Vol. 3 No. 12 (2024): Science and technology in the modern world

«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.

Published: 2024-11-06

O‘ZBEKISTONDA TOG‘ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMOLLASHTIRISH (JIZZAX VILOYATI TIMSOLIDA)

Ushbu tadqiqotda O‘zbekistonning Jizzax viloyati misolida tog‘ turizmini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi muammolar va ularni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy mexanizmlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda transport va infratuzilma yetishmovchiligi, axborot va marketing strategiyalarining zaifligi kabi asosiy masalalar yoritilib, mavjud statistik ma’lumotlarga asoslangan tahlil berilgan. O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi tajribalar asosida Jizzax viloyatida turizmni rivojlantirish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan iqtisodiy choralar ishlab chiqilgan. Ushbu tavsiyalar Jizzax viloyatida tog‘ turizmini barqaror rivojlantirish orqali mahalliy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

G‘olibjon Mavlanov

4-8

2024-11-06

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI TA’LIMGA INTEGRATSIYA QILISHNING SAMARADORLIGI

Mazkur maqolada pedagogik texnologiyalarning ta’lim jarayoniga integratsiyasi va uning samaradorligi tahlil etiladi. Zamonaviy ta’limda raqamli texnologiyalarning roli o‘quvchilarning bilim olish jarayonini yaxshilash, o‘zlashtirish darajasini oshirish va motivatsiyani kuchaytirish kabi jihatlarda muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali interaktiv va moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, o‘quvchilarga individual yondashuv taqdim etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarni yanada samarali o‘qitish va rivojlantirish mumkinligini ko‘rsatadi.

Farrux Qodirov, Dilnura Fayzullayeva

9-13

2024-11-06

STRATEGİES FOR PROTECTİNG YOUTH AND WOMEN FROM EXTREMİSM THROUGH SOCİAL MEDİA: INTERNATİONAL EXPERİENCES AND PRACTİCES İN UZBEKİSTAN

This article examines effective measures and experiences from various countries aimed at protecting young people and women from radicalization and negative influences through social media. The analysis includes platforms such as Uzbekistan's "Girls' Academy" and Germany's "Islam-ist." These programs help to enhance digital literacy, develop critical thinking skills, and enable young individuals to critically assess online information, thereby safeguarding them from the impacts of extremism.

Фаррух Элмирзаев

14-18

2024-11-08

MEDIA SAVODXONLIGINING NAZARIY ASOSLARI

With the help of this article, you can familiarize yourself with its theories, as well as learn about solutions to mummo and the theoretical foundations of Media literacy, increasing the validity of the work done to eliminate the initial airy thoughts and muzzleloads about the influence of the media.

Izzatillo Mirabdullayev , Djalliddin Rasulov

19-22

2024-11-08

ЁШЛАР ФУҚАРОЛИК ПОЗИЦИЯСИНИНГ ЖАМИЯТ РИВОЖИ ВА БАРҚАРОРЛИГИДАГИ АҲАМИЯТИ

Мақолада ёшларнинг фуқаролик позициясининг жамият ривожи учун аҳамиятли омил эканлиги сўз этилади. Шунингдек ёшларнинг фуқаролик позициясини шакллантирувчи омиллар ва  уни ривожлантирувчи чора-тадбирларга алоҳида эътибор берилган.

Ниетулла Оринбетов

23-24

2024-11-08

MILLIY URF–ODAT VA AN'ANALARDA GENDER TA’MINLASH

Ushbu maqolada xotin–qizlar va erkaklarning gender tengligi, milliy an'analarimizda gender jihatlari hamda yurtimizda urf–odat, qadriyatlarimizda ayollarga qaratilgan e'tibor, mamalakatimizda ularga yaratilayotgan imkoniyatlar to'g'risida ma'lumotlar yoritib berilgan.

