«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2025-11-07

HALIMA XUDOYBERDIYEVA SHE’RLARIDAGI MILLIY-MADANIY KONSEPTLAR XUSUSIDA

Ushbu maqolada zamonaviy o'zbek adabiyotining yetuk namoyandalaridan biri Halima Xudoyberdiyeva asarlaridagi milliy-madaniy konseptlarning lingvistik va badiiy ifodalanish xususiyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida yozuvchining tiliy mahorati, milliy kolorit yaratish usullari va o'zbek xalqi mentalitetini aks ettiruvchi leksik birliklarning funksional-semantik imkoniyatlari ko'rsatib berilgan.

Latipova Dilbarxon Abdujabborovna

4-7

2025-11-06

FILILOGIK TADQIQOTLAR TARAQQIYOTI VA TA’LIM MUAMMOLARI

Zamonaviy filologik tadqiqotlarning rivojlanish yo‘nalishlari, ularning ta’lim tizimidagi o‘rni hamda mavjud muammolar ilmiy asosda tahlil qilinadi. XXI asr boshlarida raqamli texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya vositalarining tez sur’atlarda rivojlanishi natijasida filologiya fanida yangi metodologik yondashuvlar shakllandi. Jumladan, kompyuter lingvistikasi, elektron leksikografiya, korpus tahlili, sun’iy intellekt asosida matn tahlili kabi yo‘nalishlar o‘zbek tilshunosligi rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, adabiyotshunoslikda intertekstual tahlil, madaniyatlararo aloqalar, qiyosiy adabiyotshunoslik kabi yondashuvlar zamonaviy ilmiy tafakkurda o‘z o‘rnini topmoqda.Filologik tadqiqotlarning taraqqiyoti ta’lim tizimi bilan uzviy bog‘liqdir. Til va adabiyot fanlarini o‘qitish nafaqat nazariy bilim, balki estetik did, muloqot madaniyati va tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi omil sifatida qaralmoqda. Shu bois maqolada filologik ta’limdagi dolzarb muammolar – metodik yangilanishlar sustligi, darslik va o‘quv qo‘llanmalar sifati, raqamli resurslarning yetishmasligi masalalari ilmiy tahlil qilinadi.Ta’lim jarayonida filologik fanlarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar, interfaol metodlar, raqamli o‘qitish muhitini joriy etish zaruriyatini asoslaydi. Shu bilan birga, filologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amaliy ta’lim jarayoni bilan integratsiya qilish, talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etish, xorijiy tajribalarni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish bo‘yicha takliflar bildiriladi.

Sabirova Gulasal Babadjanovna

8-12

2025-11-06

“O‘ZBEKISTONNING XALQARO SAVDO ALOQALARINI RIVOJLANTIRISHDA LOGISTIKA TIZIMINI OPTIMALLASHTIRISH"

Ushbu ilmiy tezisda O‘zbekistonning xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirish jarayonida logistika tizimini optimallashtirishning muhimligi, mavjud holati, asosiy muammolari va taklif etilayotgan yechimlari tahlil qilinadi. Logistika tizimining samaradorligi eksport va import faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi; O‘zbekiston geografik jihatdan tranzit imkoniyatiga ega mamlakat bo‘lib, lekin logistik vazifalarda sezilarli salohiyatni to‘liq ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi. Tezisda infrastructure, multimodal transport, bojxona va chegaralar kesimi, axborot va raqamli tizimlarni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqiladi. Xulosa qismini takliflar bilan yakunlab, mamlakatning savdo faolligini oshirish uchun logistika tizimini optimallashtirish zarurligi tasdiqlanadi.

Solihov Nodirbek Umidjon oʻgʻli

13-17

2025-11-07

BADIIY NUTQDA SO’ZLASHUVGA XOS GRAMMATIK VOSITALARNING QO’LLANISHI

Ushbu maqolada badiiy matnda so’zlashuv uslubiga xos bo’lgan so’zlar va ularning grammatik vositalari ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari, antiteza, emotsional ekspressivlik ritorik so’roq gaplar misolida o’rganiladi. Kundalik hayotda foydalanilgan so’zlarning badiiy nutqda ham keltirib o’tilishi tahlil qilinadi.

