«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2025-11-07

QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH

ushbu tadqiqotda raqamli texnologiyalarning qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi o‘rni va ta’siri tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda raqamli yechimlarning keng joriy etilishi agrar sohada boshqaruvni soddalashtirish, ma’lumotlarga tezkor kirish va resurslardan oqilona foydalanish imkonini bermoqda. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Andijon viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi ma’lumotlari asosida raqamlashtirish loyihalarining yalpi hosil ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan

Mamatqulov Qudratjon Ergashevich

4-6

2025-11-06

O‘ZBEKISTON KORXONALARIDA BIZNES JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING QO‘LLANISH IMKONIYATLARI

Bugungi kunda O‘zbekiston korxonalarida biznes jarayonlarini samarali boshqarish va raqobatbardoshlikni oshirish masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari korxonalarda ish jarayonlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni tahlil qilish va qaror qabul qilishni tezlashtirish imkoniyatini yaratadi. Ushbu tezisda O‘zbekiston sharoitida SI texnologiyalarining biznes jarayonlarini takomillashtirishdagi amaliy imkoniyatlari, afzalliklari va potensial muammolari tahlil qilinadi. Tezisda sohaga oid statistik ma’lumotlar, tajribalar va ilg‘or xorijiy amaliyotlar misol qilib keltiriladi.

Sheraliyev Shohrux Sherzod o'g'li

7-11

2025-11-07

QISHLOQ XOʻJALIGIDA RESURSTEJAMKOR GIDROGELLARNI QOʻLLASH SAMARADORLIGI VA ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada gidrogellar haqida umumiy maʼlumotlar hamda qishloq xoʻjaligida gidrogellardan foydalanish samaradorligi va gidrogellarni qoʻllash istiqbollari haqidagi maʼlumotlar keltirilgan.

Oʻrolboyev Elyor Ashirali oʻgʻli

12-14

2025-11-07

ЎЗБЕКИСТОН ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА УМУМЖАҲОН САВДО ТАШКИЛОТИГА АЪЗОЛИКНИНГ АҲАМИЯТИ

Умумжаҳон Савдо Ташкилотига аъзо бўлиш Ўзбекистон учун халқаро савдо соҳасида катта имкониятлар яратади. Бироқ бу жараён савдо қоидаларини, тарифларни ва миллий қонунларни халқаро стандартларга мувофиқлаштиришни, шунингдек, маҳаллий ишлаб чиқарувчиларнинг халқаро бозорга тайёрлигини таъминлашни талаб қилади. ЖСТга аъзолик Ўзбекистонга ташқи савдо режимини шаффофлаштириш, тариф ва нотариф тўсиқларни қисқартириш, экспортчилар учун янги бозорларга кириш имкониятларини кенгайтириш ва миллий ишлаб чиқарувчилар рақобатбардошлигини ошириш имкониятини беради

Содиқов Анвар

15-18

2025-11-10

ЎЗБЕКИСТОН ЭКСПОРТ САЛОҲИЯТИНИ ОШИРИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ

Экспорт салоҳиятини ошириш мамлакат иқтисодиётининг мустаҳкамланиши ва халқаро савдода ўрнини мустаҳкамлаш учун муҳим аҳамиятга эга. Чет эл давлатларининг экспорт салоҳиятини рақамларда ифодалаш учун қуйидаги кўрсаткичларни таҳлил қилиш мумкин: экспорт ҳажми, асосий экспорт маҳсулотлари, экспортнинг ялпи ички маҳсулотдаги (ЯИМ) улуши ва аҳолининг турмуш даражаси (1-жадвал).

Содиқов Анвар

19-22

2025-11-10

F. ASSAFOETIDA EKSTRAKTINING ICHAKDAGI MALTAZA FAOLLIGIGA TA’SIRI

Dorivor o‘simliklar orasida Kavrak (Ferula assafoetida) ning farmakologik xususiyatlari haqida ma’lumotlar yetarlicha ilmiy adabiyotlarda yoritilgan. Kavrakning antioksidant xususiyatlari tufayli undan tayyorlangan preparatlardan turli mamlakatlarda xalq tabobatida keng qo‘llaniladi. Shu sababli ham biz o’z tadqiqotlarimizda ko’plab davlatlarda kundalik turmush tarzida ziravor sifatida ozuqaga qo’shib iste’mol qilib kelingan, dorivorlik xususiyatlari sifatida turli tadqiqotlar olib borib, samarali natija olingan F. assafoetida o’simligidan ajratib olingan ekstraktning ahamiyatini o’rgandik.

