«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.
Published: 2025-06-27
Articles
YUSUF SARYOMIY IJODIDAGI AYRIM BADIIY VOSITALAR LEKSIK TAHLILI
Ushbu maqolada tilshunoslikda tasavvufiy-lug‘aviy janrning o‘rni, uning asl mohiyatiga urg’u berib o’tilgan. Tasavvufiy-ramziy leksemalarni tahlil qilish uchun XIX asr oxiri XX asr boshlarida ijod qilgan Yusuf Saryomiy ijodiga e’tibor qaratilgan. Tasavvufiy- ramziy leksemlarni tahlil qilish jarayonida Yusuf Saryomiy g‘azallaridan, baytlaridan misollar keltirish orqali tahliliy fikrlar yoritib berilgan.
2025-06-26
ИРРИГАЦИЯ НАСОС СТАНЦИЯЛАРИДАГИ МАРКАЗДАН ҚОЧМА НАСОСЛАР КУРАГИНИНГ ОПТИМАЛ БУРЧАГИНИ АНИҚЛАШ
Марказдан қочма насослар ирригация насос станцияларида муҳим рол ўйнайди. Уларнинг ишлашига таъсир қилувчи муҳим омиллардан бири бу насос кураклари хисобланади. Ушбу мақола марказдан қочма насослар куракларининг оптимал бурчакларини аниқлашга қаратилган. Назарий таҳлил, суюқлик динамикасини ҳисоблаш ва лабораторияда текшириш орқали хисобий босими ва сув хайдашига таъсири ўрганилади.
2025-06-26
O’TKIR BRONXIT KASALLIGIDA TO’QIMALARNING GISTOLOGIK O’ZGARISHLARI VA ULARNING DIAGNOSTIK AHAMIYATI.
Ushbu maqolada o‘tkir bronxit kasalligida bronxial shilliq qavat va boshqa to‘qimalarda kuzatiladigan gistologik o‘zgarishlar hamda ularning tashxis jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, patologik jarayonlarning bemorda kuzatiladigan klinik belgilar bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shifokorlar uchun tashxis qo‘yish va davolash strategiyasini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-06-26
NEUROLINGUISTIC ASPECT OF APHASIA RESEARCH
Neurolinguistics as a relatively young scientific discipline is an important area at the intersection of linguistics, neuropsychology and medicine. It offers a special approach to the analysis of clinical manifestations of speech disorders, such as aphasia, through the prism of linguistic categories and based on modern linguistic theories. The emergence of neurolinguistics became possible due to advances in the development of neuropsychology and psycholinguistics, which formed the foundation for the study of speech disorders as cognitive and neurophysiological phenomena.
2025-06-26
АВТОМАБИЛ ДИЗАЙНДА СИММЕТРИЯ ВА АССИМЕТРИЯ
Ушбу мақолада автомобил дизайнида симметрия ва ассиметрия тушунчаларининг моҳияти, уларнинг эстетик, эргономик ва функционал жиҳатлари чуқур таҳлил қилинади. Симметрия автомобил дизайнида мувозанат, барқарорлик ва жозибадорликни таъминласа, ассиметрия эса инновацион ёндашувлар, индивидуал дизайн ва технологик янгиликларни ифода этади. Шу жиҳатдан ҳар иккала элемент автомобил саноатининг замонавий ривожида муҳим роль ўйнайди. Мақолада машҳур автомобил брендлари мисолида симметрик ва ассиметрик дизайн ечимлари, уларнинг афзаллик ва камчиликлари, шунингдек, фойдаланувчи тажрибасига таъсири ёритилади. Тадқиқот натижалари дизайнерлар, муҳандислар ва саноат мутахассислари учун амалий аҳамиятга эга бўлиб, янги модель яратишда мувозанатли ёндашувни шакллантиришга ёрдам беради.
