«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-03-07
Статьи
DO‘STLIK VA MUHABBATNI IFODALOVCHI ITALIYANCHA MAQOLLAR: ANTONIMIK KORRELATSIYALARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI
Mazkur maqolada do‘stlik va muhabbat mavzusidagi italiyancha maqollarning antonimik korrelatsiyalari leksik va semantik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ushbu maqollarning tarkibiy tuzilishi, mazmuniy qarama-qarshiligi va ularning lingvistik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, antonimik korrelatsiyalarning madaniy va konseptual jihatlari ham tahlil qilinib, italiyan tilidagi maqollarning do‘stlik va muhabbat haqidagi tasavvurlarga qanday ta’sir etishi ochib beriladi. Maqolada leksik-semantik xususiyatlarning tadqiqi orqali ushbu maqollarning ifoda imkoniyatlari va ularning o‘zbek tilidagi ekvivalentlari bilan bog‘liq muammolar ham muhokama qilinadi.
2025-03-06
РАСПРОСТРАНЕННОСТЬ МЕТАБОЛИЧЕСКОГО СИНДРОМА В НЕКОТОРЫХ РАЙОНАХ САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ
Оценить распространенность метаболического синдрома (МС) среди населения Самаркандской области, а также частоту ассоциированных клинических состояний среди больных артериальной гипертонией (АГ).
2025-03-06
THE ROLE OF NEUROPSYCHOLOGICAL ASSESSMENT IN ASD DIAGNOSIS AND INTERVENTION
Autism Spectrum Disorders (ASD) are characterized by cognitive, social, and motor impairments, yet standardized neuropsychological assessments are often underutilized in ASD diagnosis and treatment planning. Many children with ASD exhibit deficits in attention, executive functioning, speech processing, motor coordination, and memory, which significantly impact their learning and adaptive abilities. Identifying higher cortical function impairments in ASD can help refine therapeutic strategies, improving patients' cognitive and behavioral outcomes.
2025-03-06
O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TAʼLIMIDA INFORMATIKA FANIDAN DIDAKTIK MATERIALLAR
O‘rta maxsus kasb-hunar taʼlimida informatika fani bo‘yicha didaktik materiallar taʼlim jarayonining samaradorligini oshiradi. Ular o‘quvchilarga informatika asoslarini o‘rganishda yordam beradi, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiradi va o‘qituvchilarga darsni samarali tashkil etishda qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Didaktik materiallar, jumladan, darsliklar, testlar, interaktiv mashqlar va laboratoriya ishlari, o‘quvchilarni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtiradi va ularning kasbiy malakalarini oshiradi.
2025-03-10
SUNIY INTELEKTNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
Ushbu tizes “Sun'iy intelekt (SI) texnologiyasining afzalliklari va kamchiliklari” ni tahlil qilishga bag‘ishlanadi. Sun'iy intelektning afzalliklari orasida tezlik, samaradorlik va xatoliklarni kamaytirish kabi omillar muhim o‘rin tutadi. Bular, o‘z navbatida, turli sohalarda, jumladan, tibbiyot, moliya va sanoatda inqilobiy o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Biroq, SI ning rivojlanishi bilan birga, ba'zi kamchiliklar ham yuzaga kelmoqda, masalan ish o‘rinlarining kamayishi, axloqiy muammolar va xavf-xatarlar. Ushbu tizes, sun'iy intelektning jamiyatdagi roli, uning imkoniyatlari va xavflari o‘rtasidagi muvozanatni o‘rganishga qaratilgan.