L.S. Kuchkarova, N.F. Qiyomova

23-24

2025-11-10

CHATGPT SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA MA’LUMOTLARNI IZLASH VA SARALASH

Mazkur maqolada ChatGPT sun’iy intellekt modeli yordamida ma’lumotlarni izlash, tahlil qilish va saralash jarayonlari o‘rganilgan. Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining, xususan, tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing – NLP) asosida ishlovchi ChatGPT tizimining imkoniyatlari, afzalliklari hamda ta’lim, ilmiy tadqiqot, axborot izlash va tahlil sohalaridagi amaliy ahamiyati yoritilgan.

Allanazarova Anora Muxobir qizi

25-30

2025-11-10

IQTISODIY RIVOJLANISH BOSQICHLARIDA MEHNATNI BOSHQARISH TURLARI

Pozitivizm falsafasiga asoslangan texnokratik yondashuv (ushbu yondashuvdagi eng taniqli shaxs F. Teylor) ommaviy tarzda mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlab chiqarish tizimlari samaradorligini oshirishga bo‘lgan ehtiyojning keskin oshishi munosabati bilan ishlab chiqarish va mehnat jarayonlarini tashkil etish amaliyotiga o‘tkazildi.

Odilova Feruza Niyatqul qizi

31-33

2025-11-10

МИНТАҚАДА ТУРИЗМ КЛАСТЕРЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ

Бугунги кунда туризм соҳаси жаҳон иқтисодиётининг стратегик тармоғи сифатида жадал ривожланмоқда. Туризм ривожланиши ҳар бир мамлакат ёки минтақанинг иқтисодий ривожланишига билвосита ёки бевосита таъсир кўрсатади, хорижий валюта тушумини ва маҳаллий бюджетга солиқ тушумларини оширади ҳамда ишсизликни камайтиради. Ўзбекистонда туризм соҳасини ривожлантиришда туризм кластерларини шакллантириш устувор йўналишлардан бири сифатида белгиланган. Кластерли ёндашув туризмни ривожлантиришда маҳаллий аҳолининг туризмга жалб қилиниши, кичик ва ўрта бизнесни ривожлантириш ҳамда минтақанинг ижтимоий-иқтисодий барқарорлигини таъминлайди. Шу билан бирга, туристик ресурслар ва инфратузилмадан самарали фойдаланиш орқали янги туристик йўналишлар ташкил қилиш мумкин. Тадқиқотда Хоразм вилоятида туризм кластерини шакллантиришнинг асосий босқичлари, инвестиция ва инсон салоҳиятини баҳолаш, давлат-хусусий шерикчилик лойиҳаларини амалга ошириш, ҳамда ҳудуддаги барча иштирокчиларнинг ҳамкорлигини таъминлаш каби масалаларга эътибор қаратилган.

Садуллаева Азиза Азимбаевна

34-37

2025-11-10

YURAK ISHEMIK KASALLIGI VA SEMIRISH BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA LIPID SPEKTRI VA YALLIGʻLANISH MARKERLARINING XUSUSIYATLARI

Yurak ishemik kasalligi (YuIK) bilan og’rigan bemorlarda semirish mavjudligiga qarab, lipidlar spektri va yalligʻlanish biomarkerlari (yuqori sezuvchan C-reaktiv oqsil - vch-CRB, IL-6, TNF--α), shuningdek, glikemiya darajasini oʻrganish.

Mirzayeva D.

38-39

2025-11-10

YOSHLARGA YARATILAYOTGAN IMKONIYATLARNING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLARI

Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan konstitutsiyaviy kafolatlarning mazmun-mohiyati tahlil etiladi. Unda 2023-yilgi yangi tahrirdagi Konstitutsiyada yoshlar masalasiga oid ilg‘or normalar, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun hamda Prezident farmonlari orqali yaratilgan huquqiy va institutsional mexanizmlar yoritilgan. Shuningdek, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, yoshlarning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, ularning huquqiy, iqtisodiy hamda ma’naviy rivojlanishini ta’minlash borasidagi islohotlar tahlil qilinadi. Ayniqsa, “Yangi O‘zbekiston – 2030” strategiyasining amalga oshirilishi, yoshlar uchun barqaror rivojlanish, teng imkoniyatlar va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim bosqich sifatida e’tirof etiladi.

