«Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2026-03-05
Статьи
ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ МИГРАЦИЯ ВА ФУҚАРОЛИКНИ РАСМИЙЛАШТИРИШ ФАОЛИЯТИНИНГ ТАВСИФИ ВА ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ
Ўзбекистон Республикасининг Давлат мустақиллигига эришиши билан суверен ҳуқуқий демократик давлатни шакллантириш ва ривожлантиришга қаратилган давлат хизматини ташкил этиш эҳтиёжи юзага келди. Бундай шароитда биринчи галдаги вазифа, албатта, юқори малакали кадрларни тайёрлаш, давлат хизматини замонавий билим ва малакаларга эга бўлган кадрлар билан таъминлаш ҳисобланади.
2026-03-05
SUN’IY INTELEKT ETIKASI VA ZAMONAVIY JAMIYATDAGI AHAMIYATI
Mazkur maqolada sun’iy intelekt etikasi va uning jamiyatdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan. AI texnologiyalarini ta’limda qo’llash etikasi, ijtimoiy munosabatlarga tasiri taxlil qilinadi. AI keng qo’llanilayotganligi sababali inson huquqlari, shaxsiy ma’lumotlar daxilsizligi, ma’suliyat va adolat masalalari dolzarb bo’lib kelmoqda.
2026-03-05
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA MATEMATIKANI O‘QITISH METODI VA USULLARI
Mazkur mavzuda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematikani o‘qitishning zamonaviy metod va usullari yoritiladi. Unda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan tushuntirish, ko‘rsatmalilik, amaliy mashqlar, muammoli vaziyat yaratish, o‘yin texnologiyalari va interfaol metodlarning ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda matematik tushunchalarni shakllantirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish hamda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish masalalari tahlil qilinadi. Mavzu orqali boshlang‘ich ta’limda matematik savodxonlikni oshirish, samarali dars tashkil etish va o‘qitish jarayonining sifatini yaxshilash yo‘llari ko‘rsatib beriladi.
2026-03-05
INGLIZ TILI DARSLARIDA DEBAT METODIDAN FOYDALANISH ASOSIDA TALABALARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI
Oliy ta’limda ingliz tili darslarining amaliy natijadorligi talabaning grammatik bilimlaridan ko‘ra ko‘proq kommunikativ kompetensiyasiga bog‘liq. Kommunikativ kompetensiya til birliklarini bilish, ularni vaziyatga mos qo‘llash, muloqot maqsadini anglash, nutqni izchil qurish, strategik vositalar orqali muammoli vaziyatdan chiqish, tinglash va javob qaytarishda pragmatik me’yorlarni ushlash kabi tarkibiy qismlarni qamrab oladi. Debat metodi o‘quv jarayonida aynan shu kompetensiyaning barcha bo‘g‘inlarini bir vaqtda faollashtiradi, chunki u talabaning fikrini tuzishga, dalil bilan asoslashga, qarshi fikrni tinglash va rad etishga, nutqiy rejalashtirishga, jamoa bilan kelishishga majbur qiladi.
2026-03-09
СЕЗОННАЯ ВАРИАБЕЛЬНОСТЬ И МОРФОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ТЕЧЕНИЯ ИШЕМИЧЕСКОЙ БОЛЕЗНИ СЕРДЦА В УСЛОВИЯХ КОНТИНЕНТАЛЬНОГО КЛИМАТА
Ишемическая болезнь сердца (ИБС) остаётся одной из ведущих причин заболеваемости и смертности во всём мире. Несмотря на значительные достижения современной кардиологии, клиническое течение заболевания характеризуется выраженной вариабельностью, обусловленной как индивидуальными факторами риска, так и воздействием внешней среды. В последние годы особое внимание исследователей уделяется роли сезонных и климатических факторов, способных модифицировать сердечно-сосудистый риск.
2026-03-10
ALEKSANDR FAYNBERGNING “OY MANZARASI” SHE’RIDA TABIAT TASVIRI VA FALSAFIY MUSHOHADA
Mazkur maqolada Aleksandr Faynbergning “Oy manzarasi” she’ri badiiy tahlil qilinadi. Asarda tabiat manzaralari orqali inson ruhiyati, tafakkur jarayoni hamda falsafiy mushohadalar ifodalanishi yoritiladi. She’rda qo‘llangan obrazlar tizimi, metafora, epitet va tasviriy vositalar tahlil qilinib, shoirning poetik mahorati ochib beriladi.
