«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-11-01
Статьи
AN OBSERVATIONAL STUDY ON THE ROLE OF GENDER AND ETHNIC DIVERSITY IN EFL PEDAGOGY AND ASSESSMENT PRACTICES
This observational study investigates the influence of gender, sexuality, and ethnicity on student learning behaviors, participation, and performance in English as a Foreign Language (EFL) classrooms. The findings reveal distinct learning preferences: female students tend to favor collaborative tasks, while male students show a greater affinity for competitive activities. Furthermore, ethnic diversity can lead to group segregation and the marginalization of minority students, affecting classroom dynamics. The study concludes by proposing inclusive pedagogical and assessment strategies tailored to these diverse identities. These strategies, such as integrating both collaborative and competitive tasks and using culturally relevant materials, are essential for fostering an equitable and effective language learning environment.
2025-10-31
JALOLIDDIN RUMIY VA K. ROJERS TA’LIM FALSAFASIDA INSONPARVARLIK TAMOYILLARI TAHLILI.
Mazkur tezisda Sharq ma’naviy tafakkurining yirik vakili Jaloliddin Rumiy hamda XX asr g‘arb pedagogik psixologiyasining asoschilaridan biri bo‘lgan Karl Rojers qarashlari insonparvarlik tamoyillari nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil qilinadi. Rumiy ta’limotida insonni sevgi, rahm-shafqat, suhbat va xizmat orqali komillikka yetaklash g‘oyasi markazda turishi, Rojers maktabida esa shaxsga shartsiz ijobiy munosabat, empatik tinglash va kongruentlik tamoyillari ta’limiy muloqotning asosiy sharti sifatida talqin etilishi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotda matnshunoslik, qiyosiy-pedagogik va aksiologik tahlil usullaridan foydalanilib, Rumiydagi muhabbatga asoslangan tarbiya modeli bilan Rojersdagi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim o‘rtasida umumiy metodologik zamin mavjudligi asoslanadi. Xulosada ushbu ikki an’ananing uyg‘un talqini zamonaviy ta’limni insonparvarlashtirish, o‘qituvchi rolini yo‘lboshlovchi va suhbatdosh maqomiga ko‘tarish, o‘quvchi tajribasini esa haqiqiy bilim manbasi sifatida qabul qilishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.
2025-10-31
НЕЙРОПЛАСТИЧНОСТЬ И РЕАБИЛИТАЦИОННЫЙ ПОТЕНЦИАЛ У ДЕТЕЙ С ЦЕРЕБРАЛЬНЫМ ПАРАЛИЧОМ
Детский церебральный паралич остается одной из основных причин детской инвалидности (2,1-2,5 на 1000 живорожденных). Понимание механизмов нейропластичности у данной категории пациентов критически важно для разработки эффективных реабилитационных программ и оптимизации функциональных исходов.
2025-10-31
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA SANOGEN MUSIQIY TARBIYA BERISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sanogen musiqiy tarbiyani rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Musiqa ta’limi jarayonida o‘quvchilarning emotsional holatini muvozanatga keltirish, estetik didini shakllantirish hamda ijobiy psixologik muhit yaratishning ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, sanogen musiqiy tarbiya texnologiyasini takomillashtirishning pedagogik va psixologik asoslari, samarali metodlar va amaliy yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tilgan.
2025-10-31
O‘ZBEK TILIDA UNDOSH FONEMALAR TIZIMI VA ULARNING ARTIKULYATSION XUSUSIYATLARI
Tezisda hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi undosh fonemalar tizimi fonologik va artikulyatsion nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Undoshlarning hosil bo‘lish o‘rni (lab, lab-tish, til oldi, til orqa, bo‘g‘iz), hosil bo‘lish usuli (portlovchi, sirg‘aluvchi, affrikata, sonor) hamda ovoz bog‘lamlarining ishtiroki bo‘yicha tasnifi beriladi. Jarangli–jarangsiz va portlovchi–sirg‘aluvchi oppozitsiyalarining ma’no farqlashdagi roli minimal juftliklar asosida yoritiladi. Shuningdek, arab, fors va rus tillari orqali kirgan undoshlarning o‘zbek fonemik tizimiga moslashuv mexanizmi izohlanadi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tili orfoepik me’yorlarini aniqlashtirish, chet elliklarga o‘zbek tilini o‘rgatishda tovush tizimini izchil tushuntirish hamda nutqni avtomatik qayta ishlash dasturlarida fonemik bazani yaratish uchun amaliy ahamiyatga ega.
