SAYYORALARNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
##plugins.themes.bootstrap3.article.main##
Abstrak:
Insoniyat qadim zamonlardan beri osmon jismlariga, xususan, sayyoralarga katta qiziqish bilan qarab kelgan. Dastlabki kuzatuvlar oddiy ko‘z bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, bugungi kunda zamonaviy teleskoplar, sun’iy yo‘ldoshlar va kosmik zondlar yordamida sayyoralar chuqur va ilmiy asosda o‘rganilmoqda. Sayyoralarni o‘rganish nafaqat koinot haqidagi bilimlarimizni kengaytiradi, balki Yer sayyorasidagi hayot, texnologiya va kelajak taraqqiyotimiz uchun ham muhim ahamiyatga ega. Avvalo, sayyoralarni o‘rganish orqali Quyosh tizimining kelib chiqishi va rivojlanish tarixini bilib olish mumkin. Har bir sayyora o‘ziga xos tuzilish, atmosfera va harakat qonuniyatlariga ega. Ularni tahlil qilish orqali olimlar milliardlab yillar oldin Quyosh tizimi qanday shakllanganini, sayyoralar qanday jarayonlar natijasida hozirgi holatga kelganini aniqlashadi. Bu bilimlar Yerning ham o‘tmishini tushunishga yordam beradi.
