«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2026-01-29

FONEMATIK ESHITUVNI RIVOJLANTIRISHNING NUTQ SHAKLLANISHIGA TA’SIRI

Mazkur ishda fonematik eshituv tushunchasi, uning mazmun-mohiyati hamda nutq shakllanish jarayonidagi o‘rni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida fonematik eshituvning tovush talaffuzi, lug‘at boyligi, grammatik tuzilma va yozma nutq rivojiga ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, fonematik eshituv yetarli darajada rivojlanmagan bolalarda uchraydigan nutq buzilishlari va ularning kelib chiqish sabablari yoritilgan. Ishda fonematik eshituvni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik va logopedik usullar, didaktik o‘yinlar hamda mashg‘ulotlarning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari fonematik eshituvni erta yoshdan rivojlantirish nutq buzilishlarining oldini olishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Sultanova Jasmina Quatbay qizi

4-6

2026-01-28

TALABALARNING O‘QUV-KASBIY FAOLIYATINI PSIXOLOGIK TA’MINLASH

Hozirgi vaqtda ta’lim tizimida uning sub’yektlari uchun tanlov vaziyatida mustaqil qaror qabul qilish va ularning mumkin bo‘lgan oqibatlarini bashorat qilishni nazarda tutuvchi yangi paradigma paydo bo‘ldi. Oliy ta’lim muassasasi talabasi o‘qishning boshida uning shaxsi va oliy ta’lim sifati toifalarini o‘rganish sohasida muammolarga duch keladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, oliy ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini psixologik qo‘llab-quvvatlashning roli ortib bormoqda. Uning zarurligi so‘nggi yillarda psixolog olimlar, pedagoglar, amaliyotchilar tomonidan faol muhokama qilinmoqda. Olimlar shunday xulosaga keldilar: oliy kasbiy ta’lim tizimi oldida turgan vazifalarni malakali psixologik ta’minotsiz hal etib bo‘lmaydi. Jumladan, B.G.Ananev, A.A.Bodalev, L.I.Bojovich, P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy, P.Ya.Galperin, A.V.Zaporojes, A.N.Leontev, A.R.Luriya, V.N.Myasishev, A.V.Petrovskoy kabi olimlar o‘z asarlarida psixologik hamrohlik tushunchasi doirasida ko‘rib chiqqanlar. Psixologik qo‘llab-quvvatlashning nazariy-metodologik asoslari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: ta’limni insonparvarlashtirish tamoyili (I.V.Dubrovina, A.K.Markova, I.V.Kuzmina, I.B.Kotova, Ye.N.Shiyanov); tizimlilik tamoyili (B.F.Lomov, B.G.Ananev, V.K.Platonov); sub’yektning faolligi tamoyili (A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn); V.N.Myasishevning shaxs munosabatlari konsepsiyalarida ilgari surilgan.

I.I.Xalilov

7-9

2026-01-29

MADANIYATLARARO MULOQOT VA YOSHLAR MUHITIDA AXLOQIY QADRIYATLAR TRANSFORMATSIYASI

Maqolada yoshlar muhitida axloqiy qadriyatlarning o‘zgarish jarayonlariga madaniyatlararo muloqotning ta’siri tahlil qilingan. Globallashuv sharoitida yoshlarning yangi qadriyat yo‘nalishlarini shakllantirish omili sifatida madaniyatlararo o‘zaro ta’sirni falsafiy-axloqiy jihatdan anglashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jaloliddin Eshquvvatov

10-11

2026-01-29

MUSTAQILLIK YILLARIDA OʻZBЕKISTON QISHLOQ XOʻJALIGININING RIVOJIDA MUTAXASSIS KADRLARNING TUTGAN OʻRNI

Ushbu tezis 1991–2025-yillarda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish jarayonida mutaxassis kadrlarning institutsional va amaliy rolini tarixiy tahlil qiladi. Tadqiqotda tarixiy-taqqoslama, tizimli yondashuv hamda hujjatlar tahlili qoʻllanadi. Ilmiy yangilik sifatida kadrlar tayyorlash zanjiri, bilim-transfer mexanizmlari va hududiy ixtisoslashuvning o‘zaro bogʻliqligi asoslab beriladi.