2025-10-31
RUHIY TARBIYA ILMI
Tasavvuf, so‘fiylik tushunchalari doim zarur amaliyotlardan deb qaralgan. Bu yo‘nalishda yurtimizdan ko‘zga ko‘ringan ulamolaryetishib chiqqan. Ularning izdoshlari hozirgi kunda ham ustozlari yaratgan yo‘lni davom ettirmoqdalar. Tasavvufning asl maqsadi nafsni tarbiyalab, islom dinida maqsad qilingan xulq-atvor bilan bezatish dir.
2025-10-31
TA'LIM MUASSASALARIDA KOUCHING VA MENTORLIK FAOLIYATINING INTEGRATSIYALASHUVI
Ushbu tezisda ta’lim muassasalarida kouching va mentorlik faoliyatini integratsiyalash zarurati, uning nazariy-metodik asoslari hamda amaliy joriy etish mexanizmlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston ta’lim tizimida pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, yosh o‘qituvchilarni tezkor kasbiy ijtimoiylashtirish, innovatsion dars usullarini jamoaga yoyish ehtiyoji kuchaygani sari rivojlantiruvchi boshqaruv, reflektiv muloqot va hamkorlikka asoslangan kasbiy qo‘llab-quvvatlash tizimlariga talab ortmoqda. Tadqiqotda kouching o‘qituvchini o‘z ichki resurslarini ochishga va maqsadlarini aniqlashga yo‘naltirishi, mentorlik esa tajriba va namunaga asoslangan o‘qitish orqali kasbiy izchillikni ta’minlashi izohlanadi. Shundan kelib chiqib, integratsiyalashgan “kouch-mentorlik” modeli pedagoglar malakasini oshirishning yangi yo‘nalishi sifatida taklif etiladi.
2025-10-31
O`ZBEK ADABIY TILI TARIXINI O`RGANISHDA ALEKSANDR KONSTANTINOVICH BOROVKOVNING O`RNI
O`zbek adabiy tilini to`la-to`kis gavdalantirish murakkab vazifa hisoblanadi. Chunki bu jarayon avvalambor o`n uch asr mobaynida mana shu katta hududda hayot kechirgan ajdodlar ijtimoiy,siyosiy,iqtisodiy,madaniy munosabatlarini ifodalovchi qadimgi turkiy til (VII-X), eski turkiy til(XI-XIV) va eski o`zbek adabiy tilida bitilgan barcha qo`lyozma manbalarni atroflicha tahlil etishni, o`rganishni talab etadi.
2025-10-31
ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISH
Ona tili darslari — bu faqat grammatik qoidalar yoki imlo mashqlardan iborat bo`lsa o`quvchilar uchun o`zlashtirilishi qiyin va zerikarli fanga aylanadi Bu fan o‘quvchining shaxs sifatida shakllanishi, nutq madaniyati, fikrlash va kasb tanlashga yo‘naltirilsh jarayoniga ham xizmat qilishi kerak
2025-10-31
THE ORIGIN OF GEOECOLOGICAL CIRCULATION UNDER THE INFLUENCE OF ANTOPOGENIC FACTORS IN THE NAVOI REGION
To comprehensively research the geo-ecological problems of Navoi region and to study the environmental and geo-ecological problems that have arisen in geocomplexes and prevent the acceleration of natural geographical processes occurring in the territory of the region. Identifying the sources of existing environmental problems, classifying them, mapping them, and developing their scientific solutions.
2025-10-31
LEKSEMA VA SO‘Z
Mazkur maqolada leksema va so‘z o‘rtasidagi asosiy farqlar haqida ilmiy ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu ma’lumotlar “vijdon” so‘zining leksik-semantik tahlili misolida asoslanadi.
2025-10-31
INGLIZ VA O’ZBEK MEDIADISKURSIDA SUBYEKTIV MODALLIKNING HISSIY-EKSPRESSIV VA BAHOLOVCHI LEKSIKA VOSITALARI ORQALI IFODALANISHI
Ushbu maqola hozirgi kunda insoniyat olamida, axborot olamida kattagina qiziqishlarga sabab bo’layotgan, odamlarda qiziqish bilan kuzatib borilayotgan mediadiskurs va uning ingliz va o’zbek tillaridagi ifodalanish vositalarining o’zaro tahliliga bag’ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi-jurnalistlar tomonidan auditoriyaga ta’sir o’tkazishda qo’llaniladigan leksik-pragmatik mexanizmlarni ochib berishdir. Tahlil natijalariga ko’ra, subyektiv modallikni yuzaga keltiruvchi eng samarali vositalar hissiy-ekspressiv va baholovchi leksika hamda intensifikatorlar, shuningdek, metaforik iboralar va yumshatuvchi birikmalar, yashirin(implisit) baho berish funksiyasini bajaradi. Maqolada bu vositalarning matndagi kommunikativ vazifasi yoritilgan bo’lib, ular nafaqat faktni bayon etish, balki o’quvchida zarur emotsionalfonni yaratish, axloqiy pozitsiyani shakllantirish va ma’lum bir nuqtai nazarni qabul qilishga undash kabi kuchli pragmatik salohiyatga ega ekanligi asoslangan. Tadqiqot mediaxabarlarida obyektivlik va subyektivlik chegaralarini belgilashga hissa qo’shadi.