Asqaraliyeva Dilshoda Xojiakbar qizi

18-22

2025-11-07

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH DASTURLARI VA ULARNING SAMARADORLIGI

Zamonaviy ta’lim tizimida bolalarning nafaqat aqliy, balki emotsional rivojlanishiga ham e’tibor kuchaymoqda. Emotsional intellekt (EI) bolaning o‘z his-tuyg‘ularini anglash, boshqarish va boshqalar bilan samarali munosabat o‘rnatish qobiliyatidir. Ayniqsa, maktabgacha yosh davri – bu ko‘nikmalarni shakllantirishda eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. 

Usmanova Shaxnoza Abduraxmonjanovna

23-25

2025-11-07

JONTEMIR JONDOR SHE’RIYATI ZAMIRIDA HIS-TUYG‘U, INSONIY KECHINMALAR MILLIY VA UMUMBASHARIY MUAMMOLAR, DARD, G‘OYALAR VA RUHIYAT TASVIRI

Ushbu tezis zamonaviy o‘zbek she'riyatining yorqin vakili Jontemir Jondorning “Jo‘ram”, “Ancha yillar bunda bo‘lmadim” va “Alam” nomli she'rlari tahliliga bag‘ishlangan. Maqolada shoirning o‘ziga xos uslubi, falsafiy qarashlari va uning ijodida aks etgan asosiy mavzular ko‘rib chiqilgan.Tahlil jarayonida Jontemir Jondorning she'rlarida his-tuyg‘ularning, insoniy kechinmalarning, milliy va umumbashariy muammolarning, dard va g‘oyalarning ruhiyat tasviri o‘rganilgan. “Jo‘ram” she'rida do‘stga bo‘lgan sog‘inch, yolg‘izlik va ma'naviy iztiroblar aks etganligi, “Ancha yillar bunda bo‘lmadim” she'rida vatan sog‘inchi va o‘zlikni anglashga intilish ifodalanganligi ta'kidlangan. “Alam” she'rida esa insonning ichki ziddiyatlari, jamiyatdagi o‘rni va o‘zgarishga bo‘lgan qobiliyati haqidagi falsafiy mushohadalar aks etganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Saitova Nilufar Djumaydillayevna

26-29

2025-11-07

INSON ESHITISH ANALIZATORLARI PATALOGIYASI

Ushbu tezisda inson eshitish analizatorining anatomik-fiziologik tuzilishi, uning funksional mexanizmlari hamda eshitish patologiyalarining asosiy turlari yoritiladi. Kar-soqovlik, eshitish pasayishi va nerv impulslarining uzatish mexanizmidagi buzilishlar sabablarini klinik nuqtai nazardan tahlil qilish maqsad qilingan. Shuningdek, eshitish apparatlari, koklear implantatsiya va reabilitatsiya jarayonining ilmiy asoslari ko‘rib chiqiladi.

Xojimamatova Fotima Sanjarbek qizi

30-33

2025-11-07

YOSHLARDA DINIY BAGʻRIKENGLIK GʻOYALARINI SHAKLLANTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Mazkur tezisda yoshlar ongida diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini shakllantirishning dolzarbligi, bu jarayonning huquqiy asoslari va ularning amaliy ahamiyati tahlil etiladi. O‘zbekiston Respublikasida diniy erkinlik, vijdon erkinligi va turli konfessiyalar o‘rtasida tinch-totuvlikni ta’minlash borasida yaratilgan qonuniy-me’yoriy baza yoritiladi. Shuningdek, yosh avlodda diniy bag‘rikenglikni rivojlantirishda ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni ham ko‘rib chiqiladi. Maqolada mavjud qonunlar, davlat dasturlari hamda xalqaro tajribalar asosida muammoning dolzarb jihatlari va istiqbollari tahlil qilingan.

Bastamov Jahongir Sharofiddin oʻgʻli

34-37

2025-11-07

ZAMONAVIY HARBIY AVIATSIYADA RADIO ELEKTRON JIHOZLARNING O'RNI VA ROLI

Zamonaviy harbiy aviatsiyada radio‑elektron jihozlarning roli va o‘rni muhim strategik jihatdan kengayib bormoqda. Ushbu tezisda aviatsion tizimlarda qo‘llaniluvchi radio‑aloqa va radio‑elektron vositalarining funksiyalari, ular orqali amalga oshiriladigan radio‑elektron razvedka, radio‑elektron hujum va himoya tizimlari tahlil qilinadi. Aviatsion missiyalar kontekstida elektromagnit spekt­rda nazorat va raqibning ushbu spekt­rdan foydalanishini cheklash imkoniyati, shuningdek, samolyot va vertolyotlarda o‘rnatilgan radio jihozlari hamda ularning yangilanayotgan tendensiyalari ko‘zdan kechiriladi. Tahlil va muhokama orqali radio‑elektron jihozlar aviatsiya jangovar tayyorgarlik, missiya xavfsizligi va quvvatining sustlashmasligi jihatidan qanchalik muhim ekanligi ko‘rsatiladi. Xulosa qismida ushbu jihozlarga investitsiya qilishning strategik jihatlari hamda kelgusida rivojlanish yo‘nalishlari tavsiya etiladi.