2025-03-10
TARMOQ XAVFSIZLIGI VA UNING XIMOYALASH USULLARI
Tarmoq xavfsizligi axborot texnologiyalari sahnasida o‘zining ahamiyatini doimiy ravishda oshirib bormoqda. Ushbu maqolada tarmoq xavfsizligini ta'minlashning asosiy usullari, strategiyalari va motivlari keng yoritilgan. Tarmoq xavfsizligidagi asosiy tahdidlar, jumladan, viruslar, kiber hujumlar va ma'lumotlarni o‘g'irlash haqida ma'lumotlar keltiriladi. Himoyalash usullari doirasida xavfsizlik devorlari, VPN ulanishlari, antimalware dasturlari, shifrlash va autentifikatsiya texnikalari haqida batafsil tahlil o‘tkaziladi. Shuningdek, inson omilining xavfsizlikdagi roli, xususan, foydalanuvchilarning ongli xatti-harakatlari va o‘qitishning ahamiyati muhokama qilinadi.
2025-03-10
MATEMATIK MODELLASHTIRISH VA SUN’IY INTELLEKT
Matematik modellashtirish va sun'iy intellekt (SI) zamonaviy ilm-fan va texnologiyaning asosiy unsurlaridan biridir. Matematik modellashtirish yordamida tabiiy va ijtimoiy jarayonlar matematik ifodalarda aks ettiriladi, bu esa ularni tahlil qilish va prognozlash imkoniyatlarini yaratadi. Sun'iy intellekt esa, mashina o'qitish va chuqur o'qitish kabi texnologiyalar yordamida tizimlarga inson aqli o'xshash qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi.
2025-03-10
BULUTLI TEXNALOGIYALARAR: INNOVATSION RIVOJLANISH YO’NALISHI
Ushbu maqolada bulutli texnologiyalarning mohiyati, turlari, afzalliklari va qo‘llanilish sohalari tahlil qilingan. Zamonaviy raqamli muhitda bulutli texnologiyalar korxonalar, ta’lim muassasalari, tibbiyot sohasi va moliyaviy sektor uchun samarali yechim sifatida qaralmoqda. Maqolada IaaS, PaaS va SaaS kabi asosiy bulutli xizmatlar turlari haqida batafsil ma’lumot berilgan hamda ularning afzalliklari, jumladan, xarajatlarni optimallashtirish, moslashuvchanlik, xavfsizlik va resurslarning kengaytirilishi kabi jihatlar yoritilgan.
2025-03-10
KOOPERATSION QARORLAR TUSHUNCHASI VA AFZALLIKLARI
Bugungi kunda korxona boshqaruvini samarali yo‘lga qo‘yishda va koollektivda do‘stona muhitni yaratishda kooperatsion qarorlar juda muhim. Bundan tashqari vazifalar samarali va natijador bo‘lishi uchun har bir korxona rahbari kooperatsion qarorlar qabul qilishni yo‘lga qo‘ya olsa shundagina bizning yurtimizdagi barcha sohada ko‘zlagan maqsadlarimizga erisha olishimiz mumkin.
2025-03-10
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INKLYUZIV TA’LIM BERISH JARAYONIDA UZVIYLIKNI TA’MINLASH
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida inklyuziv ta’limni joriy etish jarayonida uzviylikni ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Avvalo, inklyuziv ta’lim va uzviylik tushunchalariga izoh berilib, ularning bir-biriga bog‘liq jihatlari bayon etiladi. Shuningdek, matematik tushunchalarni bosqichma-bosqich shakllantirish, o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olish hamda diferensiatsiya, baholash va monitoring jarayonlariga alohida e’tibor qaratish lozimligi asoslab beriladi. Maqolada turli uslubdagi dars metodikalari, ko‘rgazmali qurollar va interaktiv texnologiyalardan foydalanish orqali hammasi uchun qulay bo‘lgan ta’lim muhitini barpo etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi. Yakunda, inklyuziv ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf matematika darslari sifatini oshirish va o‘quvchilarni ijtimoiy jihatdan uyg‘un rivojlantirishda uzviylikni ta’minlashning ahamiyati xulosa sifatida bayon etiladi.