2025-10-31
BUDJET MABLAG‘LARIDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘NALISHLARI
Ushbu maqolada budjet mablag‘laridan samarali foydalanishning asosiy yo‘nalishlari, ularning iqtisodiy ahamiyati va samaradorlikni oshirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Maqolada budjet intizomini mustahkamlash, moliyaviy boshqaruvni raqamlashtirish, davlat xarajatlarini monitoring qilish hamda natijadorlik asosidagi byudjetlashtirish tizimini joriy etish masalalari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy islohotlar doirasida budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-10-31
‘ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR SHAROITIDA O’SMIR SHAXSNING PSIXOLOGIK SHAKLLANISH XUSUSIYATI’
Mazkur maqolada zamonaviy texnologiyalar - internet , ijtimoiy tarmoqlar , kompyuter o’yinlari va raqamli vositalarning o’smir shaxsning psixologik shakllanish jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi . Raqamli muhitda o’sayotgan o’smirlarning tafakkuri , hissiyoti , o’zini anglash darajasi va ijtimoiy munosabatlari yangi shakllarga ega bo’layotgani ilmiy asosda yoritilgan . Tadqiqotda zamonaviy texnologiyalar o’smir shaxsning kognitiv ( bilish ), emotsional va ijtimoiy ruvojlanishga ijobiy hamda salbiy jihatdan ta’sir ko’rsatayotgani ko’rsatib beriladi. Shuningdek, oila va ta’lim muhitining raqamli texnologiyalar bilan uyg’unlashuvi o’smir shaxsning sog’lom psixologik rivojlanishini ta’minlovchi muhim omil sifatida ko’rsatiladi.
2025-10-31
QOMUSIY OLIM AL XORAZMIYNING TARIXIY MATEMATIK MEROSINI RIVOJLANTIRGAN ULUG’ ALLOMALAR
Muhammad Xorazmiyni fan hazinasiga qo‘shgan xissasi va uning matematik merosini davom ettirgan ulug‘ allomalar Abu Komil Misriy, Abul Vafo Buzjoniy, Al-Karadjiy va Umar Xayyomlarning matematika sohasida qilgan ilmiy ishlari asosiy manba qilib olingan va yoritilgan.
2025-10-31
O’SIMLIK XOMASHYOSINI EKSTRAKSIYA USULIDA DASTLABKI QAYTA ISHLAB, BIOFAOL MODDALAR SAQLAGAN EKSTRAKTIV MODDALAR OLISHNING AYRIM TEXNOLOGIK JIHATLARI BO’YICHA QISQACHA SHARH
Insoniyat tarixida dorivor o’simliklardan foydalanish eng qadimiy davrlardan boshlab muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Sharq tabobati, Avitsenna asarlari va boshqa manbalarda turli o’simliklarning shifobaxsh xususiyatlari batafsil tasvirlangan. Bugungi kunda dorivor o’simliklar farmatsevtika, biologik faol qo’shimchalar, oziq-ovqat va kosmetika sanoatining muhim xomashyosi hisoblanadi. Ularning tarkibida alkaloidlar, flavanoidlar, fenollik kislotalar, saponinlar, taninlar, polisaxaridlar va boshqa turli biologik faol moddalar mavjud.[1]
2025-10-31
COMPARATIVE STUDY OF FOOD-RELATED IDIOMS AS REFLECTIONS OF NATIONAL AND CULTURAL VALUES IN UZBEK AND ENGLISH
This work aims to conduct a comparative study of Uzbek and English food-related idioms and explore how they reflect national and cultural values. The research highlights semantic, cultural, and symbolic meanings attached to food lexemes such as bread, salt, tea, milk, and honey in Uzbek, and bread, salt, apple, butter, and salt in English.