Axmadjanov Aslbek Davron o‘g‘li

40-44

2025-11-10

THE ROLE OF PROGRESSIVE LEARNING TECHNIQUES IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN MODERN EDUCATION

This thesis explores the significance of progressive learning techniques in the field of foreign language education in contemporary academic settings. Progressive learning approaches, which emphasize student-centered teaching, experiential activities, and technology integration, have gained prominence in modern education systems worldwide. The study analyzes the effectiveness of techniques such as task-based learning, collaborative learning, project-based learning, and digital tools integration in enhancing learners’ linguistic skills. Findings indicate that progressive methodologies foster motivation, critical thinking, and communicative competence among students, ultimately contributing to higher levels of language acquisition.

Shodiyona Alisherova

45-47

2025-11-10

TIZIMLI QIZIL BO‘RICHA BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA SINXRON INTENSIV TERAPIYANING TA’SIRI

Sinxron intensiv terapiyaning (SIT) tizimli qizil bo‘richaning rivojiga ta’sirini baholash.

Xidoyatova Muxlisa Raxmatillayevna, Kurakboyev Doston Ibodullayevich

37-38

2025-11-10

HAYVONOT OLAMI NOMLARINI ANGLATUVCHI TIL BELGILARINING MAZMUN KO‘LAMI

Ushbu maqolada hayvonot olami nomlarini ifodalovchi til birliklarining semantik mazmuni, ularning milliy-madaniy hamda lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Turli tillarda hayvon nomlari orqali ifodalanadigan ma’no ko‘lami, ramziy ma’nolar, metaforik va frazeologik qo‘llanishlar yuzasidan ilmiy tadqiqotlar sharhi berilgan. Maqolada shuningdek, hayvon nomlarining inson tafakkuri, xalq og‘zaki ijodi, mifologiya va xalqning dunyoqarashi bilan bog‘liq semantik qatlamlari yoritiladi. Tadqiqotlar tahlili natijasida hayvonot olamiga oid leksikaning madaniyatlararo talqinlari va ularning semantik differensiasiyasi haqida xulosa chiqarilgan.

Norkuziyeva Dildora

48-52

2025-11-11

ЗАТЯЖНОЙ АДАПТАЦИОННЫЙ СТРЕСС В МЕХАНИЗМАХ ПАТОГЕНЕЗА ХРОНИЧЕСКОЙ ДИСЦИРКУЛЯТОРНОЙ ЭНЦЕФАЛОПАТИИ

Проблема хронической дисциркуляторной энцефалопатии (ДЭП) занимает одно из ведущих мест в структуре цереброваскулярной патологии, определяя высокие показатели заболеваемости, инвалидизации и смертности в популяции лиц среднего и пожилого возраста. По данным эпидемиологических исследований, распространенность ДЭП в общей популяции составляет 2-8%, при этом с возрастом отмечается экспоненциальный рост заболеваемости: от 1-2% в возрастной группе 45-54 лет до 15-20% у лиц старше 75 лет. Современная концепция патогенеза дисциркуляторной энцефалопатии базируется на представлениях о многофакторной природе заболевания, включающей сосудистые, метаболические, нейродегенеративные и нейровоспалительные механизмы. Традиционно основное внимание исследователей сосредотачивается на изучении классических факторов риска цереброваскулярных заболеваний: артериальной гипертензии, атеросклероза, сахарного диабета, дислипидемии и других соматических патологий.

Абдуллаeва Наргиза Нурмаматовна, Абдуллаeва Азиза Ферузовна, Джурабекова Азиза Тахировна

53-55

2025-11-11

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA DAVLAT KORXONALARIDA INNOVATSION BOSHQARUV MODELLARI

Soʻnggi yillarda raqamli transformatsiya davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tub oʻzgarishlarni boshlab berdi. Davlat korxonalari, anʼanaviy byurokratik tizimdan raqamli ekotizimga oʻtish jarayonida, oʻz faoliyatini innovatsion boshqaruv modellari asosida qayta koʻrib chiqmoqda. Bu oʻzgarish, avvalo, uchta strategik maqsadga xizmat qiladi: (1) xizmat sifatini yaxshilash, (2) operatsion samaradorlikni oshirish, (3) ijtimoiy ishonchni mustahkamlash. Xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, davlat sektorida raqamli transformatsiya faqat texnologiyalarni joriy etish emas, balki boshqaruv madaniyatini oʻzgartirish, qarorlar qabul qilish jarayonini tezlashtirish va innovatsion salohiyatni rivojlantirishni ham oʻz ichiga oladi [1][2].

