«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2026-01-05
Статьи
SHAXS VA JAMIYAT QADRIYATLARI TRANSFORMATSIYASIDA VORISIYLIKNING ROLI
Maqolada shaxs va jamiyat qadriyatlari transformatsiyasida vorisiylikning roli o‘rganildi. Tadqiqotda vorisiylikning qadriyatlarning avloddan-avlodga uzatilishidagi markaziy mexanizm sifatida shaxsning qadriyat tizimini shakllantirish, jamiyat normativlarini hayotiy faoliyatga tatbiq etish va jamiyat qadriyatlarini barqarorlashtirish hamda zamonaviy kontekstda yangilashga bo‘lgan ta’siri tahlil qilindi va baholandi. Shu orqali shaxs va jamiyat o‘rtasidagi madaniy, axloqiy va ijtimoiy uzviy bog‘liqlikning mexanizmlari ifodalandi.
2026-01-05
INSON FALSAFASI
Ushbu maqolada inson falsafasi tushunchasining mazmuni, uning tarixiy shakllanish jarayoni, insonning biologik va ijtimoiy tabiatining o‘ziga xosligi, ong va erkinlik masalalari hamda zamonaviy davrda inson oldida turgan dolzarb muammolar keng tahlil qilinadi. Insonning jamiyatdagi o‘rni va ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga falsafiy yondashuvlar asosida izohlar beriladi. Maqola inson mohiyatining muhim jihatlarini ochib berishga qaratilgan.
2026-01-05
SUV OMBORLARI BUGUNGI HOLATI
Ushbu tezisda O‘zbekiston va jahon tajribasi misolida suv omborlarining bugungi holati tarixiy va ilmiy-nazariy yondashuvda yoritiladi. Omborlarning xo‘jalik ahamiyati, eskirish va cho‘kindi to‘planishi, suv yo‘qotishlari hamda boshqaruv amaliyotlari tahlil qilinadi, barqaror foydalanish yo‘nalishlari asoslanadi.
2026-01-05
TALABALAR O‘Z-O‘ZINI BAHOLASH KO‘NIKMALARINI INTERAKTIV TESTLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH (GOOGLE FORMS, QUIZIZZ, LEARNINGAPPS ASOSIDA)
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida talabalar o‘z-o‘zini baholash (self-assessment) ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasi yoritiladi. Xususan, Google Forms, Quizizz va LearningApps kabi interaktiv test platformalarining talabalarda mustaqil o‘rganish, refleksiya va bilimni tahlil qilish kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Ushbu raqamli vositalar orqali baholash jarayonining shaffofligi, tezkorligi va samaradorligini oshirish, talabalar faolligi va motivatsiyasini kuchaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
2026-01-05
QIZIQISH VA TANLOVGA ASOSLANGAN TA’LIM ORQALI TIL O‘RGANISHNING SAMARADORLIGI
Mazkur ilmiy maqolada chet tillarini o‘rganish jarayonida qiziqish va tanlovga asoslangan ta’lim yondashuvining pedagogik samaradorligi har tomonlama tahlil qilinadi. Talabalarning individual qiziqishlari, ehtiyojlari va shaxsiy tanlovlariga asoslangan o‘quv jarayoni til o‘rganishga bo‘lgan ichki motivatsiyani oshirish, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdagi muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada qiziqish va tanlovga asoslangan ta’limning nazariy asoslari, psixologik-pedagogik ahamiyati, til o‘rganish jarayoniga integratsiya qilish mexanizmlari va amaliy imkoniyatlari ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, qiziqish va tanlov erkinligiga asoslangan ta’lim modeli talabalar faolligini oshiradi, til o‘rganish jarayonini mazmunli va samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
2026-01-05
MINTAQADA SOG‘LIQNI SAQLASHNING ZAMONAVIY TIZIMINI JORIY QILISHNING XORIJ TAJRIBASI
Ushbu maqolada mintaqada sog‘liqni saqlashning zamonaviy tizimini joriy qilishning xorij tajribasi tadqiq qilingan. Shuningdek, Mintaqada sog‘liqni saqlashning zamonaviy tizimini joriy qilishga qaratilgan xorij tajribasini tadqiq qilish yuzasidan xulosalar bayon qilingan.