Nurmuhammadova Mohina Xabibullo qizi

12-15

2026-01-30

СУЩНОСТЬ, ИСТОЧНИКИ И КЛАССИФИКАЦИЯ МЕЖДУНАРОДНО-ПРАВОВЫХ НОРМ В ОБЛАСТИ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ

В статье рассматривается сущность, источники и классификация международно-правовых норм в области интеллектуальной собственности. Анализируются теоретические подходы к пониманию международно-правовых норм, их деление на жёсткие и мягкие, а также роль социальных норм в международном праве. Особое внимание уделяется формированию и развитию международной системы охраны интеллектуальной собственности, значению универсальных и региональных международных договоров, включая Бернскую и Парижскую конвенции, Соглашение ТРИПС и договоры, администрируемые ВОИС. Исследуются минимальные международные стандарты охраны интеллектуальной собственности и механизмы их имплементации в национальное законодательство. На примере Республики Узбекистан показаны особенности внедрения международных норм и стандартов в правовую систему, а также их значение для гармонизации национального законодательства с международными обязательствами.

Набиев Фирузжон Хамидович

16-23

2026-01-30

MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH: NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY YONDASHUVLAR

Mazkur maqolada makroiqtisodiy tahlil va prognozlashning nazariy-uslubiy asoslari, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi hamda iqtisodiy jarayonlarni oldindan baholashda qo‘llaniladigan zamonaviy prognozlash usullari yoritilgan. Shuningdek, makroiqtisodiy prognozlarning iqtisodiy siyosatni shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida statistik, iqtisodiy-matematik va iqtisodiy modellashtirish usullaridan foydalanilgan.

Murodaliyev Dilyorjon Dilshodjon o’g’li, Asraqulov Farux Rustam o’g’li

24-27

2026-01-30

INSONNING HAYOTIY TANLOV HODISASI

Ma’lumki, hayotiy tanlov muammosi va u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan inson mohiyati va uning hayoti to‘g‘risidagi ekzistensial masalalarni tadqiq etish uning mavjudligining asoslari va o‘ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, mavjudlikning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tahlil qilishni nazarda tutadi. Insonning hayotiy tanlovi, o‘zini va kelajagini yaratish muammosi psixologik tadqiqotlarda alohida o‘rin tutadi. Insonning o‘z hayot yo‘lini tanlash, hayot mazmunini izlash, o‘z hayotiy vazifasini anglash, o‘z hayotiy imkoniyatlari va istiqbollarini belgilash, dunyo, odamlar, o‘z-o‘zi va boshqalar bilan munosabatlarni o‘rnatishdagi erkinlik va cheklovlar masalalari ushbu muammo bilan chambarchas bog‘liq.

S.S.Shukurulloyeva

28-32

2026-01-30

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR

Mazkur maqolada buyuk davlat arbobi, sarkarda va mumtoz adabiyot vakili Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, siyosiy faoliyati hamda adabiy merosi yoritiladi. Boburning Temuriylar sulolasi vakili sifatidagi tarixiy o‘rni, uning Movarounnahr va Afg‘oniston hududlaridagi siyosiy kurashlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Hindistonda Boburiylar davlatiga asos solish jarayoni va ushbu saltanatning tarixiy ahamiyati ochib beriladi. Maqolada Boburning mashhur “Boburnoma” asari muhim tarixiy va adabiy manba sifatida ko‘rib chiqiladi. Asarda keltirilgan geografik, etnografik va madaniy ma’lumotlarning ilmiy qiymati yoritiladi. Boburning shoir va mutafakkir sifatidagi ijodi, uning turkiy adabiyot rivojiga qo‘shgan hissasi alohida e’tiborga olinadi. Maqola Bobur shaxsining ko‘p qirrali faoliyatini yoritish orqali uning jahon tarixidagi o‘rnini baholashga qaratilgan.