2025-06-27
ANDIJON VILOYATI SHAROITIDA INGICHKA TOLALI TUT IPAK QURTI (BOMBYX MORI L.) SANOAT DURAGAYLARINI SAMARALI PARVARISHLASH AGROTEXNIKASI VA UNING BIOLOGIK SAMARADORLIGI
Mazkur maqolada Andijon viloyatining agroekologik sharoitida sanoat ahamiyatiga ega ingichka tolali tut ipak qurti (Bombyx mori L.) duragaylarining biologik va texnologik ko‘rsatkichlari 3 yil davomida o‘tkazilgan laboratoriya tajribalari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda “Mayin tola-1”, “Mayin tola-2”, “Navbahor-1”, “Navbahor-2” hamda nazorat sifatida “Yapon × Xitoy” duragaylari parvarishlanib, ularning hayotchanligi, ipakchanligi va ozuqadan foydalanish samaradorligi baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, “Mayin tola-1” va “Navbahor-2” duragaylari yuqori biologik barqarorlik va pilla hosildorligi bilan ajralib turgani aniqlandi. Shuningdek, kichik yoshdagi ipak qurtlarini plyonka ostida parvarishlash agrotexnikasining takomillashtirilgan usuli pilla mahsuldorligini oshirish hamda tut bargidan foydalanish samaradorligini yaxshilashga xizmat qilishi isbotlandi.
2025-06-27
ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA O‘ZBEK XALQINING MA'NAVIY QIYOFASI
Ushbu maqolada Abdulla Qahhor ijodining asosiy mavzularidan biri – o‘zbek xalqining ma’naviy-ruhiy qiyofasi badiiy tahlil qilinadi. Adib hikoyalaridagi milliy obrazlar, xalqona dunyoqarash, axloqiy qarashlar, halollik, mehnatsevarlik, sabr-toqat, kulgi va istehzo orqali berilgan ijtimoiy-tarbiyaviy g‘oyalar ochib beriladi. Qahhor qalamiga mansub bir qator hikoyalar misolida bu jihatlar tahlil etiladi.
2025-06-27
SIFAT SO'Z TURKUMINING QIYOSIY TAHLILI
Ushbu ilmiy maqola o'zbek tilida sifat so'z turkumining o'rganilish jihatlari yuzasidan bir qancha olimlarimizning sifat so'z turkumi doirasidagi fikr va mulohazalari tahliliga bag'ishlanadi.
2025-06-30
THE IMPACT OF DIGITAL PAYMENT SYSTEMS AND FINTECH TECHNOLOGIES ON THE ECONOMY
This paper explores the transformative role of digital payment systems and fintech technologies in the modern economy, focusing on their influence on economic activity, financial inclusion, fiscal transparency, and technological modernization. It analyzes the rapid development of fintech services and mobile payment systems in Uzbekistan, highlighting their role in accelerating financial transactions and expanding public access to financial services. Simultaneously, the study draws attention to pressing challenges such as cybersecurity risks, low financial literacy, technological inequality, and emerging monopolistic threats. Real-world data and recent national developments are examined, and strategic recommendations are offered for sustainable growth in this critical sector.
2025-06-30
THE LEGAL STATUS OF WOMEN IN ANCIENT SOCIETIES
This article explores the social and legal status of women in ancient societies. Using examples from civilizations such as India, Mesopotamia, Babylon, Greece, and Rome, it examines the subjugation of women to male authority and their marginalized role in society. The article highlights how ancient legal systems denied women equal rights and often failed to recognize them as individuals with agency. Based on historical sources, the discussion reveals the deep roots of gender inequality and provides a theoretical foundation for contemporary gender studies
2025-06-30
ETNOGRAFIZMLAR VA ULARNING TILIMIZDA TUTGAN OʻRNI
Ushbu maqolada qadimdan mavjud boʻlgan millat va elatlarning rasm rusumlari va etnomadaniy muhiti va shakllanish jarayonlarini, etnografizmlarning tarqalish asoslarini va bu borada tadqiqot olib borgan olimlarning fikr-mulohazalari haqida so‘z yuritiladi.
2025-06-30
INGLIZ TILINI AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY O‘QITISH TAMOYILLARI
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda qo‘llanilayotgan an’anaviy va zamonaviy tamoyillar qiyosiy tahlil qilinadi. An’anaviy metodlar, ya’ni grammatik-qoidaviy, tarjima asosidagi va talaffuzga asoslangan yondashuvlar o‘rganiladi. Shuningdek, kommunikativ, interfaol, texnologik vositalar yordamida olib borilayotgan zamonaviy o‘qitish tamoyillarining afzalliklari tahlil qilinadi. Maqolada ingliz tilini samarali o‘rgatish uchun bu ikki yondashuvni uyg‘unlashtirishning dolzarbligi asoslab beriladi. Amaliy misollar orqali o‘quvchilarning til kompetensiyasini oshirishda zamonaviy yondashuvlarning o‘rni ko‘rsatib beriladi. Xulosa sifatida, ingliz tilini o‘qitishda innovatsion metodlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zamonaviy ta’limning muhim yo‘nalishi ekani ta’kidlanadi.
