«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.

Published: 2025-04-01

INTERNET TARMOGʻINING ISHLASH TAMOYILLAR

Ushbu maqolada internet tarmog‘ining ishlash tamoyillari, uning tarkibiy qismlari va ma’lumotlar uzatish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Internet infratuzilmasining asosiy elementlari – serverlar, provayderlar, IP-manzillar va domen tizimi (DNS) tushuntiriladi. Shuningdek, TCP/IP protokollari va paketli uzatish texnologiyasi asosida ma’lumotlar almashinuvi jarayoni yoritiladi. Maqolada internet xavfsizligi masalalariga ham e’tibor qaratilib, shifrlash, autentifikatsiya, himoya devorlari (firewall) va kiberxavfsizlik tahdidlariga qarshi kurash usullari ko‘rib chiqiladi. Oxirida esa internet texnologiyalarining rivojlanishi va istiqbollari haqida fikr yuritiladi. Ushbu maqola internet texnologiyalari bilan tanishmoqchi bo‘lgan talabalar, IT mutaxassislari va qiziquvchilar uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi

Farrux Qodirov , Gulsanam Ochilova

4-7

2025-03-31

MOBIL ILOVALAR ISHLAB CHIQISHNING ASOSLARI

Ushbu maqolada mobil ilovalar ishlab chiqishning asoslari, texnologiyalari va jarayonlari batafsil tahlil qilinadi. Dastlab, mobil dasturlarni yaratish uchun muhim bo‘lgan dasturlash tillari, yaʼni Java, Kotlin, Swift, Dart va mobil operatsion tizimlar Android va iOS haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, mobil ilovalarni ishlab chiqishda ishlatiladigan muhit va vositalar (Android Studio, Xcode, Flutter, React Native) haqida ham so‘z yuritiladi.

Farrux Qodirov , Sevinch Neʼmatova

8-14

2025-03-31

RAQAMLI MARKETING VA UNING TEXNOLOGIYALARI

Ushbu maqolada raqamli marketing va uning texnologiyalari haqida batafsil tahlil qilinadi. Raqamli marketing zamonaviy biznes jarayonlarida muhim o‘rin tutadi, chunki u kompaniyalar va brendlarning mijozlar bilan samarali aloqalar o‘rnatish va ularni o‘z mahsulot yoki xizmatlariga jalb qilish imkoniyatlarini yaratadi. Maqolada SEO, PPC, SMM, email marketing, kontent marketing va ma’lumotlarni tahlil qilish kabi asosiy raqamli marketing texnologiyalari yoritilgan. Shuningdek, ushbu texnologiyalar yordamida marketing strategiyalarining samaradorligini oshirish va maqsadli auditoriya bilan interaktiv aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Raqamli marketingning rivojlanishi va uning texnologik imkoniyatlari bizneslarga global bozorga chiqish, mijozlar ehtiyojlariga yanada moslashish va raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Maqola marketing sohasi mutaxassislariga va raqamli texnologiyalardan foydalanishni xohlagan tadbirkorlarga foydali bo‘lishi kutilmoqda.

Farrux Qodirov , Kamola Ne’matova

15-20

2025-03-31

KOMPYUTER GRAFIKASI VA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARI

Ushbu maqolada kompyuter grafikasi va multimedia texnologiyalarining nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqolada kompyuter grafikasi,   mulltimedia texnologiyalarining rivojlanish tarixi, ularning dasturiy va apparat vositalari, shuningdek, ularni qo‘llash sohalari yoritiladi.  Kelajakda bu texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalari va sun'iy intellekt bilan integratsiyasi haqida fikr yuritiladi.

Farrux Qodirov , Ozoda Maxsadova

21-26

2025-03-31

BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI VA UNING QO’LLANILISHI

Ushbu maqolada blokcheyn texnologiyasi va uning turli sohalarda qo‘llanilishiga oid asosiy tamoyillar tahlil qilinadi. Blokcheyn – bu markazlashmagan, xavfsiz va shaffof ma’lumotlar bazasi bo‘lib, tranzaksiyalarni o‘zgartirib bo‘lmaydigan shaklda saqlash imkonini beradi. Maqolada blokcheynning ishlash mexanizmi, asosiy xususiyatlari hamda moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, logistika va huquqiy tizimlardagi amaliy qo‘llanilishi batafsil yoritiladi. Ushbu texnologiyaning rivojlanishi va kelajakdagi istiqbollari ham muhokama qilinib, uning innovatsion yechim sifatida jamiyatga ta’siri tahlil qilinadi.