2026-03-11
GEOMETRIC PATTERNS AS A FORM-GENERATING PRINCIPLE IN ARCHITECTURE
This article explores geometric patterns as a fundamental form-generating and meaning-bearing principle in architecture. Rather than viewing ornament as superficial decoration, the study interprets geometry as a structural and conceptual system that shapes spatial organization, proportion, and aesthetic expression. Special attention is given to the architectural heritage of Central Asia, where intricate polygonal networks, star configurations, and interlacing compositions became central to artistic identity. Through selected historical examples, the paper demonstrates how geometric order reflects cosmological ideas, intellectual traditions, and the search for harmony between structure and symbolism.
2026-03-11
SOTSIOPSIXOLOGIK JIHDAN ESHITISH QOBILIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH
Ushbu maqolada eshitish qobiliyati cheklangan bolalarning ijtimoiy va psixologik rivojlanishida pedagogik yordam va qo‘llab-quvvatlashning roli tahlil qilinadi. Bolalarning muloqot qiyinchiliklari, ijtimoiy integratsiyasi va psixologik holatini yaxshilashda surdopedagogik metodlar, interaktiv mashg‘ulotlar va oilaviy qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati yoritiladi. Maqola shuningdek, bolalarning o‘zaro munosabatlarini rivojlantirish va maktab muhitiga moslashuvini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.
2026-03-13
SUN’IY INTELLEKTNING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy jamiyat hayotidagi o‘rni, uning inson faoliyatining turli sohalariga ta’siri hamda kelajakdagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellektning ta’lim, tibbiyot, iqtisodiyot va kundalik turmushdagi ahamiyati ilmiy jihatdan yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt inson faoliyatini samaraliroq tashkil etish, murakkab jarayonlarni avtomatlashtirish hamda innovatsion rivojlanishni jadallashtirishda muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, texnologiyaning ijtimoiy va axloqiy jihatlari ham muhokama qilinadi.
2026-03-13
PEDIATRIYADA DAVOLOVCHI JISMONIY TARBIYA XUSUSIYATLARI
Ushbu tezisda pediatriyada davolovchi jismoniy tarbiyaning (DJT) o‘ziga xos xususiyatlari va bolalar organizmini sog‘lomlashtirishdagi roli tahlil qilinadi. Bolalik davridagi fiziologik o‘sish bosqichlari, tayanch-harakat tizimi va ichki a’zolar funksiyasini tiklashda qo‘llaniladigan innovatsion metodikalar, jumladan, o‘yin terapiyasi va shaxsiylashtirilgan mashqlar majmuasining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda DJTning nafaqat jismoniy reabilitatsiya, balki bolaning umumiy rivojlanishidagi o‘rni asoslab berilgan.
2026-03-16
СОВРЕМЕННЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ В ПРОЦЕССЕ ПРЕПОДАВАНИЯ ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКОВ: ИННОВАЦИОННЫЙ ПОДХОД
В статье рассматриваются современные педагогические технологии, применяемые в процессе преподавания иностранных языков. Анализируется сущность инновационного подхода к обучению, его отличие от традиционных методов. Особое внимание уделяется классификации педагогических технологий, их роли в формировании коммуникативной компетенции учащихся, а также связи инновационных методов с профессиональной культурой педагога. В работе представлен анализ наиболее эффективных технологий: проектного обучения, кейс-стади, информационно-коммуникационных технологий, игровых методов и технологии развития критического мышления.
2026-03-16
URAN MAHSULOTLARI TARKIBIDAGI (URAN OTVALLARI, URANNING KIMYOVIY KONSENTRATLARI, YER OSTIDA TANLAB ERITMA O‘TKAZISH UCHASTKALARI) NOYOB YER ELEMENTLARI MIQDORINI ANIQLASH
Mazkur maqolada uran ishlab chiqarish bilan bog‘liq texnogen va yarim tayyor mahsulotlar, xususan uran otvallari, uranning kimyoviy konsentratlari hamda yer ostida tanlab eritma o‘tkazish uchastkalaridan olingan texnologik namunalarda noyob yer elementlari miqdorini aniqlash masalasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning asosiy маqsadi ushbu obyektlarda lantanoidlar guruhiga mansub elementlarning mavjudligi, ularning taqsimlanish xususiyatlari va sanoat nuqtai nazaridan istiqbolliligini baholashdan iborat. Ishda namuna olish, namunalarning laboratoriya tayyorlov bosqichlari, kislotali parchalanish, instrumental tahlil usullari va analitik sifat nazorati yoritiladi. Noyob yer elementlarini aniqlash uchun ICP-MS, ICP-OES, INAA, rentgen-fluorestsent tahlil va atom-absorbtsion spektrometriya va instrumental neytron aktivatsion kabi zamonaviy usullarni qo‘llashning afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari uran ishlab chiqarish chiqindilarini kompleks qayta ishlash, qo‘shimcha qiymat yaratish, ekologik xavfni kamaytirish va kritik metallar bazasini kengaytirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Uran ishlab chiqarish va otvallar boshqaruvi bilan bog‘liq xalqaro materiallar bu turdagi obyektlarda nafaqat radiologik, balki boshqa kimyoviy elementlar inventarini ham hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.
