«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2025-05-23

YASHIL LOYIHALARDA ENERGIYA SAMARADORLIKNI BAHOLASH VA OSHIRISH YO`NALISHLARI

Bugungi kunda global miqyosda energiya resurslarining cheklanishi, issiqxona gazlari chiqindilarining ortishi va iqlim o‘zgarishining jadallashuvi sababli yashil binolar qurilishi barqaror rivojlanishning muhim tarkibiy qismiga aylangan. Yashil binolar atrof-muhitga kam zarar yetkazadigan, energiyani tejamli ishlatadigan va barqaror qurilish materiallaridan foydalanuvchi inshootlar bo‘lib, inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi. Ushbu binolarning asosiy ustunligi – bu energiya samaradorligidir, ya’ni energiyani tejash orqali nafaqat ekologik xavfsizlik, balki iqtisodiy foyda ham qo‘lga kiritiladi.

Yulduz Bashirova Choriyevna

4-7

2025-05-22

THE MYSTERIOUS WORLD OF TOPONOMICS: SEMANTICS AND SYMBOLISM OF ENGLISH AND UZBEK PLACE NAMES

In this article, the dictionary meaning of the word "toponymics", processes and concepts such as the emergence, development and change processes of geographical names, the correct spelling and spelling of words, the meanings of the language lexicon, the adaptation and adaptation of toponymics to the national system are covered in a broad sense.

Navbahor Mamadaliyeva , Bonu Davronova

8-10

2025-05-22

ASOSIY VA TAKRORIY EKIN SIFATIDA EKILGAN SABZAVOT MAKKAJO‘XORI NAV VA DURAGAYLARIDA O’SIMLIK YER OSTKI VA USTKI QISMLARINING SHAKLLANISHI

Maqolada sabzavot makkajo‘xori nav va duragaylarini asosiy va takroriy ekin sifatida o‘stirilganda o’simlik yer ostki va ustki qismlarining shakllanishi o‘rganish natijalari bayon etilgan.

Nurillayev I. X.

11-13

2025-05-23

ПУТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ПРУДЕНЦИАЛЬНЫХ НОРМАТИВОВ, УСТАНОВЛЕННЫХ ЦЕНТРАЛЬНЫМ БАНКОМ

В условиях стремительного развития финансового сектора и роста макроэкономических рисков обеспечение стабильности банковской системы становится важнейшей задачей государства. Центральный банк как мегарегулятор играет ключевую роль в формировании надежных и гибких регуляторных механизмов, позволяющих противодействовать потенциальным угрозам и создавать благоприятные условия для устойчивого развития банковского сектора. Одним из инструментов такой регуляции являются пруденциальные нормативы — количественные показатели, регулирующие деятельность коммерческих банков с целью минимизации системных рисков.

Махмуджанова Севара Махмуджоновна

14-16

2025-05-26

MAHALLALARNI KAMBAG`ALLIKDAN HOLI HUDUDGA AYLANTIRISHDA BANKLAR FAOLLIGINI TA`MINLASH MASALALARI

O‘zbekiston Respublikasida aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar jarayonida mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi strategik yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, kambag‘allikni qisqartirish va aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bugungi kundagi ustuvor yo‘nalishlar sirasiga kiradi. Mahallalarni kambagʻallikdan holi hududga aylantirish jarayoni kompleks yondashuvni, moliyaviy resurslar bilan keng ta’minlangan tizimni va barcha iqtisodiy institutlarning faol ishtirokini talab qiladi. Bu jarayonda tijorat banklari va davlat tomonidan moliyalashtiriladigan moliyaviy institutlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Xaydarov Baxtiyor Xamidullayevich

17-21

2025-05-26

O'ZBEKISTONDA TA'LIMNI MOLIYALASHTIRISHNING SAMARADORLIK MEZONLARI VA BAHOLASH USULLARI

Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimini moliyalashtirishning samaradorligini baholash mezonlari va usullarini o'rganadi. Tadqiqot adabiyotlar tahlili asosida amalga oshirilgan bo'lib, milliy va xalqaro tajribalar taqqoslash yo'li bilan samarali moliyalashtirish modellarini aniqlaydi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, ta'lim moliyalashtirishning samaradorligini baholashda kompleks yondashuv qo'llash zarur bo'lib, bu moliyaviy, akademik va ijtimoiy ko'rsatkichlarni o'z ichiga oladi.

