«Applied Sciences in the modern world: problems and solutions» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.

Published: 2026-04-06

ADABIY QAHRAMON PSIXOLOGIYASIDA YOLGʻIZLIK VA DOʻSTLIK GʻOYALARINING IFODALANISHI: XUDOYBERDI TOʻXTABOYEV HAMDA SUSAN HILL IJODI MISOLIDA

Mazkur tezisda o‘zbek va ingliz bolalar adabiyotida do‘stlik va yolg‘izlik motivlarining badiiy ifodalanishi qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” va Susan Hillning “I’m the King of the Castle” asarlari misolida amalga oshiriladi. Tahlil natijasida do‘stlik motivining o‘zbek bolalar adabiyotida qahramonning ruhiy kamoloti va jamoaviy qadriyatlarning badiiy ifodasi sifatida, yolg‘izlik motivining esa ingliz bolalar adabiyotida psixologik travma va izolyatsiyaning asosiy ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lishi aniqlandi.

Gulshoda Avloyorova

4-7

2026-04-06

РЕКОМЕНДАТЕЛЬНЫЕ АКТЫ МЕЖДУНАРОДНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ В СФЕРЕ ЗАЩИТЫ ПРАВ РЕБЁНКА И ИХ ВЛИЯНИЕ НА НАЦИОНАЛЬНУЮ ПРАВОВУЮ ПОЛИТИКУ

Рекомендательные акты международных организаций — резолюции Генеральной Ассамблеи ООН, замечания общего порядка договорных органов, руководящие принципы ЮНИСЕФ и документы региональных структур — не обладают юридически обязывающей силой, однако оказывают существенное нормативное воздействие на формирование и трансформацию национальной правовой политики в сфере защиты прав ребёнка. Настоящий тезис исследует механизмы такого воздействия — от интерпретативного авторитета замечаний общего порядка Комитета ООН по правам ребёнка до политической обусловленности универсального периодического обзора (УПО) — и анализирует степень их рецепции в законодательстве Республики Узбекистан. Рассматриваются конкретные примеры влияния рекомендательных актов на конституционную реформу 2023 года, развитие института Уполномоченного по правам ребёнка и реформы системы альтернативного ухода за детьми. Тезис аргументирует, что именно «мягкое право» международных организаций выступает основным катализатором модернизации детского законодательства Узбекистана и предлагает рекомендации по повышению системности этого процесса.

Феруза Худойберганова

8-15

2026-04-06

КОРХОНАЛАРДА КОНВЕРГЕНТ СТРАТЕГИК МЕНЕЖМЕНТ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ

Замонавий иқтисодий муҳитда тўқимачилик корхоналари рақобатбардошлигини сақлаб қолиш ва ривожланиш учун фақат самарали операцион фаолият билан чекланиб қолмай, стратегик менежментнинг интеграцияланган ва конвергент ёндашувини жорий этиши лозим. Конвергент стратегик менежмент – бу турли менежмент жараёнлари, инновацион технологиялар, ресурслар ва ташкилотнинг корпоратив мақсадлари ўртасида уйғунликни таъминлайдиган бошқарув усулидир. Бу ёндашув орқали корхоналар ўз ишлаб чиқариш қувватларини оптималлаштириши, самарадорликни ошириши ва бозордаги рақобат устунлигини сақлаб қолиши мумкин.

Нилуфар Кадирходжаева

16-18

2026-04-06

THE IMPORTANCE OF PRACTICAL ACTIVITIES IN TEACHING ENGLISH IN THE FIELD OF ECONOMICS

Teaching English to students in the field of economics requires effective methods that help learners develop both language proficiency and professional communication skills. Practical activities play a crucial role in this process because they allow students to apply theoretical knowledge in real-life situations. Activities such as case studies, role-plays, presentations, business simulations, and group discussions help students improve their speaking, writing, listening, and analytical abilities. Through these methods, learners become more confident in using economic terminology and communicating in professional contexts. Practical tasks also increase students’ motivation and engagement, making the learning process more interactive and meaningful. Moreover, such activities encourage critical thinking, collaboration, and problem-solving skills that are essential for future economists and business professionals. Integrating practical activities into English language teaching not only strengthens linguistic competence but also prepares students for real-world economic communication. Therefore, practical approaches are an important component of modern English teaching in economics education.

Shovkatov Ibrohimjon Ziyodbek òģli, Islombek Maxmudov

19-24

2026-04-06

5–6-SINF MATEMATIKA TA’LIMIDA MRT YONDASHUVINI ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR BILAN INTEGRATSIYALASH

Mazkur ilmiy tezisda 5–6-sinf matematika ta’limida MRT (moddiy–rasmli–timsolli) yondashuvini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan integratsiyalashning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida MRT yondashuvi asosida tashkil etilgan dars jarayonlari, interaktiv metodlar, raqamli ta’lim vositalari va kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuvlarning o‘quvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirishga ta’siri o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, MRT yondashuvini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalari va fan bo‘yicha kompetensiyalarini sezilarli darajada oshiradi.