Avazbek Jabborov

25-27

2024-11-09

“TAYYOR TAOMLAR” LEKSIK-SEMANTIK GURUHI

Milliy–madaniy xususiyatli iboralarni shakllantirishda oziq-ovqat va taom nomlari o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Aksariyat xalqlarning madaniyatida yashash vositasi bo’lgan oziq-ovqatga har doim buyuk ne’mat, rizq-ro’z sifatida munosabatda bo’lingan. Xuddi shunday o’zbek tilida gastronomik frazeologik birliklar tarkibida «Tayyor taomlar» leksik-semantik guruhi «Unli mahsulotlar», «Don mahsulotlari», «Meva-cheva, sabzavot mahsulotlari», «Shirinliklar», «Sho‘rva» kabi mikroguruhlarga bo’linib ketadi.

Nigora Uralova

28-30

2024-11-09

ЎЗБЕКИСТОНДА ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИК ЖИНОЯТИНИНГ ИЖТИМОИЙ-МАДАНИЙ, ИҚТИСОДИЙ ҲАМДА ПСИХОЛОГИК ОМИЛЛАРИ

Criminological studies on domestic violence highlight the complex, multifaceted causes rooted in interwoven social, cultural, economic, and psychological factors. Scholars argue that domestic violence is a complex outcome of long-standing socio-cultural and economic conditions, making simple explanations insufficient. In Uzbekistan, patriarchal norms and cultural expectations place women in subservient roles within the family, reinforcing gendered social roles and power dynamics. Economic stressors such as poverty and unemployment also exacerbate family tensions, increasing the likelihood of violence. Psychological factors, including aggression and mental health issues, often lead to impulsive acts of violence.

Хамид Бобоқулов

31-34

2024-11-12

MAHMUD ZAMAXSHARIYNING ISLOM HUQUQI RIVOJIDA TUTGAN O‘RNI

Mahmud Zamaxshariy Movarounnahrdan chiqqan buyuk mufassir, mutakallim, faqihdir. Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy ahvol tanazzulga yuz tutganida, Mahmud Zamaxshariy ilm-fanni tiklash va tiklashga xizmat qildi, xususan, Qur’on va fiqhda fidoyi olimlar bilan suhbatlashdi. Uning o‘nta asari bugun ma’lum bo‘lib, bu asarlar ustidagi ilmiy izlanishlar to‘xtovsiz davom etmoqda. Bu maqola asosan, “Ruus al-masail”ning islom huquqi rivojidagi asosiy manbalardan biri bo‘ladi.

S.S. Saidjalolov

35-38

2024-11-12

СУҒОРИЛАДИГАН ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЕРЛАРИНИ ИҚТИСОДИЙ БАҲОЛАШДАГИ УСЛУБИЙ ЁНДАШУВЛАР

Қишлоқ хўжалиги ерлари инсониятнинг яшаши, камол топиши учун керак бўладиган озиқ-овқат маҳсулотларини етиштириладиган табиий ресурслар ҳисобланади. Ер ресурслари озиқ-овқат маҳсулотларини ишлаб чиқаришда асосий восита бўлиб хизмат қилади ва қишлоқ  хўжалик маҳсулотларини ишлаб чиқаришда жуда катта аҳамиятга эга. Шунинг учун ҳам ерни асраш ва ундан оқилона фойдаланиш инсоният олдида турган энг асосий вазифалардан бири ҳисобланади. “Ердан фойдаланиш” тушунчасининг нисбатан кўп тарқалган таърифи миқдорий нуқтаи назардан кўп қайт этилиб, ер ресурсларидан фойдаланиш жараёнларида жамият аъзолари, жисмоний ва юридик шахслар ўртасида ердан фойдаланиш борасидаги муносабатлар тушунилади

Санжар Садуллаев

39-43

2024-11-12

АНАЛИЗ ПРОБЛЕМ ОБУЧЕНИЯ НАЧИНАЮЩИХ ФОТОГРАФОВ СТУДЕНТОВ ВУЗА

This article provides examples of possible problems and fears that novice photography students may encounter when starting their studies. A description of these problems and their probable solution during the learning process at the institute is considered. At the end, a conclusion is formed about the outcome of these fears over the course of training.