Djumaniyazova Jamila Davranovna

22-24

2025-05-26

ТИЖОРАТ БАНКЛАРИНИНГ МИЖОЗЛАРГА ЙЎНАЛТИРИЛГАН СТРАТЕГИЯСИНИНГ CАМАРАДОРЛИГИ

Ушбу мақолада тижорат банкларининг мижозларга кўрсатаётган хизматлар кўламини кенгайтиришда янги банк хизматларини жорий этиш билан бир қаторда банкнинг маркетинг стратегияси пухта ишлаб чиқилган бўлиши лозимлиги ва бу борада тижорат банкларининг рақобатбардош бўла олиш қобилияти билан юқори самарадорликка эришиш тамойиллари келтириб ўтилган.

Омонова Дилора Ибодуллаевна

27-35

2025-05-26

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ЖИНОЯТ ИШЛАРИНИ ЮРИТИШДА ВА КЎРИБ ЧИҚИШДА ПРИНЦИПЛАР ВА УЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ

Мақолада жиноят ишларини юритишда амал қилинадиган  раҳбарий қоида ва тамойиллар, уларнинг жиноят процессидаги аҳамияти ҳақида сўз юритилади.

Усмоналиев Нажмиддин Қўшбоқ ўғли , Ёқубов Акабур Шавкатович

36-41

2025-05-27

PROKURORNING JINOYAT PROTSESSIDA QAMOQQA OLISH EHTIYOT CHORASINI TANLASHDA O’RNI VA VAKOLATLARI

Ushbu maqolada qonunlarni ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokurorning tushunchasi. O`zbekiston Respublikasida Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo’llashda prokurorning vakolati uning mazkur ehtiyot chorasini qo’llashda roziligining o’rni va ahamiyati yoritilgan.

Usmonaliyev Najmiddin Qo’shboq o’g’li, Yigitaliyev Sherzod Ibrohim o‘g‘li

42-46

2025-05-27

MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI BUZISH: TERGOV JARAYONINING HUQUQIY ASOSLARI VA DOLZARB MASALALAR

Mazkur maqolada mehnatni muhofaza qilish jinoyatining mohiyati va mazmuni, uning o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishda uchraydigan muammo va kamchiliklar keng ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bugungi kundagi mehnatni muhofaza qilish jinoyatlarining statistikasi va ularning yechimiga qaratilgan takliflar tahlil etiladi.

Usmonov Najmiddin Qo’shboq o’g’li, Xudoyberganov Sardor Sherimbetovich

47-51

2025-05-27

O‘ZBEKISTON DAVLAT PENSIYA TAʼMINOTI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoya tizimining asosiy elementlaridan biri sifatida davlat pensiya taʼminoti tizimi aholi farovonligini taʼminlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ushbu tizimning asosiy vazifasi fuqarolarning mehnat faoliyati yakunlanganidan keyin ham ularning ijtimoiy himoyalanganligini kafolatlashdan iborat bo‘lib, bu har qanday demokratik jamiyat uchun muhim yo‘nalish sanaladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda pensiya tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan ko‘plab islohotlar amalga oshirildi. Shunga qaramasdan, tizimda haligacha moliyaviy barqarorlik, adolatli taqsimot, jamg‘arma faoliyati, norasmiy bandlikni qamrab olish kabi masalalarda muammolar mavjud bo‘lib, ularni bartaraf etish mamlakatda pensiya tizimini takomillashtirish zaruratini yanada keskinlashtirmoqda.

Ahmedova Shoxista G‘ayrat qizi

52-55

2025-05-29

ТРАНСФОРМАЦИЯ РЫНКА ТРУДА ПОД ВОЗДЕЙСТВИЕМ ТЕХНОЛОГИЙ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА

В данном тезисе анализируется воздействие искусственного интеллекта на рынок труда, а также возрастающая необходимость в освоении новых профессиональных навыков. Последствия масштабного внедрения ИИ остаются предметом дискуссий: с одной стороны, интеллектуальные системы заменяют традиционные рабочие места, с другой — способствуют появлению новых профессий, ранее не существовавших.

Неъматова Фарангиз Санжар кизи, Тенгелова Фарангиз Мажид кизи, Махамедова Мунисахон Алишер кизи

56-58

2025-05-30

"TIJORAT BANKLARIDA KORPORATIV BOSHQARUVNI ZAMONAVIY TENDENSIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH"

Mazkur ilmiy tezisda tijorat banklarida korporativ boshqaruv tizimini zamonaviy global tendensiyalar asosida takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston tijorat banklarida boshqaruvning amaldagi holati tahlil qilinib, raqamli texnologiyalar, ESG tamoyillari, xalqaro boshqaruv standartlari (OECD, Basel, IFC) va strategik monitoring vositalari asosida boshqaruvni modernizatsiya qilish yo‘llari asoslab berilgan.