2025-03-10
BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INKLYUZIV TA'LIM BERISH JARAYONIDA ALGEBRAIK MATERIALLARNI O'RGATISHDA METODIKASI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida inklyuziv ta’lim berish jarayonida algebraik materiallarni o‘rgatish metodikasining nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Dastlab, inklyuziv ta’lim va uning boshlang‘ich sinflarda matematika fani, xususan, algebraik ifodalar bilan tanishishdagi ahamiyati ta’riflanadi. Shundan so‘ng, har bir o‘quvchining individual ehtiyojlariga moslangan differensiatsiyalashgan yondashuv, ko‘rgazmali vositalar, interaktiv texnologiyalar, kichik guruhlar bilan ishlash hamda formativ baholash usullarini uyg‘un qo‘llash tajribasi tahlil qilinadi. Shuningdek, turli ehtiyoj va imkoniyatlarga ega bolalarni samarali o‘qitish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan metodik strategiyalar va dars mazmunini moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Xulosa sifatida, inklyuziv muhitda boshlang‘ich sinf algebra darslarini tashkil etish orqali o‘quvchilarda mustahkam bilim, ijtimoiy-kooperativ ko‘nikmalar va ijodiy fikrlash malakalarini shakllantirish mumkinligi asoslab ko‘rsatiladi.
2025-03-10
АXBОRОTLАSHGАN MUHITDА BО'LАJАK О'QITUVCHILАRNING MАNTIQIY TАFАKKURINI RIVОJLАNTIRISH USULLАRINI TАKОMILLАSHTIRISH MОDЕLI
Rаqаmli аsrdа аxbоrоt tеxnоlоgiyаlаrining о'qituvchilаr tа'limigа intеgrаtsiyаlаshuvi mаntiqiy fikrlаshni kuchаytirish uchun yаngi imkоniyаtlаr оchdi. Ushbu mаqоlа аxbоrоtgа bоy muhitdа bо'lаjаk о'qituvchilаrdа mаntiqiy fikrlаshni rivоjlаntirish usullаrini tаkоmillаshtirishning kеng qаmrоvli mоdеlini tаklif qilаdi. Rаqаmli vоsitаlаr, hаmkоrlik plаtfоrmаlаri vа mа'lumоtlаrgа аsоslаngаn pеdаgоgik strаtеgiyаlаrdаn fоydаlаnish оrqаli mоdеl zаmоnаviy о'qituvchilаr uchun zаrur bо'lgаn tаhliliy vа muаmmоlаrni hаl qilish kо'nikmаlаrini rivоjlаntirishgа qаrаtilgаn. Mоdеlning аsоsiy tаrkibiy qismlаrigа tuzilgаn dаsturlаsh vаzifаlаri, intеrfаоl simulyаtsiyаlаr vа mоslаshuvchаn tа'lim tizimlаri kirаdi. Mаqоlаdа, shuningdеk, qiyinchiliklаr vа аmаlgа оshirish strаtеgiyаlаri kо'rib chiqilаdi. Tоpilmаlаr shuni kо'rsаtаdiki, ushbu mоdеlni qаbul qilish о'qituvchi nоmzоdlаridа kоgnitiv mоslаshuvchаnlikni, tаnqidiy fikrlаshni vа murаkkаb tа'lim muаmmоlаrini hаl qilishgа tаyyоrligini оshirishgа оlib kеlаdi.
2025-03-10
РАЗРАБОТКА НАПРАВЛЕНИЙ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ТРАНСПОРТНОЙ СТРАТЕГИИ
В данной статье рассмотрена разработка направлений совершенствования транспортной стратегии. Транспортная система является материальной базой общественного разделения труда и осуществляет различного рода связи между производством и потреблением.