2026-03-16
XITOY, JANUBIY KOREYA VA YAPONIYA O'RTASIDAGI SAVDO-IQTISODIY MUNOSABATLARNING HOZIRGI HOLATI
Mazkur maqolada Sharqiy Osiyoning uch yirik iqtisodiy markazi – Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati tahlil qilinadi. Ushbu davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik global ishlab chiqarish zanjirlari, investitsiya oqimlari va mintaqaviy iqtisodiy integratsiya jarayonlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Tadqiqotda xalqaro savdo statistikasi, iqtisodiy tashkilotlar hisobotlari hamda ilmiy manbalar asosida uch davlat o‘rtasidagi savdo hajmi, asosiy eksport-import yo‘nalishlari va iqtisodiy hamkorlik mexanizmlari o‘rganilgan. Maqolada mintaqaviy integratsiya jarayonlari, xususan RCEP kelishuvi doirasida iqtisodiy aloqalarning rivojlanish istiqbollari ham ko‘rib chiqilgan.
2026-03-16
EMPIRIK MA’LUMOTLAR TURLARI
Mazkur maqolada ilmiy tadqiqotlarda qo‘llaniladigan empirik ma’lumotlarning asosiy turlari, ularning shakllanish manbalari hamda ilmiy bilish jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Empirik ma’lumotlar ilmiy izlanishlarning boshlang‘ich bosqichida muhim o‘rin tutib, voqelikni bevosita kuzatish, tajriba o‘tkazish, o‘lchash, statistik ma’lumotlarni yig‘ish va turli ijtimoiy hamda tabiiy jarayonlarni qayd etish orqali hosil qilinadi. Tadqiqotda empirik ma’lumotlarning kuzatuv natijalari, eksperimental natijalar, so‘rov va anketa ma’lumotlari, hujjatli manbalar hamda statistik materiallar kabi turlari ilmiy jihatdan tavsiflanadi. Shuningdek, empirik ma’lumotlarning ilmiy tadqiqot metodologiyasidagi roli, ularning nazariy umumlashtirish bilan o‘zaro bog‘liqligi ham ko‘rib chiqiladi. Empirik materiallar ilmiy gipotezalarni tekshirish, yangi ilmiy xulosalarni shakllantirish hamda mavjud nazariy qarashlarni aniqlashtirishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada empirik ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish va tahlil qilish jarayonining ilmiy izlanish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ham asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari ilmiy faoliyatda empirik ma’lumotlardan samarali foydalanish usullarini aniqlash hamda ilmiy tadqiqotlarning metodologik asoslarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
2026-03-17
EMPIRIK MA’LUMOTLAR TURLARI
Maqolada ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar tadqiqotlarning asosi hisoblangan empirik ma’lumotlar, ularning tasniflanishi va metodologik ahamiyati tahlil qilingan. Muallif empirik ma’lumotlarni shakllantirishda ob’ektivlik va validlilik tamoyillariga tayangan holda, birlamchi va ikkilamchi axborot oqimlarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Tadqiqot davomida miqdoriy (statistik ko‘rsatkichlar, so‘rovnomalar) va sifat (intervyu, keys-stadi, kuzatuv) ma’lumotlarining farqli jihatlari hamda ularning gibridlashuv tendensiyalari o‘rganilgan. Ma’lumotlarni tizimlashtirishda zamonaviy raqamli texnologiyalar va "Big Data" tahlili beradigan imkoniyatlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolaning ilmiy yangiligi empirik bazani shakllantirishda xatoliklar darajasini minimallashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarda namoyon bo‘ladi. Xulosa qismida empirik ma’lumotlar turlarining tadqiqot gipotezalarini tasdiqlashdagi deterministik roli ko‘rsatib o‘tilgan.