Xolmirza Yusupov

25-29

2026-04-07

KIBERJINOYATLARNING MIQDORIY VA SIFATIY KO‘RSATKICHLARI TAHLILI: GLOBAL VA O‘ZBEKISTON KONTEKSTIDA (2021–2025 YILLAR)

Mazkur maqolada 2021–2025 yillar kesimida kiberjinoyatlarning miqdoriy va sifatiy ko‘rsatkichlari global va O‘zbekiston kontekstida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida kiberjinoyatlar sonining dinamikasi, ularning turlari, yetkazilgan zarar hajmi, sodir etish usullari, jinoyatchilar shaxsi hamda asosiy tendensiyalar ilmiy asosda yoritilgan. Olingan natijalar kiberjinoyatchilikning zamonaviy jamiyat uchun jiddiy xavfga aylanganini ko‘rsatadi hamda unga qarshi samarali kurashish yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qiladi.

Ruzimat Tashtanboyev

30-34

2026-04-08

WAYS TO MODERNIZE THE TAXATION SYSTEM FOR E-COMMERCE ENTITIES

The rapid expansion of the digital economy has fundamentally transformed traditional business operations, reshaping production, distribution, and consumption patterns across the globe. Electronic commerce, as one of the most dynamic components of the digital economy, has experienced unprecedented growth in recent years, driven by advancements in information and communication technologies, widespread internet access, mobile commerce, and digital payment systems. As a result, businesses are increasingly shifting from traditional physical marketplaces to online platforms, creating new opportunities for entrepreneurs, consumers, and governments. However, this transformation has also created significant challenges for existing taxation systems, which were originally designed to regulate conventional business models with clear geographical boundaries and physical presence.

Homidov Bakhtiyor Rahimberdievich

35-40

2026-04-09

MAHALLIY XOMASHYOLAR ASOSIDA OLINGAN KOMPOZITSION SORBENTLARNING MUSTAHKAMLIK DARAJASI ANIQLASH

Kompozitsion sorbentlarning mustahkamlik darajasi ularning mexanik barqarorligi va ekspluatatsion ishonchliligini belgilovchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Sorbentlarning filtratsiya va dinamik sharoitlarda qo‘llanilishi davomida ularning parchalanmasligi va shaklini saqlab qolishi zarur. Mustahkamlik darajasi sorbentning g‘ovak tuzilishi, bog‘lanish darajasi hamda tarkibiy komponentlar o‘zaro ta’siriga bevosita bog‘liq. Shu sababli sorbentlarning mexanik mustahkamligini aniqlash ularning amaliy qo‘llanish samaradorligini baholashda muhim ahamiyatga ega.

Feruz Toʻxtayev , Gulhayo Nurnazarova, Madina Mamatova

41-43

2026-04-09

YOSHLAR ORASIDA DINIY QADRIYATLARNING SHAKILLANISHI

Mazkur maqolada yoshlar orasida diniy qadriyatlarning shakllanish jarayoni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda diniy qadriyatlarning yoshlar ongida qaror topishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar — oila, ta’lim tizimi, ijtimoiy muhit hamda zamonaviy axborot vositalari o‘rganilgan. Shuningdek, globallashuv sharoitida yoshlarning diniy qarashlarida yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar va ularning ijobiy hamda salbiy jihatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari diniy qadriyatlarning yoshlar ma’naviyati va ijtimoiy faolligini shakllantirishdagi muhim o‘rnini ko‘rsatadi. Maqolada yoshlar orasida diniy bag‘rikenglikni rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Dilyora Odiljonova

44-47

2026-04-09

MUSIQA TA’LIMIDA MUSIQIY PLATFORMALAR VA GLOBAL INTEGRATSIYA

Ushbu maqolada musiqa ta’limida zamonaviy raqamli musiqiy platformalarning o‘rni hamda ularning global ta’lim muhitiga integratsiyalashuvi masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda globalizatsiya sharoitida musiqa ta’limining transformatsiyasi, innovatsion platformalar orqali bilim berish samaradorligi, shuningdek, bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarning kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, musiqiy platformalar orqali tashkil etilgan ta’lim jarayoni talabalarda mustaqil o‘rganish, ijodiy fikrlash va global madaniy qadriyatlarni anglash ko‘nikmalarini shakllantiradi.

