«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-09-25
Статьи
IMTIHONLARGA YOʻNALTIRILGAN TAʼLIMNING INGLIZ TILI DARSLARIDA KOMMUNIKATIV YONDASHUVGA TAʼSIRI
Soʻnggi yillarda dunyo miqyosida ingliz tili global muloqot vositasi sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ilm-fan, texnologiya, biznes va taʼlim sohalarida ingliz tilidan samarali foydalanish bugungi yoshlarning muvaffaqiyati uchun muhim shartga aylanib bormoqda. Shu boisdan ham Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini oʻqitishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Umumtaʼlim maktablarida ham oʻquvchilarning til bilish kompetensiyasini oshirish maqsadida turli islohotlar amalga oshirilmoqda.
2025-09-24
ILM VA ADAB MASKANI
Maqolada madrasa tarixi, Xiva Ichan-Qal’adagi Qozi-kalon madaniy meros hisoblangan madrasa tarixi, qozilar tarixi, madrasaning davlatchilik tarixida tutgan o‘rni ko‘rsatilgan.
2025-09-24
JADIDCHILIK HARAKATINING OʻZBEKISTON TARIXIDAGI OʻRNI VA AHAMIYATI
Ushbu tezis XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi tarkibidagi Turkiston viloyatida, xususan, hozirgi Oʻzbekiston hududida shakllangan jadidchilik harakatining Oʻzbekiston tarixidagi muhim oʻrni va ahamiyatini batafsil ilmiy tahlil qiladi. Harakatning maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy islohotlari, uning milliy uygʻonishdagi roli, asosiy rahbar shaxslarning hissasi, sovet davridagi taʼqiblar va repressiyalar, shuningdek, mustaqillik yillaridagi merosini yoritib, jadidchilikni milliy identifikatsiya, taʼlim modernizatsiyasi va ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qoʻzgʻatuvchisi sifatida baholaydi. Tezis jadidchilikning bugungi Oʻzbekistonning madaniy-siyosiy hayotidagi dolzarbligini, globalizatsiya sharoitida milliy qadriyatlarni saqlashdagi ahamiyatini taʼkidlab, ilmiy manbalar va tadqiqotlar asosida yozilgan.
2025-09-24
SURXONDARYO VILOYATGA MARKAZDAN MUTAXASSISLAR JO‘NATISH SIYOSATI VA UNING MAHALLIY MUTAXASSISLAR TAYYORLASHDAGI SALBIY XUSISIYATLARI (1920-1990-YİLLAR)
Ushbu maqola 1920-1990-yillarda Surxondaryo viloyatiga markazdan yuborilgan mutaxassislar siyosati va uning mahalliy kadrlar tayyorlash tizimiga ko'rsatgan ta'sirini tahlil qiladi. Maqolada arxiv materiallari va statistik ma'lumotlar asosida markazdan yuborilgan mutaxassislar faoliyatining ijobiy va salbiy jihatlari, mahalliy sharoitga moslashish muammolari, mahalliy mutaxassislar tayyorlash tizimining sekin rivojlanishiga olib kelgan omillar yoritilgan. Shuningdek, bu siyosatning uzoq muddatli oqibatlari, jumladan mahalliy ilmiy-tadqiqot maktablarining shakllanishiga ta'siri, mahalliy kadrlarning rahbarlik lavozimlariga ko'tarilishidagi cheklovlar va boshqa masalalar ham tadqiq etilgan. Maqola sovet davrida Surxondaryoda kadrlar siyosati borasida olib borilgan islohotlarning xolisona baholanishiga xizmat qiladi.
2025-09-24
KOREYS TILINING MADANIY IFODA VA QADRIYATLARDAGI ROLI
Ushbu maqolada koreys madaniyatini chuqurroq tushunish uchun tilning roli muhim va ajralmas bo‘lak ekanligi, koreys tili, milliylik, tarixiy rivojlanish va madaniy qadriyatlar bilan chambarchas bog‘liqligi kabilar yorqin misollar bilan ochib berilgan. Shuningdek, til orqali milliy odat va an’analarning shakllanishi, ijtimoiy strukturalar va madaniyatdagi o‘zgarishlar haqida ham atroflicha fikr bildirilgan.
