SOVET DAVRINING SO‘NGGI O‘N YILLIGIDA BUXORO VILOYATIDA ISHCHI VA XIZMATCHILARNI TAYYORLASH HAMDA MALAKASINI OSHIRISH TIZIMI (1980–1990 YY.)
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Abstrak:
Mazkur maqolada 1980–1990 yillarda Buxoro viloyatida xalq xo‘jaligi tarmoqlari uchun mutaxassis va ishchi kadrlar tayyorlash jarayoni tahlil etiladi. Tadqiqotda oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar sonining o‘sishi, kasb-hunar va professional-texnik ta’lim muassasalarining roli, malakali ishchi kadrlar tayyorlash dinamikasi yoritilgan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, xususan mexanizator kadrlar tayyorlashdagi pasayish tendensiyalari va uning iqtisodiy oqibatlari ko‘rsatib berilgan. Ishda ishchi va xizmatchilarni qayta tayyorlash hamda malaka oshirish tizimining holati respublika ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlil qilingan. Umuman olganda, Buxoro viloyatida kadrlar tayyorlash tizimi sovet davri iqtisodiy siyosati doirasida shakllanib, ishlab chiqarish tarmoqlari ehtiyojlariga xizmat qilgani, biroq 1980-yillar oxiriga kelib ayrim sohalarda samaradorlik pasaygani asoslab berilgan.
##plugins.themes.bootstrap3.article.details##
##submission.howToCite##:
##submission.citations##:
Алимова Д.А., Раҳимов А.А. Ўзбекистоннинг янги тарихи. Иккинчи китоб: Совет мустамлакачилиги даври (1917–1991 йй.). — Тошкент: Шарқ, 2000.
Народное хозяйство Узбекской ССР в 1990 г. статистической ежегодник. – Ташкент “Узбекистон”, 1990. – С. 29.
Ражабов Қ., Зиёев Ҳ. Ўзбекистон тарихи (1917–1991 йиллар). — Тошкент: Ўқитувчи, 2010.
Народное хозяйство Узбекской ССР в 1990 г. статистической ежегодник. – Ташкент “Узбекистон”, 1990. – С. 30.
Народное хозяйство Узбекской ССР в 1990 г. статистической ежегодник. – Ташкент “Узбекистон”, 1990. – С. 31.
Қ.Усмонов, М.Содиқов Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). “Sharq” Nashriyot-Matbaa Aksiyadorlik Kompaniyasi Bosh Tahririyati – Toshkent, 2010.
Қ.Усмонов, М.Содиқов Ўзбекистон тарихи (1917-1991 йиллар). “Sharq” Nashriyot-Matbaa Aksiyadorlik Kompaniyasi Bosh Tahririyati – Toshkent, 2010.