2025-06-30
AJRALISHNING BOLALARGA PSIXOLOGIK TA’SIRI VA AMALIY TAVSIYALAR
Ushbu maqolada oilaviy ajralishning bolalarga ko‘rsatadigan psixologik ta’siri va uning oqibatlari haqida fikr yuritilgan. Ajralish natijasida bolalarda psixologik buzilishlari, aybdorlik va emotsional stress holatlari rivojlanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek maqolada bolalarning yosh xususiyatlariga qarab ajralishga reaktsiyalari ham tahlil qilingan.
2025-06-30
ZAMONAVIY DUNYODA ILM-FAN VA TEXNOLOGIYA
Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda ilm-fan va texnologiyaning ahamiyati, ularning inson hayoti, ijtimoiy taraqqiyot va iqtisodiy rivojlanishdagi roli tahlil qilinadi. Ilmiy bilimlar va texnologik yutuqlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, zamonaviy tendensiyalar, sun’iy intellekt, raqamlashtirish va barqaror rivojlanish muammolari haqida fikr yuritiladi.
2025-06-30
БАҲОРГИ МУДДАТДА САБЗАВОТ ЛОВИЯСИДАН ЮҚОРИ ҲОСИЛ ЕТИШТИРИШ УЧУН МАҚБУЛ ЭКИШ МУДДАТЛАРИНИ АНИҚЛАШ
Илмий мақола баҳорги муддатда сабзавот ловиясидан юқори ҳосил етиштириш учун мақбул экиш муддатларини аниқлашга қаратилган. Тажриба давомида баҳорги муддатда сабзавот ловиясини йигирманчи мартда 5 та нав намуналари Золушка, Шахика,Томатная, Приусадебной ва Қора шахзода, назорат Маҳсулдор навига нисбатан таққосланган. Тажриба натижасига кўра баҳорги муддат(20.03)да сабзавот ловиясини етиштирганда Махсулдор (назорат)га нисбатан Шахикада, Приусадебной навлари энг юқори натижа кўрсатди.
2025-06-30
ИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ РЕПЕРФУЗИИ ПРИ ТРОМБОЗЕ КОРОНАРНЫХ АРТЕРИЙ: ОТ ЭКСПЕРИМЕНТА К КЛИНИЧЕСКОЙ ПРАКТИКЕ
В исследовании рассматривается влияние применения внутрисосудистой визуализации (IVUS, OCT) и тромбаспирации на результаты лечения тотального тромбоза коронарных артерий у пациентов с острым коронарным синдромом (ОКС). Включено 100 пациентов, которым выполнено первичное чрезкожное вмешательство с использованием или без использования указанных технологий. Оценены показатели TIMI flow, blush grade и частота неблагоприятных событий (MACE) через 30 дней. Результаты показали значительное преимущество стратегии с применением тромбаспирации и визуализации в достижении полноценной реперфузии и снижении риска осложнений. Сделан вывод о необходимости включения данных технологий в стандарт лечения ОКС с тотальной окклюзией.
2025-06-30
ОИЛАВИЙ ЗЎРАВОНЛИК ҲУҚУҚБУЗАРЛИГИНИ СОДИР ЭТГАНЛИК УЧУН ЖАВОБГАРЛИКНИНГ АЙРИМ МАСАЛАЛАРИ
Мақолада оилавий (маиший) зўравонлик ҳуқуқбузарлигини квалификация қилишда юзага келадиган қийинчиликлар ва амалий муаммолар ҳуқуқий таҳлил қилинади. 2023–2024 йилларда Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодекси ва Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексларига киритилган ўзгартишлар асосида қонунчиликдаги таркиблар ва санкциялар ўзаро таққосланади. Муаллиф бола ва собиқ бирга яшаган шахсларни жабрланувчилар доирасига киритиш зарурлигини асослайди ва ЖК 1261-моддасидаги оғирлаштирувчи белгиларнинг тўлиқлигини таъминлаш бўйича таклифлар илгари суради. Мақолада мавжуд қонунчиликдаги мутаносибликлар ва адолат принципига зид ҳолатлар кўрсатилиб, уларни бартараф этишнинг ҳуқуқий йўллари таклиф этилади.