2026-01-05
MINTAQA IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARINING TUTGAN O‘RNI
Ushbu maqolada mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda paxta-to‘qimachilik klasterlarining tutgan o‘rni, zaruriyati, o‘ziga xos xususiyatlari va eng muhim jihatlari yoritilgan.
2026-01-05
XORAZM VILOYATI MINTAQASI IQTISODIYOTINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA TRANSPORT INFRATUZILMA TARMOG‘I HOLATI TAHLILI
Ushbu maqolada Xorazm viloyati mintaqasi iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda transport infratuzilma tarmog‘i holatining tahlili amalga oshirilgan. Shuningdek, Xorazm viloyati mintaqasi iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda transport infratuzilma tarmog‘i faoliyatini samarali tahlil qilish yuzasidan xulosa va takliflar berilgan.
2026-01-05
SATIRE ACROSS CENTURIES: A COMPARATIVE ANALYSIS OF SOCIAL CRITIQUE IN JONATHAN SWIFT’S WORKS AND GEORGE ORWELL’S POLITICAL WRITING
This article examines the use of satire in Jonathan Swift’s Gulliver’s Travels and George Orwell’s Animal Farm and 1984. It analyzes how satire has evolved across centuries, shaped by historical and political contexts. The study highlights the differences between Swift’s humorous, fantastical, and indirect satire and Orwell’s direct, allegorical, and dystopian approach, showing how both engage readers while critiquing power, ideology, and human folly. The article also explores the role of satire in social criticism and political awareness.
2026-01-06
“KOREYS DIASPORASI MISOLIDA MILLIY IDENTIKLIKNING O‘ZGARISHI VA IJTIMOIY INTEGRATSIYA JARAYONLARI”
Ushbu maqolada O‘zbekistondagi koreys diasporasining milliy identikligi polietnik jamiyat kontekstida tahlil qilinadi. Tadqiqot diaspora identikligini ijtimoiy-madaniy jarayon sifatida yoritib, uning saqlanishi, transformatsiyasi va integratsiya bilan bog‘liq jihatlarini ko‘rsatadi. Natijalar polietnik jamiyatlarda diaspora identikligini tushunish va rivojlantirish uchun nazariy asos yaratadi.
2026-01-06
TA’LIM MUASSASASI DIREKTORI STRATEGIK LOYIHA MENEJERI SIFATIDA
Mazkur ilmiy tezisda zamonaviy ta’lim tizimida yuz berayotgan institutsional o‘zgarishlar sharoitida ta’lim muassasasi direktorining faoliyati strategik loyiha menejeri sifatida tahlil qilinadi. Ta’lim standartlarini joriy etish, raqamlashtirish, o‘quv mazmunini yangilash hamda jamiyat va ota-onalar tomonidan ta’lim sifatiga qo‘yilayotgan talablarning ortishi maktab rahbaridan yangi boshqaruv yondashuvlarini talab etmoqda. Tadqiqotda maktabni loyihaga asoslangan boshqarish modeli, direktorning loyiha jamoasidagi funksiyalari, boshqaruv samaradorligiga ta’siri ilmiy adabiyotlar asosida yoritiladi.
