«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2026-01-17
Статьи
RAQAMLI IQTISODIYOTDA MONOPOLIYAGA QARSHI SIYOSATNI BAHOLASHDA XORIJ TAJRIBASINI O‘RNI
Nazorat yondashuvi (strelkalar ikonkalari) bir yo‘nalishli strelka an’anaviy iqtisodiyotda asosan ex-post, ya’ni hodisa sodir bo‘lgandan keyingi nazoratni bildiradi. Ikki tomonlama strelkalar esa raqamli iqtisodiyotda ex-ante va ex-post yondashuvlarning uyg‘unligini, ya’ni oldindan va keyinchalik nazorat qilish zarurligini ifodalaydi. Baholash usullari (lupa va AI ikonkalari) lupa belgisi statistik va huquqiy tahlilga asoslangan an’anaviy baholash usullarini anglatadi. Raqamli iqtisodiyotda esa AI va Big Data ikonkalari real vaqt rejimidagi raqamli monitoring, algoritmik audit va katta hajmdagi ma’lumotlar tahlilini ifodalaydi.
2026-01-16
MEHNAT BOZORI STATISTIKASI: ISHSIZLIK DARAJASI TAHLILI
Mazkur ilmiy tezisda mehnat bozori statistikasi doirasida ishsizlik darajasining mazmuni, o‘lchash usullari hamda uni shakllantiruvchi omillar tahlil qilinadi. Tadqiqotda xalqaro va milliy statistik manbalar asosida ishsizlik ko‘rsatkichlarining iqtisodiy rivojlanish, demografik jarayonlar, mehnat resurslari harakatchanligi hamda davlat bandlik siyosati bilan bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, ishsizlik darajasining iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy muvozanatga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
2026-01-16
MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING BOSHLANG’ICH TA’LIMDAGI QULAYLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari, afzalliklari va mavjud muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda masofaviy ta’limning o’quvchilarning bilim ko’nikma va malakalarda shakllanishda o’rni, ularning mustaqil fikrlashini rivojlantirish imkoniyatlari hamda ta’lim jarayonining samaradorligiga ta’siri o’rganildi. Shuningdek masofaviy ta’limni tashkil etishda qo’llaniladigan raqamli platformalar, ineraktiv vositalar va multimedia resurslarining boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mosligi tahlil qilindi. Tadqiqot davomida ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili, kuzatish, suxbat va taqqoslash metodlardan foydalanildi. Olingan natijalar masofaviy ta’limning moslashuvchanlik , individual yondashuv va o’quv jarayoning ochiqligini ta’minlash kabi afzalliklarga ega ekanligini ko’rsatadi. Shu bilan birga, texnik ta’minotning yetarli emasligi, yosh o’quvchilarda mustaqil ta’lim ko’nikmalarining yetarli darajada shakllanmaganligi kabi muammolar mavjudligi aniqlandi. Maqolada aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida boshlang’ich ta’limda masofaviy ta’limni samarali tashkil etish bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Xususan, o’qituvchilarning raqamli kompotensiyalarini oshirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda an’anaviy va masofaviy ta’limni uyg’unlashtirgan aralash (gibrid) ta’lim modelini joriy etish zarurligi asoslab berildi. Mazkur maqola boshlang’ich sinf o’quvchilari, pedagogika yo’nalishi talabalari va ta’lim sohasidagi mutaxasislar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari asosida masofaviy ta’lim samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi
2026-01-16
CDSS TIZIMLARINI ISHLAB CHIQISHDA FOYDALANILADIGAN DASTURIY VOSITALAR VA BILIMLAR BAZASI TAHLILI
Mazkur ilmiy tezis klinik qarorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimlari (Clinical Decision Support Systems – CDSS)ni ishlab chiqishda qo‘llaniladigan dasturiy vositalar va bilimlar bazasining tuzilishi hamda funksional xususiyatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tezisda CDSS tizimlarida foydalaniladigan bilimlarni ifodalash modellarining turlari, dasturiy platformalar, qoidaga asoslangan va bilimga asoslangan yondashuvlar, shuningdek, zamonaviy sog‘liqni saqlash axborot tizimlari bilan integratsiya masalalari ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Tahlil natijalari CDSS tizimlarining samaradorligi bilimlar bazasining sifati va dasturiy vositalarning moslashuvchanligiga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatadi.