2025-09-25
KOREYS TILINING TARIXIY RIVOJLANISHI VA ASOSIY XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada koreys tilining tarixiy rivojlanishi va asosiy xususiyatlari haqida so’z yuritilib, uning kelib chiqishi, evolyutsiyasi va hozirgi davrdagi holatini tushunishga yordam beradigan tushunchalar haqida so`z yuritilgan. Koreys tili, o'ziga xos fonetikasi, morfologiyasi va sintaktikasi bilan ajralib turadigan, uzun va boy tarixga ega bo‘lgan til sifatida, tarixiy rivojlanish jarayonida turli davrlarda va geografik hududlarda o‘zgarib, rivojlanib kelgan. Ushbu tilning kelib chiqishi haqida turli nazariyalar mavjud bo‘lib, ularning asosiylari koreys tilining qaysi til oilasiga mansub ekanligi bilan bog‘liq bo`lib, maqolada ushbu sifatlar atroflicha tahlil qilingan.
2025-09-25
O‘QUVCHILARDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHDA FIZIKA DARSLARIDA STEAM ELEMENTLARIDAN FOYDALANISH
Tezisda fizika ta’limida STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) elementlarini integratsiyalash orqali o‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirish masalasi yoritiladi. Tadqiqot nazariy asoslari konstruktivizm, faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim va tajribaga asoslangan o‘qitish modeliga tayanadi. Muallif fizika darslarida dizayn-fikrlash sikllari, muammoli vaziyatlar, vizualizatsiya va prototiplash kabi usullarni qo‘llash orqali g‘oya generatsiyasi, modellash, dalilga tayangan xulosalash va auditoriyaga yo‘naltirilgan kommunikatsiya ko‘nikmalarining shakllanishini asoslaydi. Taqdim etilgan dizayn yo‘riqnomalari o‘quvchilarni o‘zaro hamkorlikda ishlashga, natijalarni baholash rubrikalari orqali metakognitiv refleksiyaga va ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha mahsulotlarini yaratishga undaydi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, STEAM elementlari bilan boyitilgan fizika darslari o‘quvchilarning tushunchaviy barqarorligini mustahkamlaydi, o‘zaro fanlararo transferni kuchaytiradi hamda motivatsiyani oshirib, ijodiy jasorat va mas’uliyatli qaror qabul qilish madaniyatini shakllantiradi.
2025-09-25
SIYOSIY TAHLIL USULLARIGA XOS ILMIY-NAZARIY YONDASHUVLAR DISKURSI
Ushbu maqolada siyosiy tahlil tushunchasi, siyosiy tahlil usullari haqida ma’lumot beriladi va uning ahamiyati haqida so’z boradi. Shuningdek, har bir siyosiy tahlil usuli haqida ma’lumotlar va bir necha usullar qo’llanilish tarixi keltirib o’tilgan.
2025-09-25
QISHLOQ JOYLARIDAGI YOSHLAR BANDLIGINI TAʼMINLASHNING ASOSIY YOʻNALISHLARI
Ushbu maqolada bugungi kunda qishloq joylarida yoshlar bandligini taʼminlashning asosiy yoʻnalishlari hamda yoshlarni ish bilan bandligini ta'minlash haqida ma’lumotlar berilgan.
2025-09-26
O‘ZBEKCHA-RUSCHA LUG‘AT VA MADANIYATLARARO MULOQOT
Ushbu maqolada o‘zbekcha-ruscha lug‘atning madaniyatlararo muloqotdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda ikki tilli lug‘atning lingvistik va madaniy jihatlari, tarjimada frazeologik birliklarni ifodalash yoritilgan. O‘zbekcha-ruscha lug‘at nafaqat til o‘rganishda, balki ikki xalqning madaniy qadriyatlarini bir-biriga yaqinlashtirishda ham muhim vosita hisoblanadi.
2025-09-26
BO‘LAJAK O‘QUVCHILARNING MAKTAB TA’LIMIGA IJTIMOIY TAYYORGARLIGINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI
Ushbu maqolada bolajak oquvchining maktab ta’limiga ijtimoiy tayyorgarligi aniqlash bolaning rivojlanishiga ijtimoiy muhitning qanchalik ta’sr etishi va uning mexanizmlari va muloqotning qay darajada muhimligini I. Shapovalenkaning hamda M. I. Lisinaning nazariy fikrlari keltirib o’tiladi. Bolaning maktab muhitiga moslashuvi, tengdoshlari va kattalar bilan muloqotga kirishishi, o‘quv faoliyatiga ijobiy munosabat bildirishida oila hamda pedagoglarning hamkorligi muhim omil sifatida tahlil qilinadi.