A. Kamolov

48-54

2026-04-10

СТЕНТ ТРОМБОЗИНИ ПРОГНОЗЛАШДА ИММУН-ЯЛЛИҒЛАНИШ ОМИЛЛАРИНИ КОМПЛЕКС БАҲОЛАШ

Иммун тизим ва гемостазнинг ўзаро таъсири ТОКАдан кейин тромботик асоратлар ривожланишининг асосий механизми ҳисобланади. Иммун яллиғланиш фаоллашуви цитокинлар ва нейтрофил омиллар таъсири туфайли гемостатик мувозанатнинг гиперкоагуляция томонга силжишига ёрдам беради. Тромботик матрикснинг асоси сифатида нейтрофил экстрацеллюляр қопқонларнинг шаклланиши алоҳида аҳамиятга эга. Иммунологик маркерлар истиқболли хавф кўрсаткичлари ва потенциал терапевтик нишонлар сифатида қаралади.

Бахтиер Умаров, Кодиржон Ёркулов

55-56

2026-04-13

TIJORAT BANKLARIDA XALQARO BANK XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH VA INVESTITSION STRATEGIYALARNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI (“HAMKORBANK” ATB CHIRCHIQ FILIALI MISOLIDA)

Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish sharoitida tijorat banklari faoliyatida xalqaro bank xizmatlari va investitsion strategiyalarni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Globalizatsiya jarayonlarining jadallashuvi, xalqaro savdo aloqalarining kengayishi hamda moliya bozorlarining integratsiyalashuvi bank tizimiga yangi talablar qo‘ymoqda. Shu sababli, tijorat banklarida xalqaro xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va investitsion faoliyatni samarali tashkil etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Nodirbek Mullajanov

57-59

2026-04-13

TIJORAT BANKLARIDA VALYUTA RISKLARINI BOSHQARISH VA HEDJING STRATEGIYALARINING SAMARADORLIGI

Hozirgi globallashuv sharoitida tijorat banklari faoliyatida xalqaro operatsiyalar hajmining ortib borishi valyuta risklarining ahamiyatini keskin oshirmoqda. Banklar turli valyutalarda operatsiyalarni amalga oshirar ekan, valyuta kurslarining o‘zgaruvchanligi ularning moliyaviy natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda jahon moliya bozorlarida yuz berayotgan beqarorlik, inflyatsiyaning yuqori darajasi, foiz stavkalarining o‘zgarishi va geosiyosiy vaziyatlarning keskinlashuvi valyuta kurslarining sezilarli darajada tebranishiga olib kelmoqda. Bu esa tijorat banklarida valyuta risklarini samarali boshqarishni muhim vazifaga aylantirmoqda.

Javohirbek Turg'unboyev

60-63

2026-04-13

TIJORAT BANKLARIDA INNOVATSION BANK XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI

Hozirgi davrda dunyoda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, jahon iqtisodiyotining globallashuvi, shuningdek xalqaro va mahalliy bozorlarda raqobatning keskinlashuvi tijorat banklarida innavatsion bank xizmatlarini rivojlantirish, takomillashtirish dolzarbligini ko‘rsatmoqda.

Javoxir Ergashov

64-66

2026-04-13

KORPUS LINGVISTIKASINING SHAKLLANISHI, TARAQQIYOTI VA BUGUNI DOIRASIDA AYRIM MULOHAZALAR

Ushbu tadqiqotda korpus lingvistikasining shakllanishi, taraqqiyoti va bugungi holati tilshunoslikdagi metodologik burilishlar doirasidagi qarashlar aks etib,  mazkur yo‘nalishning tarixiy ildizlari, rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy tendensiyalari tahlil qilinadi. BUnda korpus lingvistikasining dastlabki bosqichida qo‘lda tuzilganligi,  keyinchalik kompyuter texnologiyalari asosida yaratilgan katta hajmli elektron korpuslargacha bo‘lgan evolyutsiyasi yoritiladi. Shuningdek, Brown University huzurida yaratilgan birinchi zamonaviy korpuslardan tortib, qiyosiy jadval asosida ko biri – Brown Corpus misolida korpus tuzish tamoyillari va ularning ilmiy‘rsatib berilgan. Bundan tashqari bugungi kunda korpus lingvistikasining tabiiy tilni qayta ishlash, sun’iy intellekt va raqamli gumanitar fanlar bilan integratsiyalashuvi alohida e’tirof etilib, uning lingvistik tahlil imkoniyatlari kengayib borayotgani ta’kidlanadi.