Eshniyozov Feruzbek shokirjon o'g'li

38-42

2025-11-07

MADANIY MA’RIFIY ISHLARNI TASHKILLASHDA REPERTUAR TANLASH

Mazkur maqolada madaniy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etishda repertuar tanlash jarayonining ahamiyati, mezonlari va zamonaviy yondashuvlar yoritilgan. Repertuar tanlash jarayoni madaniyat xodimlari, san’at rahbarlari hamda ijodkorlar faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Maqolada repertuar mazmunining milliy qadriyatlar, yosh xususiyatlari va estetik talablarga muvofiqligi, shuningdek, auditoriyaning ma’naviy ehtiyojlarini inobatga olish zarurligi tahlil qilingan.

SH.Baratov

43-46

2025-11-10

ЖИСМОНИЙ МАДАНИЯТ ФАНИ БОШЛАНҒИЧ СИНФДА АСОСИЙ КОМПЕТЕНЦИЯ СИФАТИДА

Мақолада умумтаълим мактабларида жисмоний тарбия бўйича белгиланган давлат стандартида асосий компетенцияларни шакллантириш ижтимоий йўналтирилган педагогик таълимни жорий этиш шартларини шакллантириши ёритилган. Шунингдек, муаллиф бошланғич синф ўқувчиларга жисмоний тарбия дарс жараёнида мантиқий саволлар, кросвордлар, бошқотирмалардан фойдаланган ҳолда ўтилган дарс таълим-тарбия сифатини оширишда муҳим омил эканлигини айтиб ўтган.

Хушназаров Фаҳриддин Рахимович

47-50

2025-11-10

MUYSIQIY DIDAKTIK O’YINLAR ORQALI O’QUVCHILARDA MUSIQA SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH

Mazkur maqolada musiqiy didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilarda musiqa savodxonligini shakllantirish masalasi yoritilgan. Musiqa ta’limida o‘yin texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning estetik didini, ritm, tembr, baland-pastlik, nota yozuvlarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. Maqolada O‘zbekiston va Yevropa davlatlarida musiqiy savod o‘rgatishda qo‘llanilayotgan zamonaviy didaktik o‘yinlar tizimi tahlil qilinib, ularning afzalliklari va o‘ziga xos jihatlari yoritilgan.

Gulasalxon Teshaboyeva

51-54

2025-11-10

ТАНОСИЛ КАСАЛЛИГИНИ ТАРҚАТИШ ЖИНОЯТИНИНГ ОБЪЕКТИВ ТОМОН БЕЛГИЛАРИ

Таносил касаллигини тарқатиш жиноятининг объектив  томони алоҳида муҳим аҳамият касб этади. Зеро, жиноят таркибининг айнан ушбу томонига қараб касалликни юқтириш жиноятлари ўзаро фарқланади. Объектив томон жиноятнинг бир элементи ҳисобланиб, у жиноят қонунида кўзда тутилган ижтимоий хавфли жиноятларнинг ташқи томонини таърифлайдиган хусусиятлардан ташкил топган бўлиб, у муайян тарзда, маълум бўлган шароитларда, жойда ва вақтда амалга оширилади. Бунда жиноят қонуни томонидан муҳофаза қилинадиган ижтимоий  муносабатларга зарар етказилиши учун реал хавф туғдирилади.  Жиноий ва жазоланадиган этиб шундай ҳаракат тан олинадики, агарда у иродали характерга эга бўлса. Б.С. Волковнинг фикрича, ирода ҳар доим ўз объектив ифодасини мақсадга йўналтирилган ҳаракатларда топа олиши керак, аксинча у на ҳуқуқий на ахлоқий баҳоланишнинг предмети бўла олмайди

