«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-12-05
Статьи
ADABİY TURİZM VA UNİ RİVOJLANTİRİSH İSTİQBOLLARİ
Ushbu maqolada adabiy turizm tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati keng tahlil qilingan. Adabiy turizm – mashhur adiblar hayoti, ijodi, ular yashab, asarlar yozgan maskanlarga sayohat qilish orqali madaniy merosni o‘rganish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi turizm yo‘nalishidir. Maqolada dunyo tajribasida keng ommalashgan adabiy turizm loyihalari, jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya kabi mamlakatlarda tashkil etilgan adabiy sayohatlar misolida tahlil berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ham adabiy turizmni rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Jumladan, Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom kabi ulug‘ ijodkorlarning hayotiga bog‘liq joylarni sayyohlik obyektlariga aylantirish, adabiy-ma’rifiy ekskursiyalar yo‘nalishini yaratish, yoshlar va chet ellik sayyohlar uchun adabiy marafonlar, festivallar tashkil etish zaruriyati ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada, shuningdek, adabiy turizmni rivojlantirishning istiqbollari sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan: hududiy adabiy xaritalarni ishlab chiqish, adabiy mehmonxonalar va kutubxonalar bilan integratsiyalashgan sayohat xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy texnologiyalar yordamida virtual adabiy ekskursiyalarni yaratish, xalqaro hamkorlik orqali adabiy turizm brendlarini targ‘ib qilish. Adabiy turizmning nafaqat iqtisodiy foyda keltirishi, balki madaniy merosni asrash, milliy o‘zlikni anglash va yosh avlodda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirishdagi o‘rni alohida ta’kidlangan.
2025-11-30
INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA “ОNA” KONSEPTI ISHTIROK ETGAN MAQOLLAR TAHLILI
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “ona” konsepti ishtirok etgan maqollar qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda har ikki xalq maqollarida ona obrazining semantik va madaniy xususiyatlari aniqlanadi. Tahlil natijalari o‘zbek maqollarida ona muqaddaslik va duo bilan, inglizlarda esa tarbiya va oilaviy muhit bilan ko‘proq bog‘lanishini ko‘rsatadi.
2025-11-30
TARJIMADA PRAGMATIKA TUSHUNCHASI
Ushbu maqolada tarjima jarayonida pragmatika tushunchasining o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Pragmatika til birliklarining nutq jarayonida qanday maqsadda va qaysi vaziyatda qo‘llanishini o‘rganadigan soha bo‘lib, tarjimada faqat lug‘aviy ma’noni emas, balki muallifning kommunikativ niyatini, madaniy kontekstni va adresatga ta’sirini ham hisobga olish muhim hisoblanadi. Maqolada pragmatik ma’noning tarjimada uzatilishi bilan bog‘liq muammolar, xususan, nutq aktlari, konnotativ ma’no, implikatura va madaniy omillar tahlil qilinadi. Misollar asosida pragmatik ekvivalentlik tushunchasi tushuntiriladi va tarjimada yuzaga keladigan pragmatik yo‘qotishlar sabablari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tarjimon nafaqat til biluvchisi, balki madaniyatlararo vositachi sifatida ham faoliyat yuritishi zarurligi asoslanadi. Maqola tarjima nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar, talabalar va tarjimonlar uchun amaliy ahamiyatga ega.
2025-11-30
ЦЕНТРАЛЬНАЯ АЗИЯ: ИНСТИТУЦИОНАЛЬНО УПРАВЛЯЕМАЯ РЕЛИГИОЗНОСТЬ
В странах Центральной Азии религиозная жизнь часто развивается под сильным влиянием государства. Здесь религия одновременно поддерживается и регулируется через официальные институты, что формирует уникальную модель «институционально управляемой религиозности».[1,3]
2025-11-30