Nurmatov Ulug‘bek Qambaraliyevich

59-62

2025-05-31

РОЛЬ СТРАТЕГИЙ УПРАВЛЕНИЯ ВРЕМЕНЕМ В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ЛИДЕРСТВА

В данной статье анализируется влияние использования стратегий управления временем в лидерстве на эффективность. Рациональное планирование времени, расстановка приоритетов и использование современных цифровых инструментов значительно повышают качество и эффективность работы руководителей. В статье рассматриваются теоретические основы и практическое значение таких широко используемых методов, как SMART-цели, матрица Эйзенхауэра, принцип Парето и метод Pomodoro. Также анализируются эффективные методы управления временем на основе отечественного и зарубежного опыта и разрабатываются практические рекомендации для руководителей.

Захидов Джасур Камилович

63-66

2025-05-31

ZAMONAVIY IQTISODIY ISLOHOTLAR SHAROITIDA DAVLAT MOLIYAVIY SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan zamonaviy iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat moliyaviy siyosatini takomillashtirishning dolzarb yo‘nalishlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Jumladan, byudjet siyosatining strategik rejalashtirilishi, xarajatlar samaradorligini oshirish, soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish, davlat qarzini boshqarish va mahalliy moliyaviy mustaqillikni kuchaytirish kabi ustuvor yo‘nalishlar chuqur o‘rganilgan. Tezisda xalqaro tajribalar asosida fiskal islohotlarni milliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari davlat moliyaviy siyosatini isloh qilishda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda foydali bo‘lishi mumkin.

Xamrayev Begali Shirinovich

67-69

2025-05-31

KORXONALARDA ICHKI MOLIYAVIY NAZORAT TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

Ushbu maqolada korxonalar faoliyatida ichki moliyaviy nazorat tizimini modernizatsiya qilishda raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni ilmiy-nazariy hamda amaliy nuqtai nazardan o‘rganiladi. Xususan, ERP tizimlari, blokcheyn texnologiyasi, sun’iy intellekt va ma’lumotlar tahlili kabi ilg‘or raqamli yechimlarning ichki moliyaviy nazorat jarayonlariga ta’siri tahlil qilinadi. Amaliy misollar orqali O‘zbekiston korxonalarida bu texnologiyalarning joriy etilishi, ularning samaradorlikka ta’siri va mavjud muammolar yoritiladi. Muallif raqamli transformatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan infratuzilma, kadrlar salohiyati va xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratadi.

Umarov Marufjon Saloyiddin o‘g‘li

70-72

2025-05-31

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA INVESTITSION LOYIHALARNING MOLIYAVIY TAHLILINI MODERNIZATSIYA QILISH ZARURATI

Ushbu maqolada investitsion loyihalarning moliyaviy tahlilini raqamli transformatsiya sharoitida takomillashtirish zarurati yoritiladi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida an’anaviy tahlil uslublari zamonaviy talablarga javob bermay qolmoqda, bu esa texnologik yangiliklarni moliyaviy tahlilga integratsiya qilishni taqozo etadi. Maqolada sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar, bulutli texnologiyalar va biznes-analitika vositalari asosida moliyaviy tahlilni avtomatlashtirish va ssenariyli prognozlash usullarining afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekistondagi amaliy tajribalar va xalqaro yondashuvlar asosida investitsion loyihalarni baholash mexanizmlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. Mazkur tadqiqot natijalari investitsiya qarorlarini qabul qilishda ishonchlilik, tezkorlik va shaffoflikni ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Aliqulov Shohruh Furqat o‘g‘li

73-75

2025-05-31

KORPORATIV BOSHQARUVNING BOSHQARUVCHILAR ISH HAQIGA TA`SIRI TAHLILI

Korporativ boshqaruv zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismi bo‘lib, kompaniyaning boshqaruv mexanizmlarini tartibga solish orqali uning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Boshqaruvchilarning ish haqi esa korporativ boshqaruvning muhim rag‘batlantiruvchi elementi hisoblanadi, chunki u rahbarlarning motivatsiyasi va kompaniya maqsadlariga sodiqligini shakllantiradi. Korporativ boshqaruv tizimining samarali ishlashi boshqaruvchilarning shaxsiy manfaatlari bilan kompaniya manfaatlarini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, bu esa ularning ish faoliyatini samarali va barqaror qilishga imkon beradi.