2025-06-30
NOTARIAL FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN NAZORAT QILISH TARTIB-TAOMILLARI
Mazkur maqolada O‘zbekistonda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida notariat institutini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar yoritilgan. Jumladan, notariat tizimining raqamlashtirilishi, xizmatlarning soddalashtirilgan tartibda ko‘rsatilishi va xususiy notariat institutining joriy etilishi orqali fuqarolarga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifatining oshirilishi tahlil qilingan. Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan notariuslar faoliyatini nazorat qilish tartibi, jumladan, rejalashtirilgan, qisqa muddatli va kameral tekshiruvlarning mazmun-mohiyati bayon etilgan. Maqolada avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ahamiyati va kelajakda sun’iy intellekt hamda blokcheyn texnologiyalarining joriy etilishi orqali nazoratning samaradorligi va shaffofligini oshirish imkoniyatlari haqida ilmiy xulosalar berilgan.
2025-06-30
7–8-SINFLARDA INGLIZ TILI O‘QITISHDA ONLAYN PLATFORMALARDAN FOYDALANISHNING AMALIY MEXANIZMLARI
Mazkur tezisda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7–8-sinf o‘quvchilari ingliz tilini o‘rganish jarayonida onlayn ta’lim platformalaridan foydalanishning samarali usullari yoritiladi. Tadqiqotda mavjud raqamli platformalarning imkoniyatlari, ularni dars jarayoniga moslashtirish mexanizmlari va o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, darslarni interaktiv tashkil etish, topshiriqlarni avtomatik tekshirish, real vaqt rejimida baholash va o‘quvchiga individual yondashuv imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Tezisda amaliy tavsiyalar asosida onlayn platformalardan foydalanish jarayonini samarali tashkil etish yo‘llari, o‘qituvchi va o‘quvchi uchun qulay interfeys yaratish, texnik talablar va motivatsiyani oshirishga qaratilgan metodik yondashuvlar keltirilgan. Bu mexanizmlar umumiy o‘rta ta’limda ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-06-30
ЗАКАЛАТ ШАРТНОМАСИ ҲАҚИДА НИМАЛАРНИ БИЛАСИЗ?
Ушбу тезисда закалат шартномасининг қонунчиликдаги ўрни, унинг расмийлаштирилиш тартиби ва унга қўйилган талаблар ёритилган. Шу билан бирга закалатнинг бекор бўлиш ҳолатлари, тарафларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятлари ҳақида фикр-мулоҳазалар юритилган.
2025-06-30
HOZIRGI INGLIZ VA O’ZBEK TILIDAGI ANTONIMLARNING TARJIMA JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLARI
Ushbu tezisda antonimlarning kelib chiqishiga ko’ra turlari va tarjima jarayonidagi muammolar haqida so’z yuritilgan.
2025-06-30
ДИАЛЕКТИКА ОБЩЕЧЕЛОВЕЧЕСКОГО И НАЦИОНАЛЬНОГО КАК ОСНОВА ЦЕННОСТНОЙ ОРИЕНТАЦИИ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА
Современное развитие искусственного интеллекта (ИИ) сопровождается не только техническими достижениями, но и глубокими этико-ценностными вызовами. Центральным вопросом становится ориентация ИИ на ценности: чьи именно нормы, моральные ориентиры и культурные смыслы должны быть встроены в алгоритмы и цифровые архитектуры? В статье раскрывается идея, что устойчивое и гуманистическое развитие ИИ возможно только при учёте диалектического взаимодействия общечеловеческих и национальных ценностей. Анализируются философские основания данной диалектики, рассматриваются риски универсализации западных моделей ИИ, а также обосновывается необходимость включения национальных традиций, ментальности и правовых норм в процесс этико-правового регулирования ИИ, особенно в контексте Узбекистана.
2025-06-30
OG‘ZAKI NUTQDA QO‘LLANUVCHI MURAKKAB ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAPLAR
Maqolada og‘zaki nutqda qo‘llanuvchi murakkab ergash gapli qo‘shma gaplar, ularning ko‘rinishlari misollar asosida tahlil etilgan.