2026-01-19
LOGISTIKA XARAJATLARI TARKIBI
Mazkur tezis logistika xarajatlari tarkibi va ularning korxona faoliyatidagi ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda logistika xarajatlarining asosiy turlari — transport xarajatlari, omborxona xarajatlari, zaxiralarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar, buyurtmalarni qayta ishlash, qadoqlash hamda axborot-logistika xarajatlari chuqur o‘rganilgan. Shuningdek, logistika xarajatlarining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar va ularni optimallashtirish usullari yoritib berilgan.
2026-01-19
INVESTITSIYA MUHITINI YAXSHILASH – MINTAQAVIY O‘SISH OMILI SIFATIDA
Mazkur ilmiy tezisda investitsiya muhitini yaxshilashning mintaqaviy iqtisodiy o‘sishga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda investitsiya muhiti tushunchasi, uning tarkibiy omillari hamda hududiy rivojlanish jarayonidagi roli xalqaro va milliy ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Xususan, huquqiy barqarorlik, infratuzilma rivoji, moliyaviy institutlar faoliyati, davlat siyosati va institutsional islohotlarning mintaqaviy investitsiya faolligiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari investitsiya muhitini yaxshilash mintaqaviy iqtisodiy o‘sishning muhim omili ekanini ilmiy asoslashga xizmat qiladi.
2026-01-19
MINTAQALAR IQTISODIY SALOHIYATINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLARNING AHAMIYATI
Maqolada mintaqalar iqtisodiy salohiyatini oshirishda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Innovatsion texnologiyalar, ilmiy-tadqiqot natijalari va raqamli yechimlarning hududiy rivojlanishga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, innovatsion infratuzilmani rivojlantirish orqali investitsion faollik, raqobatbardoshlik va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkoniyatlari asoslab beriladi.
2026-01-19
O'ZBEKISTONDA TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNALOGIYALARNING O'RNI
Ushbu maqolada insoniyat hayotining ajralmas bir bo'lagiga aylanib ulgurgan raqamli texnalogiyalarning ta'lim sifatini oshirishdagi o'rni, afzalliklari va muammolari ko'rsatib o'tilgan. Maqolada raqamli texnalogiyalar o'quv jarayonini qay darajada boyitish, o'quvchilarning o'zlashtirish darajasini oshirish, va ta'lim tizimini yangilashdagi ro'li o'rganildi. Shuningdek ushbu maqola O'zbekistonda ta'lim sifatini oshirishda raqamli texnalogiyalarga bo'lgan ehtiyoj va yuzaga kelayotgan muammolar haqida qisqacha va asosiy mavzularni muhokama qiladi.
2026-01-19
DETALNING TEXNOLOGIKLIGINI ANIQLASH USLUBI
Ushbu uslub alohida olingan detalning barcha yuzalarining texnologikligini solishtirma baholashni ko‘zda tutadi. Baholash eng kichik va eng katta texnologiklik yuzalarni aniqlab topish, e’tiborni kutilayotgan texnologik qiyinchiliklarga qaratish imkonini beradi.
2026-01-19
AMALIY MASHG‘ULOT DARSLARIDA KOMPYUTERLARDAN FOYDALANISH QOIDALARI
Kompyuter xonalarida mehnat sharoitlarini tug‘ri tashkil etish joyini tashkil etilishi kompyuter xonalarida ish joyi to‘g‘ri tashkil etilishi ish unumdorligini oshirish, charchashni oldini olish, ish joyidagi jihozlarni va uskunalarni to‘g‘ri joylashtirishni omillar, ranglarni to‘g‘ri tanlay bilishdir. Uskunalar shunday joylashishi kerakki o‘quvchilar ortiqcha xarakatsiz, o‘zini zo‘riqtirmasdan osongina foydalanish.