Shukrillayev Jahongir Shukrillayevich

76-79

2025-05-31

INVESTITSIYA LOYIHALARI SAMARADORLIGINI TA`MINLASH YO`LLARI («KAFOLAT» SUG`URTA KOMPANIYASI MISOLIDA)

Mamlakat iqtisodiyotining barqaror va izchil rivojlanishini ta’minlashda investitsiyalar muhim rol o‘ynaydi. Investitsiya loyihalari nafaqat ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, eksport salohiyatini oshirish hamda moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash kabi ko‘plab yo‘nalishlarda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan, investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish va ularni xavfsiz amalga oshirish masalasi bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Ayniqsa, ushbu jarayonda sug‘urta kompaniyalarining ishtirokini ta’minlash orqali investitsion risklarni kamaytirish, investorlarning ishonchini mustahkamlash va moliyaviy barqarorlikni kafolatlash mumkin.

Ravshanova Iroda Urol qizi

80-82

2025-05-31

SOG'LIQNI SAQLASH MUASSASALARINI QURISH VA TAMIRLASH LOYIHALARINI OPTIMALLASHTIRISH

Zamonaviy jamiyatda sog‘liqni saqlash tizimi aholi farovonligini belgilovchi eng muhim sohalardan biri sanaladi. Mamlakatning iqtisodiy salohiyati va ijtimoiy barqarorligi bevosita sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligiga bog‘liq. Shu bois sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ularni zamon talablari asosida ta’mirlash jarayonlarini ilmiy asosda optimallashtirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Optimallashtirish bu yerda faqat xarajatlarni kamaytirish emas, balki resurslardan oqilona foydalanish, qurilish muddatlarini qisqartirish, sifatni oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali tizimni maksimal darajada samarali qilishni nazarda tutadi.

Namazova Munavvar Oltibekovna

83-85

2025-05-31

ҚАСДДАН БАДАНГА ШИКАСТ ЕТКАЗИШ ЖИНОЯТЛАРИНИ ОЛДИНИ ОЛИШДА ТЕЗКОР-ҚИДИРУВ ТАДБИРЛАРИНИНГ ЎРНИ ВА АҲАМИЯТИ

Ушбу мақолада қасддан баданга шикаст етказиш жиноятларини олдини олишда тезкор-қидирув тадбирларининг турлари, уларни амалга оширишнингг айрим жиҳатлари таҳлил этилган бўлиб, соҳани такомиллаштиришга доир таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.

Машарипов Тахир Эгамбердиевич, Оллаберганов Жўшқинбек Мақсудбек ўғли

86-90

2025-05-31

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TIJORAT BANKLARIDA MENEJMENT TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISH

Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida tijorat banklari menejment tizimini modernizatsiya qilish masalalari yoritilgan. Banklarda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, bulutli xizmatlar, CRM va KPI tizimlari asosida boshqaruv jarayonlarini optimallashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Raqamli transformatsiyaning menejment samaradorligiga ta’siri, bank xizmatlari sifatini oshirishdagi o‘rni va mijozlarga yo‘naltirilgan boshqaruv yondashuvlari alohida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribalar asosida tijorat banklarida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.

Choriyev Tursunpulat Shermurodovich

91-93

2025-05-31

ТЎҚИМАЧИЛИК ВА ТИКУВ-ТРИКОТАЖ САНОАТИ КОРХОНАЛАРИДА ТАЙЁР МАҲСУЛОТЛАР ҲИСОБИ, ИЧКИ НАЗОРАТ ВА ИЧКИ АУДИТИНИ METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ўзбекистонда амалга оширилаётган жадал иқтисодий ислоҳотларнинг ҳозирги босқичида енгил саноат корхоналари иқтисодий салоҳиятини ошириш механизмларини такомиллаштириш, жумладан, корхоналар иқтисодий салоҳияти даражасини доимий мониторинг қилиб бориш, дебитор қарздорлик айланишини тезлаштириш ва корхоналарни модернизация қилиш стратегиясини ишлаб чиқиш масаласини ҳал этиш долзарб аҳамият касб этмоқда.