2025-03-10
УНДИРУВЧИНИ КЎЧИРИБ КИРИТИШ. ИЖРО ҲАРАКАТЛАРИНИ АМАЛГА ОШИРИШДАГИ МУАММОЛАР ҲАМДА ТАКЛИФЛАР
Барчамизга маълумки, ҳозирги кунда оилавий низоларнинг тури сифатида уй-жой билан боғлиқ муаммоларнинг вужудга келиши жуда кўп учрайдиган ҳолатлардан биридир. Масалан, никоҳнинг тугатилиши, хотиннинг уйдан чиқиб кетиши ва келгусида яшаш хонадон мавжуд эмаслиги сабабли яна уйга кириш ҳақидаги даъво талаби билан судга ариза билан мурожаат қилиши одатий ҳоллардан бирига айланиб бормоқда. Уй-жой мулкдори бўлган эр (хотин), қайнона-қайноталар томонидан уйдан фойдаланиш ҳуқуқни йўқотган деб топиш ҳақидаги даъво аризалари салмоғи ҳам сезиларли даражада ортиб бормоқда.
2025-03-10
FARG‘ONA VILOYATI TUPROQLARINING O‘RGANILISH TARIXI
Fargʻona vodiysi Oʻzbekistonning eng muhim qishloq xoʻjalik mintaqalaridan biri boʻlib, uning tuproqlari qadim zamonlardan buyon iqtisodiy va ekologik ahamiyatga ega boʻlib kelgan. Sugʻoriladigan yerlarda paxta, gʻalla va boshqa qishloq xoʻjalik ekinlarini yetishtirish ushbu hududning agrar rivojlanishida asosiy oʻrinni egallaydi. Tuproq unumdorligini aniqlash va yaxshilash boʻyicha olib borilgan izlanishlar nafaqat qishloq xoʻjaligi mahsuldorligini oshirish, balki ekologik barqarorlikni taʼminlash uchun ham muhimdir.Fargʻona viloyati tuproqlari tarixan turli davrlarda oʻrganilib, ulardan samarali foydalanish uchun ilmiy asoslar ishlab chiqilgan. Dastlabki tadqiqotlar Rossiya imperiyasi davrida boshlanib, Sovet Ittifoqi davrida esa keng koʻlamli melioratsiya va shoʻrlanishni bartaraf etishga qaratilgan ishlanmalar olib borildi. Mustaqillik yillarida esa tuproq resurslarining ekologik va iqtisodiy ahamiyati, shuningdek, iqlim oʻzgarishlari sharoitida ulardan foydalanish masalalari alohida eʼtibor qozondi.Mazkur maqolada Fargʻona viloyati tuproqlarining oʻrganilish tarixi, tadqiqot yoʻnalishlari va ularning hudud qishloq xoʻjaligiga taʼsiri tahlil qilinadi. Ushbu izlanishlarning natijalari nafaqat ilmiy qiymatga ega, balki hududning iqtisodiy va ekologik barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.
2025-03-10
E’TIQODNING NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada e’tiqod har bir shaxsda mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan dunyoqarashning bir ko‘rinishi bo‘lib, shaxs, jamiyat tomonidan muayyan g‘oya, inson va dinlarga chin dildan ishonish, ergashish, sodiq va vafodor bo‘lishi kerakligi falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Ayniqsa, e’tiqod o‘z burchini anglagan, qattiq ishonch va mustahkam irodaga ega bo‘lgan, har qanday vaziyatlarda ham sadoqatli bo‘la olgan, vijdonini unutmagan insonlarda mustahkam bo‘lishi, e’tiqodsiz kishi ju’ratsiz, o‘z so‘zida qattiq turmaydigan, har xil kuch va ta’sirga beriluvchan, bugun bir narsaga, ertasiga ikkinchi bir narsaga intiluvchan bo‘lishi turli fakt va argumentlarga tayangan holda asoslab berilgan.
2025-03-11
INGLIZ MADANIYATIDA "OILA" KONSEPTI VA UNING LINGVOKULTURAVIY XUSUSIYATLARI
Ushbu maqola ingliz madaniyatidagi "oila" konseptining lingvokulturaviy xususiyatlarini o‘rganadi. Tadqiqotda ushbu konseptning lingvistik va madaniy jihatlari nazariy tahlil qilinadi. Maqsad — ingliz tilida "oila" konseptining asosiy madaniy tarkibiy qismlarini aniqlash, chunki bu ingliz tilini chet tili sifatida o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari oilaning ingliz madaniyatida qanday talqin etilishini yoritib beradi.