2025-10-31
ФОРМИРОВАНИЕ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНЦИИ УЗБЕКСКИХ ШКОЛЬНИКОВ НА ОСНОВЕ КУЛЬТУРНО-МАРКИРОВАННОЙ ЛЕКСИКИ В УЧЕБНИКАХ РКИ
В статье подчеркивается важность формирования межкультурной компетенции в обучении русскому языку как иностранному у узбекских школьников. Особое внимание уделяется включению культурно маркированной лексики — пословиц, фразеологизмов и этнокультурных реалий — для понимания языка и культуры. Современные учебники выступают платформой для межкультурного обучения, обеспечивая структурированную культурную информацию и сопоставление с узбекской лексикой. Компетентностный подход способствует развитию языковых и культурных навыков, что важно для успешной коммуникации и адаптации.
2025-10-31
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INKLYUZIV YONDASHUVNI AMALGA OSHIRISHDA DIAGNOSTIK FAOLIYATNING AHAMIYATI
Mazkur tezisda boshlang‘ich ta’lim tizimida inklyuziv yondashuvni samarali amalga oshirishda diagnostik faoliyatning o‘rni va ahamiyati ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Diagnostika jarayoni o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini aniqlash, ta’limni differensial tashkil etish, shaxsiy rivojlanish dinamikasini kuzatish va inklyuziv muhitda o‘qituvchi faoliyatini takomillashtirishning asosi sifatida qaraladi. Tadqiqotda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining diagnostik kompetensiyasi tarkibi, ularni rivojlantirish yo‘llari hamda zamonaviy raqamli diagnostika vositalarining imkoniyatlari yoritilgan. Muallif diagnostik faoliyatni inklyuziv pedagogikaning asosiy mexanizmlaridan biri sifatida baholab, uning pedagogik refleksiya va shaxsiylashtirilgan ta’limdagi o‘rnini asoslab beradi.
2025-10-31
INGLIZ VA O‘ZBEK XALQ MAQOLLARIDA “JANNAT” VA “DO‘ZAX” KONSEPTLARINING REPREZENTATSIYASI
Har bir xalqning milliy tafakkuri, diniy qarashlari va axloqiy qadriyatlari, avvalo, uning tili va og‘zaki ijodida o‘z ifodasini topadi. Shu bois xalq maqollarini o‘rganish – xalq ruhiyatini, hayotga bo‘lgan munosabatini va ma’naviy dunyosini anglashning muhim yo‘li hisoblanadi. Maqollar xalqning hayotiy tajribasi, e’tiqodi, dunyoqarashi va axloqiy tamoyillarini qisqa, ammo chuqur mazmunli shaklda ifoda etuvchi janrdir.
2025-10-31
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGETIKADA RAQAMLI YECHIMLAR: INVESTITSIYAVIY VA TEXNIK JIHATLAR
Mazkur tadqiqotda qayta tiklanuvchi energetika sohasida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning investitsiyaviy va texnik jihatlari tahlil qilinadi. Energiya ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonlarida sun’iy intellekt, raqamli tvinning (digital twin) modellarini yaratish, IoT sensorlari, blokcheyn asosida energiya savdosi kabi ilg‘or texnologiyalarni joriy etishning samaradorligi o‘rganilgan. Raqamli yechimlar yordamida energiya ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, tizimning barqarorligini oshirish va investitsion xavflarni kamaytirish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli transformatsiya qayta tiklanuvchi energetika loyihalarining iqtisodiy jozibadorligini oshiradi hamda ularni xalqaro kapital bozorlariga integratsiyalash uchun zamin yaratadi.
2025-10-31
YERLАRNI SHUDGORLАSHDАN OLDIN O‘G‘ITLАYDIGАN QISHLOQ XO‘JАLIGI MАSHINАLАRI РАRАMETRLАRINI O‘RGАNISH
Mаqolаdа qishloq xo‘jаligi ekinlаridаn yuqori hosil yetishtirishdа minerаl o‘g‘itlаrni qo‘llаsh ko‘lаmi iqtisodiy nаtijаlаri bo‘yichа o‘rgаnish аsosiy yo‘nаlish hisoblаnаdi. Qishloq xo‘jаligidа o‘g‘itlаrdаn foydаlаnishning ob’ektiv zаrurаti, o‘simliklаrning tuрroqdаn ko‘р miqdordа ozuqа moddаlаrni o‘zlаshtirib olishi bilаn izoxlаnаdi vа ulаrning bir qismi hosilni yig‘ib olish dаvrigаchа yo‘qotilаdi. Аgаr tuрroqqа o‘g‘itlаrni solish bilаn undаgi o‘g‘it miqdori qoрlаnmаsа tuрroqning hosildorligi аstа sekin kаmаyishi vа hosildorlikning раsаyishi kuzаtilаdi.