2025-06-30
GENETIKANING O‘RGANILISHIDA RUS TILINING AHAMIYATI
Bu maqolada genetika fanining o‘rganilishida rus tilining o‘rni va uning ilmiy va metodologik ahamiyati tahlil qilinadi. XX asrda Sovet Ittifoqi genetikada erishgan yutuqlarni rus tilida nashr etgan va bu tilni o‘rganayotgan olimlar uchun ahamiyatli bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi. Hozirgi kunda ham, rus tili nafaqat ilmiy ma’lumotlarni o‘rganish, balki terminologiyani tarjima qilishda ham ahamiyatli bo‘lib qolmoqda. Terminlarning fonetik va morfologik o‘zgarishi, shuningdek, ilmiy tafakkurni rivojlantirishda rus tili alohida o‘rin tutadi.
2025-06-30
KASBIY FAOLIYATDA EMOTSIONAL ZO'RIQISH KELIB CHIQISHIGA TA'SIR KO'RSATUVCHI IJTIMOIY- PSIXOLOGIK FAKTORLAR
Kasbiy faoliyatda emotsional zo‘riqish kelib chiqishiga ijtimoiy-psixologik omillar ta’sir qiladi. Bular ish sharoiti, mehnat jamoasidagi munosabatlar, rahbariyatning boshqaruv uslubi, psixologik iqlim, stressga bardoshlilik darajasi va shaxsiy xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Doimiy stress va professional talablar insonning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, charchoq, motivatsiya pasayishi va psixosomatik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, kasbiy faoliyatda emotsional zo‘riqishni kamaytirish uchun samarali psixologik yondashuvlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va stressni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqish muhimdir.
2025-06-30
SINESTEZIYA – STILISTIK HODISA
Ushbu maqolada metaforaning turlaridan biri bo‘lmish sinesteziya hodisasi haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, uning o‘zbek va koreys tillaridagi ifodalanib kelishi misollarda ko‘rsatilib berilgan.
2025-06-30
BUYUK IPAK YO'LINING AHAMIYATI
Buyuk Ipak Yo‘li – qadimiy zamonlardan to XVI asrgacha Yevrosiyo qit’asini bog‘lagan yirik savdo va madaniy yo‘nalishlar tizimidir. U Xitoydan boshlanib Markaziy Osiyo, Eron, Arab zaminlari, va nihoyat Yevropaga yetib bordi. Ushbu maqolada Buyuk Ipak Yo‘lining iktisodiy, madaniy va geosiyosiy ahamiyati tahlil qilinadi. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan yo‘lda barqaror savdo aloqalari, maxsus bojxonalar tarmog‘i va marzbonlik tizimi shakllandi. Bu yo‘nalish bo‘ylab ipak, qimmatbaho toshlar, keramikalar va dorivor o‘simliklar uzatilgan. Madaniy qiyofa jihatidan Buyuk Ipak Yo‘li turli tamaddunlararo aloqalarni mustahkamladi, buddizm, nasroniylik, islom dini, hamda hunarmandchilik sanʼatining o‘zgaruvi doirasini kengaytirdi. Yo‘l bo‘ylab qadimiy shaharlarda kitoblar kopiyasi ham sug‘orildi, bu esa ilm-fan va adabiyotning almashuviga sabab bo‘ldi. Geosiyosiy tahlilda mazkur yo‘nalish xavfsizlik, diplomatik ziyorat, va sarkarda yurishlari uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Bugungi kunda esa Ipak Yo‘lining merosi global logistika, turizm va diplomatlik yo‘nalishlarida qayta tiklanmoqda. Maqola davomida arkeologik qazishmalar, tarixiy manbalar va zamonaviy tadqiqotlar asosida aniq misollar keltiriladi. Shu tarzda, Buyuk Ipak Yo‘lining ilmdan iqtisodiyotgacha bo‘lgan umumiy ta’siri har tomonlama ochib beriladi.