2025-03-11
IJODKOR USLUBI – BADIIY OBRAZ TASVIRINING ASOSI SIFATIDA
Ushbu ilmiy maqolada badiiy adabiyotning obraz tushunchasi, hamda uning shaxsning individual belgilarida namoyon bo'lishi ilmiy tahlil etilgan.
2025-03-11
RESEARCH ON THE EFFICIENCY OF THE DOMESTIC LINTERS WORKING CHAMBER
The results of scientific and practical work on improving the working parts that affect the linting process of grain in local linters were studied. Increasing the volume of the working chamber, which is the main working part, and, accordingly, increasing the diameter of the mixer in the chamber, did not significantly increase the linter's productivity, but on the contrary, due to the increase in the mass of the roller, the speed of the grain roller decreased, which resulted in an increase in the roller density, and a decrease in the quality of the produced grain and fluff.
2025-03-12
SUBSTANTIATION OF THE MAIN DESIGN PARAMETERS DISMEMBRATOR PLATE FOR OBTAINING SUSCEPTIBLE GRAPES IN A LABORATORY INSTALLATION
The article substantiates theoretical and experimental research, studied some parameters of energy and resource-saving device with small size for drying grapes, proposed for preparation of dried grapes.
2025-03-12
ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОНДА МАКТАБДАН ТАШҚАРИ ТАЪЛИМ ТИЗИМИ АСОСЛАРИНИНГ ТАКОМИЛЛАШТИРИЛИШИ
Мактабдан ташқари таълим муассасалари болаларнинг ижодий фаолиятини ривожлантирувчи, эркин фаоллигини таъминловчи, билимларни кўникмага айланишида етарлича комфорт муҳитни бера оладиган маскандир.
2025-03-13
IJTIMOIY TARMOQLARDAGI AXBOROTLARNI IDROK ETISH BORASIDA KOGNITIV YONDASHUVLAR TAHLILI
Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni o‘rganishda kognitiv yo‘nalishlarning o‘ziga xosligi va ularning foydalanuvchilar tomonidan axborotni qabul qilish va qayta ishlash jarayoniga ta'siri tahlil qilingan. Maqolada kognitiv yo'nalishlarning asosiy turlari, ularning salbiy oqibatlari va ta'sirini kamaytirish usullari ko'rib chiqilgan.
2025-03-13
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI KONSTRUKSIYALASH VA MODELLASHTIRISH KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini konstruksiyalash va modellashtirish kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, konstruksiyalash asoslari va modellashtirish turlari hamda ushbu yangilik mamlakatimiz ta’lim tizimiga qanchalik rivojlanish berishi mumkinligi haqida fikr yuritilgan.
2025-03-14
EKOLOGIK MADANIYATNING MA’NAVIY MADANIYAT TIZIMIDAGI O’RNI
Ushbu maqolada yoshlarda zamonaviy ekologik madaniyatni shakllantirish muammosi muhokama qilinadi. Ekologik madaniyatning mohiyati, xususiyatlari uni yoshlar o'rtasida rivojlantirish, shuningdek, yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish bo'yicha amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar ta 'kidlab o 'tiladi.
2025-03-17
IQTISODIY TIZIMNING TIZIMINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH VA SHAKLLANTIRISH ISLOHATLARI
Ushbu maqolada mintaqa iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solinishi uning tamoyillari, takomillashtirish usullari va mexanizmlari o’rganilgan.