Рўзиев Иззатулло Неъматуллоевич

55-59

2025-11-10

ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИНИНГ ТАШКИЛИЙ АСОСЛАРИНИНГ АМАЛДАГИ ҲОЛАТИ ТАҲЛИЛИ

Мазкур илмий мақолада Ўзбекистон Республикасида ҳуқуқбузарликлар профилактикасининг ташкилий асослари ва амалдаги ҳолати таҳлил қилинган. Ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш соҳасидаги давлат ва нодавлат институтларининг ўзаро ҳамкорлик механизми, ваколатлар тақсимоти ҳамда амалиётдаги муаммолар кўриб чиқилган. Шунингдек, хорижий давлатларнинг тажрибалари асосида мамлакатимиз профилактика тизимини такомиллаштириш йўналишлари белгилаб берилган. Тадқиқот натижалари ҳуқуқбузарликлар профилактикаси институтларини такомиллаштириш ва самарадорлигини ошириш учун амалиётга татбиқ этиш имкониятини беради.

Тиллаев Икром Рустамжонович

60-67

2025-11-10

RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA IJTIMOIY ADOLATNI TA’MINLASHNING KONSTITUTSIYAVIY – HUQUQIY MUAMMOLARI

Ushbu tezis bugungi raqamlashtirish jarayonlari sharoitida ijtimoiy adolat tamoyillarini amalga oshirishning dolzarb kontitutsiyaviy- huquqiy muammolarini tahlil qiladi. Shuningdek, demokratiya, qonun ustuvorligi va inson qadr-qimmati kabi Konstitutsiyaviy tamoyillarning raqamli muhitda qanday aks etishi va himoya qilinishi masalalari o’rganiladi. Jumladan raqamlashtirishning ijobiy imkoniyatlari va salbiy oqibatlari, paydo bolayotgan yangi ijtimoiy tengsizlik turlarini aniqlash va ularni bartaraf etish yo’llari konstitutsiyaviy – huquqiy nuqtai nazardan o’rganiladi.

Bekmuxammadova O’g’iloy Ismoil qizi

68-70

2025-11-11

XALQARO TASHKILOTLAR (BMT, YEXHT, YUNESKO) DOIRASIDA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISHTAMOYILLARI

Ushbu tezisda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish tamoyillarining rivojlanishi va qo‘llanilishi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YEXHT) hamda YUNESKO doirasida tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning kengayishi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini tubdan o‘zgartirib, inson huquqlari va global boshqaruv muammolarini dolzarb qilib qo‘ydi. Tadqiqot rasmiy hujjatlar, xalqaro hisobotlar va ilmiy manbalarga asoslanib, xalqaro tashkilotlarning yondashuvlarini, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini ochib beradi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalasi nafaqat huquqiy, balki axloqiy va ijtimoiy zarurat sifatida tobora e’tirof etilmoqda.

Saparbayeva Maftuna Ikrom qizi

71-74

2025-11-11

SUD HOKIMIYATINING ILMIY-AMALIY MUAMMOLARI

Ushbu tezisda zamonaviy sud tizimidagi asosiy ilmiy – amaliy muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotning markazida sud mustaqilligi, ishlarning sifat va samaradorligi, kadrlar tayyorlash, raqamli transformatsiya va jamoatchilik ishonchi masalalari turadi. Tezisda ushu muammolarning ilmiy asoslari va amaliy yechimlari teklif etiladi. Tadqiqot sud amaliyotchilari, qonun chiqaruvchilar va huquqshunos olimlar uchun amaliy qiymatga ega bo’lishi kutilmoqda.

Bahodirov Shahzod Ortiq o’g’li

75-77

2025-11-11

MAHALLIY DAVLAT HOKIMYAT ORGANLARIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH USULLARI

Ushbu maqolada mahalliy davlat hokimiyat organlarida raqamli transformatsiya jarayonlarini samarali boshqarish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada raqamli boshqaruv tizimining asosiy tamoyillari, davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazishning afzalliklari va murakkabliklari, shuningdek, raqamli transformatsiya loyihalarini rejalashtirish, amalga oshirish va monitoring qilish bosqichlari yoritilgan. Shuningdek, loyiha menejmenti metodologiyalari (Agile, PRINCE2, PMBOK va boshqalar) mahalliy davlat boshqaruvi sharoitlariga moslashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Raqamli transformatsiya jarayonida axborot xavfsizligi, kadrlar salohiyatini oshirish va aholi bilan interaktiv muloqotni kuchaytirish muhim omil sifatida ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mahalliy hokimiyatlarda raqamli boshqaruv madaniyatini shakllantirish, loyiha menejmenti kompetensiyalarini rivojlantirish va “raqamli ekotizim” yaratish orqali davlat xizmatlari sifatini sezilarli darajada yaxshilash mumkinligi asoslab beriladi.

