«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.
Published: 2025-08-18
Articles
IJTIMOIY MOBILLIK VA TA’LIM TIZIMI ISLOHOTLARI: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI
Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy mobillikning eng muhim omillaridan biri ta’lim tizimidir. Chunki ta’lim shaxsning bilim va malakasini oshirib, uni jamiyatdagi yuqori ijtimoiy pog‘onalarga ko‘tarilishiga sharoit yaratadi. O‘zbekiston mustaqillik yillaridan buyon ta’lim sohasida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirib, fuqarolarning ijtimoiy mobilligini ta’minlashni milliy siyosatning asosiy ustuvor yo‘nalishiga aylantirdi. Ayniqsa, Yangi O‘zbekiston davrida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va xalqaro standartlarga moslashtirish ijtimoiy mobillikni oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda.
2025-08-18
MILLIY BRENDINGDA TARIXIY O‘ZBEK SO‘ZLARINING JONLANTIRILISHI
Ushbu maqolada brend tushunchasi, uning mazmuni va zamonaviy biznes hamda ijtimoiy hayotdagi ahamiyati yoritilgan. Globallashuv sharoitida ko‘plab kompaniyalar brend nomlarini xalqaro so‘zlar asosida tanlayotgani kuzatiladi. Bu esa bir tomondan raqobatbardoshlikka xizmat qilsa, boshqa tomondan milliy leksikaning chetga surilishiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun maqolada o‘zbek tilidagi tarixiy va arxaik so‘zlarning brend nomlarida qo‘llanishi, ularning milliy o‘zlikni ifodalashdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.
2025-08-19
DIGITIZATION OF THE NANOTECHNOLOGY ACQUIISITION PROCESS
The digitization of the acquisition process of nanotechnology brings significant changes in modern science and production fields. This process involves the use of digital tools and algorithms in the production of nanomaterials and nanotechnologies. Digitization simplifies the automation of experiments, data collection, and analysis, thereby accelerating workflows and increasing the accuracy of results.
2025-08-21
AKMEOLOGIYA FANINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA USLUBIY YO’NALISHLARI
Mazkur tezisda akmeologiya fanining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari hamda uning uslubiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, shaxsning kasbiy va shaxsiy kamolotini ta’minlovchi metodologik yondashuvlar, jumladan, shaxsiy, kasbiy, ijtimoiy, innovatsion va integrativ yo‘nalishlarning o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan. Natijada akmeologiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati, uning ta’lim va professional faoliyatdagi o‘rni asoslab berilgan.
2025-08-21
XORIJIY TIL O‘QITUVCHILARI UCHUN RAQAMLI SAVODXONLIKNING DOLZARBLIGI
Ushbu tezisda xorijiy til o’qituvchilari uchun raqamli savodxonlikning ahamiyati va zamonaviy ta’lim jarayonidagi o’rni tahlil qilingan. Raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish, mos metodikalarni tanlash va ularni samarali qo’llash orqali til o’qitish sifatini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Adabiyotlar tahlili orqali raqamli vositalarning pedagogik, texnik va ijtimoiy jihatlari o’rganilib, xorijiy til ko’nikmalarini rivojlantirishdagi roli amaliy misollar bilan ko’rsatib berilgan. Shuningdek, raqamli savodxonlik komponentlari va vositalarning til o’qitishdagi ta’sirini aks ettiruvchi jadval va tavsiflar taqdim etilgan. Natijada, xorijiy til o’qituvchilarining raqamli savodxonligini oshirish ta’lim samaradorligini oshiruvchi muhim omil ekani asoslangan.
2025-08-21
TIBBIYOTNING RIVOJLANISH TARIXI
Ushbu maqolada tibbiyotning rivojlanish bosqichlari, qadimgi davr tibbiy tajribalari, o‘rta asr allomalari ilmiy merosi hamda yangi davr va zamonaviy tibbiyot yutuqlari haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, insoniyatning sog‘liqni saqlash yo‘lidagi izlanishlari va ilm-fanning tibbiyotga qo‘shgan hissasi tahlil etilgan.
