NUTQIY RIVOJLANISH BILAN MANTIQIY FIKRLASH O’RTASIDAGI BOG’LIQLIK: LINGVISTIK KOMPETENSIYA

##plugins.themes.bootstrap3.article.main##

Abstrak:

Nutq  rivojlanishi  va  mantiqiy  fikrlash  o'rtasida  chambarchas  bog'liqlik mavjud;mantiqiy  fikrlash  nutqni  aniq  va  izchil  ifodalashga  yordam  bersa,  nutq  esa  mantiqiy fikrlashni  shakllantiradi.Bu  o'zaro  ta'sir  "lingvistik  kompetensiya"  deb  ataladi,  bu  shaxsning tilni tushunish va undan samarali foydalanish qobiliyatini anglatadi. Nutqiy  tajriba  ona  tilini  amaliy  bilish,  oilada,  koʻcha-koʻyda,  jamoat  joylarida boshqalardan  eshitish  orqali  maydonga  keladi.  Imo-ishora,  mimika  singari  paralingvistik vositalar ham nutqiy tajriba asosida oʻzlashtiriladi. Nutqiy kompetensiya nutqiy tajriba va til haqidagi  bilim  munosabati  bir  butunligi  asosida  shakllanadi.  Shunday  ekan,  oʻqituvchi oʻquvchilarning nutqiy kompetensiyasini shakllantirish jarayonida bu ikki tomonning oʻzaro munosabatini   hisobga   olishi   katta   ahamiyatga   ega.

##plugins.themes.bootstrap3.article.details##

##submission.citations##:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktiyabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-6097-sonli

Vahobov M.M. Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlarini joriy etish –zamonaviy ta’lim paradigmasi sifatida // “Zamonaviy ta’lim” j. –2016

G‘ulomov A., Ne’matov H. Ona tili ta’limi mazmuni. Ona tili o'qituvchilari uchun qo'llanma. –T.: “Ukituvchi”, 1995 yil.