2026-01-20
MAMLAKATIMIZDA ISLOM MOLIYASI VA BANKCHILIGINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
So‘nggi yillarda Islom moliya tizimi tushunchasi ko‘plab mamlakatlar moliyachilarining so‘z boyligidan mustahkam o‘rin oldi. Darhaqiqat, turli mamlakatlarda, hattoki aksariyat aholisi islom diniga mansub bo‘lmagan davlatlarda ham, jumladan AQSh va Buyuk Britaniyada, ushbu moliyaviy institut an’anaviy bank xizmatlariga muqobil moliyalash tizimi sifatida barqaror rivojlanmoqda. Shuning uchun islom bankchiligini o‘rganish global iqtisodiyotda dolzarb mavzu hisoblanadi. An’anaviy bank tizimiga muqobil moliyalash shakllari mavjudligini bilish qiziqarli va foydalidir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan Murojaatnomasida “Mamlakatimizda Islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqt-soati yetib keldi. Bu borada Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi”, deb ta’kidlab o‘tdilar.
2026-01-20
TIJORAT BANKLARIDA VALYUTA OPERATSIYALARI AMALIYOTINI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI
Global moliyaviy integratsiya sharoitida tijorat banklarida valyuta operatsiyalari amaliyotini shakllantirish nafaqat banklarning daromadliligini oshirish, balki butun moliya tizimining makrobarqarorligini ta’minlashda strategik ahamiyat kasb etadi. Valyuta operatsiyalari bank balansining aktiv va passivlar tarkibiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, foiz, likvidlik va valyuta risklarining o‘zaro uzviy bog‘liqligini kuchaytiradi.
2026-01-20
TIJORAT BANKLARIDA DIVIDEND SIYOSATI NAZARIYALARI VA ULARNING RIVOJLANISHI
Ushbu tezisda tijorat banklarida divident siyosatini takomillashtirish orqali bank operatsiyalarini rivojlantirish, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarga doimiy moslashish, kreditlash faoliyati uchun yangi strategiya va vositalarni ishlab chiqish, banklarning kredit risklarini samarali boshqarish, muammoli kreditlarni kamaytirish orqali banklar divident siyosatini rivojlantirish kabi bir qancha omillarga bog‘liqligi keltirib o‘tilgan.
2026-01-20
O‘ZBEKISTONNING SUVEREN KREDIT REYTINGI VA MAKROIQTISODIY BARQARORLIGINI S&P GLOBAL RATINGS TAHLILI ASOSIDA BAHOLASH
So‘nggi yillarda xalqaro reyting agentliklari tomonidan O‘zbekistonning suveren kredit reytingini baholashda makroiqtisodiy barqarorlik, fiskal intizom, tashqi qarz dinamikasi va institutsional islohotlar darajasi asosiy mezon sifatida ko‘rilmoqda. S&P Global Ratings, Moody’s va Fitch reyting agentliklari mamlakatning iqtisodiy liberallashuv jarayonlari, energetika tariflarini bosqichma-bosqich erkinlashtirish, budjet boshqaruvi shaffofligini oshirish hamda oltin-valyuta zaxiralari hajmining kengayishini ijobiy baholamoqda. Xususan, iqtisodiy o‘sish sur’atlarining barqarorligi, investitsiya faolligining yuqoriligi, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik va qarz portfelining nisbatan qulay tuzilmasi reytingning yaxshilanishiga xizmat qilgan asosiy omillar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga, tashqi qarzning o‘sib borishi, to‘lov balansidagi taqchillik va global geoiqtisodiy xatarlar reyting barqarorligiga bosim o‘tkazuvchi omillar bo‘lib qolmoqda.