2025-08-22
VIRUSLI GEPATIT BILAN KASALLANGAN TUG‘ISH YOSHIDAGI AYOLLARDA BIOKIMYOVIY MARKERLARNING DIAGNOSTIK AHAMIYATI
Virusli gepatit jahon sog‘liqni saqlash tizimi oldida eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Xalqaro statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 350 milliondan ortiq odam surunkali gepatit B tashuvchisi hisoblanadi, 71 milliondan ziyod odam esa gepatit C virusi bilan zararlangan (WHO, 2023). Ayniqsa, tug‘ish yoshidagi ayollar orasida ushbu kasalliklarning yuqori darajada uchrashi, ularning sog‘lig‘iga va kelajak avlodning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Virusli gepatitning klinik oqibatlari jigar sirrozi, jigar yetishmovchiligi va gepatosellyulyar karsinoma rivojlanishi bilan cheklanmaydi. Reproduktiv yoshdagi ayollarda kasallik homiladorlik davrida bir qator asoratlar – homilaning intrauterin infeksiyalanishi, muddatidan oldin tug‘ilish, o‘lik tug‘ilish, bola vaznining kam bo‘lishi – xavfini oshiradi.
2025-08-25
THE ROLE OF LEGAL AWARENESS IN PROMOTING HUMAN RIGHTS AMONG YOUTH
This article explores the pivotal role of legal awareness in promoting and safeguarding human rights among youth, emphasizing its function not merely as knowledge, but as a transformative force for social justice. The discussion is centered around three core dimensions: the empowering nature of legal consciousness in youth-led advocacy, the essential role of education in fostering legal literacy, and the persistent barriers—social, structural, and linguistic—that hinder access to legal knowledge. By analyzing these aspects in depth, the article highlights how legal awareness serves as both a shield and a compass for young people navigating systems of power, inequality, and accountability. Ultimately, it calls for a collective effort from educators, policymakers, and civil society to cultivate a legally empowered generation—one capable of defending dignity, challenging injustice, and building more equitable societies.
2025-08-25
АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ПРАВОВОГО РЕГУЛИРОВАНИЯ ФИЗИЧЕСКОЙ ЗАЩИТЫ ЯДЕРНЫХ УСТАНОВОК
Физическая защита ядерных установок (далее — ФЗЯУ) является ключевым элементом национальной ядерной безопасности и важнейшим компонентом международного режима ядерной безопасности. Под данным термином в международно-правовом и национальном контексте понимается комплекс организационных, правовых, технических и инженерных мер, направленных на предотвращение несанкционированного доступа, диверсий, кражи ядерного материала, а также любых действий, способных вызвать радиационные последствия для здоровья населения и окружающей среды.
2025-08-25
ATOM FIZIKASINI O’QITISHDA KIMYO FANI BILAN INTEGRATSIYASINI TA’MINLASH TEXNOLOGIYASI
ushbu tezisda oliy o`quv yurtlarida atom fizikasini kimyo fani bilan aloqadorlikda o`qitish texnologiyasi haqida ma`lumotlar berilgan. Bunda ikki fan mavzularining umumiy jihatlari va yondashuvlari keltirilgan. Bo`lajak pedagoglarni fanlar integratsiyasidan foydalangan holda o`qitish ularning qiziqishlarini va bilimlarini oshiradi.
2025-08-28
SAFRO-GEP QURUQ EKSTRAKTINING SURUNKALI ZAHARLILIGINI O‘RGANISH
Bugungi kunda fitoterapiya jigar kasalliklarini davolashda muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. O‘simlik asosida tayyorlangan preparatlar tabiiyligi va nisbatan kam nojo‘ya ta’sirlari bilan ajralib turadi. Ammo ularning uzoq muddatli qo‘llanish xavfsizligi, ya’ni surunkali zaharlilik darajasini o‘rganish dolzarb masalalardan biri sanaladi. Shunday preparatlardan biri – Safro-gep quruq ekstrakti bo‘lib, u jigar faoliyatini yaxshilash va safro ajralishini normallashtirishda qo‘llanishi mumkin.