Хотамов Алишер Хотамжон ўғли

94-97

2025-05-31

O‘RIKNI INDIVIDUAL VAKUUM QADOQLASH: AN’ANAVIY USULLARDAGI MUAMMOLARGA ZAMONAVIY YECHIM SIFATIDA

Maqolada O‘zbekistonda quritilgan o‘rik mahsulotini saqlash va qadoqlashning an’anaviy usullari tahlil qilinadi, ularning gigiyena, sifat va eksport salohiyatiga ta’siri o‘rganiladi. Taklif etilayotgan donalab vakuum qadoqlash texnologiyasi esa ushbu muammolarni bartaraf etishda samarali yechim sifatida ko‘rsatiladi. Maqolada individual vakuumlash orqali mahsulot sifatini saqlab qolish, uni jahon bozoriga olib chiqish va sog‘lom ovqatlanish talablari asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi.

Usmonov K. E., Khasanova Kh. I., Saidova M. S.

98-101

2025-05-31

MODULLI TENGLAMALAR VA ULARNING YECHIM USULLARI

Tenglamalar maktab matematika kursining asosiy va mazmunan boy yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Ayni paytda, ularning o‘rganilishi ilk bosqich — birinchi sinfdan boshlab boshlanadi va bu davomiylik orqali o‘quvchilarda matematik tafakkur bosqichma-bosqich shakllantiriladi. Tenglama deganda ko‘pincha real hayotdagi turli amaliy masalalarning matematik ifodasi tushuniladi. Shu sababli ham umumiy o‘rta ta’lim maktablari, shuningdek, akademik litseylarda tenglamalarga oid bilimlar chuqur o‘rganiladi va ularga alohida e’tibor qaratiladi.

Mamaraimov Bekzod Qodirovich, Maxmudov A’zam Qudratovich , Musurmonov Ma’ruf Akrom o‘g‘li

102-104

2025-05-31

ТЎҚИМАЧИЛИК КОРХОНАЛАРИДА МИКРОИҚЛИМ ҲОЛАТИ ВА УНИ НАЗОРАТ КИЛИШ

Ҳозирги кундаги тўқимачилик  корхоналари ишчи зоналаридаги микроиқлим шароитларини ўрганиб чиқилиб, ўз ўрнида хулосалар чиқарилиб, уларни ҳолатини яхшилаш бўйича тавсиялар келтирилган.

Ю.А.Махмудов

105-107

2025-05-31

BOLALAR RAQSI: XOREOGRAFIYA YORDAMIDA IJODIY QOBILIYATNI RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK TAMOYILLARI

Mazkur maqolada О‘zbekistonda xoreografiya ta’limi orqali bolalarni ijodiy qobiliyatini oshirish bо‘yicha tavsiyalar berilib,  ta’lim usullari  tadqiq qilingan.

Dilafruz Dosjanova

108-110

2025-05-31

ОЗИҚ-ОВҚАТ МАҲСУЛОТЛАРИ БРЕНД ҚИЙМАТИНИ ЯРАТИШ КОНЦЕПЦИЯСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЗАРУРИЯТИ

Маълумки, бренд қийматини яратиш ва бошқаришда маҳсулотнинг тарғиботи, қўшимча қадриятлари, истеъмолчи ва ишлаб чиқарувчи ўртасидаги психологик алоқалар ҳал қилувчи аҳамиятга эга. Хусусан, брендни позициялаш, истеъмолчилар онгида унинг мавқеини шакллантириш ва турғун рақобат шароитида уни сақлаб қолиш бугунги кунда маркетинг ва бошқарув соҳаларидаги муҳим тадқиқот йўналишларидан бирига айланган.

Эшматов Санжар Азимқулович

111-113

2025-05-31

INSON KAPITALINI BOSHQARISHDA KORPORATIV MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI: NAZARIYA VA AMALIYOT

Hozirgi globallashuv sharoitida inson resurslarining roli korxona va tashkilotlar rivojlanishi uchun qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lib borayotganligi, mehnat bozorida professional kadrlarning ayrim sohalarda yetishmayotganligi, inson kapitalining yetarli darajada malaka talablariga javob bera olmasligi hamda kompaniya rivojlanishi uchun o‘z xissasini yetarli darajada qo‘shishda bilim va tajribaning kamligi kabi masalalar dolzarb bo’lib bormoqda. Shulardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, ish faoliyatida ishchi kuchi mehnat unumdorligini oshirish masalasi yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni kamaytirishda sezilarli ta‘sir qilishi mumkin. Mehnat unumdorligi deb, ma‘lum bir vaqt ichida inson kapitali tomonidan ishlab chiqarilgan har qanday turdagi mahsulot (yoki xizmat) miqdorini ifodalovchi iqtisodiy ko‘rsatkichga aytiladi.

Tilavova Zarina

114-116

2025-05-31