2026-01-20
YOSHLARDA HUQUQIY MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING JAMOAVIY TARAQQIYOTDAGI O‘RNI
Mazkur maqolada yoshlar orasida huquqiy madaniyatni rivojlantirish masalasi ijtimoiy-huquqiy nuqtayi nazardan yoritilgan. Huquqiy madaniyat tushunchasining mazmuni ochib berilib, uning yoshlarning fuqarolik pozitsiyasi va ijtimoiy faolligiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim tizimi, ijtimoiy muhit va axborot makonining huquqiy ongni shakllantirishdagi roli asoslab beriladi. Maqolada huquqiy tarbiyani takomillashtirish orqali qonun ustuvorligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
2026-01-21
FOYDALI QAZILMA KONLARINI QAZIB OLISHDA VERTIKAL QIDIRUV ISHLARINI OLIB BORISHDA SUNIY INTELEKTDAN FOYDALANISH
Ushbu tezisda foydali qazilma konlarini aniqlash va o‘zlashtirish jarayonida vertikal qidiruv (burg‘ilash) ishlarining samaradorligini oshirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy geologik-qidiruv ishlarida katta hajmdagi geofizik, geokimyoviy va burg‘ilash ma’lumotlarini tezkor va aniq qayta ishlash muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada mashinaviy o‘rganish, neyron tarmoqlar va ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish usullarining vertikal qidiruv jarayonlarida qo‘llanilishi, ularning afzalliklari hamda cheklovlari ilmiy adabiyotlar asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt texnologiyalari qazib olish xarajatlarini kamaytirish, xatoliklarni qisqartirish va konlarning sanoat ahamiyatini aniqroq baholashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
2026-01-21
O‘PKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIGIDA YALLIG‘LANISH JARAYONLARI VA BRONXIAL REMODELLASHNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Mazkur tezis o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida (O‘SOK) kechuvchi surunkali yallig‘lanish jarayonlari va bronxial remodellash o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqlikni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda O‘SOK rivojlanishida yallig‘lanish hujayralari — neytrofillar, alveolyar makrofaglar va limfotsitlarning roli, shuningdek ular tomonidan ajratiladigan sitokin va mediatorlarning bronxial devor tuzilishiga ta’siri yoritib berilgan. Yallig‘lanish jarayonlari natijasida yuzaga keladigan strukturaviy o‘zgarishlar- bazal membrananing qalinlashuvi, silliq mushak qatlamining gipertrofiyasi va elastik tolalarning degradatsiyasi bronxial remodellashning asosiy mexanizmlari sifatida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ushbu o‘zgarishlarning o‘pkaning funksional ko‘rsatkichlariga ta’siri va klinik ahamiyati tahlil qilingan. Tezis natijalari O‘SOK patogenezini chuqurroq tushunish, kasallik og‘irligini baholash hamda individual patogenetik davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
2026-01-21
MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA XORIJIY TILLARNI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Maktab yoshidagi bolalarda xorijiy tillarni (xususan ingliz tilini) o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish bugungi global o‘quv jarayonining muhim jihatiga aylanmoqda. Mazkur maqolada maktab yoshidagi o‘quvchilarda ingliz tili o‘qitishda innovatsion texnologiyalar — o‘yin-texnologiyalari, raqamli interaktiv platformalar, mobil ilovalar, bulutli xizmatlar va boshqa yangi pedagogik vositalar —ning pedagogik va metodik jihatlari tahlil qilinadi. Mavzuga doir xalqaro adabiyotlar tahlili asosida ularning foydalanish sabablari, afzalliklari hamda maktab yoshidagi bolalar kontekstida yuzaga keluvchi muammo va tavsiyalar keltiriladi.
2026-01-21
RAQAMLI BANK XIZMATLARINING IQTISODIYOT RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada raqamli bank xizmatlari rivojlanishining zamonaviy bank tizimiga ta’siri, raqamli texnologiyalar asosida shakllanayotgan yangi moliyaviy xizmatlar va an’anaviy banklar uchun kelajakda yuzaga keladigan imkoniyat hamda xatarlar tahlil qilingan. Shuningdek, raqamli bank xizmatlarining paydo bo‘lish sabablari, texnologik omillar, iste’molchilarning xulq-atvori hamda moliyaviy infratuzilmadagi transformatsiyani yoritib, bu o‘zgarishlarning an’anaviy banklarga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy oqibatlari atroflicha ko’rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi asosida raqamli to‘lov tizimlarining afzalliklari hamda mavjud muammolar bo‘yicha ilmiy xulosalar berilgan.O‘zbekiston Respublikasida raqamli moliya xizmatlarining so‘nggi yillarda jadal rivojlanishi va uning mamlakat iqtisodiyotiga ko‘rsatgan ta’siri bank tizimi, fintex kompaniyalari, davlat xizmatlari.