Urinboyeva Shaxzoda Qosim qizi

56-58

2025-11-11

AUTIZM SPEKTORI BUZILISHI BO‘LGAN BOLALAR MULOQOT QILISH KO’NIKMALARINING O‘ZIGA XOSLIGI

Ushbu maqolada autizm spektri buzilishiga (ASB) ega bolalarning hissiy-irodaviy, kommunikativ va idrokiy ehtiyojlarining o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan. Tadqiqotda autizmli bolalarning sensor giperesteziya, stereotip harakatlar, emotsional sovuqqonlik, muloqotga kirishishdagi qiyinchiliklar va ijtimoiy yakkalanish holatlari ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, ularning nutq, tafakkur, diqqat, xotira va shaxs rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar tahlil qilingan. Maqolada autizmli bolalarni korreksion-pedagogik qo‘llab-quvvatlash zaruriyati, ijtimoiy moslashuv ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘nalishlari va psixologik yondashuvning ahamiyati asoslab berilgan.

U.M.Utbasarova

59-65

2025-11-11

TARJIMANI O‘QITISH MUAMMOLARI VA ULARNING YECHIMLARI

Tarjimani o‘qitishda kognitiv lingvistika, madaniyatlararo kommunikatsiya va zamonaviy pedagogik tehnologiyalar integratsiyasi asosida kompleks pedagogik model ishlab chiqilgan. Unda tarjima kompetensiyasini rivojlantirish uchun nazariya bilan amaliyot uyg‘unligi, yangi metodlar, motivatsiya va sifatli o‘quv resurslari ta’minoti dolzarb hisoblanadi. Tarjima ta’limidagi asosiy muammolar — lingvistik va madaniy farqlar, talabalar motivatsiyasi pastligi, zamonaviy nazariy yondashuvlarning yetishmasligi hamda malakasiz o‘qituvchilar. Bularning yechimi sifatida innovatsion pedagogik yondashuvlar, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va malakali kadrlar tayyorlash zaruriyligi ta’kidlangan.

Bafoyeva Nilufar Salim qizi

66-71

2025-11-11

БОСҚИНЧИЛИК ЖИНОЯТИНИНГ КРИМИНОЛОГИК ЖИҲАТЛАРИ

Ушбу тезисда босқинчилик жиноятининг криминологик жиҳатлари, унинг келиб чиқиш сабаблари ва профилактика чоралари ҳар томонлама таҳлил этилган. Муаллиф жиноятнинг ижтимоий-иқтисодий, психологик ва ахлоқий детерминантларини ҳамда жиноятчи шахсининг ўзига хос хусусиятларини аниқлашга алоҳида эътибор қаратган. Тадқиқотда қиёсий-ҳуқуқий ва синтез методлари асосида босқинчилик жиноятининг ижтимоий моҳияти ҳамда унинг виктимологик хусусиятлари очиб берилган. Натижада ушбу жиноятнинг олдини олишда умумижтимоий ва махсус профилактика чораларининг уйғунлашуви муҳим аҳамият касб этиши илмий жиҳатдан асосланган. Шунингдек, жамоатчилик фикрини мунтазам ўрганиш ва ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ҳамкорлигини кучайтириш профилактиканинг самарадорлигини ошириш омилларидан бири сифатида кўрсатилган.

Тангриев Жасур Олимович

72-74

2025-11-11

RAQAMLI IQTISODIYOTDA SOLIQ TUSHUMLARINI SAMARALI BOSHQARISH MASALALARI

Jahon iqtisodiyotining uzluksiz rivojlanish jarayonida iqtisodiy faoliyatning raqamlashtirilishi soliq tushumlari dinamikasini shakllantiruvchi muhim omil sifatida namoyon bo‘ldi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayoni innovatsion yondashuvlar hamda moslashuvchan strategiyalarni talab qiluvchi soliq tizimi uchun yangi muammolar va imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda.

Dehqonov G‘ayratjon Raximovich

75-78

2025-11-11

BOLALARDA IKKINCHI TILNI O'RGATISH ORQALI IJODIY VA TANQIDIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Bolalarda ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish zamonaviy ikkinchi til ta’limining asosiy maqsadlaridan biridir. Ikkinchi tilni o‘rganish jarayoni bolalarni yangi ma’lumotlarni tahlil qilish, muammolarni hal qilish va fikrlarini turli shakllarda ifoda etishga chorlaydi. Ushbu tezis ikkinchi tilni o‘rgatish orqali bolalarda ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan samarali pedagogik strategiyalarni tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kognitiv ko‘nikmalarni rivojlantirishni til darslariga integratsiya qilish nafaqat tilga bo‘lgan qobiliyatni oshiradi, balki bolalarning mustaqil fikrlash va intellektual rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shadi.