Durdona Roʻziyeva

67-69

2026-04-13

HUDUDLARDA MAHALLIY BUDJETLAR DAROMADLAR MANBAINI KENGAYTIRISH YOʻLLARI

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonida mahalliy budjetning oʻrni, uning moliyaviy imkoniyatlari va samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, mahalliy budjetlar daromad bazasini shakllanishining ilmiy-amaliy asoslari yoritib berilgan. Hududlar iqtisodiy salohiyatidan oqilona foydalanish orqali mahalliy budjetlar daromad bazasini mustahkamlash imkoniyatlari asoslangan.

Dilshodjon Sharopov

70-73

2026-04-13

KAPITAL BOZORI ORQALI MAMLAKAT IQTISODIYOTIGA INVESTITSIYA JALB QILISHNING BELARUS TAJRIBASI

Mazkur ilmiy tezisda mahalliy va xorijiy olimlarning mavzuga doir tadqiqot ishlari hamda Belarus moliya bozori joriy holati tahlil qilinadi. Moliya bozori instrumentlari orqali moliyalashtirish davlat va korporativ siyosatning kompleks mexanizmining vostalaridan biri sifatida tadqiq etilgan, Belarus Respublikasida fond bozoridan kapital jalb qilish tajribasi orqali O‘zbekiston fond bozorida sog‘lom raqobatni yuzaga keltirishga doir xulosalar, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar keltirilgan.

Adxam Abduraxmanov

74-76

2026-04-13

TIJORAT BANKLAR AKTIVLARI SAMARADORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA RIVOJLANGAN DAVLATLAR TAJRIBALARIDAN MAMLAKATIMIZDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Bugungi iqtisodiy beqarorlik, mavhum kelajak va globalizatsiya sharoitida uhsbu mavzu zamonaviy bank tizimini isloh qilish va uning raqobatbardoshligini oshirish nuqtai nazaridan muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Bugungi kunda global moliya bozorida rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tijorat banklari aktivlarini samarali boshqarish faqatgina daromadlilikni oshirish bilan cheklanmay, balki risklarni minimallashtirish, kapital yetarliligini ta’minlash va innovatsion boshqaruv yondashuvlarini joriy etishni ham talab etadi. Shu bois, rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish va uni milliy bank tizimiga moslashtirish dolzarb vazifa hisoblanadi.

Davronbek Ibrohimov

77-79

2026-04-13

D ASOSIY FUNKSIYALAR FAZOSI

 orqali  fazoda aniqlangan barcha chеksiz diffеrеntsiallanuvchi finit funksiyalarning fazosini bеlgilaymiz. Biz bu  fazodagi yaqinlashish tushunchasini quyidagicha kiritamiz.

Gulnaza Koshmuratova

80-83

2026-04-13

METHODS OF STATE REGULATION AND MANAGEMENT OF FOREIGN TRADE

The necessity of state regulation of foreign trade is linked to protecting the national economy, the efficient use of national resources, and ensuring economic security. Effective policy serves to protect national producers, increase national income, and stabilize the national economy. However, incorrect policy can lead to social problems and lagging economic development. This article closely examines the concept of foreign trade activity and discusses its role in foreign economic activity. Furthermore, along with the practice of regulating foreign trade activity, the principles, methods, and mechanisms of regulation, as well as the subjects of foreign trade activity in the Republic of Uzbekistan and their characteristics, constitute the main subject of the article.

Olimdjon Elov, Javlon Ubaydullayev

84-88

2026-04-13

O’QUVCHILARDA QO‘SHIQ IJROCHILIGIDA NAFAS BOSHQARUVI KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODLARI

Mazkur maqolada bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilarida qo‘shiq ijrochiligida to‘g‘ri nafas olishning ahamiyati, uning ovoz sifati, intonatsion aniqlik va ijrochilik mahoratini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarda diafragma asosida nafas olish ko‘nikmalarini shakllantirish, nafasni boshqarish va tejamkor foydalanish usullari ko‘rib chiqilgan. Maqolada bolalar bilan ishlash jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik yondashuvlar va amaliy mashqlar tizimi ham yoritilib, ularning samaradorligi asoslab berilgan.