2026-01-21
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA” ASARIDA ONOMASTIK BIRLIKLAR TADQIQI
Mazkur tadqiqot Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asaridagi onomastik birliklarning lisoniy va lingvokulturologik xususiyatlarini tahlil qilishga qaratilgan. Asarda qo‘llanilgan toponimlar, antroponimlar va etnonimlar tarixiy-etimologik hamda semantik jihatdan o‘rganiladi. Tadqiqot davomida “Boburnoma” nafaqat tarixiy va adabiy manba, balki XVI asr o‘zbek onomastik tizimini aks ettiruvchi boy lisoniy xazina ekanligi asoslab beriladi.
2026-01-21
ПСИХОЭМОЦИОНАЛЬНЫЕ ФАКТОРЫ И ИХ РОЛЬ В РАЗВИТИИ НАРУШЕНИЙ МЕНСТРУАЛЬНОГО ЦИКЛА У ДЕВОЧЕК-ПОДРОСТКОВ
Нарушения менструального цикла (НМЦ) у девочек-подростков занимают одно из ведущих мест в структуре гинекологической патологии пубертатного периода. Формирование репродуктивной системы в подростковом возрасте происходит на фоне функциональной незрелости гипоталамо-гипофизарно-яичниковой оси, что делает менструальный цикл особенно чувствительным к воздействию внешних и внутренних факторов. В последние годы особое внимание уделяется влиянию психоэмоциональных нагрузок, включая хронический стресс, тревожные и депрессивные состояния, которые способны нарушать нейроэндокринную регуляцию и приводить к функциональным расстройствам менструальной функции. Современные подростки подвергаются значительным психоэмоциональным воздействиям, связанным с учебной нагрузкой, социальным давлением, семейными конфликтами и цифровой средой, что повышает риск развития НМЦ. Несмотря на это, психоэмоциональные факторы нередко недооцениваются при диагностике и лечении менструальных расстройств, что определяет актуальность данной проблемы.
2026-01-21
MILLIY IQTISODIYOTDA ELEKTOR ENERGIYA KOMPANIYALARDA INVESTITSIYA VA INNOVATSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LLARI
Milliy iqtisodiyot rivojida elektr energetika kompaniyalarining o‘rni hamda ushbu sohada investitsiya va innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida elektr energetika tarmog‘ining hozirgi holati tahlil qilinib, investitsiya oqimlari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari aniqlangan. Shu bilan birga elektr energetika sohasida innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari Gollandiya va Hindiston tajribasi asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda ushbu mamlakatlarda innovatsion tizimning shakllanishi, davlat va xususiy sektor hamkorligi, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda texnologik startaplarning energetika sohasidagi roli o‘rganilgan. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, raqamli boshqaruv va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion yechimlarning iqtisodiy samaradorligi asoslab berilgan.
2026-01-22
FEATURES OF PHRASEOLOGISMS IN ENGLISH AND UZBEK, WHICH REPRESENT THE HUMAN PSYCHE
Representing the human psyche in English and Uzbek the specific peculiarities of phraseologisms have been considered.
2026-01-22
XALQARO BAHOLASH DASTURLARI MOHIYATI VA AHAMIYATI
Mazkur tezisda xalqaro baholash dastur talablari va ta’lim tizimiga joriy etish tamoyillari haqida so‘z yuritish bilan birga, PISA, PIRLS xalqaro baholash dasturlarining muhim belgilari xorijiy olimlar fikrlariga, ilmiy-tadqiqot ishlariga tayangan holda ochib berilgan.