Quchqorova Hurshida Quchqor qizi

79-82

2025-11-12

QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA RAYONLASHIB EKIB YETISHTIRILAYOTGAN SHOLI NAVLARINING XOSILDORLIK VA DON SIFATI KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH

Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida rayonlashgan sholi navlarining xosildorligi va don sifati ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Guliston st, Sanam st, Almaz st va No‘kis 2 st navlari vegetatsiya davri, 1000 dona don vazni, hosildorlik hamda texnologik sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rganildi. Tadqiqot natijalari rayonlashtirilgan navlarning texnologik va hosildorlik xususiyatlari maqbul ekanligini ko‘rsatdi

Kamalov Miyirbek Murat o‘g‘li, Utambetov Duysenbay Usnatdinovich

83-86

2025-11-12

ESHITISH QOBILIYATI ZAIF BOLALARDA NUTQIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING MAXSUS USULLARI VA ULARNING SAMARADORLIGI

Ushbu maqolada eshitish qobiliyati zaif bolalarda nutqiy tafakkurni rivojlantirishning maxsus usullari va ularning samaradorligi to’g’risida. Og’zaki nutqning ahamiyati, og’zaki nutqini rivojlantirish usullari to’g’risida mulohazalar yuritilgan. Nutq bu til deb ataluvchi, o'ta muhim vazifalarni bajaruvchi noyob quroldan foydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining borliq, tafakkur, ong hamda vaziyat kabi hodisalar bilan munosabatda namoyon bo'lishidir. Nutq harakatdagi til bo'lib, nutq a'zolarining harakati jarayonida paydo bo'ladi va so'z shakllari, so'z birikmalari va gaplardan tashkil topadi. Nutq madaniyati, madaniy gapirishga intilish tushunchasi barcha xalq tillarida qadimdan mavjud hodisadir. Bu tushuncha ma'lum lingvistik me'yorlar, etikaviy va estetikaviy talablar bilan aloqador bo'lgan tushuncha hisoblanadi.

Inomova Fariza Rustamjonovna , Xalimjanov Abduqunduz Rahimjon o’g’li

87-91

2025-11-13

NUTQIY RIVOJLANISH BILAN MANTIQIY FIKRLASH O’RTASIDAGI BOG’LIQLIK: LINGVISTIK KOMPETENSIYA

Nutq  rivojlanishi  va  mantiqiy  fikrlash  o'rtasida  chambarchas  bog'liqlik mavjud;mantiqiy  fikrlash  nutqni  aniq  va  izchil  ifodalashga  yordam  bersa,  nutq  esa  mantiqiy fikrlashni  shakllantiradi.Bu  o'zaro  ta'sir  "lingvistik  kompetensiya"  deb  ataladi,  bu  shaxsning tilni tushunish va undan samarali foydalanish qobiliyatini anglatadi. Nutqiy  tajriba  ona  tilini  amaliy  bilish,  oilada,  koʻcha-koʻyda,  jamoat  joylarida boshqalardan  eshitish  orqali  maydonga  keladi.  Imo-ishora,  mimika  singari  paralingvistik vositalar ham nutqiy tajriba asosida oʻzlashtiriladi. Nutqiy kompetensiya nutqiy tajriba va til haqidagi  bilim  munosabati  bir  butunligi  asosida  shakllanadi.  Shunday  ekan,  oʻqituvchi oʻquvchilarning nutqiy kompetensiyasini shakllantirish jarayonida bu ikki tomonning oʻzaro munosabatini   hisobga   olishi   katta   ahamiyatga   ega.

Inomova Fariza Rustamjonovna , Xalimjanov Abduqunduz Rahimjon o’g’li

92-94

2025-11-13

YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA ASOSIY KAPITALGA INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISHNING SAMARALI MEXANIZMLARI

So‘nggi yillarda global iqtisodiyotda yashil iqtisodiyot konsepsiyasi asosiy rivojlanish strategiyasi sifatida keng joriy etilmoqda. Yashil iqtisodiyot atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslardan samarali foydalanish, ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanishga qaratilgan bo‘lib, u nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki ijtimoiy farovonlikni ham ta’minlaydi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yashil iqtisodiyot sharoitida asosiy kapitalga investitsiyalarni moliyalashtirish samaradorligi innovatsion texnologiyalar, energiya samaradorligi va barqaror infratuzilma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali oshiriladi.

Yusupov Askar Abdusalim o‘g‘li

95-97

2025-11-13

THE IMPACT OF BOOKS ON SOCIETY INTRODUCTION

This article examines the profound impact of books on individuals and society. Books have been an important factor in disseminating knowledge, shaping culture, broadening perspectives, and supporting individual psychological development. Despite the development of digital media, books continue to play an important role in education, spiritual enrichment, and intellectual development. The article also discusses the role of reading in developing empathy, creativity, and awareness, as well as the future of books in the digital age.