Чарос Махмудова

44-46

2024-11-12

TIBBIYOT YO‘NALISHI TALABALARINI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA QO‘LLANILADIGAN MASOFAVIY TA’LIM MODELLARI TAHLILI

Mazkur maqolada tibbiyot yo‘nalishi talabalarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda qo‘llaniladigan masofaviy ta’lim modellari tahlil qilingan. Masofaviy ta’lim zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘z ichiga oladigan innovatsion modellar orqali tibbiyot talabalarining axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Asinxron, sinxron va gibrid ta’lim modellari turli shakllarda joriy etilgan bo‘lib, ularning har biri talabalarga o‘qishning turli usullarini taklif qiladi. Virtual simulyatsiya va interaktiv platformalar orqali talabalarning ma’naviy rivojlanishi va axloqiy qarorlar qabul qilish qobiliyatlari oshiriladi. Tajriba-sinov ishlari va xorijiy tajribalar asosida, masofaviy ta’lim modellarining tibbiyot sohasidagi ahamiyati va samaradorligi xulosa qilinadi. Ushbu maqola tibbiyot yo‘nalishi talabalarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasini oshirishda yangi pedagogik yondashuvlar va texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan.

Anvar Ergashev

47-49

2024-11-12

INGLIZ TILIDAGI NOSTANDART TIL BIRLIKLARINING O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH MUAMMOLARI

Til o’rganish jarayonida tarjima muhim rol o’ynaydi. Bu jarayon murakkab bo’lib, uni amalga oshirish uchun tarjimon ham Grammatik , ham til bilish nuqtai nazaridan katta tajriba va malakaga ega bo’lishi shart. Nosatandart til birliklari haqida gap ketar ekan, bu vazifa yana ham murakkablashadi. Tarjimon tarjima va asliyat tili o’rtasidagi barcha qonuniyatlar va madaniy farqlarni bilishi zarur. Ushbu ishda bir necha tilshunos olimlarning ishlari o’rganilib, xulosa qilindi.

Sharofatxon Xusanova

50-53

2024-11-13

СУРУНКАЛИ БУЙРАК КАСАЛЛИГИ БИЛАН ОҒРИГАН БЕМОРЛАРДА АЎФ ИНГИБИТОРЛАРИНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ БАҲОЛАШ

Сўнги пайтларда СБК континиум доирасида юрак етишмовчилиги сурункали буйрак касаллиги билан биргаликда кечишига катта эьтибор берилмоқда. Юрак-қон томир асоратлари ривожланишида буйраклар мухим роль ўйнайди. Касалликни башорат қилиш ва даволаш динамикасида омилларни ўрганиш муҳим ҳисобланади. Қуйида СБК ривожланишининг асосий патофизиологик механизмлари, диагностик маркерлари ҳамда даволашнинг жаҳон тажрибаларига таянган янгича ёндашув усуллари келтириб ўтилди.

С.Б. Жуманазаров

54-55

2024-11-13

KICHIK BIZNESNI YIRIK BIZNESGA TRANSFORMATSIYA JARAYONLARINI RIVOJLANTISH ISTIQBOLLARI

Ushbu tezis kichik biznesni yirik biznesga aylantirish jarayonlarini tahlil qiladi va muvaffaqiyatli transformatsiya uchun zarur bo‘lgan strategiyalarni o‘rganadi. Kichik biznesning bozorini kengaytirish, franchayzing va birlashish imkoniyatlaridan foydalanish, moliyaviy boshqaruvni kuchaytirish, texnologiyalarni qo‘llash va innovatsiyalarni tatbiq etish kabi omillar muvaffaqiyat omillari sifatida ko‘rib chiqiladi. Tezis davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak va huquqiy qo‘llab-quvvatlashning kichik biznesning rivojlanishiga ta’sirini ham yoritadi. O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda kichik biznesning yirik biznesga aylanishi muhim deb topiladi.

Boburmirzo Xursanaliyev

56-58

2024-11-15

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING YASHASH MANZILLARIDAN UZOQ MUDDATGA KETGAN SHAXSLAR BO’YICHA ISHLASH FAOLIYATINI HUQUQIY TA’MINLASH

O’tgan yillar davomida fuqarolarimizning uzoq muddatga chet elga chiqishlari va qaytib kelishlarini tartibga solishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda qabul qilinib , ularning talablari jamiyat hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Doimiy yashash manzillaridan uzoq muddatga uzoq muddatga ketgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan amalga oshirilayotgan tezkor- profilaktik ishlar samaradorligini oshirish maqsadida hududiy ichki ishlar organlariga bir qator sharx, ko’rsatma va tavsiyalar doimiy ravioshda yuborib kelinayotganligiga qaramasdan, aksariyat ichki ishlar organlarida ushbu yo’nalishdagi ishlar talab darajasida yo’lga qo’yilmasdan qolmoqda.