2025-03-17
ҚАРАҚАЛПАҚСТАНДАҒЫ ТҮРКМЕНЛЕРДИҢ СӨЙЛЕСИÝ ТИЛИНЕ (ӨЗБЕК, ҚАРАҚАЛПАҚ) ТИЛЛЕРИНИҢ ӨЗ-АРА ТӘСИРИ
Мақалада автор Қарақалпақстанда жасаўшы қарақалпақ, өзбек, түркмен сөйлесиў тилиниң өз-ара тәсири, соның нәтийжесинде олардың сөйлеў тилиниң лексикалық, фонетикалық, морфологиялық өзгерислерге тәсири.
2025-03-17
DIFFERENSIAL VA INDIVIDUAL YONDASHUVLAR ASOSIDA INGLIZ TILINI O‘QITISH
Mazkur tezisda ingliz tilini o‘qitishda differensial va individual yondashuvlardan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Har bir o‘quvchining o‘ziga xos qobiliyatlari, bilim darajasi, o‘rganish uslubi va psixologik xususiyatlariga asoslangan holda ta’lim jarayonini tashkil etish zamonaviy pedagogik yondashuvlardan biri sifatida qaraladi. Tezisda differensial va individual yondashuvlarning ta’lim jarayonidagi samaradorligi, o‘quvchilarning ingliz tilini o‘zlashtirishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirishdagi roli, shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan integratsiyalashuvi haqida so‘z boradi.
2025-03-17
JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARGA DAVLAT XIZMATLARIDAN FOYDALANISHDA YANADA QULAY SHAROITLAR YARATISH
So‘nggi yillarda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilinib, ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2025-03-17
ADDRESSING THE NEEDS OF DIVERSE LEARNERS IN EFL: STRATEGIES FOR DIFFERENTIATION AND INCLUSION
This study investigates strategies for differentiation and inclusion designed to address the varied learning needs of students in English as a Foreign Language (EFL) classrooms. Recognizing that EFL learners represent a spectrum of linguistic proficiency, cultural backgrounds, learning styles, and educational experiences, this research explores the challenges teachers face in creating equitable learning environments that promote the success of all students. The study employs a mixed-methods approach, combining quantitative data on student performance and engagement with qualitative data from teacher interviews and classroom observations. The findings reveal the effectiveness of specific differentiated instruction techniques, such as tiered assignments, flexible grouping, and personalized learning plans, in meeting individual student needs. Moreover, the research highlights the importance of culturally responsive teaching practices and inclusive classroom management strategies in fostering a sense of belonging and promoting active participation among all learners. This thesis emphasizes the need for ongoing professional development and systemic support to empower EFL teachers to effectively implement differentiation and inclusion, ultimately advocating for a more equitable and effective EFL learning experience for all students. The research concludes by providing recommendations for teacher training programs and classroom practices.
2025-03-17
TA’LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA SUN’IY INTELEKTNING O‘RNI: XAVF VA YUTUQLAR
Ushbu maqolada sun’iy intelekt (SI) texnologiyalarining ta’lim tizimiga integratsiyasi, uning yutuqlari va potentsial xavflari ko‘rib chiqilgan. Maqolada shaxsiylashtirilgan ta’lim, avtomatlashtirilgan baholash, virtual yordamchilar kabi SI yutuqlari ta’lim jarayonini qanday qilib samarali va qulay qilishi haqida tahlil qilingan. Shuningdek, ma’lumotlar xavfsizligi, ish o‘rinlarini yo‘qotish va tengsizlikni kuchaytirish kabi xavflar ham diqqat markazida bo‘lgan. Statistik ma’lumotlar va nazariy tahlillar asosida SIning ta’limga ta’siri va kelajakdagi o‘rni baholangan. Maqolada ta’lim tizimini takomillashtirishda SIning muvozanatli qo‘llanilishi zarurligi ta’kidlangan.