Shaxrizoda Ismatova

98-100

2025-11-14

XAVFLARNI KVANTIFIKATSIYALASHNING SONLI, BALLI VA BOSHQA USLUBLARINI TAHLIL QILISH

Ushbu maqolada hayot xavfsizligi sohasida xavflarni baholashning turli uslublari, jumladan sonli, balli va boshqa kvantifikatsiya metodlari tahlil qilingan. Xavfning ehtimollik va oqibat og‘irligiga asoslangan baholash tizimlari, ularning afzalliklari hamda qo‘llanilish doirasi yoritilgan.

Abdujalilova Muxlisa Inomjon qizi

101-103

2025-11-17

QURITILGAN QOVOQ MEVALARIDAN OLINADIGAN KUKUN MAHSULOTLARINI SAQLASH VA REALIZATSIYA UCHUN QADOQLASHNING INNOVATSION YECHIMLARI

Maqolada quritilgan qovoq kukunini turli qadoqlash texnologiyalarida saqlash samaradorligi chuqur qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida vakuum qadoqlash, modifikatsiyalangan atmosfera (MA), metallantirilgan polipropilen, polietilen–folga laminatlari hamda PET idishlarda saqlashning afzallik va kamchiliklari baholandi. Natijalarga ko‘ra, modifikatsiyalangan atmosfera sharoitida qadoqlangan namunalar eng yuqori ozuqaviy barqarorlikni ko‘rsatib, vitamin C ning 93–95%, karotinoidlarning 95–96% saqlanishiga erishilgan. Polietilen–folga qoplamalar iqtisodiy samaradorligi bilan ajralib turdi. Vakuum qadoqlash biologik qiymatni yaxshi asragan bo‘lsa-da, mahsulotda aglomeratsiya holati kuzatildi. Metallantirilgan polipropilen arzon, ishonchli va texnologik jihatdan maqbul yechim sifatida tavsiya etildi. PET idishlarda esa yorug‘lik ta’sirida pigmentlar va vitaminlarning tez parchalanishi aniqlanib, ushbu usulning cheklanganligi ko‘rsatildi.

Genjebaev Marat Sovetovich, Umidov Shavkat Ergashevich

104-109

2025-11-17

TALABALARDA MUSTAQILLIKNI RIVOJLANTIRISH

Bugungi globallashuv va tezkor axborot almashinuvi davrida talabalarda mustaqillikni rivojlantirish ta’lim jarayonining eng muhim maqsadlaridan biriga aylandi. Mustaqil fikrlay oladigan, o’z qarorini asoslay biladigan, mas’uliyatli va ijodkor yoshlar jamiyatning intellectual poydevorini shakllantiradi. Ayniqsa, ta’limning kredit-modul tizimiga o’tishi,raqami resurslarning kengayishi va mehnat bozorining talabchanlashuvi talabalarni o’z ustida  mustaqil ishlashga undaydi. Mustaqillik- talabaning bilim olish jarayonida faol subyektga aylanishi, o’zining intellektual  va ma’naviy rivoji uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi demakdir. SHuning uchun talabalarda mustaqillikni shakllantirish zamonaviy ta’limning yetakchi vazifalarudan biri hisoblanadi.

Isroilova Dilafruz Ergashboy qizi, Xalimjanov Abduqunduz Rahimjon o’ g’li

110-112

2025-11-17

ARAB ADABIY NUTQIDA QARAMA-QARSHILIK SAN’ATI VA QOFIYAVIY TUZILISHNING ESTETIK AHAMIYATI

Ushbu maqolada arab tili stilistikasida muhim o‘rin tutadigan antitezа (qarama-qarshilik), qofiyali nasr (as-saj’) va iqtibos kabi uslubiy vositalarning tabiati va nutqiy funksiyalari tahlil qilinadi. Antitezaning mazmun yaratish jarayonidagi roli va uning murakkab hamda sodda ko‘rinishlari misollar orqali izohlanadi. Shuningdek, arab maqollarida keng qo‘llaniladigan qofiyali nasrning estetik ahamiyati va uning tinglovchi ongiga ta’sir kuchi yoritiladi. Maqolada iqtibosning mazmunni ishonarli bayon etishdagi o‘rni ham ko‘rsatilib, Qur’on oyatlari va hadislarning arab nutqidagi ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida arab nutq madaniyatida mazkur stilistik vositalarning muhim badiiy-funksional qiymatga ega ekani asoslab beriladi.