Iroda Abdusalomova , Shohida Omanqulova

89-91

2026-04-13

O‘ZBEKISTONDA NOQONUNIY MIGRATSIYAGA KO’MAKLASHGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK BELGILASH HAQIDA

Zamonaviy globallashuv jarayonlari va xalqaro mehnat taqsimotining kuchayishi inson resurslarining davlatlararo harakatlanishini jadallashtirdi, biroq bu bilan bir qatorda noqonuniy migratsiya kabi transmilliy tahdidning ko‘lamini ham kengaytirdi. Noqonuniy migratsiya shunchaki ma’muriy tartib-qoidalarni buzish emas, balki inson huquqlarining poymol etilishi, yashirin iqtisodiyotning oziqlanishi va milliy xavfsizlik tizimiga nisbatan jiddiy kriminogen xavf hisoblanadi. Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (IOM) va BMT ma’lumotlariga ko‘ra, migratsiya oqimlarining nazoratdan chiqishi uyushgan jinoyatchilik, odam savdosi va ekstremistik guruhlarning infiltratsiyasi uchun qulay zamin yaratmoqda. O‘zbekiston Respublikasi uchun ushbu masala nafaqat tashqi migratsiya oqimlarini tartibga solish, balki tranzit yo‘laklaridagi xavfsizlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan ham o‘ta dolzarbdir. Amaldagi qonunchilikda noqonuniy migratsiyaga ko‘maklashish bo‘yicha belgilangan normalar bugungi kunning murakkab kriminologik manzarasiga, xususan, axborot texnologiyalari orqali xizmat ko‘rsatuvchi va moddiy manfaatdor bo‘lgan tashuvchilar faoliyatiga to‘liq javob bermaydi. Shu sababli, noqonuniy migratsiya zanjiridagi barcha subyektlarning javobgarligini kriminallashtirishning huquqiy asoslarini ilmiy jihatdan qayta ko‘rib chiqish zaruriyati tug‘ilmoqda.

 

Jamshid Urozboyev , Abrorjon Otajonov

92-94

2026-04-13

ZARDUSHTIYLIKNING KELIB CHIQISHI SABABLARI VA MUQADDAS BITIGI

Mazkur maqolada zardushtiylik dinining kelib chiqish sabablari, uning shakllanishiga ta’sir etgan tarixiy, ijtimoiy va axloqiy omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, Zardusht tomonidan asos solingan ushbu ta’limotning asosiy g‘oyalari — ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash, insonning axloqiy kamoloti yoritib beriladi. Maqolada zardushtiylikning muqaddas kitobi — Avesto ning tuzilishi, mazmuni va ahamiyati haqida ham qisqacha ma’lumot berilgan. Ushbu ish zardushtiylikning tarixiy va madaniy meros sifatidagi o‘rnini ochib berishga qaratilgan.

Marjona Ikromova

95-97

2026-04-15

KOGNITIV TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI: KONSEPTUAL TIZIM VA LISONIY MANZARA TALQINI

Ushbu tezisda kognitiv tilshunoslikning bugungi kundagi ustuvor yo‘nalishlari, xususan, inson ongida bilimning shakllanishi va uning tilda aks etish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda dunyoning lisoniy manzarasi va konseptual tahlil metodologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.

Madina Rajabova

98

2026-04-16

RAQAMLI KONTENTGA NISBATAN TEXNOLOGIK HIMOYA CHORALARINING BUZILISHIDAN KELIB CHIQADIGAN NIZOLARNI HAL ETISH MEXANIZMLARI: O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI VA XALQARO AMALIYOT

Ushbu tezisda raqamli iqtisodiyot sharoitida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlarini himoya qilish maqsadida qo‘llaniladigan texnologik himoya choralarini aylanib o‘tish harakatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hal etishning o‘ziga xos huquqiy mexanizmlari kompleks tahlil qilingan. Xalqaro huquq normalari, xususan BIMTning “Internet shartnomalari” shuningdek, AQSh va Yevropa Ittifoqining huquqiy va sud amaliyoti qiyosiy o‘rganilib, ularning ilg’or jihatlarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi huquqiy bo‘shliqlar, xususan, qulfni buzuvchi vositalarni yaratish va tarqatish harakatlariga baho berishdagi muammolar yoritilgan. Tezis yakunida milliy huquqni qo‘llash amaliyotida raqamli nizolarni hal etish samaradorligini oshirish maqsadida axborot vositachilarining (provayderlar va platformalar) javobgarligini aniqlashtirish, ixtisoslashtirilgan intellektual mulk sudlarini rivojlantirish hamda nizolarni onlayn hal etishning innovatsion muqobil vositalarini qonuniylashtirish bo‘yicha aniq, amaliy huquqiy takliflar ilgari surilgan.

Durdona Abdurasulova

99-103

2026-04-16

YANGI O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY ISH SOHASINING RIVOJLANISH DINAMIKASI

Ushbu maqolada ijtimoiy ishning rivojlanishi jarayoni nazariy yondashuvlar va konsepsiyalar asosida tahlil qilinadi. Ijtimoiy ish sohasi jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etish, aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy adolatni ta’minlashga qaratilgan muhim faoliyat yo‘nalishi sifatida yoritiladi. Maqolada ijtimoiy ishning shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy nazariyalar — tizimli yondashuv, funksionalistik va gumanistik konsepsiyalar, shuningdek, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tahlil qilinadi. Bundan tashqari, ijtimoiy ish amaliyotining nazariy asoslari hamda ularning zamonaviy ijtimoiy jarayonlardagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot ijtimoiy ishning ilmiy asoslarini chuqurroq tushunishga va uning rivojlanish tendensiyalarini aniqlashga xizmat qiladi.

