ahamiyatga ega. Hududlarda xizmat ko'rsatish turlarini oshirishning samaradorligini oshirish, maqbul xizmatlar taqdim etish va hududlararo xizmatlarning integratsiyasini takomillashtirishda tegishli bo'lgan ilmiy va amaliy yondashuvlarni o’z ichiga oladi.

Farrux Qodirov , Muxlisa Mavlonova

110-113

2024-02-29

YANGI OʻZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN KENG KOʻLAMLI ISLOHOTLAR AMALDA QOʻLLANILISHI VA DAVLAT ORGANLARINING BU SOHADAGI SAMARALI NATIJALARI

Ushbu tezisda  asosan, davlatimiz rahbarining siyosiy faoliyati boshlangan davr yaʼni, 2016 yildan keyingi davrda tadbirkorlik faoliyati va unga berilgan eʼtibor, tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan muommoli holatlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijasi haqida soʻz boradi.

Elyorbek Eshboev

114-115

2024-02-28