2026-01-22
INGLIZ TILINI O’QITISHDA YUQORI SINF O’QUVCHILARINING NUTQ KO’NIKMALARINI DLT TEXNOLOGIYASI ORQALI RIVOJLANTIRISH
Mazkur tezis ingliz tilini o’qitish jarayonida yuqori sinf o’quvchilarining produktiv nutq ko’nikmalarini raqamli ta’lim texnologiyalari (DLT) asosida adaptiv rivojlantirish masalasiga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda DLT texnologiyalari an’anaviy yordamchi vosita sifatida emas, balki o’quvchilarning individual nutqiy ehtiyojlariga moslashuvchi raqamli nutq muhiti sifatida talqin etiladi. Adaptiv topshiriqlar, real vaqt rejimidagi teskari aloqa va autentik raqamli resurslar orqali o’quvchilarning gapirish va yozish ko’nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Tezisda DLT asosidagi yondashuv yuqori sinf o’quvchilarining mustaqil fikrlashi, nutqiy aniqligi va kommunikativ faolligini oshirishga xizmat qiluvchi samarali ta’lim modeli ekanligi asoslab beriladi.
2026-01-22
HUDUDIY INVESTITSIYA JARAYONLARINI BOSHQARISH SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI CHEKLOVLAR
Mazkur maqolada hududiy investitsiya jarayonlarini boshqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy cheklovlar tizimli yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda hududlar kesimida investitsiya oqimlarining notekis taqsimlanishi, institutsional nomuvofiqlik, boshqaruv vakolatlarining markazlashuvi, axborot assimetriyasi hamda strategik rejalashtirishning yetarli darajada rivojlanmaganligi asosiy muammo sifatida aniqlanadi. Ushbu cheklovlarning hududiy iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga, investitsiya jozibadorligiga va resurslardan foydalanish samaradorligiga ta’siri mantiqiy va sabab–oqibat bog‘liqligi asosida yoritib beriladi.
2026-01-22
OG‘IZ BO‘SHLIG‘IDA KO‘P SHAKLLI EKSSUDATIV ERITEMANI KOMPLEKS DAVOLASH
Ushbu maqolada og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatida kechadigan ko‘p shaklli ekssudativ eritemani (KSEE) kompleks davolash usullari va ularning samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida kasallikning etiopatogenezi, klinik ko‘rinishlari hamda zamonaviy farmakologik vositalarni qo‘llash algoritmlari ko‘rib chiqilgan. Kompleks davolash sxemasiga gipoallergik parhez, desensibilizat-siyalovchi terapiya, mahalliy og‘riqsizlantiruvchi va epitelizatsiyani tezlashtiruvchi preparatlar kiritilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, kompleks yondashuv kasallikning o‘tkir davrini qisqartirish va retsidivlar sonini kamaytirishda yuqori samaradorlikka ega.
2026-01-23
TIL O‘QITISHDA “ILMIY SAVOL QO‘YISH” KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH MODELI
Mazkur maqolada til o‘qitish jarayonida talabalarda ilmiy savol qo‘yish kompetensiyasini shakllantirish muammosi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ilmiy savol qo‘yish kompetensiyasi mustaqil ilmiy kategoriya sifatida asoslanib, uning tarkibiy komponentlari aniqlanadi. Shuningdek, til o‘qitish jarayoniga moslashtirilgan ilmiy savol qo‘yish kompetensiyasini shakllantirish modeli ishlab chiqiladi va tajriba-sinov asosida uning samaradorligi isbotlanadi. Tadqiqot natijalari til o‘qitishda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
2026-01-23
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING IJODIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK SHART- SHAROITLAR
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi pedagogik shart-sharoitlar ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan yoritib berilgan. Tadqiqotda boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini shakllantirish, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularning shaxsiy qobiliyatlarini namoyon etishga xizmat qiluvchi omillar tahlil qilingan.Shuningdek, ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish, muammoli ta’lim texnologiyalarini joriy etish, o‘yin faoliyati, ijodiy topshiriqlar, loyihaviy ishlar va integratsiyalashgan darslarning o‘rni ochib berilgan. O‘qituvchining pedagogik mahorati, o‘quvchilarga individual yondashuv, qulay psixologik muhit yaratish hamda rag‘batlantirish tizimining ahamiyati alohida ta’kidlangan.