2026-01-06
E-TOOLS FOR LITERATURE INSTRUCTION IN EDUCATION
The integration of e-learning tools into literature instruction has transformed the traditional approaches to teaching and learning in higher education. This study examines how digital platforms, online discussion forums, interactive reading applications, and multimedia resources contribute to enhancing students’ comprehension and engagement with literary texts. E-learning promotes flexibility, autonomy, and collaboration, allowing learners to access diverse literary materials and participate in virtual discussions beyond classroom boundaries Although challenges such as technological barriers and reduced in-person communication exist, the pedagogical benefits of e-learning tools significantly enhance students’ analytical, interpretive, and critical thinking skills. This research underscores the potential of e-learning to modernize literature instruction and enrich academic experiences in higher education.
2026-01-06
O‘ZBEKISTON VA AQSH PREZIDENTLARI HUJJATLARINING QIYOSIY -HUQUQIY TAHLILI
Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining hujjatlari huquqiy jihatdan qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda Prezident hujjatlarining huquqiy tabiati, ularni qabul qilish tartibi, yuridik kuchi hamda ularning davlat boshqaruvidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va AQShda Prezident vakolatlarining konstitutsiyaviy asoslari, hujjatlar tizimi va ularning huquqit tizimdagi huquq manbalari sifatidagi ahamiyati solishtirilib, o‘xshash va farqli jihatlar aniqlangan. Maqola yakunida Prezident hujjatlarini takomillashtirish borasida tegishli taklif va xulosalar berilgan.
2026-01-06
AN’ANA, AXLOQ VA GLOBALLASHUV: FALSAFIY-AXLOQIY JIHATLAR
Maqolada an’anaviy axloqiy tizimlar va globallashuv jarayonlarining o‘zaro ta’siri muammosi ko‘rib chiqiladi. Dunyoning madaniy aloqadorligi sharoitida qadriyat yo‘nalishlarining o‘zgarishi tahlil qilinib, an’ananing axloqiy barqarorlik va o‘ziga xoslik manbai sifatidagi falsafiy-axloqiy ahamiyati ochib berilgan. An’ana, uning arxaikligi tanqid qilinishiga qaramay, axloqiy vorisiylikni saqlab qolishning eng muhim omili bo‘lib qolishi va universal axloqiy modellar bilan nafaqat ziddiyatli, balki komplementar tarzda o‘zaro ta’sir qilishi haqidagi fikr asoslangan.
2026-01-07
KO‘CHIRISH SIYOSATI VA PAXTA MONOKULTURASINING SIRDARYO VA JIZZAX VILOYATLARI TARIXIY-DEMOGRAFIK RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada O‘zbekistonning Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida sovet davrida amalga oshirilgan ko‘chirish siyosatining tarixiy-demografik oqibatlari tahlil qilinadi. Mirzacho‘l hududlarining egallanishi, yangi shahar va tumanlarning tashkil etilishi, paxta yetishtirish va qishloq xo‘jaligi ishlariga aholi ko‘chirilishi jarayonlari tarixiy manbalar asosida ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, viloyatlar aholisining demografik tarkibi, jinsiy va yosh tarkibidagi o‘zgarishlar, migratsiya jarayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri muhokama qilinadi. Maqola, sovet davrida paxta yetishtirish siyosati va mehnat resurslarini taqsimlash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning viloyatlar rivojiga qanday ta’sir qilganini tahlil qiladi.
2026-01-07
INTERCULTURAL PRAGMATICS: APOLOGY STRATEGIES AND PRAGMATIC COMPETENCE IN UZBEK AND ENGLISH
This article analyzes the pragmatic features of apology speech acts in Uzbek and English within the framework of intercultural pragmatics. It also examines intercultural pragmatic failures and the pragmatic competence of Uzbek learners of English.