Anvar Tashtemirov, Yulduz Usmonova

59-61

2024-11-15

RАQАMLI АSRDА MЕDIАSАVОDXОNLIKNING ЕVОLYUTSIYАSI: FАLSАFА TА’LIMGА TА’SIRI

Mеdiаsаvоdxоnlik rаqаmli аsrdа sеzilаrli dаrаjаdа rivоjlаnib, аxbоrоtni bаhоlаsh bо‘yichа аsоsiy kо‘nikmаlаrdаn yuqоri intеrаktiv, аlgоritmgа аsоslаngаn mеdiа lаndshаftini bоshqаrishdа murаkkаb kоmреtеnsiyаlаrgа аylаndi. Ushbu mаqоlа fаlsаfаning mеdiа sаvоdxоnligini chuqurlаshtirish uchun tаklif qilishi mumkin bо'lgаn tаnqidiy fikrlаsh, аxlоqiy mulоhаzаlаr vа аks еttirish аmаliyоtigа urg'u bеrib, ushbu еvоlyutsiyаning fаlsаfiy tа'limgа tа'sirini о'rgаnаdi. Rаqаmli mеdiа рlаtfоrmаlаri idrоkni shаkllаntirаdi, xulq-аtvоrgа tа'sir qilаdi vа аxlоqiy dilеmmаlаrni kеltirib chiqаrаdi, fаlsаfiy tа'lim tаlаbаlаr uchun tаnqidiy bаhоlаsh vа аxbоrоt bilаn mаs'uliyаt bilаn shug'ullаnish uchun аsоs yаrаtаdi.

Nаsibа Аbduxоlikоvа

62-64

2024-11-15

FALSAFA FANI ORQALI TALABALAR AXBOROT SAVODHONLIGI RIVOJLANGANLIGINI BAHOLASHDA QO'LLANILADIGAN METODLAR

Axborot savodxonligi talabalar uchun muhim kompetentsiya bo'lib, tez rivojlanayotgan axborot jamiyatida muhim ahamiyatga ega bo'lgan tanqidiy fikrlash va mustaqil tahlilni rivojlantiradi. Axborot savodxonligini baholashda falsafani integratsiyalash o‘quvchilarning axborotga bo‘lgan munosabatini chuqurlashtirish uchun falsafiy savollar, bahs-munozaralar va axloqiy tahlillardan foydalangan holda o‘ziga xos yondashuvni taklif etadi. Ushbu maqola talabalarning axborot savodxonligini baholash uchun falsafada qo'llaniladigan turli usullar, jumladan, Sokratik so'rovlar, amaliy tadqiqotlar tahlillari, aks ettiruvchi jurnallar, bahslar va axloqiy tahlillarni o'rganadi. Ushbu usullar orqali o'qituvchilar nafaqat o'quvchilarning axborotni topish va baholash qobiliyatini, balki ularning oqibatlarini tanqidiy talqin qilish va axloqiy jihatdan aks ettirish qobiliyatini ham baholashlari mumkin. Natijalar shuni ko'rsatadiki, falsafiy baholash usullarini o'z ichiga olgan holda, tanqidiy fikrlash va axloqiy xabardorlikni ta'kidlab, o'quvchilarning axborot savodxonligini rivojlantirishni yanada to'liqroq tushunish mumkin.

Nаsibа Аbduxоlikоvа

65-67

2024-11-15

THE IMPACT OF ARTERIAL HYPERTENSION ON THE ONSET OF STRUCTURAL AND FUNCTIONAL CHANGES OF THE HEART ASSOCIATED WITH GRAVES DISEASE

The aim of the study was to study the role of hypertension in the occurrence of thyrotoxic changes in the heart and their regression against the background of long-term drug therapy.