Qaxramon Axmedov , Kumush Darxonova , Muxlisa Abdumalikova , Pardaxol Hafizova

104-107

2026-04-16

NAMANGAN VILOYATIDA BOSHQARUV QARORLARINI PROGNOZLASH VA SAMARADORLIK TAHLILI

Mazkur maqolada Namangan viloyati misolida 2018–2025 yillar oralig‘idagi ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlar asosida mahalliy davlat boshqaruvida qabul qilinayotgan qarorlar samaradorligi kompleks tahlil qilingan hamda ekonometrik yondashuvlar asosida 2026–2030 yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Tadqiqotda regressiya tahlili va trend modellari orqali asosiy makroko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlanib, boshqaruv qarorlarining hududiy rivojlanishga ta’siri baholangan. Olingan natijalar mahalliy boshqaruv tizimida strategik rejalashtirishni takomillashtirish, resurslardan samarali foydalanish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini ilmiy asosda prognozlash imkonini beradi.

Farxod Axmedov

108-110

2026-04-16

NATIONAL AND CULTURAL SPECIFICS OF PAREMIOLOGICAL UNITS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES

This thesis investigates the national and cultural specifics of paremiological units—proverbs, sayings, and idiomatic expressions—in the English and Uzbek languages. Paremiology, as a branch of linguistics, reveals how the accumulated wisdom, worldview, and cultural values of a people are encoded in short, stable phrases passed across generations. The study applies comparative and contrastive analysis to identify equivalences, partial equivalences, and culture-bound lacunae between the two languages. Findings indicate that while universal human themes generate cross-linguistic parallels, a significant portion of paremiological units in both languages remain culturally unique, reflecting differences in history, geography, social structure, and national mentality. The results contribute to intercultural communication studies and may serve as a practical resource for translators, language teachers, and learners.

Pardayeva Yulduz

111-114

2026-04-16

FASILITATSION YONDASHUV ASOSIDA TALABALARDA REFLEKSIV KASBIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada fasilitatsion yondashuv asosida talabalarda refleksiv kasbiy kompetensiyani shakllantirishning nazariy-metodik asoslari yoritiladi. Tadqiqot zamonaviy oliy ta’lim jarayonida talabaning faol subyekt sifatida rivojlanishi, o‘z o‘quv va kasbiy faoliyatini tahlil qila olishi hamda refleksiya orqali o‘zini takomillashtirish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Fasilitatsion yondashuv o‘qituvchining yo‘naltiruvchi, qo‘llab-quvvatlovchi va hamkorlikka asoslangan pozitsiyasini kuchaytirib, talabalarda mustaqil fikrlash, tanqidiy tahlil va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, fasilitatsion muhitda tashkil etilgan ta’lim jarayoni refleksiv kasbiy kompetensiyaning shakllanishini tezlashtiradi va uning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Nargiza Quchqorova, Sayyoraxon Mamatkarimova

115-118

2026-04-18

INTRODUKSIYA SHAROITIDA O’SISH VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI: MOSLASHUVCHANLIK MEZONLARI

Maqolada o‘simliklarni yangi ekologik sharoitlarga joriy etishda ularning bioekologik xususiyatlari va adaptiv imkoniyatlarini baholash mezonlari tahlil qilingan. Introduksiya muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida fenologik ritm, morfometrik parametrlar va reproduktiv jarayonlar keltirilgan.

Valijon Maxmudov , Gulhayo Ergasheva, Maxpiratxon Aduqahhorova, Muqaddas Boqiyeva , Dilafruz Allaberdiyeva

119-121

2026-04-18

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA DIALEKT VA STANDART TIL MUNOSABATI

Ushbu ilmiy tezisda o‘zbek va ingliz tillarida dialekt va standart til o‘rtasidagi munosabatlar sotsiolingvistik nuqtai nazardan qiyosiy tahlil qilinadi. Tilning hududiy va ijtimoiy variativligi, standart tilning shakllanishi, dialektlarning funksional roli, normativlik va kommunikativ ehtiyojlar o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, ikki til tizimida dialekt va standart til o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmlari hamda ularning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi tahlil qilinadi.