2026-01-07
РАҚАМЛИ МОЛИЯВИЙ ХИЗМАТЛАР — КИЧИК БИЗНЕСНИ МОЛИЯЛАШТИРИШДА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР
Мазкур тезисда рақамли молиявий хизматларнинг кичик бизнес субъектларини молиялаштиришдаги ўрни ва аҳамияти илмий-назарий ва амалий жиҳатдан таҳлил қилинади. Финтех технологиялар асосида ривожланаётган рақамли банк хизматлари, онлайн-кредитлаш платформалари ҳамда рақамли тўлов тизимлари кичик бизнеснинг молиявий ресурсларга кириш имкониятларини сезиларли даражада кенгайтирмоқда. Халқаро ташкилотлар (World Bank, BIS, OECD) тадқиқотлари ҳамда Ўзбекистон амалиёти таҳлили рақамли молиялаштириш механизмлари анъанавий молиялаштириш усулларига нисбатан тезкорлик, шаффофлик ва самарадорликни таъминлаётганини кўрсатади. Шу билан бирга, рақамли молиявий хизматларни жорий этиш жараёнида юзага келадиган киберхавфсизлик, маълумотларни ҳимоя қилиш ва ҳуқуқий тартибга солиш билан боғлиқ рисклар ҳам ёритилади.
2026-01-07
DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARIDA SUN’IY INTELLEKTNI JORIY QILISH
Ushbu maqolada davlat boshqaruv organlarida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini joriy etishning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati hamda ijtimoiy-iqtisodiy samaralari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida sun’iy intellektdan davlat boshqaruvida foydalanishning asosiy yo‘nalishlari yoritilib, O‘zbekiston Respublikasida mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar o‘rganilgan. Maqolada mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2026-01-07
MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK FAOLIYATNING DOLZARBLIGI
Maqolada pedagogning kasbga bo‘lgan sevgisi, diqqat-e’tibori ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarning mukammal, yuqori sifat-samaradorlikda kechishida asosiy vositalar, ta’lim-tarbiyaviy jarayonlardagi ahamiyatining muhim ekaniga doir fikrlar ilgari surilgan. Maktabgacha ta’limda pedagogik faoliyatning dolzarbligiga oid qarashlar bildirilgan.
2026-01-08
A FEMINIST ANALYSIS OF THE CHARACTER WIFE IN THE SHORT STORY OF "ANOR" ("THE POMEGRANATE") BY ABDULLA QAHHOR
This paper presents a feminist literary analysis of the wife’s character in Abdulla Qahhor’s short story Anor (The Pomegranate). Many interpretations describe the story mainly as a picture of poverty and social hardship. This study challenges that view. Using materialist feminist theory, it argues that the wife’s suffering is gender-based, not only economic. The analysis uses close reading to examine characterization, the domestic setting, plot development, narrative point of view, and literary devices such as symbolism, metaphor, irony, and foreshadowing. These elements show that the wife is a marginalized and silenced figure. Special attention is given to her pregnancy, which makes her more vulnerable, and her desire for pomegranates becomes a symbol of denied bodily needs. The study shows that verbal, emotional, and physical violence work together as forms of patriarchal control. As a result, “provision” is presented ironically as something achieved through force. By focusing on the wife’s experience, this paper rereads Anor as a subtle critique of patriarchal marriage and adds to feminist readings of Uzbek realist literature.
2026-01-08
INNOVATSION TA`LIM MUHITIGA TALABALARNING PSIXOLOGIK MOSLASHUVI-SAMARALI NATIJA GAROVI
Ushbu maqolada innovatsiya tushunchasi, innovatsion ta`lim muhiti, talabalarning yangi texnologiyalarga moslashishi va buning ta`lim jarayoniga o`tkazadigan ta`siri hamda ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida ma`lumotga ega bo`lishingiz mumkin.
2026-01-08
BANK XIZMATLARI BOZORIDAGI RAQOBATNI BAHOLASH
Hozirgi vaqtda bank-moliya tizimida kuzatilayotgan inqirozlar va pandemiyadan keyingi davrda tijorat banklari qiyin davrni boshdan kechirmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi 5992-son Farmoniga asosan, davlat ulushi mavjud tijorat banklarini xususiylashtirish orqali moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish belgilangan. Shuningdek, bank xizmati ko'rsatishni modernizatsiya qilish, banklarning samarali infratuzilmasini yaratish va banklar faoliyatini avtomatlashtirish orqali bank xizmatlari ko'rsatishda monopol banklar ulushini kamaytirish lozim.