2025-10-31
“GLOBALLASHUV DAVRIDA DAVLATLARNING IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI TAFOVUTLARNI BELGILOVCHI INSTITUTSIONAL VA SIYOSIY OMILLAR TAHLILI”
Maqolada davlatning taraqqiyoti yoki tanazzulini belgilovchi omillar tahlil qilinadi. Siyosiy barqarorlik, iqtisodiy islohotlar samaradorligi, ta’lim va ilm-fanning rivojlanishi hamda fuqarolik jamiyati faolligi taraqqiyotning asosiy manbalari sifatida ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, korrupsiya, resurslardan samarasiz foydalanish va siyosiy beqarorlik tanazzulga olib keluvchi omillar sifatida baholanadi. Tadqiqotda D. Acemoglu va J. Robinsonlarning nazariyasiga tayangan holda ekstraktiv va inklyuziv institutlarning davlat kelajagiga ta’siri ham yoritiladi. Xususan, inklyuziv institutlar barqaror rivojlanishni ta’minlasa, ekstraktiv institutlar davlatni inqiroz yoqasiga olib kelishi mumkinligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
2025-10-31
ИНСОННИНГ ШАХСИЙ ГИГЕНАСИ ВА УНГА АМАЛ ҚИЛИШ ҚОИДАЛАРИ
Биз биламизки гигиена сўзи (юнонча –hygenos соғлом) – инсон саломатлигини сақлаш ва яхшилаш ҳақидаги тиббиётнинг бир бўлими ҳисобланади.
2025-10-31
ХОРАЗМ ШЕВАЛАРИДАГИ ТАБОБАТ АТАМАЛАРИНИНГ ЛЕКСИК-СЕМАНТИК ТAHLILI
Ushbu maqolada Xorazm shevalaridagi tabobat atamalarining leksik-semantik tahlili, tabobatga oid atamalarni o’rganishning nazariy metodologik asoslarini yaratilishining ahamiyati haqida so’z yuritiladi.
2025-10-31
TАYYОRLОV GURUH BОLАLАRINI SОG‘LОM VА BАRKАMОL QILIB TАRBIYАLАSHNING USUL VА METОDLАRI
O‘zbekistоn Respublikаsining 7 tаrmоg‘i bo‘yichа rivоjlаntirаdigаn 2022-2026 yillаrgа mo‘ljаllаngаn O‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2022 yil 28 yаnvаrdаgi PF 60-sоn-“2022-2026 yillаrgа mo‘ljаllаngаn Yаngi O‘zbekistоnning tаrаqqiyоt strаtegiyаsi to‘g‘risidа”gi Fаrmоnidа bоlаlаrni sоg‘lоm vа bаrkаmоl qilib tаrbiyаlаsh vа аhоlining sоg‘lоmlаshuvigа qаrаtilgаn аniq mаqsаdlаr belgilаngаn.
2025-10-31
THE USE OF SCIENTIFIC TERMINOLOGY AS METAPHOR IN JOURNALISTIC TEXTS
This study explores the metaphorical use of scientific terminology in journalistic texts, particularly focusing on terms originating from exact and natural sciences such as physics, chemistry, biology, and mathematics. In contemporary publicistic discourse, these scientific terms are often adapted metaphorically to convey abstract, emotional, or evaluative meanings beyond their literal technical sense. By analyzing a range of Uzbek journalistic materials, this research investigates the stylistic, cognitive, and communicative functions of scientific metaphors, demonstrating their role in enhancing clarity, expressiveness, and persuasiveness in media texts. The findings reveal how journalists creatively employ scientific concepts to illustrate complex ideas, attract audience attention, and establish credibility while simultaneously reflecting societal engagement with scientific knowledge.
2025-10-31
KORXONALARDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI XIZMAT KO‘RSATISH SIFATINI OSHIRISH OMILLARI
So‘nggi yillarda iqtisodiy rivojlanish va xizmat ko‘rsatish sohasida sifatni oshirish uchun raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayon mamlakatning “Raqamli O‘zbekiston –2030” strategiyasi doirasida aniq maqsadlar va amaliy rejalar bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Mazkur strategiya iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida, ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etishni tezlashtirishga qaratilgan. Global miqyosda xizmat ko‘rsatish sohasi raqamli iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylanmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat sifati sezilarli darajada oshmoqda. Raqamli transformatsiya xizmatlarni avtomatlashtirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish va iste’molchilar ehtiyojlarini to‘liq qondirish imkoniyatini beradi.
2025-10-31
