«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2026-02-28

THE CONCEPT AND HISTORY OF BIBLIOTHERAPY IN PSYCHOLOGY

This research discusses the theoretical foundations of bibliotherapy in psychology, its historical stages of development, and its practical applications. It also substantiates the theory behind psychological research aimed at increasing the effectiveness of bibliotherapy within psychological mechanisms. The study scientifically analyzes data on individual and group forms of bibliotherapy, the specific aspects of working with children, adolescents, adults, and the elderly, as well as its role in the education system and clinical practice. Based on the research results, bibliotherapy proves to be an effective psychological tool for enhancing an individual's emotional stability, self-awareness, and socio-psychological adaptability.

Aziza Turemuratova, Raushan Kalmurzaeva

4-8

2026-02-27

DEVELOPING INTERCULTURAL COMMUNICATIVE COMPETENCE THROUGH PROJECT-BASED LEARNING

Ushbu maqola talabalarda madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyani (ICC) rivojlantirishda loyihaga asoslangan ta'lim (PBL) samaradorligini o'rganadi. Asosiy e'tibor talabalarni real madaniyatlararo muloqotni talab qiladigan hamkorlikdagi loyihalarga jalb qilish orqali lingvistik ko'nikmalarni madaniy bilim va munosabatlar bilan birlashtirishga qaratilgan. Tadqiqot metodologiyasi sifat va miqdoriy usullarni o'z ichiga oladi.

Mansur Rakhimov

9-13

2026-02-28

BOLALAR MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA XALQ CHOLG‘ULARIDA IJROCHILIK KOMPETENSIYASINI OSHIRISH

Bolalar musiqa va san’at maktablarida xalq cholg‘ulari yo‘nalishi o‘quvchining ijrochilik mahoratini shakllantirish bilan birga, milliy madaniy xotira, estetik did, sahna madaniyati va ijtimoiy-kommunikativ ko‘nikmalarni ham tarbiyalaydi. Ushbu ta’lim turi uzluksiz ta’lim tizimida majburiy bo‘lmagan qo‘shimcha ta’lim sifatida belgilanganligi, maktablarning vazifasi faqat “cholg‘uni chalishni o‘rgatish” emas, balki iqtidorni aniqlash, rivojlantirish va ijodiy o‘sish uchun shart-sharoit yaratish ekanini anglatadi [1]. Tezisda xalq cholg‘ularida ijrochilik kompetensiyasini oshirishning konseptual modeli taklif qilinadi: texnik kompetensiya, musiqiy savodxonlik, interpretatsion tafakkur, ansambl va jo‘rnavozlik, sahna-psixologik barqarorlik, o‘z-o‘zini boshqarib mashq qilish, raqamli refleksiya hamda milliy an’ana va uslubni anglash kompetensiyalari bir tizimda yoritiladi.

Sharipov Sherzod Maqsudovich

14-17

2026-02-28

TAFAKKUR FENOMENINING FALSAFIY-GNOSEOLOGIK ASOSLARI

Mazkur tezisda tafakkur fenomenining falsafiy-gnoseologik asoslari tarixiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Antik davr mutafakkirlari Suqrot va Aristotel, Sharq allomalari Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sino, shuningdek turkiy mutafakkir Yusuf Xos Hojibning tafakkurga doir qarashlari qiyosiy o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, tafakkur rivoji bosqichma-bosqich xarakterga ega bo'lib, uning asosini mantiqiy dalillash va refleksiya tashkil etadi. Ushbu tarixiy meros zamonaviy pedagogikada tanqidiy va ijodiy tafakkurni shakllantirishning nazariy-metodologik asosi sifatida xizmat qiladi.

Esemuratov Abdimurat Esemuratovich, Ataxanova Gulnar Orinbaevna

18-19

2026-02-28

18-44 YOSHLI QISHLOQ AHOLISIDA ASOSIY YUQUMSIZ KASALLIKLAR EPIDEMIOLOGIYASI VA XAVFINING ERKAK VA AYOLLARDA TAVSIFI

Birlashgan Millatlar Tashkiloti sammitida (2015 y) 150 dan ortiq davolash yo‘lboshchilari ishtiroki bilan kelgusi 15 yil davomida birday rivojlanishga olib boruvchi 17 ta ambitsiozli maqsadlar e’lon qilingan va qabul etilgan. Ular orasida eng ahamiyatlisi «Butun umr davomida sog‘lom xayotni va ijtimoiy muvoffaqiyatni ta’minlash» deb nomlangan uchinchi maqsadni aloxida ajratish mumkin bo‘ladi. Bu maqsadga erishish dunyoda “sog‘lomlarni” sonini ko‘paytirishga erishishni ta’minlab beradi va/yoki umuman jami plonetananing axolisini xayotini yaxshilashga olib kelishi mumkin bo‘lgan sharoitlarni tuhdirib berish imkoniyatlari ortadi.