2026-01-09
QASHQADARYO: QADIMIY IPAK YO'LNING TURIZM MARKAZI
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati qadimgi ipak yo’lining turizm markazi sifartida tarixiy obidalar merosi ularni asrab avaylash va turizimini rivojlantishi istiqbollari ko’rib chiqildi.
2026-01-09
SARYOMIY IJODIDA IJTIMOIY HAYOTNING - AKSLANISHI
Maqola o‘zbek xalq shoiri Mavlaviy Yusuf Saryomiy (Muhammad Yusuf) she’riyatida milliylik unsurlarining aks etishiga bag‘ishlangan. Unda shoir ijodida vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va o‘zbek xalq ruhiyati, tarixiy meros, ona yurt tasvirlari chuqur tahlil etiladi. Yusuf Saryomiy she’rlarida milliy o‘zlikni saqlash, istiqlol g‘oyalari, xalq birligi va sodda xalqona til orqali milliylikning yorqin ifodasi ko‘rsatiladi.
2026-01-09
FRANSUZ VA O’ZBEK BADIIY ASARLARIDA MUOMALA MADANIYATI ELEMENTLARINING LINGVOMADADIY XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada fransuz va o‘zbek badiiy asarlarida muomala madaniyati ifodalanishining lingvomadaniy jihatlari tahlil qilinadi. Fransuz va o’zbek badiiy asarlaridan parchalar keltirilib, ushbu parchalardagi muomala madaniyatini ifoda etuvchi til birliklari lingvomadaniy xususiyatlariga, shuningdek fransuz va o’zbek xalqiga xos bo’lgan jixatlarga alohida e’tibor qaratiladi.
2026-01-09
THE IMPACT OF CLASSROOM GAMES ON LANGUAGE SKILLS IN EFL STUDENTS
This article examines the role of games in English language teaching and their influence on learning processes in EFL classrooms. It discusses how games function as effective pedagogical tools that promote meaningful communication, increase learner motivation, and create a supportive learning environment. Drawing on definitions by Wright, Betteridge, Buckby, and Hadfield, the article highlights the structural and cognitive aspects of games, emphasizing their contribution to vocabulary development, grammar practice, and the enhancement of all four language skills. It also explores the psychological benefits of games, particularly their ability to lower learners’ affective filter and reduce anxiety. The social and methodological advantages of games—such as fostering collaboration, encouraging autonomy, and supporting contemporary teaching methodologies—are also analyzed. Research findings in applied linguistics are included to demonstrate the academic value of game-based learning. The article concludes that games are not merely entertaining activities but essential instructional strategies that significantly improve communicative competence, participation, and overall language acquisition in EFL settings.
2026-01-12
INGLIZ VA O‘ZBEK TILIDA SIFATLARNING QIYOSIY TAHLILI
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi sifatlar qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Sifatlarning asosiy vazifasi, ya’ni predmet va hodisalarning belgilarini ifodalash xususiyati har ikki tilda o‘xshash bo‘lsa-da, ularning grammatik tuzilishi va qo‘llanish usullari farqlanadi. Maqolada ingliz tilida sifatlarning qiyosiy va orttirma darajalari qo‘shimchalar hamda yordamchi so‘zlar orqali ifodalanishi, o‘zbek tilida esa asosan qo‘shimchalar va “eng” so‘zi yordamida shakllanishi yoritib beriladi. Shuningdek, sifatlarning gapdagi vazifasi va ularning semantik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ingliz va o‘zbek tillarida sifatlarning o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlashga xizmat qiladi hamda til o‘rganish va tarjima jarayonlarida amaliy ahamiyatga ega.