Mirzaeva Gulchehra Payzullaevna , Jabbarov Ozimbay Otakxanovich

68-69

2024-11-15

РЕDАGОGIK TRЕNING DОIRАSIDА SUN’IY INTЕLLЕKTNI QО‘LLАSHDА ЕTIKА VА KАSBIY MАDАNIYАT

Реdаgоgik tаyyоrgаrlikdа sun’iy intеllеktning (АI) intеgrаtsiyаlаshuvi, аyniqsа, аxlоq vа kаsbiy mаdаniyаt nuqtаi nаzаridаn sеzilаrli yutuqlаr vа muаmmоlаrni kеltirib chiqаrdi. Ushbu mаqоlа о‘qituvchilаr tа’limidа АIdаn fоydаlаnish bilаn bоg‘liq аxlоqiy mulоhаzаlаr vа rivоjlаnаyоtgаn kаsbiy mаdаniyаtni о‘rgаnаdi. Аsоsiy аxlоqiy muаmmоlаrgа mа’lumоtlаrning mаxfiyligi, аlgоritmik tаrаfkаshlik, shаffоflik vа jаvоbgаrlik kirаdi. Mаqоlаdа, shuningdеk, sun’iy intеllеkt tа’lim sоhаsidа рrоfеssiоnаl mаdаniyаtni qаndаy qаytа shаkllаntirаyоtgаni, ishоnch, hаmkоrlik vа mаs’uliyаt kаbi qаdriyаtlаrgа tа’sir kо‘rsаtаyоtgаni о‘rgаnilаdi. АI vоsitаlаri реdаgоgikаdа insоn mulоhаzаlаrini о‘rnini bоsish о‘rnigа, qо‘llаb-quvvаtlаshini vа аxlоqiy mе’yоrlаr ulаrdаn fоydаlаnishni bоshqаrishini tа’minlаsh uchun muvоzаnаtli yоndаshuv zаrur.

Muаttаrxоn Nо‘mоnxоnоvа

70-72

2024-11-15

NUTQ MАDАNIYАTINI RIVОJLАNTIRISHNING TЕXNОLОGIK VОSITАLАRI: АUDIО-VIZUАL VОSITАLАRDАN FОYDАLАNISH

Nutq mаdаniyаtini rivоjlаntirishdа tеxnоlоgik vоsitаlаrning о‘rni kаttаdir. Xususаn, аudiо-vizuаl vоsitаlаrdаn fоydаlаnish nutq mаdаniyаti, tаlаffuz vа mulоqоt kо‘nikmаlаrini tаkоmillаshtirishdа sаmаrаli usullаrdаn biri hisоblаnаdi. Ushbu mаqоlаdа аudiо vа vidео mаtеriаllаr, intеrаktiv tа'lim vоsitаlаri hаmdа rаqаmli tеxnоlоgiyаlаrdаn fоydаlаnish оrqаli nutq mаdаniyаtini rivоjlаntirishning muhim jihаtlаri tаhlil qilinаdi. Аudiо-vizuаl vоsitаlаrning pеdаgоgik jаrаyоngа qаndаy intеgrаtsiyа qilinishi, ulаrning о‘quvchilаrning nutqiy kо‘nikmаlаrini оshirishdаgi rоli vа sаmаrаdоrligi hаqidа mа’lumоtlаr bеrilаdi. Mаzkur vоsitаlаrning о‘quvchilаrgа tа’siri hаmdа о‘qituvchilаr uchun yаrаtаdigаn qulаyliklаri chuqur о‘rgаnilаdi.

Zulfiyа Kоdirоvа

73-74

2024-11-15

ONA TILI TA’LIM MAZMUNINI INTEGRATSIYALASHTIRISHDA O‘QUVCHILARNI MILLIY G‘URUR ASOSIDA METODIK RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI

Making it possible to methodically shape the educational trajectory, to improve the competencies of national pride of students in grades 1-5, to develop students' interest in science, to be able to develop several speech skills in the course of one learning task. It is substantiated that teachers of grades 1-5 should be consciously approach to the performance of tasks, observe didactic sequence in their performance, be able to interact properly with artificial intelligence to find tasks from modern sources of information.