Sapioxunova X.M., Mamasaliev N.S., Mamasaliev Z.N., Usmonov B.U., Mamasolieva Sh.A.

20-23

2026-02-28

KICHIK BIZNESDA MEHNAT SALOHIYATINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada kichik biznes subyektlarida mehnat salohiyatining o‘ziga xos jihatlari, uning tarkibiy elementlari va samaradorlikka ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi kichik biznes sharoitida inson kapitalidan foydalanish xususiyatlarini aniqlash va ularning iqtisodiy natijalarga ta’sirini baholashdan iborat. Tadqiqot jarayonida tahliliy, qiyosiy va tizimli yondashuv usullaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kichik biznesda mehnat salohiyati universallik, moslashuvchanlik va innovatsion faollik bilan tavsiflanadi. Xulosa qismida mehnat salohiyatini rivojlantirish kichik biznes barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim omil ekani asoslab berildi.

Xolmirzayev Ikromjon Odiljon oʻgʻli

24-26

2026-02-28

O‘TKIR XOSHIMOVNING "DUNYONNG ISHLARI" ROMANI INGLIZCHA TARJIMASIDA O‘ZBEK MILLIY MENTALITETINING AKS ETISHI

Ushbu maqola O‘tkir Xoshimovning Dunyoning ishlari romani (1982) va uning ingliz tiliga tarjimasi orqali o‘zbek milliy mentaliteti elementlarini tadqiq qiladi. Asarda o‘zbek oilaviy qadriyatlari, mahalla hayoti, ona tasviri, til va frazeologik birliklar kabi o‘ziga xos milliy jihatlar ingliz tiliga tarjimada qanday aks ettirilgani tahlil qilinadi. Ish romanda aks etgan madaniy xususiyatlarni ingliz tiliga tarjimada saqlash muammolari, etnik va lingvistik tafovutlar, shuningdek, tarjima strategiyalari nuqtai nazaridan baholanadi.

Nazarova Dildora Ilhomjon qizi

27-31

2026-02-28

KIBERBULLING VA DOKSING: RAQAMLI MAKONDA SHAXS XAVFSIZLIGIGA TAHDIDLAR

Kiberbulling va doksing hodisalari raqamli makonda shaxs xavfsizligiga tahdid soluvchi zamonaviy zo‘ravonlik shakllari sifatida tahlil qilingan. Mazkur maqolada kiberbullingning psixologik va ijtimoiy oqibatlari hamda doksingning shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligiga ta’siri yoritilgan. O‘zbekiston sharoitida mazkur muammolarning huquqiy jihatlari milliy qonunchilik asosida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, raqamli makonda shaxsni himoya qilish va kiberzo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralar ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari kiberbulling va doksingning jamiyat hamda shaxs xavfsizligiga salbiy ta’sirini kamaytirishda raqamli madaniyat va huquqiy savodxonlik muhim omil ekanini ko‘rsatadi.

Sherqulov Sanjar Alisherovich, Isaqov Abror Faxriddinovich

32-35

2026-02-28

PREKLAMPSIYANI ERTA TASHXISLASH VA OLDINI OLISH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA ILMIY TADQIQOT NATIJALARI

Ushbu maqola homiladorlik davridagi eng xavfli asoratlardan biri bo‘lgan preeklampsiyani (PE) I trimestrda barvaqt tashxislash va samarali profilaktika qilishning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan. Ushbu maqolada preklampsiyaga olib keluvchi xavf omillarini aniqlash, ularni bartaraf etishning zamonaviy yondashuvlari va profilaktika usullari muhokama qilinadi. Maqolada preklampsiyaning asosiy xavf omillari, shuningdek, zamonaviy tibbiyotda qo‘llaniladigan diagnostik va terapevtik usullar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda statistik ma’lumotlar va xalqaro tadqiqotlar natijalari tahlil qilinadi. Preeklampsiya bilan bog‘liq xavflarni bartaraf etish uchun multidissipliner yondashuvlar, shuningdek, profilaktik choratadbirlar va zamonaviy tibbiy yondashuvlar muhim o‘rin tutadi. Bu maqola preeklampsiyani erta aniqlash va davolashga qaratilgan yangi strategiyalarni ishlab chiqishda va homilador ayollar uchun xavfning oldini olishda asosiy manba bo‘lishi mumkin.