Nurmurodov Zafarjon Nurmurod o‘g‘li

78-83

2025-11-11

YANGI AVLOD DARSLIKLARINI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYLARDAN FOYDALANISH 4K BO‘YICHA

Zamonaviy ta'lim jarayoni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion pedagogik yondashuvlarning keng qo‘llanilishi bilan xarakterlanadi. Bu o‘zgartirishlar ta'lim tizimining samaradorligini oshirish, o‘quvchilar va talabalar bilimdarligini, tafakkur qobiliyatini yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Boʻlajak boshlangʻich sinf  oʻqituvchilarini  oʻquvchilarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida 4k modelida kreativlik kompetentligini pedagogik-psixologik omilш ta'lim jarayonida qo‘llanilayotgan texnologiyalar o‘quvchilarning fikrlashini chuqurlashtirish, ularni mustaqil va tanqidiy fikrlashga o‘rgatish, hamda zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishni osonlashtirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ta'lim texnologiyalari ta'lim sifatining oshishi va ilg‘or pedagogik metodlarning joriy etilishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Abdiyeva Qo'ysintosh Azadovna, Rozaliyeva Nargiza

84-87

2025-11-11

TURIZM XIZMATLARIDA RAQAMLI MARKETING STRATEGIYALARI ORQALI DAROMADNI OSHIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI

Ushbu maqolada turizm xizmatlari sohasida raqamli marketing strategiyalarini qo‘llash orqali korxonalarning daromadlarini oshirish imkoniyatlari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Turistik kompaniyalar faoliyatida raqamlashtirish jarayonining kuchayishi, mijozlarning onlayn axborot izlash odatlari o‘zgarishi hamda servisga qo‘yilayotgan talablardagi raqobatning ortishi raqamli marketingning ahamiyatini yanada oshirmoqda. Maqolada SEO, SMM, Targeted Advertising, kontent-marketing, mobil marketing, e-mail marketing, shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi personalizatsiya vositalarining turizm xizmatlari samaradorligiga ta’siri yoritiladi. Tadqiqot natijalari raqamli marketing strategiyalaridan tizimli foydalanish turistlar oqimini ko‘paytirishi, mijozlar segmentatsiyasini yaxshilashi, xizmat sifatiga bo‘lgan ishonchni oshirishi, shuningdek, konversiya darajasi va kompaniya daromadining o‘sishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Maqola yakunida turizm korxonalarida raqamli marketingni joriy etishning innovatsion mexanizmlari hamda iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.

Utkirov Anvar Utkirovich

88-93

2025-11-13

JADIDCHILIK HARAKATI JAMIYATDA ZAMONAVIY TA’LIM VA MA’RIFAT ILDIZLARI ASOSIDIR.

Mazkur maqolada jadidchilik harakatining tarixiy ildizlari, maqsad va mohiyati, uning jamiyatda zamonaviy ta’lim tizimi va ma’rifatning shakllanishiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi. Jadidlarning ilmiy-pedagogik qarashlari, ularning milliy uyg‘onish va mustaqil tafakkur shakllanishiga ta’siri, shuningdek, bugungi O‘zbekiston ta’lim siyosatidagi o‘rni yoritiladi.

Qo‘chqorov Axror Abror o‘g‘li

94-97

2025-11-17

MAHALLA INSTITUTI VA FUQAROLIK JAMIYATINING IJTIMOIY ADOLATNI TA’MINLASHDAGI O‘RNI

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ijtimoiy adolatni ta’minlashdagi roli tahlil qilinib, unda mahalla instituti va nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyatdagi ijtimoiy birdamlik, nizolarni murosa asosida hal qilish, aholi ehtiyojlarini aniqlash va davlat organlari faoliyatini nazorat qilish orqali adolatni amaliy tarzda ta’minlash imkoniyati o‘rganilgan. Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining mustaqilligi, davlat bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlari va barqaror moliyalashtirishning ahamiyati ta’kidlangan. Bundan tashqari, NNTlar va mahalla orqali huquqiy madaniyatni oshirish, aholi o‘rtasida yordam va mas’uliyat muhitini yaratish kabi ijtimoiy adolatni mustahkamlovchi mexanizmlar ko‘rib chiqilgan.