2026-01-12
O‘QITUVCHI TOMONIDAN YARATILGAN O‘QUV MATERIALLARI VA ULARNING O‘QUVCHILAR SAVIYASINI QO‘LLAB-QUVVATLASHDAGI ROLI
Ushbu essayda o‘qituvchi tomonidan yaratilgan o‘quv materiallarining ta’lim jarayonidagi ahamiyati va ularning o‘quvchilar saviyasini qo‘llab-quvvatlashdagi roli yoritiladi. O‘qituvchi yaratgan materiallar o‘quvchilarning individual ehtiyojlari, bilim darajasi va qiziqishlariga mos bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bunday materiallar darsni tushunarli, qiziqarli va samarali qiladi hamda o‘quvchilarning faolligini oshiradi. Ushbu maqolada moslashuvchanlik, motivatsiya va baholash jarayonida o‘qituvchi materiallarining o‘rni muhokama qilinadi. Shuningdek, mashhur olimlarning fikrlari orqali mavzuning nazariy asoslari mustahkamlanadi. Xulosa sifatida, o‘qituvchi tomonidan yaratilgan o‘quv materiallari zamonaviy ta’limning muhim qismi ekani ta’kidlanadi.
2026-01-12
“SANOATLASHTIRISH SHAROITIDA FARG‘ONA VODIYSI ISHCHILAR SINFI: MUAMMOLAR VA NATIJALAR”
Mazkur maqolada 1920–1930-yillarda Farg‘ona vodiysida sanoatlashtirish jarayonlari ta’sirida ishchilar sinfining shakllanishi, uning son va sifat ko‘rsatkichlari tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda sanoat korxonalarida ishchi kuchining tarkibi, malaka darajasi, milliy xususiyatlari hamda kadrlar tayyorlash tizimining holati yoritib berilgan. Shuningdek, sovet davlati olib borgan sanoat va kadrlar siyosatining ijtimoiy oqibatlari ochib berilib, uning Farg‘ona vodiysi ijtimoiy tuzilmasiga ko‘rsatgan ta’siri baholangan.
2026-01-12
BIXOVARIZIM VA SHAXS RIVOJLANISHI MUAMMOSI
Mazkur ilmiy maqolada bixovarizim fenomeni va uning shaxs rivojlanishidagi o‘rni chuqur nazariy hamda tahliliy yondashuv asosida o‘rganilgan. Bixovarizim shaxsning o‘z manfaatlarini boshqalarnikidan ustun qo‘yishi bilan tavsiflanib, zamonaviy jamiyatda shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy moslashuv va psixologik barqarorlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada bixovarizimning kelib chiqish omillari, psixologik mexanizmlari va rivojlanish bosqichlari psixoanalitik, gumanistik va ijtimoiy-psixologik nazariyalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, bixovarizimning shaxs identiteti shakllanishi, empatiya rivoji, ijtimoiy mas’uliyat va axloqiy qadriyatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi ochib beriladi. Muallif tomonidan bixovarizimning ijobiy (o‘zini anglash, mustaqillik, shaxsiy maqsadlarga intilish) va salbiy (ijtimoiy ajralish, empatiyaning pasayishi, nizolarga moyillik) jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi
2026-01-13
VERTIKAL MULOQOT VA EMOTSIONAL YAQINLIK MUAMMOSI
Mazkur ilmiy maqolada vertikal muloqot tushunchasi va uning emotsional yaqinlik bilan o‘zaro bog‘liqligi chuqur tahlil qilinadi. Vertikal muloqotning oila, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalaridagi o‘rni, ushbu muloqot jarayonida yuzaga keladigan emotsional yaqinlik muammolari, ularning psixologik va ijtimoiy oqibatlari yoritib beriladi. Tadqiqot davomida emotsional yaqinlik yetishmasligi natijasida shaxs rivojlanishida, shaxslararo munosabatlarda va ijtimoiy moslashuvda vujudga keladigan muammolar ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, vertikal muloqotni sog‘lomlashtirish va emotsional yaqinlikni kuchaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar beriladi.