2025-09-29
QARAQALPAQ DÁSTANLARINDA XALIQTIŃ JÁMIYETLIK-RUWXIY KÓZ QARASLARI
Bul maqalada qaraqalpaq dástanlarında xalıqtıń jámiyetlik-ruwxıy kózqarasları tereń tallanǵan. Atap aytqanda, dástanlarda xalıqtıń erkinlik hám ádalatqa bolǵan umtılısı, shańaraqlıq qádiriyatlarǵa itibarı, birlikke shaqırıwshı ideyaları, sonday-aq, iygilik hám jawızlıq, hadallıq hám qıyanet sıyaqlı ruwxıy ólshemlerdiń kórkemlik sáwleleniwi kórsetilgen. Maqalada "Qırıq qız", "Alpamıs", "Sharyar" sıyaqlı ataqli dástanlar tiykarında xalıqtıń tariyxıy yadı, filosofiyalıq kózqarasları hám tárbiyalıq-aǵartıwshılıq ideyaları tallanıp, olardıń búgingi kúnde de áhmiyetli ekenligi atap ótilgen. Sonday-aq, dástanlardıń jas áwladtı watansúyiwshilik, sadıqlıq, hadallıq hám insanıy qádiriyatlarǵa húrmet ruwxında tárbiyalawdaǵı áhmiyeti ashıp berilgen.
2025-09-29
SYEXOYUY ORQALI ANAKOLUFNING IFODALANISHI
Ushbu maqolada anakoluf xitoy tilida ushbu tilning frazeologik birligining tarkibiy qismi bo‘lgan syexoyuylar orqali ifodalanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, syexoyuylarning qurilishi, morfologik tarkibi o‘rganilgan. Xitoy syexoyuylari xitoy tarixiy madaniyatini aks ettirib, turli mavzularga bo‘linadi. Xitoy frazeologizmi – syexoyuy “ikki qismdan iborat gap boʻlib, uning birinchi qismi, har doim bayonot, tavsif, ikkinchi qismi, baʻzan aytilgan, xabar olib boradi”.
2025-09-29
FARMASEVTIKA FANINING ZAMONAVIY RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI VA AMALIY AHAMIYATI
Ushbu maqolada farmasevtika fanining rivojlanish bosqichlari, zamonaviy dorilar yaratishdagi ilmiy yondashuvlar, biotexnologik usullar, dori vositalarining xavfsizlik va sifat nazorati tizimlari tahlil qilinadi. Shuningdek, yangi farmasevtik tadqiqotlarning tibbiyot va jamiyat salomatligidagi o‘rni ko‘rsatib o‘tiladi.
2025-09-29
XVIII-XX ASRLAR BRITANIYA ADABIYOTIDAGI EPISTOLYAR ASARLAR
XVIII asr maʼrifatchilik davridagi Angliya adabiy jarayonidagi qarama-qarshiliklar adabiyotda turli yoʻnalishlar va jahrlar shakllanishi va rivojiga yordam berdi. Epistolyar asarlar rivoji ham aynan shu davrga to’g’ri kelib, ular mualliflar hayoti va ijodi, turli jihatlarga qarashlari haqida ma’lumot manbai bo‘lgan. Bu davrda ingliz yozuvchilarining koʻplab asarlari epistolyar uslubda yozilgan. Xususiy xatlar estetik jihatdan badiiy epistolyar asarlar darajasida ahamiyatiga ega bo'lgan va yuksak baholangan. Epistolyar asarlarning xususiyatlari borasidagi tadqiqotlar ingliz mualliflarining individual xususiyatlarini, shuningdek, umuman ushbu uslubning mohiyatini aniqlashga yordam beradi. Shu boisdan ham bu davr epistolyar asarlarini o‘rganish adabiyotshunos olimlarda alohida qiziqish uyg‘otadi.
2025-09-29
XORAZM ADABIY MUHITIDA IZDOSHLIK
Pahlavonquli Ravnaq XVIII asrda yetishgan atoqli so‘z san'atkorlaridan biridir. Navoiy va Fuzuliy kabi ustoz so‘z san'atkorlaridan ta'lim olgan, ularning g‘azallariga muxammaslar bitgan Ravnaq o‘z davrining yetuk shoirlaridan biri bo‘lib yetishdi, zamondoshlari va keyingi davrda o‘tgan bir qator adabiyot ahllarining ijodiyotiga samarali ta’sir etdi.