Maxmudov Izzatillo Ne’matilloyevich

98-100

2025-11-17

PEDIATRIYADA KENG TARQALGAN KASALLIKLAR

Pediatriyada bolalar orasida ko‘p uchraydigan kasalliklar sog‘liqni saqlash tizimi uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu kasalliklar orasida nafas yo‘llari infektsiyalari, oshqozon-ichak kasalliklari, allergik reaksiyalar va dermatologik muammolar eng ko‘p kuzatiladi. Ularning oldini olish, vaqtida tashxis qo‘yish va samarali davolash pediatrik amaliyotda asosiy vazifa hisoblanadi. Shu bilan birga, emlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish orqali bolalar salomatligini saqlash mumkin.

Ibroximova Moxigul Doniyorbek qizi

101-104

2025-11-17

ТЮРКСКИЙ ПЛАСТ УЗБЕКСКИХ АНТРОПОНИМОВ

В данной статье рассматриваются и анализируются семантико-синтаксические отношения и когнитивные особенности узбекских антропонимов, национально-культурное своеобразие псевдонимов. Если сравнивать языки и культуры разных народов, то можно выделить совпадающие и несовпадающие элементы. Анализ семантики псевдонимов показал, что псевдоним сохраняет доономастическое значение и имеет своеобразную семантику, а основы псевдонимов сообщают о характере человека, о физических свойствах и недостатках, о поведении, о происхождении, о сравнении человека с различными предметами, животными, растениями, о профессии, роде занятий, социальном положении, конкретном жизненном событии и т. д. Следует также подчеркнуть роль метафоризации в образовании псевдонимов, поскольку процесс метафоризации (как это определяется когнитивной лингвистикой) является очень важным инструментом в создании псевдонимов. Он тесно связан с художественным текстом, так как предопределяет особое положение контекста, выступая эстетически значимой составляющей художественного текста.

Ибрагимова Сайёра Cайдуллаевна

104-106

2025-11-17

AHMAD LUTFI QOZONCHI “BIR VIJDON UYG’ONUR” ASARIDA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING TASVIRLANISHI

Ushbu maqolada  Ahmad Lutfi Qozonchining “Bir vijdon uyg’onur” asari misolida umuminsoniy qadriyatlarning badiiy tasvirlanishi tahlil qilingan. Asarda insoniylik, halollik, adolat, mehr-muhabbat va vijdon kabi umumjahon axloqiy prinsiplarining turli jihatlari yoritilgan. Maqolada muallifning qahramonlar orqali ichki dunyo va ruhiy kechinmalarini ochib berish uslubi, ijtimoiy va axloqiy muammolarni yoritishdagi badiiy vositalari hamda qadriyatlar konsepsiyasining asar mazmunidagi o‘rni o‘rganiladi.

Mixliboyeva Laylo

107-109

2025-11-17

СВЕДЕНИЯ О ЛОШАДЯХ, ЗАНИМАЮЩИХ ВАЖНОЕ МЕСТО В ЖИЗНИ ТЮРКОВ.

Если мы посмотрим на историю скотоводства в Средней Азии, то крупный рогатый скот в основном использовался как рабочие животные. Выпас скота и выращивался за счет натурального сена. Природные условия отвечают за строение тела крупного рогатого скота, состав тела и образование продукции. В результате животные были мелкие и малоурожайные. Одомашнивание животных в нашей стране в давние времена скотоводства повышало их продуктивные качества и сильную рабочую силу. Наши предки учили и передавали свои знания о животноводстве из поколения в поколение. В данной главе мы привели слова лакуны относящиеся к животноводству.

Д.Г.Толипова

110-111

2025-11-17

ВЛИЯНИЕ СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЕЙ НА РУССКИЙ ЯЗЫК СОВРЕМЕННОГО ПОКОЛЕНИЯ

В данной статье рассматривается влияние социальных сетей на современный русский язык, особенно в речи молодого поколения. Проведенный анализ показывает, что интернет-коммуникация способствует активному заимствованию иностранных слов, изменению орфографии и появлению новых форм выражения эмоций. Автор делает вывод, что социальные сети становятся не только средством общения, но и фактором, формирующим языковую культуру современного общества.

Усмонова Мохинур, Хамидова М.К

112-113

2025-11-17

GUL LEKSEMASI ASOSIDAGI KONNOTATSIYALARDA MILLIY-MADANIY BELGILAR IFODASI

Inson borliqni nomlash jarayonida voqea-hodisalarni tilda aks ettirar ekan, bu nomlarda kognitiv tajriba va milliy-madaniy belgilar mujassamlanadi. Gul so‘zi turkiy yozma manbalardan tortib mumtoz adabiyot va xalq og‘zaki ijodigacha keng iz qoldirgan: O‘rxun-Enasoy bitiklari, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari, izohli lug‘atlar hamda amaliy-bezak san’ati an’analari bunga dalildir.