2026-01-13
ABDULLA SHER IJODIDA LIRIK QAHRAMON KONSEPSIYASI
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyati namoyondalaridan biri - Abdulla Sher ijodining badiiy-estetik xususiyatlari tahlil qilinadi. U. Normatov, A. Haymetov, V.Zohidov kabi adabiyotshunos olimlarimizning shoir ijodi xususidagi fikrlariga ilmiy munosabat beriladi. Abdulla Sher ijodida Oybek va Mirtemir an’analarining izchil davom etishi ta’kidlanadi. Shoirning realizmga yo‘g‘rilgan she’rlari, hayotiy voqealarga yaqinligi, xalqona ruh, zamonga munosabat bildiruvchi lirik obrazlar orqali ifodalanadi. Undagi she’riy mahorat inson obrazining, uning ichki va tashqi borlig‘ini atroflicha chuqur, badiiy gavdalantira bilishida namoyon bo‘ladi.
2026-01-13
ADABIY SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUV
Badiiy matnlar bilan ishlash jarayonida til va miya o‘rtasidagi uzviy munosabat adabiy savodxonlikni shakllantirishning asosiy neyropsixologik mexanizmi hisoblanadi. Chunki badiiy matn shunchaki ma’lumotlar yig‘indisi emas, balki ma’no, hissiyot, obraz va g‘oyalar tizimidir. Ularni idrok etish, anglash va shaxsiy munosabat shakllantirish uchun til orqali berilgan axborot miyada teran kognitiv va emotsional qayta ishlovdan o‘tadi. O‘quvchi matnni o‘qiganda, miyaning tilni qabul qilish, semantik tarmoqlarni faollashtirish, qiyoslash, umumlashtirish, hissiy munosabat bildirish kabi jarayonlari hamkorlikda ishlaydi. Miyada kechadigan ushbu jarayonlar orqali so‘zlar mazmunga aylanadi, mazmunlar g‘oyaga, g‘oyalar esa shaxsiy xulosaga olib keladi.
2026-01-13
BORLIQ FALSAFASI, TARIXI, MOHIYATI VA KELIB CHIQISHI
Mazkur maqolada falsafaning asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lgan borliq tushunchasi har tomonlama tahlil qilinadi. Borliqning mazmuni, shakllari, tarixiy-falsafiy talqinlari hamda borliq va yo‘qlik muammosi yoritiladi. Shuningdek, borliq masalasiga materialistik, idealistik va ekzistensialistik yondashuvlar tahlil qilinib, inson borlig‘ining o‘ziga xos jihatlari ochib beriladi.
2026-01-13
АЛИМЕНТ МАЖБУРИЯТЛАРИНИ ТАЪМИНЛАШНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ
Maqolada aliment majburiyatlarini ta'minlashning huquqiy asoslari tarixiy-huquqiy va qiyosiy tahlil asosida o'rganilgan. "Avesto", islom huquqi, shariat qoidalari va sovet davri qonunchiligi kabi turli tarixiy davrlarda oilaviy munosabatlar va bolalarni ta'minlash masalalarining tartibga solinishi tahlil qilingan. Maqolada mustaqillik davridagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar, xalqaro konventsiyalar va milliy qonunchilik tizimi o'rganilgan. Aliment to'lovlari jamg'armasi faoliyati, aliment majburiyatlarini ta'minlash mexanizmlari va ularning amaliy qo'llanilishidagi muammolar ko'rib chiqilgan. Muallif tomonidan jamg'arma mexanizmini takomillashtirish, regress da'vo tizimini joriy etish va bolalar manfaatlarini birinchi o'ringa qo'yuvchi yangi huquqiy mexanizmlarni yaratish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.