2026-01-26
XX ASR VOQELIKLARI KONTEKSTIDA SYUJET EVOLYUTSIYASI VA BADIIY TAFAKKUR TRANSFORMATSIYASI
Mazkur tadqiqot XX asrda yuz bergan global ijtimoiy-siyosiy jarayonlar fonida roman syujetining evolyutsiyasi hamda badiiy tafakkurning transformatsiyasini tahlil etishga bag‘ishlanadi. Xususan, o‘zbek va ingliz adabiyoti vakillari Ulug‘bek Hamdam hamda Somerset Moemning romanlari misolida syujet qurilishining modifikatsiyasi, uslubiy-shakliy izlanishlar sintezi hamda poetik yangilanish jarayonlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Tadqiqotda tarixiy voqeliklarning badiiy ifodaga ta’siri, inson tafakkuridagi inqirozli holatlarning syujet strukturasida aks etish xususiyatlari tahlil qilinadi. Natijada XX asr romanlarida syujet evolyutsiyasining ijtimoiy-siyosiy omillar bilan uzviy bog‘liqligi asoslab beriladi.
2026-01-26
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA FONETIK MASHQLAR TIZIMI
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonligini oshirishda fonetik mashqlarning o‘rni va ahamiyati ilmiy-pedagogik jihatdan yoritib berilgan. Fonetik mashqlar tizimi orqali o‘quvchilarda to‘g‘ri talaffuz, tovushlarni farqlash, o‘qish va yozish malakalarini shakllantirish masalalari tahlil qilingan.
2026-01-26
BOSHLANG‘ICH SINFARDA EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH ORQALI O‘QUVCHILARDA TABIATGA ONGLI MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISH
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari, metodlari va amaliy yo‘llari yoritib berilgan. O‘quvchilarda tabiatga ongli munosabatni shakllantirishga qaratilgan dars va mashg‘ulotlar, shuningdek, ekologik o‘yinlar va amaliy faoliyatning ahamiyati tahlil qilingan. Ushbu maqola boshlang‘ich ta’lim jarayonida ekologik madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha samarali metodikalarni aniqlashga qaratilgan.
2026-01-26
TA’LIM JARAYONIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING HOZIRGI VA O‘TGAN ZAMONNI FARQLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga fe’lning hozirgi va o‘tgan zamon shakllarini farqlashni o‘rgatish masalalari yoritilgan. Boshlang‘ich ta’limda grammatik tushunchalarni shakllantirishda yosh xususiyatlarini hisobga olish, ko‘rgazmalilik, amaliy mashqlar va interfaol usullardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, hozirgi va o‘tgan zamonlarni farqlashga oid mashqlar tizimi, ularning ta’limiy va tarbiyaviy imkoniyatlari ochib berilgan.
2026-01-26
INGLIZ TILIDA GAPIRISH KO'NIKMASINI OSHIRISH
Juda ko'p ingliz tili oʻrganuvchilar duch keladigan asosiy muammolardan biri bu ingliz tilida dadil gapira olmaslik.Bunga sabab amaliyot yetishmasligi, oʻziga boʻlgan ishonchning pastligi va muntazam mashgʻulotning yoʻqligidir.Tasavvur qiling, siz ingliz tilini 3 yildan beri oʻrganyapsiz, ammo ingliz tili ona tili bo‘lgan uch yoshli bola sizdan bemalolroq gapiradi. Bu — tabiiy hol. Chunki til bilish faqat grammatika va so‘z yodlash emas, eng avvalo, amaliy muloqot hisoblanadi.Ushbu maqolada aynan speaking — ya’ni gapirish ko'nikmasini qanday rivojlantirish haqida tavsiyalar keltirilgan
2026-01-26
UY XO‘JALIK XARAJATLARINI OPTIMALLASHTITISH ORQALI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQISH
Maqolada uy xo‘jalik xarajatlarini optimallashtirish orqali kambag‘allikdan chiqish masalasi ko‘rib chiqiladi. Oila byudjetini tuzish, keraksiz xarajatlarni qisqartirish, tejamkorlikni joriy etish va qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada uy xo‘jalik xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, jadval va misollar orqali oilaning moliyaviy barqarorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
2026-01-26
РОЛЬ ИСХОДНОГО ИНДЕКСА МАССЫ ТЕЛА И ПИЩЕВОДНО-ЖЕЛУДОЧНОГО ЗОНДА НА ПОВТОРНЫЙ НАБОР МАССЫ ТЕЛА ПРИ ОЖИРЕНИИ
Повторный набор массы тела (ПНМТ) является одной из наиболее обсуждаемых проблем в бариатрической хирургии, особенно при длительном наблюдении пациентов (более 2–3 лет после вмешательства). Несмотря на высокую начальную эффективность бариатрических операций, данные литературы и собственные наблюдения показывают, что у части пациентов происходит постепенное увеличение массы тела, что нивелирует положительный метаболический и клинический эффект вмешательства. По данным различных авторов, частота ПНМТ варьирует от 15% до 40% через 5 лет после операции [1;2].