2026-03-17
EMPIRIK MA’LUMOTLAR TURLARI
Mazkur maqolada empirik ma’lumotlarning ilmiy tadqiqot jarayonidagi o‘rni hamda ularning asosiy turlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Empirik ma’lumotlar ilmiy izlanishlarda faktik dalillarni shakllantirish, ilmiy gipotezalarni tekshirish va tadqiqot natijalarini asoslashda muhim manba hisoblanadi. Tadqiqotda empirik ma’lumotlarning kuzatish, eksperiment, so‘rov, statistik tahlil va hujjatlar asosida yig‘iladigan shakllari o‘rganildi. Maqolada ushbu ma’lumotlar turining ilmiy tadqiqot metodologiyasidagi vazifalari, ularni to‘plash usullari hamda tahlil qilish jarayonlari batafsil yoritildi. Shuningdek, empirik ma’lumotlarning sifat va miqdoriy ko‘rinishlari, ularning ilmiy ishonchlilik darajasini ta’minlash mezonlari ham ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, empirik ma’lumotlardan to‘g‘ri foydalanish ilmiy izlanishning aniqligi va ob’ektivligini oshiradi hamda nazariy xulosalarning ishonchliligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, empirik ma’lumotlarni tizimli yig‘ish va ilmiy tahlil qilish jarayoni zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqola empirik ma’lumotlarning ilmiy tadqiqotdagi rolini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi hamda ilmiy izlanishlar metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan.
2026-03-17
EMPIRIK MA’LUMOTLAR TURLARI
Ushbu maqolada empirik ma’lumotlarning mohiyati, ularning ilmiy tadqiqot jarayonidagi o‘rni hamda turlari tahlil qilinadi. Empirik ma’lumotlar ilmiy bilish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular real voqelikni kuzatish, tajriba o‘tkazish, o‘lchash hamda amaliy faoliyat natijasida olingan faktik ma’lumotlar majmuasini ifodalaydi. Tadqiqot jarayonida empirik ma’lumotlar nazariy xulosalarni asoslash, ilmiy gipotezalarni tekshirish hamda yangi ilmiy bilimlarni shakllantirishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada empirik ma’lumotlarning asosiy turlari – kuzatuv natijalari, eksperimental ma’lumotlar, statistik ko‘rsatkichlar hamda sotsiologik tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, empirik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash usullari, ularning ishonchliligi hamda ilmiy tadqiqotdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda empirik ma’lumotlarni tizimlashtirish va ularni nazariy bilimlar bilan uyg‘unlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Empirik ma’lumotlarning to‘g‘ri yig‘ilishi va tahlil qilinishi ilmiy tadqiqot natijalarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Mazkur maqolada empirik ma’lumotlarning ilmiy bilish jarayonidagi roli hamda ularning zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
2026-03-17
PSIXOFIZIKA FANI PAYDO BO‘LISHI HAMDA SHAKLLANISHIDA E. VEBER VA T. FEXNER TADQIQOTLARINING O‘RNI
Psixofizika fani XIX asr oxirida inson sezgi va hissiy tajribalarni o‘lchashga qaratilgan ilmiy yo‘nalish sifatida paydo bo‘ldi. Ushbu fan asoschilaridan E. Vebber va T. Fexnerning tadqiqotlari psixofizikaning nazariy va tajribaviy asoslarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. E. Vebber sezgi intensivligi va o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbiy munosabatni aniqlagan “Vebber qonuni” bilan mashhur bo‘lib, bu inson sezgisining matematik ifodalanishini imkon qildi. T. Fexner esa sezgi chegaralari va minimal sezilarli farqlarni tajriba asosida aniqlash orqali psixofizik metodlarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Ularning izlanishlari psixofizika metodikasini tizimli va ilmiy asosda shakllantirishga yordam berdi, bu esa psixologiya va fiziologiya fanlarining integratsiyasiga zamin yaratdi. Mazkur maqola E. Vebber va T. Fexnerning ilmiy merosi va psixofizika fanining shakllanishidagi o‘rni tahlil qilinadi, shuningdek, ularning metodologik yondashuvlari zamonaviy psixologik tadqiqotlarda qo‘llanilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi.
2026-03-18
MOLIYA BOZORINING RAQAMLI MODERNIZATSIYASI VA UNING MILLIY IQTISODIYOT BARQARORLIGIDAGI O‘RNI
XXI asrda jahon iqtisodiyoti raqamli transformatsiya bosqichiga o‘tdi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqaruv tizimlari bilan bir qatorda moliya bozorining ham tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Moliya sektorining raqamlashtirilishi bugungi kunda iqtisodiy samaradorlikni oshirish, moliyaviy oqimlar shaffofligini ta’minlash va davlat byudjeti barqarorligini mustahkamlashning muhim omillaridan biri sifatida qaralmoqda. Raqamli texnologiyalar asosida shakllanayotgan moliyaviy infratuzilma kapital aylanish tezligini oshirib, iqtisodiy jarayonlarni soddalashtirmoqda.