2025-06-30
O‘TKIR HOSHIMOVNING “DUNYONING ISHLARI” QISSASIDA BADIIY PSIXOLOGIZM
Ushbu maqolada O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarida badiiy psixologizmning namoyon bo‘lish usullari tadqiq qilinadi. Asarning asosiy qahramonlarining ichki dunyosi, xususan, ona-bola munosabatlari, yolg‘izlik, hasrat va xotiralar kabi mavzular chuqur psixologik talqin bilan yoritilgan. Muallifning real hayotdagi kuzatishlari, nozik psixologik detallar va lirik tasvirlar orqali inson ruhiyatining murakkab qatlamlari ochib berilgan. Asarda qo‘llanilgan ichki monologlar, ramziy obrazlar va xotiralar tizimi badiiy psixologizmning o‘ziga xos namunalari sifatida tahlil qilingan.
2025-06-30
OCРHIQLIQ VA SHAFFOFLIQ KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING MUHIM VOSITALARIDAN BIRI
Davlat hokimiyati organlarining jamoatchilik oldidagi ochiqligi va shaffofligi bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining yangi konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qarorlar asosida tayyorlangan. Shuningdek, maqolada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi eng muhim masalalar, muammolar va ularning yechimlari, davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi masalalari ko‘rib chiqilgan.
2025-06-30
FALSAFANING ASOSIY MAVZULARI
Ushbu maqolada falsafa fanining o‘rganish dolzarbligi, hayotiy qadriyatlarning mazmun mohiyati, insonning jamiyatdagi o‘rnini topishiga ko‘maklashuvchi omil sifatida so‘z yuritiladi
2025-06-30
JALOLIDDIN MANGUBERDI – MOHIR SARKARDA
Ushbu maqolada Anushteginiylar sulolasidan bo`lgan so`nggi Xorazmshoh sulton Jaloliddin Manguberdining taxtga kelishi, ko`chmanchi va yovuz mo`g`ul qo`shiniga qarshi kurashlari yoritiladi. Shuningdek uning sarkardalar bilan aloqalari, kelishmovchiliklar, mo`gular bilan bo`lgan yirik janglari bilan tanishib o`tamiz.
2025-06-30
ZAMONAVIY KOMPOZIT MATERIALLAR ASOSIDA AMALIY SAN’AT ASARLARI YARATISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Ushbu maqolada zamonaviy amaliy san’at sohasida kompozit materiallardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Art-instalatsiya, urban-san’at va dizayn obyektlari misolida bu materiallarning afzalliklari va ularni jamiyat hayotiga tatbiq etishdagi innovatsion yondashuvlar yoritilgan.
2025-06-30
HUDUDIY SANOAT IXTISOSLASHUVINING O‘ZBEKISTONDAGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Tezisda O‘zbekiston sanoatining hududiy ixtisoslashuvi chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — lokatsion koeffitsient (LQ) va Herfindahl-Hirschman indekslari yordamida respublika viloyatlaridagi ustun ixtisoslashgan, diversifikatsiyalashgan va past potensialga ega tarmoqlarni aniqlash hamda sanoat klasterlari o‘rtasida integratsion hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqishdir.
2025-06-30
THE ROLE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN MODERN ENGLISH LANGUAGE LEARNING: OPPORTUNITIES, CHALLENGES, AND FUTURE DIRECTIONS
In recent years, artificial intelligence (AI) has become a transformative force in the field of education, particularly in language learning. With the emergence of intelligent tools such as ChatGPT, Grammarly, Duolingo Max, and Google Translate, learners are now able to access grammar correction, vocabulary expansion, pronunciation feedback, and real-time conversation practice with minimal or no human supervision. These developments raise critical questions about the evolving role of language teachers and whether AI is gradually replacing the traditional classroom educator. This paper aims to examine the impact of AI-assisted learning technologies on English language acquisition, with a specific focus on university-level students in Uzbekistan. The study explores how AI tools are being used by English as a Foreign Language (EFL) learners, the perceived advantages and drawbacks of AI integration, and the pedagogical implications of relying heavily on technology for language instruction.
2025-06-30
TANQIDIY FIKRLASH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MAKTAB TA’LIMINING O‘RNI: MUAMMO VA YECHIMLAR
Ushbu maqolada tanqidiy fikrlash madaniyatini shakllantirishda maktab ta’limining tutgan o‘rni, mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv va savol berish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha muallifning 6 yillik tajribasiga asoslangan metodik tavsiyalar keltiriladi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda maktabdagi dars tizimi, fanlararo integratsiya, muhit va o‘qituvchi shaxsi asosiy omil sifatida yoritilgan.
2025-06-30