Abdullayeva Shahnoza

113-116

2025-11-17

«ВЛИЯНИЕ МЕТАБОЛИЧЕСКОГО СИНДРОМА НА МОРФОФУНКЦИОНАЛЬНОЕ СОСТОЯНИЕ ПЕЧЕНИ»

Представлены современные данные о патогенетических механизмах метаболического воспаления, роли инсулинорезистентности, дислипидемии, оксидативного стресса и цитокинового дисбаланса в формировании структурных нарушений печёночной ткани. Рассмотрены морфометрические изменения гепатоцитов, особенности жировой инфильтрации, ремоделирование сосудистого русла, развитие воспалительно-некротических изменений и прогрессирование фиброза. Полученные данные подчёркивают ключевую роль метаболического синдрома как фактора, определяющего ранние морфофункциональные изменения печени и повышающего риск развития неалкогольного стеатогепатита и фиброза.

Асадова Ф.Дж., Орипов Ф.С.

117-119

2025-11-17

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING JAMOATCHILIK VAKILLARINING HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining jamoatchilik vakillari huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish masalalari ilmiy asosda tahlil qilingan. Aholi o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishda profilaktika inspektorlarining roli, vazifalari hamda zamonaviy yondashuvlar o‘rganilgan. Shuningdek, huquqiy ma’rifatning yangi shakllari, raqamli profilaktika vositalari hamda kasbiy kompetensiyani kuchaytirish mexanizmlari taklif etilgan. Tadqiqot natijalari jamiyatda huquqiy madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy xulosalarni o‘z ichiga oladi.

Qo’ziyev Islom Ulug’bek o’g’li

120-122

2025-11-17

O‘YINLAR VA MASHQLAR ORQALI SINFDAN TASHQARI TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Matematika va uning turli bo‘limlari, jumladan, geometrik bilimlar, boshlang‘ich ta'limda o‘quvchilarga asosiy mantiqiy fikrlash va analitik ko‘nikmalarni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Geometriya, o‘quvchilarga nafaqat shakllar va ularning xususiyatlari haqida bilim beradi, balki ular orasidagi bog‘lanishlarni anglashga ham yordam beradi. Shakllar va ularga xos xususiyatlarni tushunish, matematik tafakkur va mantiqiy fikrlashni mustahkamlashga asos soladi. Geometrik o‘yinlar va mashqlar, aynan shu jarayonda, o‘quvchilarga tasavvur va ijodiy fikrlashni rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.Sinfdan tashqari ta'lim, o‘quvchilarning o‘rganish jarayonini kengaytirish va ular uchun turli shakllarda yangi bilimlarni taqdim etish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, bu usul o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashga yordam beradi. Geometrik o‘yinlar sinfdan tashqarida o‘quvchilarga o‘rganilgan materiallarni real hayotdagi vaziyatlarga qo‘llash imkoniyatini yaratadi.

Jamoliddin G‘OFUROV

123-128

2025-11-17

TA’LIM TIZIMIDA XALQARO TADQIQOTLARNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI VA KUTILAYOTGAN NATIJALAR

Tezisda O‘zbekiston ta’lim tizimida xalqaro tadqiqotlar (PISA, PIRLS, TIMSS va boshqalar)ni joriy etishning dolzarbligi, istiqbollari va undan kutilayotgan natijalar yoritiladi. Xalqaro baholash dasturlari o‘quvchilarning faqat bilim darajasini emas, balki real hayotiy vaziyatlarda bilimni qo‘llash, muammo yechish, funksional savodxonlik, kommunikativ va raqamli kompetensiyalarini baholashi ta’kidlanadi. Shu asosda milliy o‘quv dasturi, baholash tizimi va o‘qituvchilar malakasini xalqaro mezonlar bilan uyg‘unlashtirish zarurati asoslab beriladi.

Karimov Zafarbek Ataboyevich, Erkinova Zilola Ergash qizi

129-132

2025-11-17

ДИАГНОСТИКА СОСТОЯНИЯ ПАТРИОТИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА

В статье рассматриваются особенности диагностики состояния патриотического воспитания детей дошкольного возраста. Определены основные критерии, показатели и методы выявления уровня сформированности патриотических чувств у дошкольников.

Садикова Диляфруз Хусановна, Мирзаахмедова Дилноза

133-134

2025-11-17

BOSH PIYOZNI “QIZIL NUR” NAVINING TAVSIFI

Maqolada bosh piyozining jahon kolleksiya namunalaridan foydalanilgan holda, hosildor istiqbolli tizmalar tanlangan va qimmatli xo‘jjalik belgilari urganilgan. Tanlangan tizmalarni urganish va ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonida “Қizil nur” nomli nav yaratilgan hamda yangi navning qimmatli xo‘jalik belgilari yoritilib berilgan.