2026-03-23
TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI TAKOMILLASHTIRISHDA BOJXONA VA BANK TIZIMINING ROLI
Ushbu tezisda tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish jarayonida bojxona va bank tizimining o‘rni hamda ularning milliy iqtisodiyot rivojiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, bank-moliya mexanizmlarining tashqi savdo operatsiyalaridagi roli, valyuta nazorati va hisob-kitob tizimlari o‘rganilgan. Shuningdek, bojxona va bank tizimlari o‘rtasidagi hamkorlikning tashqi savdo samaradorligini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tahlillar natijasida bojxona va bank tizimlarining muvofiqlashtirilgan faoliyati tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, savdo hajmini kengaytirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil ekanligi aniqlangan.
2026-03-23
VALYUTA BOZORIDA ALMASHUV KURSINING SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI KOMPLEKS TAHLILI
Zamonaviy global iqtisodiyot sharoitida valyuta bozori mamlakat moliyaviy tizimining strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tarkibiy qismi hisoblanadi. Milliy valyuta kursining shakllanishi iqtisodiyotning ochiqlik darajasi, tashqi savdo aloqalari, kapital harakati, pul-kredit siyosati hamda makroiqtisodiy barqarorlik bilan bevosita bog‘liqdir. Valyuta kursi nafaqat xalqaro hisob-kitoblar vositasi, balki iqtisodiyotning umumiy holatini aks ettiruvchi muhim indikator sifatida ham namoyon bo‘ladi. Shu sababli uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni chuqur tahlil qilish davlat iqtisodiy siyosatini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2026-03-23
ИНВЕСТИЦИОННАЯ ПОЛИТИКА КОМПАНИИ КАК ФАКТОР ОБЕСПЕЧЕНИЯ РОСТА И УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ БИЗНЕСА
Инвестиционная политика компании в современных экономических условиях выступает одним из ключевых факторов, определяющих темпы роста, уровень конкурентоспособности и устойчивость развития бизнеса. В условиях глобализации, цифровой трансформации и усиления нестабильности финансовых рынков роль инвестиционных решений существенно возрастает, поскольку именно инвестиции формируют основу для расширения производственного потенциала, внедрения инноваций и повышения эффективности использования ресурсов. Компании, способные выстраивать системную и стратегически ориентированную инвестиционную политику, обладают значительными преимуществами в достижении долгосрочных целей развития.
2026-03-23
MOLIYAVIY BOZORLAR VA ULARNING ISHTIROKCHILARINING IQTISODIY FAOLLIGINI TAHLIL QILISH VA BAHOLASH
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy bozorlar iqtisodiy tizimning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, ular orqali moliyaviy resurslarning shakllanishi, taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Moliyaviy bozorlar real sektor bilan moliyaviy sektor o‘rtasidagi asosiy bog‘lovchi mexanizm bo‘lib, investitsiya jarayonlarini jadallashtirish, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
2026-03-23
KOMPANIYANING PUL OQIMLARINI BOSHQARISH VA PUL MABLAG’LARINI OPTIMALLASHTIRISH
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyalarning barqaror faoliyat yuritishi va raqobatbardoshligini ta’minlash ko‘p jihatdan moliyaviy resurslarni samarali boshqarish darajasiga bog‘liq. Ayniqsa, pul oqimlarini oqilona tashkil etish va pul mablag‘larini optimallashtirish korxona likvidligi, to‘lovga qobiliyati hamda uzoq muddatli rivojlanish istiqbollarini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Pul oqimlarining yetarli darajada bo‘lmasligi yoki ularning noto‘g‘ri taqsimlanishi hatto yuqori daromadga ega korxonalarni ham moliyaviy inqirozga olib kelishi mumkin.
2026-03-23
O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI BANK XIZMATLARINING RIVOJLANISHIDA MOBIL BANKING VA ONLAYN PLATFORMALARNING ROLI (XAMKORBANK ATB MISOLIDA)
Ushbu tezisda O‘zbekistonda bank tizimini raqamlashtirish jarayonida mobil banking va onlayn bank platformalarining rivojlanish masalalari hamda ularning moliyaviy xizmatlar sifati va bank faoliyati samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Hamkorbank” ATB misolida mobil ilovalar, masofaviy bank xizmatlari va raqamli platformalarning joriy etilishi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish tezligi, moliyaviy inklyuziya va operatsion xarajatlarni qisqartirishdagi roli o‘rganilgan. Shuningdek, raqamli bank xizmatlarini rivojlantirishda tijorat banklari strategiyasi, axborot texnologiyalari infratuzilmasi va regulyator talablarining ahamiyati yoritilgan. Tahlillar natijasida mobil banking va onlayn platformalar bank xizmatlarining ommabopligi va raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil ekanligi aniqlangan.
