"Yangi O'zbekiston pedagoglari axborotnomasi" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена ​​на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.

Опубликован: 2024-05-04

МАЛАКАЛИ ФУТБОЛЧИЛАРНИ ТЎҒРИ ОВҚАТЛАНИШЛАРИ ОРҚАЛИ ИШ ҚОБИЛИЯТИНИ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ

Мақолада малакали футболчиларни ҳозирги замонавий футболга тайёрлашда машғулот юкламаларни меёрлаш, тўғри овқатланишлари орқали мусобақа даврида спортчиларнинг иш қобилиятлар имкониятини юқори даражада бўлишини таъминлаб, шу орқали уларни техник-тактик ҳаракатларини ва ўйин давомидаги бажариладиган ҳаракат фаолиятларининг самарадорлигини ошириш, ҳамда бўлажак мусбақаларда яхши ўйин кўрастиб юқори натижаларга эришиш.

Шаджалилов Шерзод Иногамович

5-9

2024-05-07

TILSHUNOSLIKDA SHAXS XARAKTERINI IFODALOVCHI LUG‘AVIY BIRLIKLAR TADQIQI

Ushbu maqolada tilshunoslikda shaxs xarakterini ifodalovchi lug'aviy birliklarning tadqiqi va tahlili keltirilgan. Tadqiqot jarayonida lingvistik va psixologik yondashuvlar qo'llanilgan hamda turli adabiyotlar tahlil qilingan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, shaxs xarakterini ifodalovchi lug'aviy birliklar tilning muhim qismi hisoblanib, ular orqali insonning ichki dunyosi, hissiyotlari va xatti-harakatlarini aks ettirish mumkin. Shuningdek, ushbu birliklar tilning ifodali vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. Maqolada shaxs xarakterini ifodalovchi lug'aviy birliklarning tasnifi, ularning semantik xususiyatlari va qo'llanilish doirasi batafsil yoritilgan. Maqola oxirida keltirilgan xulosalar tilshunoslik sohasida olib borilgan tadqiqotlarga qo'shimcha hissa qo'shadi.

Uktamova Mokhigul Khamidullo-kizi

10-16

2024-05-10

TIBBIY OLIYGOHLARIDA LOTIN TILINI O’QITISHDA TIL TAJRIBASINING SAMARADORLIGI

Maqolada xorijiy til o’qitishning  eng  muhim “til  tajribasi” metodini afzallik  tomonlari  va  foydalanish o’rni  vaqti hamda kutiladigan  natijalar pedagogik  ish  tajribalarimdan  va ilmiy – nazariy, ilmiy – amaliy yozishmalarning  teran  xulosalaridan  kelib  chiqib, mazkur metodni  Respublikamiz Tibbiy  oliygohlarida  lotin  kasbiy tilni  o’qitish, o’rganishga samaradorligini asoslovchi  fikr- mulohazalarni  tasdiqlovchi  misollar  yordamida  yozma bayon  etishga  harakat  qilindi.

Sabirova Sabina Olimovna

17-21

2024-05-15

BOSHLANG’ICH SINFLARDA FORTEPIANO O’RGATISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda fortepiano o’rgatish texnologiyasi va o’quvchilarda musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish haqida. Musiqa bilan shug‘ullanish umumiy va maxsus qobiliyatlarning muayyan majmuini talab qiladi. Qobiliyat deganda kishining biror ijtimoiy foydali faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga layoqatini ifodalaydigan xususiyatlari yoki sifatlari tushuniladi. Tabiiyki, fan iste’dodning sifati har xil bо‘lishnni va shular asosida musiqiy qobiliyatlar ham turli darajada rivojlanishini inkor etmaydi, ammo u tabiiy xususiyatlar bilan bog‘liq cheklanishlarga emas, balki har bir kishining ta’lim va tarbiya jarayonida rо‘yobga chiqadigan imkoniyatlariga e’tibor berish haqida fkirlar yuritilgan.

Sherzod Kholmatov Khushbekovich

22-26

2024-05-22

THEORETICAL AND LEGAL ISSUES OF CODIFICATION OF LEGISLATION IN THE CONDITIONS OF DIGITIZATION

In this article, some theoretical and practical problems of legal systematization, types of codification, in particular, general legal, sectoral, institutional, functional codification, their content - essence, purpose, brief history, opinions on the types of codification that are increasingly needed in the legal system of our country in the conditions of today's digitization is reported.