Umarova Yulduzxon Quyoshjon qizi

36-38

2026-02-28

METALL VA YARIMO‘TKAZGICH MONOKRISTALLARIDA ELEKTR QARSHILIGI ANIZOTROPIYASINI EKSPERIMENTAL O‘LCHASH VA KOMPYUTER MODELLASHTIRISH METODLARI: ZAMONAVIY YONDOSHUVLAR VA ISTIQBOLLAR

Maqola fizika mutaxassisliklari bo’yicha metall va yarimo’tkazgich monokristallarida elektr qarshiligi anizotropiyasini eksperimental tadqiq etish va kompyuterda modellashtirish mexanizmlari haqida

Toshpo‘latov Og‘abek Ulug‘bek o‘g‘li

39-41

2026-02-28

MAQOL-TEZ AYTISHLARDA MOTIVATSION MEXANIZM VA JANRIY TRANSFORMATSIYA MASALALARI

Ushbu maqolada o‘zbek va rus xalq og‘zaki ijodidagi maqol-tez aytishlar fenomeni motivatsion mexanizm nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Xususan, maqollarning alliteratsiya va assonans asosida tez aytish vazifasini bajarishi, bunda til o‘yini, didaktik va gedonistik omillar uyg‘unligi natijasida yuzaga keladigan motivatsion mexanizm mohiyati ochib beriladi. Shuningdek, folklor mikrojanrlarining o‘zaro aloqadorligi va bir-biriga o‘tish jarayonlari ilmiy asosda yoritiladi.

Ayupova Xilola Azamatovna

44-46

2026-02-28

NATMEDLIB КАК ЯДРО НАЦИОНАЛЬНОЙ ИНФРАСТРУКТУРЫ ИНФОРМАЦИОННО-БИБЛИОТЕЧНОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ: ИНТЕГРАЦИЯ ГЛОБАЛЬНОГО ИНДЕКСА OPENALEX

В условиях ускоренной цифровой трансформации здравоохранения Республики Узбекистан платформа Natmedlib позиционируется как системообразующий элемент национальной инфраструктуры информационно-библиотечного обеспечения медицинской науки, образования и клинической практики. Платформа аккумулирует свыше 550 тысяч полнотекстовых документов по 118 тематическим разделам на узбекском, русском и английском языках, обеспечивая унифицированный доступ к национальным и международным ресурсам. Статья посвящена обоснованию стратегии интеграции открытого научного графа OpenAlex в экосистему Natmedlib. Интеграция реализуется как гибридная модель, где локальные полнотекстовые коллекции выступают «источником истины», а OpenAlex — надстройкой для обогащения метаданных, построения аналитического графа знаний и расширения обнаружимости национальной науки.

Эргашева Лола Раимовна

47-56

2026-02-28

МОРФОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ЛИМФАТИЧЕСКИХ ФОЛЛИКУЛОВ КИШЕЧНИКА В УСЛОВИЯХ ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНОЙ ДЕГИДРАТАЦИИ

Кишечник является одним из ключевых органов иммунной системы организма, поскольку содержит развитую систему лимфоидной ткани, объединённую в так называемую кишечную ассоциированную лимфоидную ткань (GALT). Основными структурными компонентами данной системы являются пейеровы бляшки и солитарные лимфатические фолликулы, которые обеспечивают формирование местного иммунного ответа и поддержание иммунного гомеостаза слизистой оболочки кишечника. Дегидратация организма сопровождается нарушением водно-электролитного баланса, развитием гемоконцентрации, микроциркуляторных расстройств и тканевой гипоксии.

Эламанова Эъзозхон Эламановна, Расулов Хамидулла Абдуллаевич

57-58

2026-02-28

ЖАМИЯТДА АЁЛЛАРНИНГ ЎРНИ: ТАРИХИЙ ТАҲЛИЛ ВА ЗАМОНАВИЙ ТЕНДЕНЦИЯЛАР

Мазкур мақолада жамият тараққиётида аёлларнинг ўрни тарихий ва замонавий нуқтаи назардан таҳлил қилинади. Аёлларнинг ижтимоий, сиёсий, иқтисодий ва маънавий ҳаётдаги иштироки, шунингдек, гендер тенгликни таъминлашга қаратилган халқаро ва миллий ҳуқуқий асослар ёритилади. Ўзбекистон Республикасида хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш бўйича амалга оширилаётган давлат сиёсати, қабул қилинган норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар ва амалий механизмлар таҳлил этилади. Шунингдек, Халқаро хотин-қизлар ва қизлар илм-фанда куни муносабати билан республикада ўтказилаётган тадбирлар давлат гендер сиёсатининг амалий ифодаси сифатида баҳоланади.

