DEMOGRAFIYA VA FALSAFA INTEGRATSIYASI: IJTIMOIY TARAQQIYOTNING KONSEPTUAL ASOSLARI
Main Article Content
Аннотация:
Mazkur tezis demografiya va falsafa fanlarining o‘zaro integratsiyasini ijtimoiy taraqqiyotni tushunishning muhim konseptual asosi sifatida tahlil etishga bag‘ishlangan. Demografiya aholi soni, tarkibi va harakatini empirik jihatdan o‘rgansa, falsafa ushbu jarayonlarning mazmun-mohiyatini, inson hayotining qadri va jamiyat rivojlanishining maqsadlarini ochib beradi. Aholi o‘sishi, migratsiya, urbanizatsiya va demografik qarish kabi jarayonlar nafaqat statistik ko‘rsatkichlar, balki ijtimoiy ong, qadriyatlar va ma’naviy tanlovlar bilan uzviy bog‘liqdir. Falsafiy yondashuv demografik jarayonlarni ontologik, gnoseologik va aksiologik jihatdan talqin qilish imkonini yaratadi. Ushbu integratsiya demografik siyosatni insonparvarlik tamoyillari asosida shakllantirish, jamiyatning barqaror va uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Demografiya va falsafa fanlarining o‘zaro integratsiyasini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ushbu tezis demografiya ishlangan bo‘lib, aholi jarayonlarini nafaqat statistik va empirik, balki ontologik, aksiologik va gnoseologik nuqtayi nazardan anglash zaruratini asoslab beradi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
Karimov, I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. — Ijtimoiy taraqqiyot va inson omili. Toshkent 2008- y.
O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlari.
Qodirov, M. Ijtimoiy falsafa. — Jamiyat rivojining falsafiy asoslari. Toshkent Ma’naviyat nashriyoti 2010-y.
Abdullayev, A. Demografiya. — O‘quv qo‘llanma. Toshkentda “Noshir” nashriyoti- 2011-y.