Elmurzayeva Zarina Obidin qizi

114-116

2025-11-17

REKLAMA VA MARKETING.

Ushbu maqola reklama va marketingning onlayn kontent orqali qanday samarali amalga oshirilishini tahlil qiladi. Unda digital marketingning asosiy vositalari, kontent yaratish strategiyalari va auditoriya bilan muloqot usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada onlayn platformalarda brendni targ‘ib qilish va foydalanuvchi jalb qilishdagi zamonaviy yondashuvlar hamda kontent marketingining biznes va savdo natijalariga ta’siri muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari onlayn marketing strategiyalarini ishlab chiqishda amaliy ko‘rsatmalar beradi.

Yuldasheva Husnidaxon, Toshqoʻziyeva Layloxon

117-120

2025-11-17

TURISTIK RESURSLARNING TAVSIFLANISHI

Ushbu tezisda turizm resurslari nima ekanligi, ular aynan nima maqsadlarda foydalanilishi, ularni turlariga qarab bo‘linishlari haqida ma’lumotlar berilgan. Unda turizmni rivojlantirishda muhim o‘rin tutuvchi tabiiy, madaniy-tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda infratuzilma resurslari haqida umumiy ma’lumot berilgan. Tabiiy resurslar (tog‘lar, daryolar, iqlim, landshaftlar) va madaniy-tarixiy resurslar (me’moriy yodgorliklar, madaniy tadbirlar, milliy urf-odatlar)ning turizm uchun ahamiyati tushuntiriladi. Shuningdek, ushbu resurslarning hududlar iqtisodiyoti va turistlarni jalb etishdagi roli tahlil qilingan.

Ubaydullayeva Marjona Ziyodullo qizi

121-123

2025-11-18

ALISHER NAVOIY’S HUMANISTIC IDEAS AND THEIR RELEVANCE IN THE MODERN WORLD

The humanistic philosophy of Alisher Navoiy (1441–1501), a major character in Eastern literature and culture, is examined in this article along with how his moral and intellectual principles are still applicable in the twenty-first century. The principles of compassion, justice, wisdom, and spiritual perfection are emphasised throughout Navoiy's literary works, especially his Khamsa and lyrical poetry. The study shows that Navoiy's idea of the "perfect human" (komil inson) continues to influence the advancement of ethical consciousness, education, and intercultural understanding in the contemporary world by examining his philosophical, moral, and social ideas through literary and historical sources.

Mardona Rajabboyeva

124-126

2025-11-18

AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY–USLUBIY ASOSLARI

Aholi turmush farovonligini oshirish masalasi zamonaviy iqtisodiyotning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, inson hayoti sifatini yaxshilash, ijtimoiy tenglikni ta’minlash va barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishning poydevori hisoblanadi. Har qanday iqtisodiy siyosatning yakuniy maqsadi insonning moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, hayotdan qoniqish darajasini oshirishdir. Shu bois, “turmush farovonligi” tushunchasi faqat daromad miqdori bilan emas, balki insonning imkoniyatlari, hayot sifati, ijtimoiy himoyasi, sog‘lom muhitda yashashi kabi omillar bilan belgilanadi.

Xodjaniyazov Shohruh Yuldashevich

127-131

2025-11-18

INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada integratsiyalashgan ta’lim tushunchasi, uning mohiyati, asosiy xususiyatlari va zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, integratsiyalashgan yondashuvning o‘quvchilar shaxsiy rivojlanishiga, fanlararo aloqadorlikni kuchaytirishga va kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi.

Norboyeva Shohida

132-133

2025-11-19

THE EFFECTIVENESS OF DIGITAL MEDIA TOOLS IN TEACHING DIFFERENTIAL EQUATIONS

This article provides a comprehensive analysis of the theoretical and practical aspects of using digital media tools in teaching differential equations. Digital technologies enhance visualization, interactivity, and collaboration in the learning process, making complex mathematical concepts easier to comprehend. Research findings indicate that multimedia tools increase students’ motivation, develop practical skills, and elevate the educational process to the level of international standards.

