“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JINOYAT PROTSESSINING RAQAMLASHTIRILISHI: RAQAMLI AKTIVLARDAN FOYDALANILGAN KIBERJINOYATLARGA QARSHI KURASHNING PROTSESSUAL MEXANIZMLARI”

Main Article Content

Abstract:

Maqolada raqamlashtirishning O‘zbekiston Respublikasida jinoyat ishlarini yuritishga ta’siri o‘rganilgan bo‘lib, kriptovalyutalar va raqamli aktivlar bilan bog‘liq jinoyatlarga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada jinoyat-protsessual qonunchilikni raqamli davr talablariga moslashtirish zarurati, jumladan tergov organlariga raqamli aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘xtatib turish bo‘yicha yangi vakolatlar berish masalasi ko‘rib chiqilgan. Normativ-huquqiy tahlil, tizimli-tuzilmaviy yondashuv va huquqiy modellashtirish usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari amaldagi qonunchilikda sezilarli bo‘shliq mavjudligini ko‘rsatib, bu kiberjinoyatlarga tezkor javob berishni qiyinlashtirmoqda. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish, jumladan, raqamli aktivlar muomalasini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risidagi yangi moddani kiritish taklif etilgan. Shuningdek, raqamli odil sudlov sharoitida fuqarolar huquqlarini huquqiy tartibga solish va himoya qilishni takomillashtirish choralari tavsiya etilgan. Ushbu sohada sud amaliyotining izchilligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorini ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida xulosa chiqarilgan. Tadqiqot natijalaridan tergov organlari va moliya institutlarining o‘zaro hamkorligini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda, shuningdek, xalqaro standartlarga muvofiq milliy huquqiy bazani takomillashtirishda foydalanish mumkin.

Article Details

How to Cite:

Xalmuratov, A. . (2026). “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JINOYAT PROTSESSINING RAQAMLASHTIRILISHI: RAQAMLI AKTIVLARDAN FOYDALANILGAN KIBERJINOYATLARGA QARSHI KURASHNING PROTSESSUAL MEXANIZMLARI”. Bulletin of Pedagogs of New Uzbekistan, 4(1), 40–49. Retrieved from https://in-academy.uz/index.php/yopa/article/view/73099

References:

05.10.2020 yildagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi LexUz rasmiy sayti: Elektron manba – Kirish tartibi – https://lex.uz/docs/-5030957;

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Rasmiy veb-sayt: Elektron manba – Kirish tartibi – https://gov.uz/oz/iiv;

11.02.2011 yildagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 1-son Qarori. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi LexUz – rasmiy sayti: Elektron manba – Kirish tartibi – https://lex.uz/docs/-1766419;

FATF rasmiy sayti: Elektron manba – Kirish tartibi – https://www.fatf-gafi.org/en/publications/Fatfrecommendations/Fatf-recommendations.html;

Aksoy P. Çağlayan – The applicability of property law rules for crypto assets: considerations from civil law and common law perspectives. Великобритания: Taylor & Francis – 2023 – B. 185-221;

Cumming D.J., Johan S., Pant A. – Regulation of the crypto-economy: Managing risks, challenges, and regulatory uncertainty. Journal of Risk and Financial Management. Shvetsariya: MDPI, 2019. B. 126;

Collins J. – Crypto, crime and control. Cryptocurrencies as an enabler of organized crime. USA: Global Initiative – 2022 – B. 5–12;

Malvagna U., Sartori F. – Cryptocurrencies as 'Fungible Digital Assets’ within the Italian Legal System: Regulatory and Private Law Issues. Italiya: Italya yuridik jurnali – 2022. B. 483-501;

22.09.1994 yildagi Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi LexUz rasmiy sayti: Elektron manba – Kirish tartibi – https://lex.uz/docs/-111460;

Azizov & Partners – Криптоактивы в Республике Узбекистан. Elektron manba – Kirish tartibi – https://azizovpartners.uz/ru/2021/03/26/kriptoaktivy-v-respublike-uzbekista/;