2025-09-29
ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ ТЕАТРА В ОБЕСПЕЧЕНИИ КОГНИТИВНО-АФФЕКТИВНОЙ ЦЕЛОСТНОСТИ ПРОЦЕССА ОБУЧЕНИЯ ИНОСТРАННОМУ ЯЗЫКУ
Педагогический потенциал театральных практик в контексте обучения иностранным языкам проявляется как способность этих практик одновременно активизировать и синхронизировать когнитивные процессы обучающихся (восприятие, обработка и репрезентация языковой информации, метапознание, стратегическое планирование) и их аффективную сферу (мотивация, эмоциональная вовлечённость, снижение речевой тревожности), что в совокупности создаёт условия для более глубокого и устойчивого овладения языком.
2025-09-29
SUDYALAR MUSTAQILLIGINING XALQARO HUQUQIY ASOSLARI
Ushbu tezisda sudyalar mustaqilligining xalqoro huquqiy hujjatlarda aks etgan huquqlari haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, mavzuni muhokama qilish qilish davomida bir qancha xalqaro huquqiy hujjatlarga to‘xtalib o‘tiladi.
2025-09-29
SOLIQ SIYOSATI VA TADBIRKORLIKKA TA’SIRI
Ushbu maqolada soliq siyosatining tadbirkorlik faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’siri keng qamrovda tahlil qilingan. Mavzuni yoritishda O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimidagi islohotlar, xalqaro tajriba va iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida soliq stavkalari, imtiyozlar hamda soliq ma’murchiligidagi o‘zgarishlarning tadbirkorlikka ijobiy va salbiy ta’siri izohlangan. Hamda xulosalar sifatida, soliq siyosatini yanada takomillashtirish, biznes subyektlari uchun qulay muhit yaratish va investitsion jozibadorlikni oshirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar berilgan.
2025-09-29
RAQOBAT MUHITINI SHAKLLANTIRISH VA MONOPOLIYAGA QARSHI KURASH
Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida raqobat muhitini shakllantirish va monopoliyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan siyosiy, huquqiy va iqtisodiy chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Maqolada monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining faoliyati, davlat reestriga kiritilgan monopolist korxonalar misolida amaliy holatlar yoritilgan. Shuningdek, xususiy sektorning raqobatni kuchaytirishdagi roli, JST talablariga mos islohotlar, xalqaro tajriba va bozor infratuzilmasining rivojlanishi asosida raqobat muhitining shakllanishi tahlil etilgan. Maqola raqobatbardosh iqtisodiy tizimni shakllantirishda davlat siyosatining izchilligi va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashning strategik ahamiyatini asoslaydi.
2025-09-29
ARAB VA INGLIZ TILLARIDA ANIQLIK KATEGORIYASI
Ushbu maqolada arab va ingliz tillarida aniqlik kategoriyasining grammatik ifodalanish vositalari tahlil qilinadi. Ularning oʻxshash va farqli tomonlari haqida soʻz boradi.
2025-09-30
“КИБЕРЖИНОЯТЧИЛИКНИНГ АСОСИЙ ТУРЛАРИ”
Мазкур мақолада кибержиноятчиликнинг асосий турлари ва уларнинг жамиятга таъсири таҳлил қилинади. Хусусан, фирибгарлик, фишинг, зарарли дастурлар, хакерлик ва шахсий маълумотларни ўғирлаш каби жиноятларнинг хусусиятлари очиб берилади. Шу билан бирга, киберхавфсизликни таъминлаш бўйича халқаро тажрибалар ҳам ёритилади.
2025-09-30
MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI ELEMENTAR MATEMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHDA DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMOLAR
Ushbu maqolada maktabgacha ta’limda elementar matematik tushunchalarni yanada yaxshilash muammolari ko‘rsatilgan. Elementar matematik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish maktabgacha ta’limda pedagog va psixolog olimlarning fikrlari ham namoyon etilgan. Hamda maktabgacha ta’limda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish orqali bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirishda tarbiyachi pedagog faoliyatiga doir zarur fikrlar keltirilgan.