2026-03-23
БАНКЛАР ТОМОНИДАН “ЯШИЛ КРЕДИТЛАР” ЖОРИЙ ЭТИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ (“ИПАК ЙЎЛИ” АИТБ МИСОЛИДА)
Ушбу тезисда тижорат банклари фаолиятида “яшил кредитлар”ни жорий этиш истиқболлари ҳамда уларнинг барқарор иқтисодий ривожланишга таъсири таҳлил қилинади. Тадқиқотда “Ипак Йўли” АИТБ мисолида экологик тоза ва энергия тежамкор лойиҳаларни молиялаштириш механизмлари, яшил кредит маҳсулотларининг банк кредит портфелидаги улуши, рискларни бошқариш тизимига таъсири ҳамда молиявий самарадорлиги ўрганилган. Шунингдек, яшил кредитларни ривожлантиришда банк стратегияси, халқаро молиявий институтлар талаблари ва давлатнинг экологик сиёсати ўрни ёритилган. Таҳлиллар натижасида яшил кредитлар банк фаолиятида узоқ муддатли барқарорликни таъминлаш, экологик рискларни камайтириш ва банкнинг ижтимоий масъулиятини кучайтиришда муҳим молиявий инструмент эканлиги аниқланган.
2026-03-23
ПОВЫШЕНИЕ ИНВЕСТИЦИОННОЙ ПРИВЛЕКАТЕЛЬНОСТИ КОМПАНИЙ ПУТЁМ ИНТЕГРАЦИИ В МЕЖДУНАРОДНЫЕ ТОРГОВЫЕ СИСТЕМЫ
В условиях глобализации мировой экономики инвестиционная привлекательность компаний во многом определяется их способностью эффективно функционировать в международной экономической среде. Одним из ключевых факторов устойчивого развития предприятий становится интеграция в международные торговые системы, позволяющая расширять рынки сбыта, увеличивать экспортный потенциал, привлекать иностранные инвестиции и внедрять современные технологии. Участие в глобальной торговле способствует росту доходов компаний, повышению их финансовой устойчивости и укреплению конкурентных позиций на мировом рынке.
2026-03-23
ВЛИЯНИЕ ЭКСПОРТНОЙ АКТИВНОСТИ НА ФИНАНСОВУЮ УСТОЙЧИВОСТЬ КОМПАНИЙ И УПРАВЛЕНИЕ ВАЛЮТНЫМИ РИСКАМИ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ИНСТРУМЕНТОВ РЫНКА ЦЕННЫХ БУМАГ
В условиях глобализации мировой экономики экспортная активность становится одним из ключевых факторов устойчивого развития компаний. Для государств с формирующейся рыночной экономикой экспорт выступает важным источником валютных поступлений, роста производства и расширения внешнеэкономических связей. Компании, ориентированные на внешние рынки, получают дополнительные возможности для увеличения доходов, диверсификации рынков сбыта и повышения конкурентоспособности. Вместе с тем экспортная деятельность сопровождается усилением валютных рисков, связанных с колебаниями обменных курсов, изменением внешнего спроса и нестабильностью мировой экономической конъюнктуры.
2026-03-23
TURIZM SOHASIDA KLASTER YONDASHUVINING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI
Turistik tarmoq oʻzida nafaqat katta miqdordagi balki turistik xizmatlarni yetkazib berish jarayonida qatnashadigan boshqa korxonalarni birlashtiradi. Hozirda Yevropa mamalakatlari ilmiy va hukumat doiralarida tez-tez “klasterli biznes”, “klasterli yondashuv” degan atamalar jarang sochmoqda.
2026-03-23
DESIGNING FINANCIAL MODELS FOR SMALL FOOD ENTERPRISES: MODERN APPROACHES AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT STRATEGIES
This article examines the theoretical foundations and practical mechanisms for designing effective financial models for small food enterprises. The study analyzes traditional and innovative financing approaches including bootstrapping, bank credits, Revenue-Based Financing (RBF), crowdfunding, micro-franchising, and circular economy models. Through comparative analysis of global case studies and adaptation to local conditions in Uzbekistan, the research identifies hybrid financial models as the most effective, combining traditional and innovative approaches to achieve optimal payback periods of 12-18 months and ROI of 30-55%. The study employs Business Model Canvas, SWOT analysis, and financial metrics including NPV, IRR, and payback period calculations. Key findings indicate that diversification of revenue streams, maintaining 3-6 month financial buffers, and leveraging fintech solutions significantly enhance financial sustainability. The article provides practical recommendations for small business owners and policy suggestions for government agencies to support small food enterprise development within the framework of Uzbekistan-2030 Strategy and Sustainable Development Goals.