Shahnoza Ashuraxunova

27-30

2024-05-22

МАМЛАКАТИМИЗДА ВИЗА ТИЗИМИНИ СОДДАЛАШТИРИШ ВА ТОСИҚСИЗ ТУРИЗМНИ РИВОЖЛАНТИРИШ.

Ушбу мақолада мамлакатимизда виза тизимини соддалаштириш ва тусиқсиз туризмни ривожлантиришдаги турли чора-тадбирларнинг олиб борилиши ва туризм ёналишларини кенгаитириш тоғрисида суз юритилади.

Раматов Мурат Қалваевич

31-34

2024-05-22

TIJORAT SIRINING PAYDO BO‘LISHI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI

Ushbu maqolada tijorat siri institutining paydo bo‘lish jarayoni batafsil yoritilgan. Tijorat sirining rivojlanish bosqichlari olimlar fikri, dunyo davlatlari qonunchiligi asosida tahlil qilingan. Maqola tijorat sirining dastlabki davrlardagi ko‘rinishi, ilk o‘rta asrlardagi tijorat siri yoxud ixtiroga bo‘lgan munosabat, bu munosabatlarning “Renesans” davridagi rivojlanishi hamda ayrim davlatlarda tijorat siri bilan bog‘liq huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik masalalari haqida ma’lumot beradi.

Raxmonaliyeva Mukambar Komiljon qizi

35-39

2024-05-27

O‘ZBEK XALQ MUSIQA IJODINING MAQSAD VAZIFALARI

Mazkur maqolada o‘zbek xalq musiqa ijodi va uning tarixi, an’analari, xalq musiqasi turlari hamda xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar yuritiladi. Shuningdek, O’zbek xalq musiqa ijodining maqsad va vazifalari haqida munozara yuritiladi.

Raximova Aziza Egambergan qizi

40-43

2024-05-28

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA CHET TILINI O'RGATISHDA GENDER YONDASHUVI

So'nggi o'n yil ichida ta'lim maqsadlari va ularni amalga oshirish yo'llari g'oyasida tub o'zgarishlar yuz berdi. Bilim tizimini taqdim etishdan muammolarni faol hal qilish va muayyan yechimlarni ishlab chiqishga, individual fanlarni o'zlashtirishdan murakkab hayotiy vaziyatlarni ko'p tarmoqli o'rganishga, o'qituvchi va o’quvchilarning ta'lim mazmuni va usullarini tanlashda hamkorligiga o'tish mavjud. Ushbu o'tish ta'limdagi qiymat ko'rsatkichlarining o'zgarishi bilan bog'liq. Boshlang'ich ta'limning qiymat ko'rsatkichlari Davlat ta'lim standarti talablarida ifodalangan ta'lim tizimiga shaxsiy, ijtimoiy va davlat buyurtmalarini belgilaydi. Mazkur maqolada davlat buyurtmalarining muhim vazifalaridan biri boshlang’ich sinf o’quvchilariga chet tillarini o’qitishning muammo va yechimlari to’g’risida fikr yuritiladi. Shuningdek, ushbu masalani gender yondashuvi asosida amalga oshirishning ijobiy jihatlari yoritib beriladi.

Sharifzoda Marjona Sardorbek qizi

44-47

2024-05-29

О‘ZGАLАR MULKINI ZО‘RLIK ISHLАTIB TАLОN-TАRОJ QILISHNING JINОYIY-HUQUQIY TАHLILI (MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA)

Mаzkur maqolada о‘zgаlаr mulkini zо‘rlik ishlаtib tаlоn-tоrоj qilish bilаn bоg‘liq jinоyаtlаrning yuridik tаhliligа bаg‘ishlаngаn bо‘lib, о‘zgаning mulkini zо‘rlik ishlаtib tаlоn-tоrоj qilishning аyrim shаkllаri оbyеktiv tоmоnining о‘zigа хоs хususiyаtlаri, tаlоn-tоrоj qilishning subyеktiv bеlgilаri bilаn bоg‘liq muаmmоlаr, хоrijiy mаmlаkаtlаr qоnunchiligidа zо‘rlik ishlаtib sоdir еtilаdigаn tаlоn-tаrоj jinоyаtlаrining huquqiy tаvsifi, хаlqаrо hujjаtlаrdа bеlgilаngаn stаndаrtlаr  tаhlil еtilgаn. Tаdqiqоt nаtijаsigа kо‘rа хоrijiy dаvlаtlаr tаjribаsining ijоbiy jihаtlаrini qоnunchiligimizgа imрlеmеntаtsiyа qilish mаsаlаlаri hаmdа milliy qоnunchiligimizni tаkоmillаshtirishgа qаrаtilgаn tаvsiyа vа tаkliflаr ishlаb chiqilgаn.