2025-03-17
“ҚУТАДҒУ БИЛИГ” АСАРИ ВА УНДА ЕТУК ИНСОННИ КАМОЛГА ЕТКАЗИШ МАСАЛАСИ
Мазкур мақолада машҳур туркий адабиёт ёзувчиси Юсуф Хос Ҳожибнинг "Қутадғу билиг" асари таҳлил қилинади ва унда инсон камолоти масаласи ёритилади [5]. Асарнинг маънавий-ахлоқий қадриятлари, давлат бошқаруви, адолат ва илм-маърифатга бўлган муносабати атрофлича кўриб чиқилади. Шунингдек, асарда етук инсон (комил инсон) сифатларини шакллантиришдаги ўрни ва аҳамияти таҳлил этилади [2].
2025-03-17
ZIYORATGOHLAR BILAN BOG‘LIQ MA’LUMOTLARNI TO‘PLASH VA TAHLIL QILISHDA MARKETING AXBOROTLAR TIZIMINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Milliy turistik bozorlarimizda marketing axborot tizimi – unumli va samarali strategik marketing qarorlarini qabul qilish uchun zaruriy ma’lumot va axborotlarni jamlash, tahlil etish, tartibga tushurish, baholash va tegishli kanallar orqali тқдим этишда 3D ва бошқа замонавий технологиялар дан самарали фойдаланиш талаб этилади. Muntazam harakatdagi resurslar va usullar majmuasining marketing axborot tizimi tuzilmasini to‘rtta asosiy blokka ajratib ko‘rsatishimiz mumkin bo‘ladi. Yа’ni: ichki axborotlar tizimi; marketing axborotlarini tahlil qilish tizim; bozor xolati bo‘yicha marketing kuzatuvi tizimi; markaziy mxsus marketing tadqiqotlari tizimi.
2025-03-18
TISH KARIESI: NIMA, NEGA VA QANDAY KURASHISH KERAK?
Ushbu maqolada tish kariesining tarixi, rivojlanish bosqichlari, turlari, sabab va belgilari, shuningdek, davolash va profilaktika usullari tahlil qilinadi. Qadimgi davrlardan beri mavjud bo‘lgan ushbu patologik jarayonning zamonaviy stomatologiya yutuqlari bilan qanday bartaraf etilishi ko‘rib chiqiladi. Kariesning etiologik omillari, shu jumladan, bakterial ta’sir, og‘iz gigiyenasi va oziq-ovqat tarkibining roli muhokama qilinadi. Shuningdek, zamonaviy davolash metodlari – remineralizatsiya, plombalash, endodontik davolash va lazer terapiyasining samaradorligi yoritiladi. Tish kariesining oldini olish uchun stomatologik tekshiruvlar, florid qo‘shimchalari va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati ta’kidlanadi.
2025-03-18
КУЧЛИ ТАЪСИР ҚИЛУВЧИ ЁКИ ЗАҲАРЛИ МОДДАЛАР БИЛАН МУОМАЛАДА БЎЛИШ ҚОИДАЛАРИНИ БУЗИШНИ КВАЛИФИКАЦИЯ ҚИЛИШНИНГ АЙРИМ МАСАЛАЛАРИ
Мамлакатимиз суд-ҳуқуқ тизимида амалга оширилаётган кенг қамровли ислоҳотларнинг асосий йўналишларидан бири бу жиноят қонунчилигини янада либераллаштириш ва такомиллаштириш ҳисобланади. Зеро, бу борада амалга оширилаётган ислоҳотларнинг натижаси ўлароқ Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 5 октябрдаги “Ўзбекистон Республикасининг Жиноят, Жиноят-процессуал кодексларига ҳамда Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига гиёҳвандлик воситаларининг, улар аналогларининг ёки психотроп моддаларнинг, шунингдек кучли таъсир қилувчи ва заҳарли моддаларнинг қонунга хилоф муомаласига қарши курашишга қаратилган ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида”ги ЎРҚ–971-сон қонуни қабул қилинди. Мазкур қонун билан кучли таъсир қилувчи ва заҳарли моддаларнинг қонунга хилоф муомаласи учун жавобгарликни назарда тутувчи нормалари такомиллаштирилди.