2026-03-23
ФУНКЦИИ И ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ БАНКОВ В ИНВЕСТИЦИОННОМ КРЕДИТОВАНИИ
В статье рассматриваются основные функции коммерческих банков в системе инвестиционного кредитования и выявляются приоритетные направления их деятельности в современных экономических условиях. Результаты исследования позволяют определить стратегические приоритеты развития инвестиционного кредитования в контексте модернизации экономики и структурных преобразований.
2026-03-30
ОБЕСПЕЧЕНИЕ ПРАВА НА БЕЗОПАСНОСТЬ МЕДИЦИНСКОЙ ПРОДУКЦИИ В ЭПОХУ ГЛОБАЛЬНЫХ МАРКЕТПЛЕЙСОВ: ПРОБЛЕМА СТАТУСА БАД
Стремительное развитие трансграничной электронной торговли (cross-border e-commerce) в последние десятилетия радикально изменило ландшафт мирового фармацевтического рынка. Доступность глобальных торговых платформ, таких как iHerb, Amazon и AliExpress, создала условия для беспрепятственного перемещения товаров, влияющих на здоровье человека, через национальные границы. Однако это технологическое достижение обнажило глубокий системный кризис в международно-правовом регулировании разграничения лекарственных средств (ЛС) и биологически активных добавок (БАД).
2026-03-30
LOGISTIKA MARKAZLARNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Maqolada logistika markazlarning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Ushbu bosqichlarda amalga oshirilgan asosiy yo‘nalishlar, logistikaning maqsad va vazifalari keltirilgan bo‘lib, logistika markazlarining samarali faoliyati hududiy rivojlanish, eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi, iqtisodiyotning muhim infratuzilma elementi sifatida ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol jarayonlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqligini asoslab berildi.
2026-03-30
ТИЖОРАТ БАНКЛАРИНИНГ ИҚТИСОДИЙ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДА ХОРИЖ ТАЖРИБАСИНИНГ ЎРНИ ВА АҲАМИЯТИ
Тижорат банкларининг иқтисодий хавфсизлигини таъминлаш замонавий молиявий тизим барқарорлигининг асосий шарти ҳисобланади. Глобаллашув, молиявий инновациялар, рақамли трансформация ва трансчегаравий капитал ҳаракатининг кенгайиши банклар фаолиятига таъсир этувчи хавфлар спектрини сезиларли даражада кенгайтирди. Шу сабабли ривожланган давлатларда тижорат банкларининг иқтисодий хавфсизлигини таъминлаш бўйича комплекс ва институционал жиҳатдан мустаҳкам тизимлар шаклланган бўлиб, улар миллий молиявий барқарорликни таъминлашда муҳим омил сифатида намоён бўлмоқда.
2026-03-30
“SERGEY YESENIN VA ABDULLA ORIPOV LIRIKASIDA INSON VA TABIAT UYG‘UNLIGI”
Adabiyot — bu inson ruhining aks-sadosidir. Unda shoir o‘z yuragini, ruhiy kechinmalarini, hayot haqidagi mulohazalarini satrlar ichiga singdiradi. Ayniqsa she’riyatda tabiat obrazlari inson qalbidagi holatlarni bevosita yoki bilvosita yoritishda qudratli vositaga aylanadi. Bu jihatdan Sergey Yesenin va Abdulla Oripov lirikasini tahlil qilish, ikki millat vakilining she’riy tasavvurida inson va tabiat uyg‘unligi qanday ifodalanganini ochib berishda nihoyatda muhimdir. Har ikki shoir o‘z ijodida tabiatni nafaqat tashqi go‘zallik sifatida, balki ichki dunyoning, ruhiy iztiroblarning, sokin yoki notinch qalbning ifodasi sifatida ko‘rsatgan.