Primov Baxtiyor Olim o‘g‘li

48-60

2024-05-29

OT SO`Z TURKUMI VА UNING LEKSIK GRАMMАTIK XUSUSIYАTLАRI

Mаzkur mаqolаdа tilshunoslikdа ot so’z turkumi va uning leksik Grammatik xususiyatlari hаqidа ilmiy-nаzаriy аsoslаrgа egа fikr-mulohаzаlаr yuritilgаn. Shuningdek, tilshunoslikda otlarning uslubiy xususiyatlari haqida munozaralar olib boriladi.

Shernаzаrovа Gulshаn Аbdullаyevnа

66-69

2024-05-30

G‘IJJAK SOZINING CHOLG’U IJROCHILIGIDAGI AHAMIYATI VA TARIXIY ASOSLARI

Ushbu mаqolаdа o‘zbek xalq cholg’ularidan biri, o’ziga xos tembr va ovoz xususiyatiga ega g’ijjak sozining tarixiy shakllanish jarayonlari va bosqichlari haqida so’z yuritiladi. Shuningdek, cholg’u ijrochiligida g’ijjak cholg’usining ahamiyati yoritib beriladi.

Ishаnxodjаev Umid Xojiаkbаrovich

70-72

2024-05-30

KLINIK MAShG‘ULOTLARDA INNVATSION TEXNOLOGIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI

innovatsion pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir pedagog-o‘qituvchi o‘z kasbiy tayyorgarligini, pedagogik mahoratini rivojlantirib borishini talab etadi. Mavzuni o‘qitish jarayonida innovatsion texnologiya usullaridan: interfaol usullar va grafikli organayzerlar uslublarini qo‘llash va tadbiq etish, ular kasbiy bilimlarni berishga, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish samarasi va sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, ularning mustaqil fikrlashi, dalillarga asoslangan tibbiyot asosida ma’lumotlarni tahlil qilishi, o‘zini tanqidiy baholash qobiliyatlarini rivojlantirishi taklif etilgan.

Kodirova Sh.A., Mustaeva G.B., Mustaeva G.B.

73-76

2024-05-31

FORTEPIANO CHOLG’USIDA KUYLASH METODLARI

Ushbu maqolada fortepiano cholg’usida kuylash,tavsiyalar va takliflar o’rin olgan hamda mashqlarni bajarish texnikasi va o`ziga xos o’quvchilarni hisobga olish printsipi rivojlantiruvchi ta'lim usuliyatiga chambarchas bogliqligi. Ta'limning muvaffaqiyati materialning tushunarli bo’lishiga, qo’ldan keladigan vazifalarni qo’yishga va ularni hal qilishning o’xshash usullaridan foydalanishga, shuningdek, o’qituvchi o’quvchnning faqat mavjud, imkoniyatni emas, balki "kelajakdagi kamoloti doirasini" ham hisobga olish bilan bog’liqligi haqida fkirlar bayon qilingan

Sherzod Khushbekovich Kholmatov

77-80

2024-05-31

FORTEPIANO CHOLG’USIDA KUYLASH

Ushbu maqolada fortepiano cholg’usida kuylash rang barang ijro,tavsiyalar va takliflar o’rin olgan hamda mashqlarni bajarish texnikasi va o`ziga xos o’quvchilarni hisobga olish printsipi rivojlantiruvchi ta'lim usuliyatiga chambarchas bogliqligi. Ta'limning muvaffaqiyati materialning tushunarli bo’lishiga, qo’ldan keladigan vazifalarni qo’yishga va ularni hal qilishning o’xshash usullaridan foydalanishga, shuningdek, o’qituvchi o’quvchnning faqat mavjud, imkoniyatni emas, balki "kelajakdagi kamoloti doirasini" ham hisobga olish bilan bog’liqligi haqida fkirlar bayon qilingan.  

Sherzod Khushbekovich Kholmatov

81-83

2024-05-31