Amonova Umida Sharif qizi

59-62

2026-02-28

TREATMENT AND PREVENTION OF OPEN PRICKLES IN CHILDREN

An open bite is one of the most complex dentoalveolar anomalies that requires a comprehensive interdisciplinary approach to treatment. This work is devoted to the analysis of modern methods of treatment and prevention of open occlusion in children of different age groups. The study examines the etiopathogenetic factors of anomaly development, modern diagnostic approaches, and the effectiveness of various ortodontic and surgical treatment methods. Particular attention was paid to preventive measures and early detection of risk factors for the development of open prikus. The research results show that a comprehensive approach, including early diagnosis, elimination of harmful habits, orthodontic treatment, and, if necessary, surgical correction, is most effective. Timely prevention and early treatment can lead to stable results and avoid complex surgical interventions in older age.

Abdumalik Ismatov, Malika Ahrorova

63-65

2026-02-28

SURXON VOHASI MUSIQIY MEROSINING TARIXIY-MADANIY ILDIZLARI

Ushbu maqolada Surxon vohasining musiqiy merosi, uning shakllanish jarayoni va tarixiy-madaniy ildizlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Hududning qadimiy sivilizatsiyalar chorrahasi sifatida shakllanganligi, turli etnoslar, marosimlar va og‘zaki an’anaviy ijodning musiqiy madaniyat rivojiga ta’siri yoritiladi. Xususan, laparlari, terma va qo‘shiqlari, baxshichilik san’ati, doira va karnay-surnay ijrochiligi kabi milliy janrlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning semantik mazmuni hamda xalqning ijtimoiy-maishiy hayoti bilan uzviy bog‘liqligi tahlil etiladi.  

Jovliyeva Marjona Panji qizi

66-68

2026-02-28

INFORMATSION TIZIMLARDA RAQAMLI TASVIRLARNI EFFEKTIV QAYTA ISHLASHNING NAZARIY VA ALGORITMIK ASOSLARI

Ushbu maqolada zamonaviy informatsion tizimlarda raqamli tasvirlarni qayta ishlashning samaradorligini oshirish masalalari tadqiq etiladi. Maqolada tasvir sifatini yaxshilash, shovqinlarni filtrlash va segmentatsiya qilishning matematik modellari tahlil qilingan. Shuningdek, hisoblash resurslarini optimallashtirishda Furye va Veyvlet almashtirishlarining o‘rni hamda neyron tarmoqlarning qo‘llanilish istiqbollari yoritilgan. Tadqiqot natijalari tasvirlarni real vaqt rejimida yuqori aniqlikda tahlil qiluvchi tizimlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Quchqorov Azamat Ne’matjon o’g’li

69-70

2026-02-28

MADANIYAT MARKAZLARIDA INNOVATSION FAOLIYAT VA KREATIV MUHITNI SHAKLLANTIRISH

Mazkur maqolada madaniyat markazlarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish va kreativ muhitni shakllantirish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy jamiyat sharoitida madaniyat markazlari aholining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish hamda yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim ijtimoiy institut sifatida namoyon bo‘lishi asoslab berilgan.

J.M.Niyazbekov

71-74

2026-02-28

AKSELERATSIYA JARAYONI: ETIOLOGIK OMILLARI VA MORFOFUNKTSIONAL XUSUSIYATLARI

Mazkur ilmiy ishda akseleratsiya hodisasining biologik mohiyati, etiologik omillari va organizm tizimlariga ta’siri kompleks tahlil qilindi. Akseleratsiya bolalar va o‘smirlar ontogenezida o‘sish hamda jinsiy yetilish sur’atlarining tezlashuvi bilan tavsiflanadi. Tadqiqotlarda antropometrik ko‘rsatkichlarning oshishi, somatik va funksional tizimlar rivojlanishining jadallashuvi aniqlangan. Jarayonning kelib chiqishida genetik, endokrin, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik omillarning o‘zaro ta’siri muhim rol o‘ynaydi. Akseleratsiyaning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda organizm tizimlari o‘rtasida funksional nomutanosiblik yuzaga kelishi mumkinligi asoslab berildi.

Baxodirova Shirinoy Inomjonovna

42-43

2026-02-28