2026-03-30
BANKLARNING RAQOBATDOSHLIGINI OSHIRISH VA ULARNI MUVAFFAQIYATLI BOSHQARISH MASALALARI
Tijorat banklarining raqobatdoshlik darajasini oshirish hamda ularni muvaffaqiyatli boshqarish bilan bog’liq nazariy va amaliy masalalar tadqiq etilgan. Bank tizimida raqobatning kuchayishi moliyaviy barqarorlik xizmatlar sifati va innovatsion rivojlanish bilan chambarchas bog’liq ekanligi asoslab berilgan. Tadqiqot jarayonida banklar raqobatdoshligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlanib, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarni joriy etish orqali bank faoliyatini takomillashtirish bo’yicha ilmiy xulosalar va amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
2026-03-30
AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA AXBOROT SHAFFOFLIGI VA INVESTITSIYA FAOLLIGI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aksiyadorlik jamiyatlari milliy va xalqaro kapital harakatining muhim institutsional subyekti sifatida faoliyat yuritadi. Kapital bozorlarining globallashuvi, investorlar o‘rtasidagi raqobatning kuchayishi hamda moliyaviy axborot oqimining tezlashuvi korporativ boshqaruv tizimida shaffoflik masalasini ustuvor ahamiyat kasb etadigan omilga aylantirdi. Zamonaviy iqtisodiy munosabatlarda investorlar qaror qabul qilish jarayonida nafaqat kompaniyaning moliyaviy natijalariga, balki uning boshqaruv sifati, axborot ochiqligi, risklarni oshkor etish darajasi va strategik barqarorligiga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Shu nuqtai nazardan, aksiyadorlik jamiyatlarida axborot shaffofligi va investitsiya faolligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ilmiy jihatdan asoslash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
2026-03-30
BANK XIZMATLARINI SOTISH JARAYONIDA MIJOZLAR BILAN MUNOSABATLARNI SAMARALI BOSHQARISHDA CRM TIZIMLARINING AHAMIYATI (HAMKORBANK ATB MISOLIDA)
Mazkur tezis zamonaviy bank tizimida mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish (CRM) tizimlarining bank xizmatlarini sotishdagi o‘rni va ahamiyatini yoritishga bag‘ishlangan. Bugungi kunda global iqtisodiyotning raqamli transformatsiya jarayonlari bank sektoriga ham chuqur kirib kelgan bo‘lib, bu esa banklar faoliyatida yangi yondashuvlarni talab etmoqda. Ayniqsa, mijozlarga yo‘naltirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish banklarning raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim omilga aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan CRM tizimlari bank xizmatlarini samarali sotish, mijozlar ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos xizmatlar taklif etishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi.
2026-03-30
ПОВЫШЕНИЕ ИНВЕСТИЦИОННОЙ ПРИВЛЕКАТЕЛЬНОСТИ КОМПАНИЙ ПУТЁМ ИНТЕГРАЦИИ В МЕЖДУНАРОДНЫЕ ТОРГОВЫЕ СИСТЕМЫ
В условиях глобализации мировой экономики инвестиционная привлекательность компаний во многом определяется их способностью эффективно функционировать в международной экономической среде. Одним из ключевых факторов устойчивого развития предприятий становится интеграция в международные торговые системы, позволяющая расширять рынки сбыта, увеличивать экспортный потенциал, привлекать иностранные инвестиции и внедрять современные технологии. Участие в глобальной торговле способствует росту доходов компаний, повышению их финансовой устойчивости и укреплению конкурентных позиций на мировом рынке.
2026-03-30
ZAMONAVIY TIBBIYOTDA DORIVOR ÒSIMLIKLAR VA ULARNI YIĢMALARINING AHAMIYATI
Zamonaviy tibbiyotda dorivor o‘simliklar va ularning yig‘malari muhim o‘rin egallaydi. Dorivor o‘simliklar inson salomatligini saqlash, kasalliklarning oldini olish hamda ularni davolashda qadim zamonlardan buyon qo‘llanib kelinmoqda. Hozirgi kunda ilmiy tadqiqotlar natijasida ko‘plab dorivor o‘simliklarning biologik faol moddalarga boyligi aniqlangan bo‘lib, ular farmatsevtika sanoatida keng foydalanilmoqda. O‘simlik tarkibidagi alkaloidlar, flavonoidlar, glikozidlar, efir moylari, vitaminlar va boshqa biologik faol birikmalar organizmga turli ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli dorivor o‘simliklar asosida tayyorlangan preparatlar ko‘plab kasalliklarni davolashda samarali vosita sifatida qo‘llaniladi. Dorivor o‘simliklar yig‘malari esa bir nechta o‘simlik turlarining birgalikda qo‘llanilishi orqali ularning shifobaxsh ta’sirini kuchaytirishga xizmat qiladi. Bunday yig‘malar organizmga kompleks ta’sir ko‘rsatib, turli tizimlar faoliyatini yaxshilaydi. Zamonaviy tibbiyotda o‘simlik asosidagi preparatlar yurak-qon tomir, ovqat hazm qilish, nafas olish va asab tizimi kasalliklarini davolashda keng qo‘llanmoqda. Bundan tashqari, dorivor o‘simliklardan tayyorlangan vositalar nisbatan kam nojo‘ya ta’sirga ega bo‘lgani uchun profilaktika va uzoq muddatli davolashda ham qo‘llanilishi mumkin. Shunday qilib, dorivor o‘simliklar va ularning yig‘malari zamonaviy tibbiyotda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, farmatsevtika va tibbiyot sohasida keng qo‘llanilmoqda.
2026-03-30