Xurramov Ulug‘bek Xolmamatovich, Hayitbayev Doniyor Komiljon o‘g‘li

135-138

2025-11-17

ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA MAXSULOT TANNARXINI OPTIMALASHTIRISH

Maqolada ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot tannarxini optimalashtirishning nazariy asoslari, unga ta’sir etuvchi omillar va samarali boshqaruv mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, tannarxni kamaytirish yo‘llari – ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish, resurslardan oqilona foydalanish, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda mehnat unumdorligini oshirish omillari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tannarxni optimal darajada boshqarish korxona raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mukaramova Moxlaroyim Nosirjon qizi, Muftaydinov Q.X.

139-141

2025-11-18

ҲАЙЗ ЦИКЛИ БУЗИЛИШИ БЎЛГАН ЎСМИРЛАРДА АВТОНОМ БОШҚАРУВ ВА ҲИССИЙ ҲОЛАТ МЕХАНИЗМЛАРИНИ ЧУҚУР БАҲОЛАШ

Ўсмирлардаги ҳайз цикли бузилишлари ёш аёлларнинг саломатлиги, ҳаёт сифати ва умумий психо-эмоционал ҳолатига таъсир қиладиган муҳим ва кенг тарқалган муаммодир. Балоғатга етиш даври қизлар қўшимча зўриқиш ва стрессни келтириб чиқариши мумкин бўлган кўплаб янги физиологик ва ҳиссий ўзгаришларга дуч келадиган пайтдир. Ўз танаси ва унинг функциялари, айниқса ҳайз цикли ҳақидаги тушунчалар баъзан ташвиш ва хавотирга сабаб бўлади.

АБДУЛЛАЕВА Наргиза Нурмаматовна, КЕНЖАEВА Дилфуза Қувватовна, ДЖУРАБЕКОВА Азиза Тахировна

142-144

2025-11-18

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA ONA TILI O‘QITISH METODIKASI: SAVOD O‘RGATISH JARAYONIDA INNOVATSION O‘YINLARDAN FOYDALANISH

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o‘rgatish jarayonida innovatsion oyin texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Interfaol va ijodiy o‘yinlar yordamida o‘quvchilarda o‘qish va yozish ko‘nikmalarini shakllantirish, dars jarayonini qiziqarli tashkil etish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqolada “gamifikatsiya” yondashuvining samarali usullari ham ko‘rsatib o‘tiladi.

To‘rayeva Aziza Hamdam qizi

145-149

2025-11-18

ФАЛСАФИЙ ТАРБИЯНИ ДОЛЗАРБ МУАММОЛАРИ

илмий мақолада Янги Ўзбекистоннинг орзусини амалга оширишда ёшларни фалсафий жиҳатдан тарбиялаш борасида қўллаш мумкин бўлган бир қатор ёндашувлар, турли хил концепцияларнинг моҳияти илмий изчилликда баён қилинган. Шунингдек, фалсафий тарбия тушунчасига таъриф ва тавсифлар берилиб, уларни Финлания тажрибасидан келиб чиққан ҳолда мамлакатимизда қўллаш борасида фикрлар билдирилган.

ЮЛДАШЕВ РУСТАМ ДАНИЁРОВИЧ

150-153

2025-11-18

MATEMATIKA VA MEDIA SAVODXONLIGI: ZAMONAVIY AXBOROT MAKONIDA INTEGRATSIYANING AHAMIYATI

Ushbu maqolada media manipulyatsiyalarini aniqlash jarayonida matematik mantiqning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Zamonaviy media makonida axborot oqimining kuchayishi manipulyativ xabarlar sonining ortishiga olib kelayotgani ta’kidlanadi. Shunday sharoitda matematik mantiq — xabarlarning mantiqiy tuzilishini tahlil qilish, da’vo va xulosalar orasidagi sabab–oqibat munosabatini tekshirish hamda mantiqiy xatolarni aniqlashda samarali vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada media xabarlarida uchraydigan asosiy mantiqiy xatolar: sabab–oqibatni noto‘g‘ri bog‘lash, noasosiy umumlashtirish, selektiv dalillar, post hoc xatosi va boshqa manipulyativ usullar tahlil qilinadi. Shuningdek, matematik mantiqning tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va media savodxonligini kuchaytirishdagi strategik ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Maqola yakunida mantiqiy tahlilning manipulyativ axborotdan himoyalanishdagi samaradorligi asoslab beriladi.

Xaydarova Nargiza

154-156

2025-11-18