Orzuxon Olimjonova

134-136

2025-11-19

BOSHLANG`ICH TA’LIM ONA TILI DARSLARIDA O`QUVCHILAR KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqola boshlang`ich sinf o`quvchilarining ona tili darslarida egallashlari kerak bo`lgan bilim, ko`nikma, malaka va  kompetensiyalari haqida ma’lumotlar beradi. Shuningdek, o`quvchilarda shakllanishi lozim bo`lgan  kompetensiya tushunchasining mazmun mohiyati hamda uning bilimlarni o`zlashtirishidagi muhim roli haqida batafsil yoritilgan.

Pulatova Dildora

137-139

2025-11-19

QADIMGI XORAZMDA SHAHAR QURILISHI: KO‘ZALIQIR YODGORLIGI ILK SHAHAR MARKAZI SIFATIDA

Ushbu maqolada Xorazm vohasida ilk shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanish jarayonlari, xususan Ko‘zaliqir yodgorligi misolida o‘rganiladi. Tadqiqot davomida yozma manbalar va arxeologik dalillar asosida ushbu shahar-qal’aning davriga, hududiy xususiyatlariga, qurilish bosqichlariga, ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlariga e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, S.P. Tolstov va O.A. Vishnevskaya rahbarligida olib borilgan ekspeditsiya ishlari, topilgan moddiy madaniyat namunalari, sopol idishlar, o‘q uchlari, hunarmandchilik izlari va binolarning shakli orqali bu yodgorlikning Xorazmda dastlabki shahar markazi sifatida shakllangani asoslanadi.

Matyaqubova Nozima Maksatbayevna

140-144

2025-11-24

O‘QUVCHILARDA XALQ AN’ANALARI ORQALI ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada o‘quvchilarda xalq an’analari, urf-odatlari orqali estetik tarbiyani shakllantirish va yosh avlodni milliy an’analarimiz ruhida tarbiyalashga bo‘lgan e’tibor, bu borada olib borilayotgan isloxatlar haqida fikr yuritildi.

Nargiza Raxmonova

145-147

2025-11-24

THE IMPACT OF BILINGUALISM ON COGNITIVE AND CULTURAL DEVELOPMENT

Bilingualism, or the ability to communicate fluently in two languages, plays a significant role in shaping both cognitive and cultural development. This article explores how speaking multiple languages enhances mental flexibility, problem-solving skills, and memory. It also examines how bilingualism influences cultural awareness, social adaptation, and the preservation of heritage. By analyzing scientific studies and real-life examples, the article demonstrates that bilingualism is not only an academic or communicative skill but also a powerful tool for personal growth and cultural enrichment.

Sokhiba Begmatova , Mavluda Xolmoʻminova

148-150

2025-11-24

BMT INSON HUQUQLARI BOYICHA SHARTNOMAVIY ORGANLARINING HUQUQIY TABIATI

BMTning inson huquqlari bo`yicha shartnomaviy organlarining huquqiy tabiatini o`rganish muhum ahamiyatga ega, chunki buni tushunish orqali shartnomaviy organlarning xalqaro huquqda tutgan o`rnini  muhokama qilish mumkin.

Mirzayeva Nixola Akramovna

151-153

2025-11-25

THE CURRENT STATE OF THE PROBLEM OF ASSESSING THE RISK TO POPULATION HEALTH ASSOCIATED WITH AIR POLLUTION

Risk assessment methodology is currently a widely recognized and essential tool for characterizing the impact of environmental factors on public health and for making management decisions. However, despite the large number of studies assessing health risks from chronic (long-term) exposure to atmospheric pollution, the problem of characterizing short-term (acute) exposures remains insufficiently addressed. In recent years, the issue of protecting human health from acute exposure to chemicals (CS) has become particularly pressing due to the increased likelihood of accidents and disasters at potentially hazardous sites, the threat of terrorist attacks, the consequences of natural hazards, and the emergence of numerous clinical and epidemiological studies demonstrating the high risk to human health from short-term exposure to elevated levels of air pollution. Risk assessments have been conducted in several regions of Uzbekistan. However, a comparative assessment of chronic and acute health risks for the population of Tashkent, the largest city, has not been conducted. Some studies have focused on the hygienic assessment of certain urban planning decisions or risk characterization in individual administrative districts. Therefore, research assessing the public health risks from exposure to chemical pollutants in the air is a pressing task in organizing and implementing social and hygienic monitoring.

Xilola Kasimova , Umidjon Shermatov

154-159

2025-11-25