Abdulazizova Odinaxon Yaqubbek qizi

33-36

2026-01-31

SHAYBONIYLAR DAVRIDA BUXORODA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR

Mazkur tezisda Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida Buxoro shahrida amalga oshirilgan islohotlar tarixiy manbalar va ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida siyosiy va ma’muriy boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar, iqtisodiy va moliyaviy islohotlar, savdo-sotiq hamda hunarmandchilikning rivoji, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangilanishlar, shaharsozlik va me’morchilik sohasidagi o‘zgarishlar keng yoritiladi. Shuningdek, Shayboniylar davrida amalga oshirilgan islohotlarning Buxoroning Markaziy Osiyodagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatida shakllanishiga ko‘rsatgan ta’siri ilmiy asosda baholanadi.

Abdullayeva Ma’mura Boltayevna

37-40

2026-01-31

SHARQ MAMLAKATLARIDA HOFIZLIK SAN’ATI JARAYONLARI ORQALI KATARSIS HOLATI NAMOYON BO‘LISHIINING TARIXIY VA NAZARIY BOSQICHLARI

Mazkur maqolada Sharq mamlakatlarida hofizlik san’ati taraqqiyoti jarayonida katarsis (ruhiy poklanish) holatining shakllanishi va namoyon bo‘lishi tarixiy hamda nazariy jihatdan tahlil etiladi. Musiqa va ijro san’atining inson ruhiy olamiga ta’siri, Sharq mutafakkirlarining estetik qarashlari hamda hofizlik an’analarining ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati ochib beriladi.

Sariyev Zokirzojon , I.Kirgizov

41-43

2026-01-31

O‘ZBEK XALQ QO‘SHIQLARINING IJTIMOIY ONG VA MADANIY XOTIRA SHAKLLANISHIDAGI O‘RNI

Mazkur maqolada o‘zbek xalq qo‘shiqlarining ijtimoiy ong va madaniy xotirani shakllantirishdagi o‘rni ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil etiladi. Xalq qo‘shiqlari jamiyatning kollektiv tafakkuri va ma’naviy tajribasining ifodasi sifatida yoritilib, ularning yoshlar ma’naviy tarbiyasidagi ahamiyati asoslab beriladi.

Abdullayeva Madina, T.Shokirov

44-46

2026-01-31

VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQBUZARLIGI: IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAHLIL

Maqolada voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik va kriminologik omillar tahlil qilinadi. Tadqiqotda oilaviy muhit, ta’lim muassasalari va axborot makonining ta’siri, shuningdek, voyaga yetmagan huquqbuzar shaxsining asosiy xususiyatlari yoritiladi.

Akramova Shaxnoza Valiyevna

47-49

2026-01-31

O’ZBEK XONLIKLARI DAVRIDA QISHLOQ XO’JALIGINI RIVOJLANISH TARIXI

Maqola O'zbek xonliklari (Buxoro, Xiva va Qo'qon xonliklari) davrida (XVI-XIX asrlar) qishloq xo'jaligining rivojlanish tarixini ilmiy jihatdan chuqur yoritadi. Unda sug'orish tizimlarining evolyutsiyasi, asosiy ekinlar, yer egaligi munosabatlari, soliq siyosati va feodal iqtisodiyotning o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tarixiy manbalar va tadqiqotlar asosida xonliklarning qishloq xo'jaligi sohasidagi o'zgarishlari, tabiiy omillar ta'siri hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko'rib chiqiladi. Maqola o'rta asrlar O'rta Osiyo iqtisodiyotining asosiy tayanchi bo'lgan agrar tarmoqning rivojlanish dinamikasini ochib berishga qaratilgan.

Ro’zimova Iroda Farxodovna

50-52

2026-01-31

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJTIMOIY-EMOTSIONAL KOMPETENSIYASINI OSHIRISH”

Ushbu tadqiqot boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy-emotsional kompetensiyasini pedagogik texnologiyalar yordamida rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan. Maqsad — o‘quvchilarning ijtimoiy va emotsional ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ularning umumiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdir. Tadqiqotda interaktiv metodlar, o‘yin texnologiyalari va loyiha asosida ta’lim usullari qo‘llaniladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, pedagogik texnologiyalar samarali qo‘llanganda, o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlari, hissiy intellekti va ijtimoiy moslashuvchanligi sezilarli darajada yaxshilanadi.

Abdurasulova Dilnoza Abdug’ani qizi

53-55

2026-01-31