Kamola Jalolova

122-126

2026-04-18

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA NUTQ REGISTRLARI VA ULARNING IJTIMOIY ROLI

Ushbu ilmiy tezisda o‘zbek va ingliz tillarida nutq registrlari hamda ularning ijtimoiy roli qiyosiy tahlil qilinadi. Nutq registrlari tilning kommunikativ vazifalarini amalga oshirishda muhim omil bo‘lib, ular ijtimoiy muhit, muloqot vaziyati, suhbatdoshlar o‘rtasidagi munosabat va maqsadga qarab shakllanadi. O‘zbek va ingliz tillarida rasmiy, norasmiy, ilmiy, publitsistik va kundalik nutq registrlarining lingvistik xususiyatlari, leksik va grammatik birliklari, pragmatik jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, registrlar orqali ijtimoiy tabaqalanish, madaniy qadriyatlar va kommunikativ strategiyalar ifodalanishi ilmiy asosda yoritiladi.

Kamola Jalolova

127-130

2026-04-18

O‘ZBEK TILI LEKSIKASIDA HARAKAT IFODASINING TARIXIY-LISONIY VA LINGVOMADANIY TADQIQI

Mazkur maqolada o‘zbek tilida harakatni ifodalovchi so‘zlarning tarixiy-lisoniy taraqqiyoti, leksik-semantik tuzilishi, pragmatik xususiyatlari hamda lingvomadaniy jihatlari tahlil qilindi. Tadqiqotda qadimgi turkiy manbalar, mumtoz adabiyot namunalarida uchraydigan birliklar hamda zamonaviy til materiallari qiyosiy asosda o‘rganildi. Harakat semantikasiga oid so‘zlarning ko‘p ma’noliligi, semantik kengayish imkoniyatlari yoritildi.

Dildora Turg'unova

131-134

2026-04-20

SUNʼIY INTELLEKT TOMONIDAN YARATILGAN ASARLARGA MUALLIFLIK HUQUQI: OʻZBEKISTON QONUNCHILIGI VA XALQARO AMALIYOT

Ushbu tezisda zamonaviy sunʼiy intellekt tizimlari, xususan, generativ modellari tomonidan yaratilgan obyektlar natijasida yuzaga kelayotgan huquqiy nizolarni chuqur oʻrganishni oʻz ichiga oladi.muammoning kelib chiqish sabablari ochib berilib, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidagi huquqiy boʻshliqlar koʻrsatib oʻtilgan. Xorijiy davlatlar AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy qonunchiligi va sunʼiy intellekt bilan bogʻliq sud jarayonlari qiyosiy tahlil qilinib, xalqaro hujjatlarning Bern konvensiyasi, Yevropa Ittifoqining “AI Act” reglamenti, WIPO pozitsiyasining ushbu nizolarni tartibga solishdagi oʻrni baholangan. Yakunlovchi qismda esa vujudga kelayotgan amaliy muammolar va ularni milliy qonunchiligimizda hal etish boʻyicha aniq, huquqiy va amaliy takliflar ilgari surilgan.

Durdona Nurboyeva

135-139

2026-04-20

YURIDIK SOHADA DAVLAT TILINING OʻRNI VA AHAMIYATINI OSHIRISH MASALALARI

Yuridik soha bu huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlovchi va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan faoliyat turlarini o‘z ichiga olgan murakkab tizimdir. Mazkur soha nafaqat qonunlarni ishlab chiqish va ularni qo‘llash jarayonini, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini, sud amaliyotini, shuningdek, fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarini ham qamrab oladi.

Durdona Narimanova

140-144

2026-04-20

BANK DEPOZIT TURLARINING IQTISODIY MOHIYATI VA RESURS BAZASIGA TA’SIRI

Tijorat banklari faoliyatida depozitlar muhim moliyaviy resurs manbai hisoblanib, ular bank resurs bazasining asosiy qismini tashkil etadi. Depozitlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini bank tizimiga jalb etish orqali ularni qayta taqsimlash jarayonini ifodalaydi. Mazkur jarayon orqali banklar bir tomondan mablag‘ egalari uchun daromad manbaini yaratadi, ikkinchi tomondan esa jalb qilingan resurslarni kredit va investitsiya faoliyatiga yo‘naltirish orqali foyda oladi.