2025-03-19
MIRZO ULUG‘BEK ILMIY IJODINING JAHON TAMADDUNIDAGI O‘RNI
Ushbu maqolada Mirzo Ulug‘bekning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyatining ayrim muhim taraflari yoritilgan. Uning ilmiy merosi, jahon madaniyati va olimlar ichida tutgan o‘rnini ifodalash hamda “Ziji sultoniy” asari haqida keng yoritilgan. Maqolada Ulug‘bekning hukmdorlik va olimlik jihatlari tafsilotlar orqali bayon qilingan. Uning jahon miqyosida tutgan o‘rni va unga bo‘lgan e’tibor chuqur o‘rganilgan.
2025-03-19
MUSTAQIL TA`LIMNI OLIB BORISH ZARURIYATI, DASTURIY-USLUBIY SHART-SHAROITLARI
Hozіrgі kunda mustaqіl ta’lіmnі tashkіl etіsh bo‘yіcha bіr qancha іjobіy natіjalarga erіshіlgan bo‘lsada, talabalar mustaqіl іshlarіnі faqatgіna keraklі balnі to‘plash uchungіna bajarіshmoqda. Albatta, bu holatda іshnіng samarasі kuzatіlmaydі.
2025-03-21
JIGAR NOALKOGOL YOG’ KASALLIGI BO'LGAN VA BO'LMAGAN YURAK ISHEMIK KASALLIGI BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA KARDIOMETABOLIK PARAMETRLARINING QIYOSIY TAVSIFI
Yurak ishemik kasalligini (YuIK) bashorat qilishni yaxshilash va faol birlamchi profilaktika ko'rsatkichlarini aniqlash, bemorning individual xavfini aniqroq baholashga imkon beradigan qo'shimcha mezonlarni aniqlash juda muhimdir. Jigar noalkogol yog’ kasalligi YuIK uchun xavf omili hisoblanadi, garchi bu shartlar o'rtasidagi munosabatlar haqida qarama-qarshi dalillar mavjud.
2025-03-21
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY G‘OYALARI XXI ASR YOSHLARI ONGI VA TAFAKKURIDAGI AHAMIYATI
Mazkur tezis o‘zbek ma’rifatparvari Mahmudxo‘ja Behbudiyning jadidchilik faoliyatini XXI asr nuqtayi nazaridan tahlil qiladi. Behbudiyning milliy o‘zlik, ma’rifatparvarlik ilm-fan va xorijiy tillarni o‘rganishdagi qarashlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va yoshlar uchun muhim yo‘nalishlarni belgilab beradi. Maqola ushbu g‘oyalarni hozirgi zamon kontekstida tahlil qilib, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, maqolada Behbudiyning merosi yoshlar ongida milliy o‘zlikni shakllantirish, jaholatga qarshi kurashish va taraqqiyotga intilish kabi vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatilgan.
2025-03-21
ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ ЧЕРЕЗ ВЫСШЕЕ ОБРАЗОВАНИЕ В РЕГИОНЕ
В статье анализируется влияние высшего образования на региональное экономическое развитие и зарубежный опыт. Будет изучаться сотрудничество университетов и промышленности, инновационная система образования и интеграция рынка труда таких стран, как США, Германия и Южная Корея. Также высказываются предложения по адаптации этого опыта к местным условиям и развитию экономики посредством высшего образования.
2025-03-24
THE BENEFITS OF LEARNING A SECOND LANGUAGE FOR FUTURE JOB
The article analysis the benefits of studying a second language for futuristic job. Learning a second language provides numerous advantage for career prospects. In a globalized job market, multilingual individuals have a competitive edge, as many employers seek candidates who can communicate with diverse clients and partners. Additionally, it opens opportunities for international jobs, higher salaries, and career advancement. Industries like business, healthcare, and diplomacy particularly benefit from language skills. Mastering a second language increases employability and professional growth, making it a worthwhile investment for the future.
2025-03-24