2026-01-13
YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYA SIYOSATINING O‘RNI
Mazkur tezis yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida investitsiya siyosatining ahamiyati va rolini ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda yashil iqtisodiyot tushunchasining nazariy asoslari, yashil investitsiyalarning mohiyati hamda ularni jalb etish va boshqarishda davlat investitsiya siyosatining o‘rni yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan aniq qonun hujjatlari, davlat dasturlari va amaliy choralar tahlil qilingan. Tezis yakunida yashil iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va amaliy takliflar keltirilgan.
2026-01-13
DEMOGRAFIYA VA FALSAFA INTEGRATSIYASI: IJTIMOIY TARAQQIYOTNING KONSEPTUAL ASOSLARI
Mazkur tezis demografiya va falsafa fanlarining o‘zaro integratsiyasini ijtimoiy taraqqiyotni tushunishning muhim konseptual asosi sifatida tahlil etishga bag‘ishlangan. Demografiya aholi soni, tarkibi va harakatini empirik jihatdan o‘rgansa, falsafa ushbu jarayonlarning mazmun-mohiyatini, inson hayotining qadri va jamiyat rivojlanishining maqsadlarini ochib beradi. Aholi o‘sishi, migratsiya, urbanizatsiya va demografik qarish kabi jarayonlar nafaqat statistik ko‘rsatkichlar, balki ijtimoiy ong, qadriyatlar va ma’naviy tanlovlar bilan uzviy bog‘liqdir. Falsafiy yondashuv demografik jarayonlarni ontologik, gnoseologik va aksiologik jihatdan talqin qilish imkonini yaratadi. Ushbu integratsiya demografik siyosatni insonparvarlik tamoyillari asosida shakllantirish, jamiyatning barqaror va uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Demografiya va falsafa fanlarining o‘zaro integratsiyasini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ushbu tezis demografiya ishlangan bo‘lib, aholi jarayonlarini nafaqat statistik va empirik, balki ontologik, aksiologik va gnoseologik nuqtayi nazardan anglash zaruratini asoslab beradi.
2026-01-13
SOCIAL SCIENCES IN THE MODERN WORLD: HUMAN DIMENSIONS OF CULTURE, COMMUNICATION, AND IDENTITY
In the twenty-first century, social sciences occupy a central position in understanding the complex transformations shaping modern societies. Rapid globalization, digitalization, migration processes, and cultural hybridity have profoundly altered traditional social structures and patterns of human interaction. This article explores the role of social sciences in interpreting these changes through a human-centered perspective, emphasizing culture, communication, and identity as key analytical categories. Particular attention is paid to how social sciences respond to contemporary challenges by integrating interdisciplinary approaches and adapting classical theoretical frameworks to new social realities. The study argues that modern social sciences are not merely descriptive disciplines, but active participants in shaping social awareness, ethical responsibility, and intercultural dialogue in an increasingly interconnected world.
2026-01-14
JINOYAT UCHUN JAZO TAYINLASHNING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI
ushbu maqolada jinoyat va jazo tushunchasi, maqsadlari, sud amaliyotida jinoyat uchun jazo tayinlash asoslarilarining o‘ziga xos jihatlari yoritib berilgan.
2026-01-15
MA’NAVIY TARAQQIYOT VA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada ma’naviy taraqqiyot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning nazariy-metodologik asoslari o‘rganilgan. Tadqiqotda ma’naviyat tushunchasi, uning ijtimoiy hayotdagi roli va fuqarolarning ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirishda nazariy va metodologik yondashuvlar, davlat va jamiyat institutlarining roli ko‘rib chiqiladi. Maqolada ma’naviy tarbiya jarayonida pedagogik, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlarning ahamiyati ta’kidlangan hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning amaliy yo‘nalishlari va usullari ilmiy asoslarda yoritilgan. Tadqiqot natijalari ma’naviy tarbiya tizimini takomillashtirish va fuqarolarda yuqori ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
2026-01-15
