"Yangi O'zbekiston pedagoglari axborotnomasi" is an open access, peer-reviewed international journal that publishes original research and review articles related to diverse areas. The main objective is to offer an intellectual platform to the international scholars and it aims to promote interdisciplinary studies in applied sciences. All manuscripts must be prepared in UzbekEnglish or Russian languages and subject to a rigorous peer-review process.

Published: 2026-01-05

RESPUBLIKAMIZNING AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI TIRBANDLIKLARNI OLDINI OLISHNING AYRIM JIHATLARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi avtomobil yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklarning kelib chiqish sabablari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oqibatlari hamda tirbandliklarni oldini olishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va texnologik chora-tadbirlar tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi asosida mamlakatimiz sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan samarali mexanizmlar ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan

Shavkatbek Rashidov

5-8

2026-01-05

MALAKA OSHIRISH KURSLARIDA WRITING (YOZUV) KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI.

Zamonaviy ta’lim tizimida pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyasini oshirish jarayonida yozuv (writing) ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Malaka oshirish kurslarida writing ko‘nikmalarini takomillashtirish o‘qituvchilarning akademik savodxonligi, kasbiy hujjatlar bilan ishlash malakasi hamda ilmiy-metodik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Mazkur maqolada malaka oshirish kurslarida writing ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari tahlil qilinadi. Xususan, jarayonga kompetensiyaviy yondashuv, raqamli texnologiyalardan foydalanish, jarayonli (process-oriented) yozuv modeli, reflektiv va kollaborativ yozuv usullarini joriy etish masalalari yoritiladi. Tadqiqot natijalari writing ko‘nikmalarini rivojlantirish pedagoglarning kasbiy o‘sishi va uzluksiz ta’limini ta’minlashda muhim omil ekanini ko‘rsatadi

Nursulu Yesbosinova

9-10

2026-01-07

ӘЛІШЕР НАУАИ ЖӘНЕ АБАЙ ҚҰНАНБАЕВ ШЫҒАРМАШЫЛЫҒЫНДАҒЫ РУХАНИ ҮНДЕСТІК ПЕН КӨРКЕМДІК САБАҚТАСТЫҚ.

Мақалада өзбек халқының кемеңгер ақыны Әлішер Науаи мен қазақ поэзиясының алыбы Абай Құнанбаев шығармашылығындағы рухани үндестік пен сабақтастық мәселелері қарастырылады. Екі ақынның түрлі тарихи дәуірлерде өмір сүргеніне қарамастан, олардың адамгершілік, адалдық және әділдік туралы идеяларының ортақтығы талданған. Шығыс классикалық әдебиетінің, соның ішінде Науаи мұрасының Абайдың дүниетанымы мен ақындық шеберлігіне тигізген ықпалына ерекше назар аударылады. Автор қос тұлғаның поэзиясындағы табиғат лирикасы мен философиялық ой-толғамдарын нақты өлең жолдарымен салыстыра отырып зерделейді. Бұл зерттеу түркі тілдес халықтардың ортақ әдеби жәдігерлерін ұлықтау мен жас ұрпаққа рухани тағылым беру тұрғысынан маңызды мәнге ие..

Насиба Алмағамбетова

11-14

2026-01-12

ZAMONAVIY TA’LIMDA IJODIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING KONSEPTUAL YONDASHUVLARI. Sattarova Dilafroʻz Asqar qizi

Ushbu maqola boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish masalalarini ilmiy-nazariy hamda amaliy nuqtai nazardan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida ijodiy fikrlash tushunchasining pedagogik va psixologik asoslari tahlil qilinib, uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tasavvur qilish, mustaqil qaror qabul qilish hamda muammoli vaziyatlarga ijodiy yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalarining samarali jihatlari ochib beriladi. Xususan, interfaol metodlar, loyiha asosida o‘qitish, o‘yin texnologiyalari va STEM yondashuvining ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi tahlil qilinadi. Tadqiqot metodologiyasi asosida olib borilgan ilmiy tahlillar natijalari ushbu pedagogik yondashuvlarning o‘quvchilarning bilimlarni egallash faolligi hamda ijodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. Maqola xulosalari boshlang‘ich ta’limda ijodiy fikrlashni rivojlantirish ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlovchi ustuvor omillardan biri ekanini tasdiqlaydi..

Dilafroʻz Sattarova

15-19

2026-01-23