Shaxnoza Umarova

75-78

2024-11-15

FUTBOLCHILARNING TEXNIK-TAKTIK HARAKATLARINI TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI

Futbolga endi kirib kelgan yosh futbolchilarga texnik usullarni o‘zlashtirib olishni o‘zigina kifoya emas, balki mashg‘ulotlarda muntazam ravishda kamolotga etkazib borishga, eng oddiy usuldan asta-sekin jihatdan murakkabroq usullarga o‘tib boraverish kerak.

Murodjon Xalmuratov

79-80

2024-11-18

DAVLAT UNITAR KORXONALARIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TUZISH TARTIBI

Mazkur tezisda davlat unitar korxonalarida moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi va buxgalteriya hisobining o'ziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. Tezishda davlat unitar korxonalari uchun moliyaviy hisobotlarni tuzishda qo'llaniladigan huquqiy, normativ hujjatlar, soliq va moliyaviy boshqaruv tizimi, shuningdek, audit jarayonlarining o'rni va ahamiyati batafsil ko'rib chiqilgan. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashdagi asosiy prinsiplarga e'tibor qaratilgan, shu jumladan, ularning davlat moliyasiga ta'siri, shaffoflikni ta'minlash va nazoratning ahamiyati tushuntirilgan. Buxgalteriya hisoboti va moliyaviy tahlilning ahamiyati, davlat unitar korxonasining iqtisodiy holatini o'rganishda zaruriy vositalar sifatida ta'riflanadi. Shu bilan birga, davlat moliyaviy nazorati va auditorlik tekshiruvlari orqali hisobotlarning to'g'riligi va ishonchliligini ta'minlash mexanizmlari yoritilgan.

Hulkar Xudoyqulova

81-83

2024-11-18

УГОЛОВНО-ПРАВОВОЕ ПОНЯТИЕ И ПРОФИЛАКТИКА ПРЕСТУПЛЕНИЯ СВОДНИЧЕСТВО ИЛИ СОДЕРЖАНИЕ ПРИТОНОВ

В данной статье анализируется уголовная ответственность за содержание сводничество или содержание притонов, связанные с сводничеством или содержание притонов, по уголовному законодательству Республики Узбекистан. Уголовно-правовые нормы охватывают преступления, связанные с сводничеством или содержание притонов; занятие проституцией.

Айша Рузимова

84-86

2024-11-18

MAHMUD ZAMAXSHARIYNING ISLOM HUQUQI RIVOJIDA TUTGAN O‘RNI

Mahmud Zamaxshariy Movarounnahrdan chiqqan buyuk mufassir, mutakallim, faqihdir. Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy ahvol tanazzulga yuz tutganida, Mahmud Zamaxshariy ilm-fanni tiklash va tiklashga xizmat qildi, xususan, Qur’on va fiqhda fidoyi olimlar bilan suhbatlashdi. Uning o‘nta asari bugun ma’lum bo‘lib, bu asarlar ustidagi ilmiy izlanishlar to‘xtovsiz davom etmoqda. Bu maqola asosan, “Ruus al-masail” ning islom huquqi rivojidagi asosiy manbalardan biri bo‘ladi.

S.S. Saidjalolov

87-90

2024-11-20

KRAUDFANDING FAOLIYATI TURLAR VA ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Maqolada kraudfanding faoliyatiga umumiy tushunchalar berilgan, bunga doir olimlarning fikrlari o’rganilgan. Kraudfanding faoliyati turlariga keltirilgan, ularning o’ziga xos jihatlari hamda huquqiy tabiatiga e’tibor qaratilgan. Kraudfanding faoliyatini fuqarolik huquqiy tartibga solish masalalari haqida so’z yuritilgan. Kraudfandingning eng muhim afzalliklaridan biri, uning internet orqali amalga oshirishning qulay ekanligi, mablag‘ yig‘ish jarayonlarining soddalashtirilganligi va ommaviy shaklda amalga oshirilishidir. Bunda platformga joylashtirilgan loyiha foydalanuvchilarga ma’qul bo‘lsa, tez fursatda zarur mablag‘ni yig‘ish imkoniyati mavjuddir.

Gavhar Xoliqova

91-93

2024-11-20

View All Issues