2026-01-26
ОПТИМИЗИРОВАННАЯ ХИРУРГИЧЕСКАЯ ТАКТИКА В ПРОФИЛАКТИКЕ ПОВТОРНОГО НАБОРА МАССЫ ТЕЛА В БАРИАТРИИ
В настоящее время ожирение II–IV степени является одной из наиболее значимых медико-социальных проблем, характеризующейся высокой распространённостью, тяжёлыми сопутствующими заболеваниями и снижением качества жизни пациентов. Бариатрическая хирургия остаётся наиболее эффективным методом лечения ожирения, однако в отдалённые сроки у части больных отмечается повторный набор массы тела (ПНМТ), что снижает долгосрочные результаты оперативного вмешательства. Это определяет необходимость выявления факторов риска ПНМТ и индивидуализации хирургической тактики [1;2;3].
2026-01-26
DISKURS TUSHUNCHASI VA MULOQOT DISKURSINING ILMIY-NAZARIY TASNIFI
Ushbu maqolada diskurs va uning muloqot vositasi sifatidagi o‘rni o‘zbek tili kontekstida ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqot zamonaviy tilshunoslikda diskurs tushunchasining keng talqiniga asoslanib, tilning ijtimoiy, madaniy va siyosiy jarayonlarni shakllantirish hamda aks ettirishdagi rolini yoritishga qaratilgan. Diskurs til birliklarining oddiy yig‘indisi sifatida emas, balki muayyan tarixiy, ijtimoiy va ideologik kontekstda yuzaga keladigan murakkab kommunikativ hodisa sifatida qaraladi.
2026-01-26
YOSHLAR BANDLIGINI BOSHQARISH TIZIMINI SHAKLLANTIRISHDA TIZIMLI YONDASHUV
Yoshlar bandligini taʼminlash zamonaviy davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, uning samaradorligi nafaqat iqtisodiy koʻrsatkichlarga, balki ijtimoiy barqarorlik, ijtimoiy integratsiya va inson kapitalini rivojlantirish darajasiga ham bogʻliq (Becker, 1993; Heckman, 2006). Anʼanaviy yondashuvlar koʻpincha bandlikni alohida chora-tadbirlar va dasturlar majmui sifatida koʻrib chiqadi; biroq amaliyot koʻrsatadiki, bunday parchalanish mehnat bozorining yoshlar segmentida kutilgan natijalarga erishishni qiyinlashtiradi. Shu munosabat bilan tizimli yondashuv — bandlikni boshqarish jarayonlarini, institutsional munosabatlarni, normativ asoslarni va operatsion instrumentlarni bir butun sifatida koʻrishga imkon beruvchi metodologik asos — muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi (OECD, 2020; ILO, 2020).
2026-01-26
QURILISH MATERIALLARI SANOATI KORXONALARIDA INVESTITSIYALARNI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH VA IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH
Mazkur tezisda qurilish materiallari sanoati korxonalarida investitsiyalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish hamda ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri masalalari yoritilgan. Modernizatsiya sharoitida investitsiya jarayonlarini samarali tashkil etish, xorijiy tajribalarni joriy etish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari asoslab berilgan.
2026-01-26