Sh. Bolibekov

145-147

2026-04-21

YUZ-JAG‘ JAROHATLARI BO‘LGAN BESORLARNING ZAMONAVIY KLINIK TASHHISLASH, DAVOLASH VA HAYOT SIFATINI BAHOLASH

Ma'lumki, politravma - bu bir nechta anatomik sohalarning shikastlanishi, bu holda bosh suyagining yuz va bosh suyagi sohalarining shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan murakkab patologik jarayon bo'lib, o'zaro og'irlashuv sindromi bilan kechadi. U hayot uchun xavfli holatning rivojlanishi, qon yo'qotish, o'tkir suv-elektrolitlar muvozanatining buzilishi, asfiksiya, shok va yumshoq to'qimalarning shikastlanishi bilan skelet tizimining katta darajada yo'q qilinishi bilan tavsiflanadi. Ma'lumki, politravma "o'zaro og'irlashuv sindromi" bilan bog'liq, shuning uchun erta tashxis qo'yish, shoshilinch jarrohlik aralashuvlar va etarli darajada reanimatsiya muvaffaqiyatli davolashning kalitidir. Bosh suyagining yuz va bosh suyagi sohalarida travmatik jarohatlar olgan bemorlarni davolashda yagona yondashuvning yo'qligi travmadan keyingi deformatsiyalar, nogironlik va hatto o'limga olib keladigan bemorlar sonining sezilarli darajada ko'payishiga olib keladi.

Mirasqad Isomov

148-149

2026-04-21

SITOPLAZMA ORGANOIDLARI – LIZOSOMA, SENTRASOMA, MIKRONAYCHALARNING TUZULISHINI O’RGANISH

Ushbu tezisda hujayra hayotiy faoliyatida muhim o‘rin tutuvchi sitoplazma organoidlari – lizosoma, sentrasoma va mikronaychalarning tuzilishi hamda funksiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida lizosomalarning hujayra ichki hazmidagi o‘rni, sentrasomaning bo‘linish jarayonidagi ahamiyati va mikronaychalarning hujayra skeletini shakllantirishdagi roli ko‘rib chiqilgan. Organoidlarning o‘zaro bog‘liqligi va ularning hujayra gomeostazini ta’minlashdagi mexanizmlari yoritilgan.

Bahtiyorjon Zaxriddinov

150-151

2026-04-22

НАЛОГ НА ИМУЩЕСТВО И ЗЕМЕЛЬНЫЙ НАЛОГ В УЗБЕКИСТАНЕ

Налог на имущество (статья 17(7)) и земельный налог (статья 17(8)) Налогового кодекса Республики Узбекистан (2019) образуют систему имущественного налогообложения, выполняющую важные фискальные, регуляторные и перераспределительные функции. В настоящей статье анализируются объекты и субъекты данных налогов, порядок определения налоговой базы и ставки, особенности налогообложения иностранных юридических лиц, владеющих недвижимостью на территории Республики Узбекистан, а также экономические последствия имущественного налогообложения для рынка недвижимости и инвестиционной активности. Рассматривается международный опыт реформирования имущественных налогов и возможности его применения в Узбекистане.

Умидбек Аниязов, Камил Шарипов

152-154

2026-04-22

DIQQAT BARQARORLIGINI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI

Ushbu ilmiy maqolada zamonaviy psixologiyaning dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan shaxs bilish jarayonlari tizimida diqqat barqarorligini ta’minlash va uni optimallashtirish masalalari tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida diqqatning barqarorlik xususiyatiga ta’sir etuvchi ichki (sub’ektiv) va tashqi (ob’ektiv) omillar atroflicha tahlil qilingan. Maqolada diqqat konsentratsiyasini oshirishda klassik eksperimental psixologiya metodlari (Shulte jadvallari, Myunsterberg testi, Burdon korrekturasi) va zamonaviy kognitiv-bihevioral yondashuvlarning o‘zaro mutanosibligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar rivojlangan davrda "klip tafakkur" sharoitida ixtiyoriy diqqatni boshqarishning psixofiziologik mexanizmlari yoritilgan. Olingan natijalar ta’lim jarayonida talabalarning o‘zlashtirish samaradorligini oshirish hamda intellektual mehnat bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning ish qobiliyatini korreksiya qilishda amaliy ahamiyatga ega.

Ibrohim Toshpoʻlatov, Dilnoza Abduraxmonova

155-158

2026-04-22

MASALALARNI YECHISHDA O‘TGAN TAJRIBA TANLOVCHANLIGINING PSIXOLOGIK OMILLARI

Ushbu maqolada masalalarni yechish jarayonida insonning o‘tgan tajribasi qanday qilib tanlovchanlik (selektivlik) xususiyatini namoyon etishi tadqiq qilingan. Tadqiqotda o‘tmishdagi bilimlar va shakllangan ko‘nikmalarning yangi muammolarni idrok etishdagi roli, shuningdek, kognitiv rigidlik va funksional fiksatsiya kabi omillarning yechim topish samaradorligiga ta’siri tahlil etiladi. Maqolada tajribaning nafaqat yechimni tezlashtiruvchi, balki ijodiy yondashuvni cheklovchi to‘siq sifatidagi mexanizmlari yoritilgan. Xulosalar masalalarni yechishda kognitiv moslashuvchanlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Marg’uba Dehkanova, Dilnoza Abduraxmonova

159-161

2026-04-22