2025-08-28
BIOGAZ QURILMASINI ISHONCHLI ISHLASHIDA FIZIK HODISALAR
Biogaz texnologiyasi zamonaviy qayta tiklanadigan energiya manbalaridan biri sifatida keng qo'llanilmoqda. Biogaz qurilmalarining ishonchli va samarali ishlashi ko'plab fizik hodisalar va jarayonlarning o'zaro ta'siriga bog'liq. Ushbu maqolada biogaz ishlab chiqarish jarayonida sodir bo'ladigan asosiy fizik hodisalar - issiqlik almashinuvi, massa uzatilishi, gazlarning diffuziyasi, hidravlik jarayonlar va termodinamik o'zgarishlar tahlil etilgan. Tadqiqot natijalarida harorat rejimi, pH darajasi, substratning fizik-kimyoviy xossalari va aralashtirishning biogaz unumdorligi va qurilma ishonchliligi uchun muhim ahamiyat kasb etishi ko'rsatilgan. Biogaz qurilmalarida yuzaga keladigan fizik jarayonlarni to'g'ri tushunish va boshqarish ularning samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkoniyatini beradi.
2025-08-31
PENITSILLIN: BIRINCHI ANTIBIOTIK VA UNING TIBBIYOTDAGI O‘RNI
XX-asr boshlarida infeksion kasalliklar insoniyat uchun eng xavfli illatlardan biri hisoblanardi. Oddiygina o‘pka yallig‘lanishi, teri infeksiyalari yoki yaralar oqibatida ko‘plab bemorlar hayotdan ko‘z yumardi. 1928-yilda shotlandiyalik olim Aleksandr Fleming tomonidan kashf qilingan penitsillin dori vositasi tibbiyot tarixida tub burilish yasadi. Ushbu antibiotikning yaratilishi va amaliyotga joriy etilishi millionlab insonlarning hayotini saqlab qolgan bo‘lib, uni ko‘pincha “mo‘’jizaviy dori” deb atashadi.
2025-08-31
13-14 YOSHLI VOLEYBOLCHILARNI TAYYORGARLIK TURLARI BO’YICHA TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING MUHOKAMASI
Bir qator mutaxassislar tomonidan olib borilgan tajribaviy tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, kuch qobiliyatlarining namoyon bo‘lishi shartli ravishda kichik guruhlarga bo‘linadi - to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuch, tezlik-kuch va kuchga chidamlilik. Sport faoliyati jarayonida kuch qobiliyatining barcha turlari alohida emas, balki murakkab o‘zaro ta’sirda namoyon bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, ritm-temp vazifalari yoshlarning harakat qobiliyatlariga ta’siri nafaqat o‘rtacha qiymatlar nuqtai nazaridan, balki talabalar tana shakllanishining fiziologik turining o‘ziga xos xususiyatlari ishlatiladigan omillarning chegaralangan tuzilishi asosida namoyon bo‘ladi va konstitutsiya va harakat qobiliyatlari hisobga olinadi.
2025-08-31
ВИКТИМОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАТЕРИСТИКА ЖЕРТВ СЕМЕЙНО-БЫТОВЫХ ПРЕСТУПЛЕНИЙ
в настоящей статье проводится комплексное исследование виктимологических особенностей жертв преступлений, совершаемых в семейно-бытовой сфере в Республике Узбекистан. Проанализированы социально-демографические и психологические характеристики потерпевших, определены основные факторы виктимизации, а также рассмотрены вопросы совершенствования механизмов правовой защиты и профилактики. В работе обобщён опыт ведущих отечественных и международных учёных-юристов, осуществлён анализ узбекского законодательства и законодательных инициатив в сфере защиты жертв семейно-бытовых преступлений.
2025-08-31
APPLICATION OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN THE DEVELOPMENT OF THE FINANCIAL MARKET
This article analyzes the application of artificial intelligence (AI) technologies in the financial market, their impact on its development process, and future prospects. The effectiveness of AI technologies in risk assessment, automation of trading algorithms, prediction of customer needs, and fraud prevention has been examined on a scientific basis. The study presents key indicators of the international financial market as well as data related to the use of AI technologies in finance in tabular form. The findings substantiate that artificial intelligence serves as an important tool for enhancing efficiency, strengthening transparency, and accelerating innovative development in the financial market.
2025-08-31
BEZORILIKINING JINOIY-HUQUQIY TAVSIFI
Mazkur maqolada bezorilikning jinoyat-huquqiy tavsifiga doir masalalar bayon etilgan. Shuningdek, maqolada bezorilik tushunchasi yuzasidan olimlarning fikrlari ham tahlil etilib, tegishli taklif va tavsiyalar berilgan.
2025-08-31