2025-09-30
ENHANCING EAP READING AND VOCABULARY ACQUISITION THROUGH CONSTRUCTIVIST DRAMA ACTIVITIES
English for Academic Purposes (EAP) classes in many high schools are often ineffective due to lack of collaborative reading activities, limited focus on vocabulary, and low student motivation. These challenges result in weak reading comprehension and disengaged learners. The aim of this paper is to examine how constructivist learning combined with drama activities can improve students’ participation, reading comprehension, and vocabulary acquisition in EAP classes. Constructivist approaches provide autonomy and shared ownership of knowledge, while drama encourages interaction, creativity, and project-based learning. Drama-based strategies also support vocabulary development. By linking new words to prior knowledge, incorporating physical movement, and engaging in dramatized activities, students can retain vocabulary more effectively and find learning more meaningful. It is concluded that integrating constructivist principles with drama can transform passive reading lessons into dynamic, collaborative, and motivating experiences. This approach offers EAP teachers a practical method to enhance both comprehension and vocabulary development.
2025-09-30
QARAQALPOQLARNING TURAR JOYLARI
Qaraqalpoqlarning turar joylariga keladigan bo‘lsak, bu jihatdan ular mahalliy o‘zbeklarning uylariga juda yaqin. Yuqorida ko‘rsatilgan xalqlarga o‘xshab qaraqalpoqlarda ham ko‘chma o‘tov – qora uy, yig‘ilmaydigan ko‘chma uylar hamda stasionar uylar – yer to‘la, shalash, paxsa, shöpkör uy, qahra uylar bo‘lgan. Ularning uy-joylari yashab turgan iqlim va tabiatga maksimal darajada mos tarzda qurilgan.
2025-09-30
OZIQ-OVQAT SANOATIDA TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARNI OPTIMALLASHTIRISHDА INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING ROLI
Tezisda oziq-ovqat sanoatida tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni optimallashtirishda innovatsion texnologiyalarning roli tahlil qilinadi. Ishda ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, zamonaviy avtomatlashtirish tizimlari, klasterlarni boshqarish va investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish orqali sohaning samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, innovatsion yondashuvlarning oziq-ovqat xavfsizligi, eksport salohiyatini oshirish va resurslardan samarali foydalanishdagi roli ta’kidlanadi.
2025-09-30
INSTITUTSIONAL OMILLAR VA HUDUDIY IQTISODIY SAMARADORLIK
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati misolida institutsional omillarning hududiy iqtisodiy samaradorlikka ko‘rsatadigan ta’siri nazariy va amaliy jihatdan chuqur tahlil qilindi. Hududiy iqtisodiyotning samaradorligini shakllantiruvchi asosiy institutsional mexanizmlar – huquqiy tartibga solish, mulkchilik munosabatlari, investitsiya muhiti, boshqaruv sifati, mahalliy hokimiyat organlari faoliyati va tadbirkorlik infratuzilmasi kabi ko‘rsatkichlar o‘rganildi. 2010–2023-yillar uchun statistik ma’lumotlar asosida ekonometrik model tuzildi va institutsional ko‘rsatkichlarning yalpi hududiy mahsulot hamda mehnat unumdorligiga ta’siri baholandi. Tadqiqot natijalari hududiy iqtisodiy samaradorlikni oshirishda samarali institutsional islohotlarning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatdi
2025-09-30
ЭР-ХОТИН МОЛ-МУЛКИНИНГ ҲУҚУҚИЙ РЕЖИМИ
Ушбу мақолада турмуш ўртоқлар мулкининг ҳуқуқий режимига оид назарий ва амалий жиҳатлар таҳлил этилган. Хусусан, қонунчиликда мулк тушунчасининг чекланган тарзда талқин қилиниши, умумий мулк ва шахсий мулк ўртасидаги фарқ, қарз ва мажбуриятларнинг тақсимланишида юзага келадиган муаммолар ёритилган. Шунингдек, суд амалиётида тенглик принципидан чекиниш ҳолатлари, нотариал расмийлаштириш талаблари ва умумий мулкнинг очиқ реестрларда акс этмаслиги билан боғлиқ ҳуқуқий муаммолар таҳлил қилинган. Муаллиф умумий мулк режимига альтернатив моделлар, жумладан улушли мулк ва “кейинга қолдирилган умумийлик” концепцияларини жорий этиш имкониятини таклиф этади.
2025-09-30