Farrux Qodirov, Zuhriddin Mardonov

27-32

2025-03-31

DASTUR SINOVLARI VA SIFATNI TAʼMINLASH USULLARI

Ushbu maqolada dasturiy taʼminotni sinovdan o‘tkazish va sifatni taʼminlash (QA) usullari yoritiladi. Dastur sinovlari dasturiy mahsulotning ishonchliligini, xavfsizligini va ishlash samaradorligini taʼminlash uchun muhim jarayondir. Asosiy sinov turlari – funksional, tizimli, integratsion, regressiya, yuklama va xavfsizlik sinovlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, qo‘lda va avtomatlashtirilgan sinovlar taqqoslanib, har birining afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Sifatni taʼminlash strategiyalari, jumladan, testlarni avtomatlashtirish, CI/CD (uzluksiz integratsiya va yetkazib berish) va Agile metodologiyalarining roli muhokama qilinadi. Ushbu tadqiqot dasturiy mahsulotlarning sifatini oshirish, xatolarni kamaytirish va foydalanuvchilarga ishonchli tizimlar taqdim etishga qaratilgan.

Farrux Qodirov , Dilroza Omonova

33-38

2025-03-31

QADIMGI O‘RTA OSIYO XALQLARINING MADANIYATIDA HUDUDIY-MINTAQAVIY TUSHUNCHASI

Ushbu maqolada baxshilar tomonidan ijro etadigan qo‘shiqlar va musiqiy cholg‘ular haqida ma’lumotlar keltirilgan. Sanʼati va madaniyatida baxshilarning ijro yo‘llari insoniyat madaniyati rivojlanishiga muhim oʻrin tutgani haqida ma’lumotlar keltirilgan

Kamil Muxamedziyanov

39-40

2025-03-31

СОВРЕМЕННЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕХНОЛОГИИ И ИХ ВНЕДРЕНИЕ В УЧЕБНЫЙ ПРОЦЕСС

В условиях стремительно меняющихся технологий и глобальных вызовов системы образования современная педагогика претерпевает значительные изменения. Эффективность обучения напрямую зависит от внедрения новых педагогических технологий, которые направлены на улучшение качества образования и адаптацию образовательных процессов к запросам времени. В этой статье рассмотрим современные педагогические технологии и процесс их внедрения в образовательную практику.

Шахнозахон Саминжонова

41-43

2025-03-31

ZIYOLILAR MAFKURASINI SHAKLLANTIRISHDA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI

Ushbu maqola zamonaviy jamiyatda ziyolilar mafkurasining shakllanishida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o'rganishga bag'ishlangan. Maqolada G'arb va Sharq mamlakatlari misolida ziyolilar mafkurasining shakllanishi, uning asosiy komponentlari, amaliy mexanizmlari va O'zbekiston sharoitiga moslashuv imkoniyatlari tadqiq etilgan. Maqolada AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya va Yevropa davlatlari tajribasi qiyosiy tahlil qilingan. Zamonaviy axborot jamiyati sharoitida ziyolilar mafkurasining transformatsiyasi, uni rivojlantirishning innovatsion yo'llari va global kontekstda milliy xususiyatlarni saqlash masalalari atroflicha yoritilgan. Maqola ziyolilar mafkurasini shakllantirishda davlat va fuqarolik jamiyatining o'zaro ta'sirini takomillashtirish, ziyolilarning ijtimoiy mavqeini oshirish va ularning jamiyatdagi rolini kuchaytirish bo'yicha amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Abduhalil Sodiqov

44-47

2025-03-31

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA BIOLOGIYANI O‘QITISHDA O‘QUVCHILARNI KREATIVLIGINI OSHIRISH

Ushbu maqola umumiy o‘rtа tа`lim mаktаblаridа biologiyа dаrslаrini tаshkil etishdа o‘quvchilаrning kreаtivligik kompetensiyаlаrini shаkllаntirishgа qаrаtilgаn innovаtsion tа’limni tаshkil etishning didаktik jihаtlаrini rivojlаntirish, o‘quvchilаrning kreаtiv yondаshuv аsosidа kompetensiyаlаrini shаkllаntirishdа Xаlqаro bаholаsh dаsturi - PISА topshiriqlаrini turli shаkllаrini ishlаb chiqish аsosidа tаkomillаshtirish va umumiy o‘rtа tа’lim mаktаblаridа o‘qituvchilаrining Biologiyа fаnigа oid bilimlarini kreаtiv topshiriqlаr аsosidа kompetensiyаviy yondoshuvini oshirishning metodik tizimini yаrаtilgаnligidan iborat

N.A. Karimova , O`.S. Xaitboyeva

48-50

2025-03-31

TURK TILIDAGI SAYLOVGA OID SOF TURKCHA SO‘ZLAR

Mazkur maqola Turkiya Respublikasining ajralmasi bo’lagi bo’lgan demokratiyaning asosi va Respublikaning tayanchi deb qaraldadigan saylov va saylovga oid so’zlarga bag’ishlangan. Tadqiqot obyekti sifatida turk tilida chet tillaridan o’zlashgan saylovga oid so’zlar tahlili deb belgilandi.

