QURITILGAN QOVOQ MEVALARIDAN OLINADIGAN KUKUN MAHSULOTLARINI SAQLASH VA REALIZATSIYA UCHUN QADOQLASHNING INNOVATSION YECHIMLARI
Main Article Content
Abstract:
Maqolada quritilgan qovoq kukunini turli qadoqlash texnologiyalarida saqlash samaradorligi chuqur qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida vakuum qadoqlash, modifikatsiyalangan atmosfera (MA), metallantirilgan polipropilen, polietilen–folga laminatlari hamda PET idishlarda saqlashning afzallik va kamchiliklari baholandi. Natijalarga ko‘ra, modifikatsiyalangan atmosfera sharoitida qadoqlangan namunalar eng yuqori ozuqaviy barqarorlikni ko‘rsatib, vitamin C ning 93–95%, karotinoidlarning 95–96% saqlanishiga erishilgan. Polietilen–folga qoplamalar iqtisodiy samaradorligi bilan ajralib turdi. Vakuum qadoqlash biologik qiymatni yaxshi asragan bo‘lsa-da, mahsulotda aglomeratsiya holati kuzatildi. Metallantirilgan polipropilen arzon, ishonchli va texnologik jihatdan maqbul yechim sifatida tavsiya etildi. PET idishlarda esa yorug‘lik ta’sirida pigmentlar va vitaminlarning tez parchalanishi aniqlanib, ushbu usulning cheklanganligi ko‘rsatildi.
Article Details
How to Cite:
References:
Mirziyoev Sh. PF-60-son. “2022-2026 Yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”. Prezident Farmoni. – Toshkent, 2022 yil 28 yanvar.
Джураев Х.Ф., Додаев К.О., Чориев А.Ж. Технология переработки бахчевых култур // Хранение и переработка селскохозяйственного сыря. -2001. №9.-С. 52.
Додаев К.О., Абдукадыров И.Т., Джураев Х.Ф., Додаева (Максумова) Д.К., Бабаяров Р.А., Чориев А.Ж., Рахимов Д.А., Иванова И.А. Особенности переработки бахчевых култур // Журнал «Пищевая промышленност». Москва, № 11, 2002 г. -С. 40.
Исабаев И.Б., Мажидов К.Х., Атамуратова Т.И., Шарипова Г.Д., Нечаев А.П. Пюре из пассированной тыквы в производстве сухарей // Хлебопечение России. 2000. № 4. - С. 30-31.
Umidov Sh.E. Qovoq mevalarining texnologik xususiyatlari./ «Respublikada bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish, mahsulot sifati va hosildorligini oshirish omillari» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari (16 noyabr 2015 y.). – Toshkent, 2015. – B.119-123.
Umidov Sh.E., Xaydarov B., Nortojiev D. Mahsulot sifatiga sensorik baho berish. / «O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining ustunligi» mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi maqolalari to‘plami (13 iyul 2016 y.). – Toshkent, 2016. – B.140-142.
Umidov Sh.E., Bo‘riev X.Ch. Sharbatbop qovoq navlarini saqlash va ulardan sharbat olish bo‘yicha tavsiyanoma. – Toshkent, ToshDAU tahririyat-nashriyot bo‘limi, 2019. – 16 b.