Boxodir Zoxidov

51-54

2025-03-31

ИЛК ТАЗКИРАНАВИС ШОИР

Мақолада мўғуллар истилоси йилларида яшаган бухоролик шоир Нуриддин Авфийнинг илмий фаолияти ва ҳаёти ҳамда  унинг ноёб асарларини тавсифи баён қилинган.

Исломиддин Муҳаммадиев

55-57

2025-03-31

COOPERATION OF THE STATE EXECUTOR WITH OTHER ORGANIZATIONS IN THE EXECUTION OF EXECUTIVE DOCUMENTS OF A NON-PROPERTY TYPE

Номулкий тусдаги, яъни мулкий хусусиятга эга бўлмаган (мажбурият юклаш, қарздорни кўчириш, иморатни бузиб ташлаш, ундирувчини кўчириб киритиш) каби ижро харакатларини мажбурий ижросини таъминлашда давлат ижрочиси томонлар(қарздор ва ундирувчи)дан ташқари бошқа ташкилотларнинг иштирокини ҳам таъминлаши мумкин. Жумладан, Ўзбекистон Республикаси «Суд ҳужжатлари ва бошқа органлар ҳужжатларини ижро этиш тўғрисида»ги Қонуннинг 21-моддасида давлат ижрочисининг давлат органлари, кредит ташкилотлари ва бошқа ташкилотлар билан ҳамкорлик масалалари кўрсатиб ўтилган.

SHAXZOD ISROILOV

58-60

2025-03-31

ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ИНЖЕНЕРНОМ ОБРАЗОВАНИИ ТРАДИЦИОННЫЕ И СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ

Информационно-коммуникационных технологий в инженерном образовании крайне актуальна в условиях цифровой трансформации общества. Традиционные подходы постепенно дополняются и заменяются современными методами, что позволяет готовить специалистов, способных эффективно работать с новыми технологиями. Внедрение ИКТ требует не только технической оснащенности, но и пересмотра образовательных программ, а также подготовки преподавателей к работе с цифровыми инструментами. Это делает процесс обучения более инновационным, гибким и соответствующим требованиям современного мира.

Гулбахар Абылова , Тимур-Мухаммет Агжанов , Рано Жолдасбаева

61-64

2025-03-31

QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARI BOZORIDA FERMER XO’JALIKLARI MARKETING STRATEGIYASINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida muhim o‘rin egallab, ularning marketing strategiyalarini takomillashtirish bozor talablariga moslashish va raqobatbardoshlikni oshirish uchun zarur hisoblanadi. Ushbu tadqiqot qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida fermer xo‘jaliklari marketing strategiyalarining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy marketing vositalari – raqamli texnologiyalar, brendlash, mijozlarga yo‘naltirilgan strategiyalar va kooperatsiya mexanizmlaridan foydalanish fermerlar uchun yuqori samaradorlik keltiradi.

Gulruh Nazarova

65-72

2025-03-31

ТЕРГОВГА ҚАДАР ТЕКШИРУВ БОСҚИЧИДА ХАВФСИЗЛИК ЧОРАЛАРИНИ ҚЎЛЛАШНИНГ ПРОЦЕССУАЛ ЖИҲАТЛАРИ

Ушбу тезисда хавфсизлик тушунчаси, хусусан, жиноят процессининг суд босқичида хавфсизлик тушунчаси ҳақида гап боради. Шунингдек, «хавфсизлик» тушунчаси тўғрисида олимлар фикри ўрганилиб, илмий мунозарага киришилади.

Ш.Х. Маматалиева

73-80

2025-03-31

O‘QUVCHILARNI BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QITISHGA MOTIVATSIYASINI GEYMIFIKATSIYA YORDAMIDA OSHIRISH

Zamonaviy o‘quv jarayonida o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishning yangi usullarini izlashga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Ushbu usullardan biri gamifikatsiya - o‘yin elementlarini ta’lim jarayoniga kiritish. Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining motivatsiyasini oshirish vositasi sifatida geymifikatsiya elementlari imkoniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Gamifikatsiyaning nazariy asoslari, uning afzalliklari va cheklovlari, shuningdek, o‘quv jarayonida foydalanishning amaliy misollari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, geymisikatsiya o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga va o‘quv faoliyatini yaxshilashga yordam beradi.

Nazokat Xaitova

81-83

2025-03-31